2-SHOBA: BARQAROR QISHLOQ XO'JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA
BIOIQTISODIYOTNING ROLI
PAXTA-TO'QIMACHILIK KLASTERLARIDA PAXTA XOMASHYOSINI QAYTA ISHLASH XARAJATLARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
Maqolada paxta xomashyosini qayta ishlash korxonalari boshqaruv hisobida "Hisob siyosati", unda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish usulini aks ettirilish, paxta xomashyosini qayta ishlash xarajatlarini xarajat elementlari va moddalari bo'yicha hisobga olinishi, xarajatlarning sintetik va analitik hisobining hozirgi holati hamda ularni takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar shakllantirilgan.
Kalit so'zlar: Paxta-to'qimachilik klasteri, boshqaruv hisobi, "Hisob siyosati", xarajat, tannarx, xarajat elementi, xarajat moddasi, sintetik schet.
In the article, the "Accounting Policy" in the management account of cotton processing enterprises, it reflects the method of accounting for production costs, accounting for cotton processing costs by cost elements and items, the current state of synthetic and analytical cost accounting, and suggestions and recommendations for their improvement formed
Keywords: Cotton textile cluster, management accounting, "Accounting policy", cost, costing, cost element, cost item, synthetic schet.
Kirish
Ishlab chiqarilayotgan qishloq xo'jalik mahsulotlari ichida paxta xom ashyosini ishlab chiqarish alohida ahamiyatga ega bo'lib, paxta xomashyosini ishlab chiqarish va uni keyingi bosqichlarda qayta
A. Alikulov
TDAU Samarqand filiali dosenti, i.f.d.
A. Razzoqov, M. Baxriyev, S. Sayfiyev
TDAU Samarqand filiali magistrantlari
ANNOTASIYA
ABSTRACT
ishlash bilan bog'liq bo'lgan sohalarni rivojlantirish
October 5-6
Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirish bilan birga aholining bandligini ta'minlashda, iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishda va iqtisodiy -ijtimoiy masalalarni ijobiy hal etishda katta ahamiyatga ega.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi "Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"[1] gi PQ-4633-son va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22
iyundagi "Paxta xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperasiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" [2] 398-sonli qarorlari paxta xomashyosini ishlab chiqarish va uni qayta ishlash korxonalarida erkin raqobatni ta'minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish, erkin raqobatni ta'minlash, paxta yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini va mahsulot ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligini oshirish, investisiyalarni keng jalb qilish hisobiga qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish uchun imkoniyatlar yaratib berdi.
Shu bilan birga, paxta xomashyosini qayta ishlovchi korxonalar paxta-to'qimachilik klasterlari tarkibida bo'lib, o'zlarining barcha resurslaridan foydalanish samaradorligini ta'minlashi zarur. Bunda buxgalteriya hisobi oldiga korxonani boshqaruv tizimini haqiqiy ma'lumotlar bilan ta'minlashdan vazifasi qo'yiladi. Respublikamiz paxta xomashyosini qayta ishlovchi korxonalarda xomashyoni ishlab chiqarish va mahsulotlarni qabul qilishda, boshqa korxonalarga sotishda nazoratlarni olib borishni va ular o'rtasidagi munosabatni tahlil qilish, sifatli xomashyoni qabul qilishga, hisob-kitob qilishda korxonada buxgalteriya hisobidagi ishlab chiqarish hisob-kitoblarini to'g'ri yo'lga qo'yish muhim ahamiyatga ega. "O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan paxtani qayta ishlash korxonalarida buxgalteriya hisobidagi ishlab chiqarish hisobini to'g'ri yo'lga qo'yish, uni takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylangan"[5]. Ishlab chiqarish hisobini takomillashtirish boshqaruv hisobida "Hisob siyosatini", xarajatlar hisobida xarajat moddalari, sintetik va analitik hisobini takomillashtirish bilan bevosita bog'liq hisoblanadi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Paxta xomashyosini qayta ishlash xarajatlari hisobi takomillashtirish bu bevosita xo'jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini takomillashtirish bilan bog'liq bo'lib, buxgalteriya hisobi bo'yicha o'quv-ilmiy adabiyotlar va ilmiy maqolalarda respublikamiz iqtisodchi-olimlari tomonidan ko'pgina tavsiya va takliflar berilgan.
Iqtisodchi olimlar Xasanov B.A. va Xoshimov A.A.
October 5-6
ta'kidlashicha: "Xarajatlaming buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi esa korxona rahbariyatini oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun xarajatlar va moliyaviy natijalar to'g'risida ishonchli axborotlar bilan ta'minlashdir" [7]. Bunda mualliflar xarajatlarning buxgalteriya hisobini korxona rahbariyatini ishonchli axborotlar bilan ta'minlash maqsadiga erishishda, boshqaruv hisobi "Hisob siyosatini"ni ishlab chiqish va amaliyotda to'g'ri qo'llash muhim ahamiyatga egaligiga e'tibor qaratishgan.
"Hisob siyosati" termini" dastlab 1994 yil 26 martda qabul qilingan "Buxgalteriya hisobi va hisoboti to'g'risida Nizom"da, so'ngra esa 1998 yil 14 avgustda Adliya vazirligida 474-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan №1 BHMS "Moliyaviy hisobot va hisob siyosati"da o'z aksini topib, hozirgi kunda o'quv adabiyotlari va amaliyotda keng qo'llanilmoqda [4].
Iqtisodchi olim Alikulov A.I. boshqaruv hisobining xarajatlar hisobida "Hisob siyosatini" ishlab chiqish ahamiyatini quyidagicha tariflaydi: "Paxta tozalash sanoati korxonalari ham xarajatlarning boshqaruv hisobi tizimida hisob siyosatini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, boshqaruv hisobida ishlab chiqarish xarajatlari hisobini takomillashtirib, mahsulot tannarxini iqtisodiy asoslangan holda hisoblashga olib keladi. Shu bilan birga, har bir javobgarlik markazlarini o'z faoliyatlari bo'yicha ma'suliyatini oshirib, boshqaruv qarorlari samaradorligini ta'minlaydi" [3].
Xarajatlar hisobini tashkil etishda analitik schetlarni to'g'ri tashkil etilishi ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, iqtisodchi olimlar K.B.Urazov va S.V.Voxidovlar tomonidan: "Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot turlari bo'yicha 2021, 2022, 2023-asosiy ishlab chiqarish schyotida esa tannarx xarajatlari hisobi yuritiladi"[9] deb ko'rsatilgan.
Iqtisodchi olimlar A.A.Xoshimov va A.A.Majidovlar esa, "Ishlab chiqarish hisobidagi xarajatlar hisobi mahsulot turlari bo'yicha amalga oshiriladi"[8] deb ta'kidlaydilar.
Xarajatlar hisobini takomillashtirishda mustaqil tadqiqotchi Mamatqulov A.X.: "Ishlab chiqarish hisobini yuritishda faqat 2010- "Asosiy ishlab chiqarish" aktiv schyotidan emas, balki shu 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" aktiv schyoti bilan bog'liq tegishli barcha schyotlardan foydalanish va ishlab chiqarishdagi mablag'lar harakati o'rtasida yuk xati va schyotfakturaga o'xshash yangi hujjatni joriy qilish yoki asosiy ishlab chiqarishdagi mahsulot turlari bo'yicha subschyotlarni joriy qilish"[5]ni taklif qiladi.
Tadqiqot metodologiyasi
October 5-6
Tashkent State Agrarian University Volume 3 | TSAU Conference | 2022 Samarkand branch Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
Maqolada paxta tozalash korxonalarida paxta xomashyosini qayta ishlash xarajatlari hisobini hozirgi holati atroflicha tahlil qilinib, uni takomillashtirish bo'yicha bo'yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishda iqtisodiy sohada ilmiy-tadqiqotlar olib borishda qo'llaniladigan tahlil va sintez, muammoga mantiqiy va tizimli yondashuv, statistik va qiyosiy tahlil, ekspert baholash, taqqoslash, guruhlash kabi usullardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar
Paxta xomashyosini qayta ishlovchi korxonalar, paxta-to'qimachilik klasterlari tarkibiga kirib, "Respublikada 2022 yilda jami 134 ta paxta-to'qimachilik klasterlari faoliyat yuritadi. Paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan 2022 yilda 1 034 223 gektar yer maydonida paxta xom ashyosi yetishtiriladi. Paxta-to'qimachilik klasterlari paxta xom ashyosi yetishtirish davrida ilg'or zamonaviy innovasion texnologiyalarni jalb etgan holda paxta hosildorligini qo'shimcha 10 sentnerga oshiradi"[6].
Korxonalarda xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini hisoblash boshqaruv hisobining ajralmas qismi hisoblanadi. Xarajatlar hisobi hisobini takomillashtirish boshqaruv hisobini takomillashtirish bilan birga uni yanada yuqori bosqichga ko'taradi.
Xarajatlarning buxgalteriya hisobini korxona rahbariyatini ishonchli axborotlar bilan ta'minlash maqsadiga erishishda, boshqaruv hisobini to'g'ri tashkil etish va yuritish boshqaru hisobining "Hisob siyosati" muhim ahamiyatga ega bo'ladi.
Paxta xomashyosini qayta ishlovchi korxonalarda asosiy ishlab chiqarish hisoblangan paxta xomashyosini qayta ishlash xarajatlari hisobini amaldagi holati tadqiqotlar natijasida atroflicha tahlili, harajatlarning boshqaruv hisobi tizimida hisob siyosatini tashkil etish bosqichlarini 6 bosqichga bo'lib tashkil etish maqsadga muvofiq ekanligini ko'rsatmoqda. Bunda albatta, paxta xomashyosini qayta ishlovchi korxonalarda moliya yilida qayta ishlanadigan paxta xom ashyosi ikki yilning hosiliga tegishli bo'lishi hisobga olinadi. Ya'ni, paxta tozalash sanoati korxonalarida yanvar-iyul oylarida o'tgan yilgi paxta xom ashyosi qayta ishlansa, sentyabr-dekabr oylarida joriy yilgi paxta xom ashyosi qayta ishlanadi.
Paxta xomashyosini qayta ishlovchi korxonalarni bapqapor ishlashi va raqobabardoshligi ko'p jihatdan sifatli va tannapxi apzon mahsylotlar ishlab chiqarishga bog'liq. Mahsylot tannarxini boshqarish va yni pasaytirish ko'p jihatdan xarajatlar hisobini to'g'ri tashkil etishga bog'liq. Xarajatlar hisobini to'g'ri tashkil etishda xarajatlar elementlari va moddalari bo'yicha hisobga olish myhim ahamiyatga egadir. Paxta tozalash sanoati korxonalarda
October 5-6
65
paxta tolasini tannarxini boshqarishda, unga qilinadigan xarajatlar 2 ta katta guruhga bo'linadi:
1.Paxta xomashyosini tayyorlash, saqlash va qayta ishlash joyiga olib kelish xarajatlari.
2.Paxta xomashyosini qayta ishlash xarajatlari.
Paxta xomashyosini qayta ishlash xarajatlarini xarajat moddalari bo'yicha hisobini tashkil etilishi va yuritilishining amaldagi holati atroflicha tadqiq qilinib, ularni quyidagi xarajat moddalari bo'yicha hisobga olishni taklif qilamiz:
1) Qayta ishlash bo'linmasi xodimlarining mehnat haqi ajratmalari bilan birga.
2) O'rov materiallari.
3) Ishlab chiqarish asosiy vositalarini saqlash xarajatlari.
4) Elektr energiya xarajatlari.
5) Boshqa xarajatlari.
Paxta xom ashyosini qayta ishlash xarajatlarini taklif etilayotgan xarajat moddalari bo'yicha hisobga olib borish, paxta xomashyosini qayta ishlash xarajatlari hisobini takomillashtirib, qayta ishlashdan olingan mahsulotlar tannarxini iqtisodiy asoslangan holda aniqlashga, tannarxni pasayishiga olib keladigan boshqarish asosini yaratadi. Natijada mahsylotlar raqobatbardoshligini ta'minlab, paxta-to'qimachilik klasterlarining muhim ishlab chiqarish bo'linmasi bo'lgan paxta xomashyosini qayta ishlovchi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga olib keladi.
Paxta-to'qimachilik klasterlarida, shu jumladan ishlab chiqarish bo'linmasi bo'lgan paxta xomashyosini qayta ishlovchi korxonalarda xarajatlar va olingan mahsulotlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish Moliya vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 sonli buyrug'i bilan tasdiqlanib, Adliya vazirligida 2002 yil 23 oktyabrda 1181 son bilan ro'yxatga olingan №21 buxgalteriya hisobining milliy standarti "Xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha Yo'riqnoma" asosida amalga oshiriladi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatdiki, Paxta-to'qimachilik klasterlarida paxta xomashyosini qayta ishlashda ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishi bo'yicha qo'llaniladigan buxgalteriya schyotlarini takomillashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bunda, paxta xomashyosini qayta ishlashda ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishi bo'yicha 2010 yil "Paxta xom ashyosini qayta ishlash xarajatlari" schyotini joriy etish taklif qilinadi.
Paxtani xomashyosini qayta ishlash natijasida bin necha
October 5-6
turdagi mahsulot: paxta tolasi, paxta chigiti, momiq, o'lik aralashmali chiqindi, kalta momiq aralashmali chiqindi olinadi.
Paxta xomashyosini qayta ishlash xarajatlarini taklif qilinayotgan buxgalteriya schyotida olib borish qayta ishlash xarajatlarini alohida hisobga olish va ularni doimo nazorat qilishni hamda, boshqaruvchilarni asosiy ishlab chiqarish xarajatlar to'g'risida analitik bo'lgan axborotlar bilan ta'minlab, boshqaruv qarorlari samaradorligini ta'minlaydi. Shu bilan birga buxgalteriya schyotlari ma'lumotlari asosida tezkor axborot olish va tahlil qilish soddalashadi.
Paxta-to'qimachilik klasterlarida paxta xomashyo'sini qayta ishlashda ishlab chiqarish xarajatlari hisobini takomillashtirishning birinchi bosqichi bo'lib boshqaruv hisobi tizimida "Hisob siyosati"ni ishlab chiqish hisoblanadi. Tadqiqotlar natijasi shu ko'rsatdiki, Respublikamizda moliyaviy hisobning "Hisob siyosati" metodologiyasi ishlab chiqilgan, lekin xarajatlarning boshqaruv hisobi tizimida hisob siyosati ishlab chiqilmagan. Taklif qilinayotgan hisob siyosatini 6 bosqichdan iborat bo'lib ishlab chiqilishi, xarajatlar hisobini takomillashtirish bilan birga korxonalarda xarajatlar hisobini tartibga soladi.
Paxta xomashyosini qayta ishlab bilan bog'liq ishlab chiqarish xarajatlari hisobini atroflicha o'rganish natijasida, paxta xomashyosini qayta ishlash bo'yicha xarajat moddalari 5 xarajat turiga bo'lib hisobga olish taklif qilindi. Xarajatlarni 5 guruhga bo'linishi xarajatlar hisobini tezkor yuritish va boshqarish hamda mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini berdi.
Paxta xomashyosini qayta ishlab bilan bog'liq ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishi bo'yicha 2010 -"Paxta xom ashyosini qayta ishlash xarajatlari" buxgalteriya schyotlari taklif qilindi. Taklif qilinayotgan buxgalteriya schyoti asosida paxta xomashyosini qayta ishlash xarajatlarini alohida hisobga olish boshqaruvchilarni analitik bo'lgan axborotlar bilan tezkor ta'minlab, boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirdi.
REFERENCES
1. O' zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi "Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4633-sonli qarori. www.Lex.uz.
2. O' zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22
Xulosalar
iyundagi "Paxta xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlash
October 5-6
Tashkent State Agrarian University Volume 3 | TSAU Conference | 2022
Samarkand branch Theoretical and Practical Principles of Innovative
Google Scholar indexed Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
kooperasiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 398-sonli qarori. www.Lex.uz.
3. Alikulov A.I. Xarajatlar hisobi va tahlilining nazariy hamda amaliy masalalari. Monografiya. - T.: Fan va texnologiya, 2011. - 188 b.
4. Иткин Ю.М., Йегорычева И.Ф. «Учетная политика предпрития в Узбекистане» -Т.: Ассосиасия бухгалтеров и аудиторов Узбекистана, 2000. -138.
5. Mamatqulov A.X. "Paxtani qayta ishlash korxonasida ishlab chiqarish hisobini yuritishda xarajatlar hisobini takomillashtirish" Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3, 2017 www.iqtisodiyot.uz
6. Paxta-to'qimachilik klasterlari. https://uzts.uz/paxta-toqimachilik-klasterlari/
7. Xasanov B.A., Xoshimov A.A. Boshqaruv hisobi. -T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2005. - 288b.
8. Xoshimov A.A. va Majidov A.A. Paxtani tozalash korxonalarida buxgalteriya hisobi. O'quv qo'llanma. "Sharq nashriyoti" MChJ, 2010y. -177b.
9. Urazov K.B.va Voxidov S.V. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari. Darslik. "Adib nashriyoti" MChJ, 2011y. -287b.
• О
October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference
©
О
©
68