O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA MORFONOLOGIYAGA DOIR TALQINLARI
Fazliddin Galiyevich Sharipov
Guliston davlat universiteti, "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi E-mail: fazliddindpr@mail.ru
Tohir Fazliddinovich Galiyev
Guliston davlat universiteti, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti 2-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Maqolada o'zbek tilining morfonologiyasini yoritishda ustoz A.G'ulomning chuqur ilmiy g 'oyalari katta yordam bo'lganligi, bundan tashqari, o'zbek tilining morfonologik sistemasi ham boshqa turkiy tillardagi ayrim xususiyatlari bilan farq qilishi yoritib berilgan. Kalit so'zlar: fonologiya, morfonologiya, morfologiya, sintaksis, leksika, stilistika.
INTERPRETATIONS ON MORPHONOLOGY IN UZBEK LANGUAGE
Fazliddin Galiyevich Sharipov
Gulistan State University, Associate Professor of "Uzbek Linguistics", Candidate of Philological Sciences
E-mail: fazliddindpr@mail. ru
Tohir Fazliddinovich Galiyev
Gulistan State University, 2nd year student of the Faculty of Socio-Economics
ABSTRACT
The article emphasizes that the deep scientific ideas of the teacher A. Gulam were a great help in covering the matters of morphology of the Uzbek language, as well as the fact that some features of morphological system of the Uzbek language differ from those of other Turkic languages.
Keywords: phonology, morphonology, morphology, syntax, vocabulary, stylistics. KIRISH
O'zbek tilshunosligining hozirgi davrda qo 'lga kiritayotgan katta yutuqlari bilan birga, hali ilmiy tadqiq etilmagan ko 'pgina sohalar ham mavjud. Jumladan,
fonologiya va morfonologiya, stilistika, til matnshunosligi kabi sohalar hanuz yetarli o'rganilmay kelinmoqda. Fonologiyaning paydo bo'lishi nafaqat tilshunoslikda, balki barcha ijtimoiy fanlarning rivojlanishida katta burilish yasadi. Mashhur fransuz olimi K.Levi-Strosning yozishicha: «Fonologiya ijtimoiy fanlarga nisbatan qanchalik yangilovchilik xizmatini bajargan bo 'lsa, xususan, yadro fizikasi ham barcha aniq fanlarga nisbatan shunchalik xizmat qilgan» [4,35]. Demak, bu fikrdan fonologiya ham yetakchi fanlar qatoriga kira olishi va undagi oppozitsiya (qarama-qarshilik), korrelyatsiya (bir turdagi bir necha oppozitsiyalarning majmuasi), integratsiya bir butun bo'lib birlashuv) va neytralizatsiya (oppozitsiyaning ma 'lum holatda yo'qolishi) faqat tilshunoslikda emas, boshqa ijtimoiy fanlarda ham uchraydi. Umuman olganda fonema, allofon va arxifonema tushunchalari esa, falsafadagi umumiylik, xususiylik va alohidalik kategoriyalarini va dialektik qarama-qarshilik qonuniyatini eslatadi. Bugungi kunda «fonologiya etakchi fanlarning klassik namunasidir»[3,5-6]. Tilning eng quyi bosqichi bo'lgan fonologiyadagi tushuncha va atamalar, qolaversa, unda qo 'llanadigan usul, uslub va qonun-qoidalar tilning boshqa bosqichlarini, xususan, morfologiya, sintaksis, leksika va stilistikani ilmiy tadqiq etishda ham qo 'l kelmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bugungi kunda fonologiya va morfonologiyaga doir ilmiy asarlar o'quvchilar ommasiga etarli emas. Lekin bu muammolar bo 'yicha rus tili va boshqa ba'zi hind-evropa tillarining fonologiyasi va morfonologiyasiga doir ayrim tadqiqotlar yaratilgnligi bizga ma 'lum[5,5-6]. Hozirgi turkiy tillarning hamda o 'ziga xos xususiyatlari bilan boshqa turkiy tillardan farqlanib turuvchi o 'zbek tili fonologiya va morfonologiyasiga doir asarlar nashr qilinishi tilshunoslikda muammolarning bosqichma-bosqich yechilishiga olib kelmoqda. A.M.Shcherbakning turkiy tillar diaxronik (tarixiy) fonologiyasini o'rganishga doir qimmatli asari («Сравнителная фонетика тюркских языков», Л., 1970.) ushbu kitobning yozilishida katta yordam berdi. Mashhur turkolog olim I.A.Baskakovning turkiy tillarining tarixiy-tipologik fonologiyasi, morfonologiyasi va morfologiyasiga doir chuqur ilmiy asosga ega bo 'lgan bir necha asarlaridagi g'oyalar o'zbek tiliga tatbiq etilishi foydalidir. Olimning fikricha, «...so'z fonologiyasi o'zining tuzilishiga ko'ra, so'z morfologiyasi bilan umumiylikka ega. Bu umumiylik so'z morfologiyasi (so'z yasalishi) ozak morfemalar fonologiyasiga to'g'ri kelishi, so'z birikmalari va gaplarning morfologiyasi, o'zak morfemalarning affikslar bilan birikuviga to 'g'ri kelishi bilan izohlanadi»[2,8]. Ko'rinadiki, fonologiya va morfonologiya o'rtasidagi bog'lanishni so'zlarniig turli qismlarga bo 'linishi doirasida qarash lozim bo 'ladi.
Morfonologiya o'zining «tug'ilishi» bilan fonologiya va morfologiyaga «qarzdor» hisoblanadi. Odatda, ana shunday ikki fan sohalari oralig 'ida bo 'lgan masalalarni tadqiq etish ancha qiyin bo 'ladi va yangi xususiyatlarni keltirib chiqaradi. O'zbek tilining morfonologiyasini yoritishda ustoz A.G'ulomning chuqur ilmiy g'oyalari katta yordam berdi. O'zbek tilining morfonologik sistemasi ham boshqa turkiy tillardagi ayrim xususiyatlari bilan boshqa turkiy tillardan farq qilishi asoslab berildi.
Olimning bu boradagi ishlariga, o'tgan asrning 90-yillariga qadar e'tibor qaratilmagan. Rus tilshunosligida morfonologiya borasida ko'lamli tadqiqotlar vujudga kelganidan keyin (Miloslavskiy, Lopatin, Churganova va boshqalar ishlari) A.G'ulomovning 60-yillardagi ishlariga e'tibor qaratila boshlandi. Olim morfonologiyaga oid ilmiy qarashlarini XX asrning 40-yillarida «O'zbek tilida ichki o'zgarishlar asosida so'z yasalishi» maqolasida bayon etgan bo'lishiga qaramay, shu asrning 60-yillarida yozilgan «O'zbek tilida affiksatsiya jarayonida sodir bo'ladigan hodisalar» maqolasida (maqola 75 sahifadan iborat) o'zbek tili morfonologiyasiga aloqador masalalarga keng to'xtalib o'tilgan. Bu ishda morfemalarning o'zaro munosabatlari masalasi, o'ylashimizcha, turkologiyada birinchi marta shu darajada talqin etildi. Olimning etimologiyaga oid asosiy qarashlari ham aynan shu maqolada o'z ifodasini topgan: qovurg'a - qopurg'a, sirg'a - asirg'a - sergi, isiriq va boshqa o'nlab so'zlar. Chunki bu maqola bilan ko'pchiligi tanish emasligi va olimning bu boradagi fikrlaridan xabarsizligi tufayli 1-kitobda qayta nashr etildi[2]. A.G'ulomovning, haqiqatan ham, morfemika bo'yicha asosiy qarashlari uning aynan shu fundamental tadqiqotida o'z ifodasini topganligi ko 'pchilikka ma'lum ham emas (maqola rus tilida yozilgan). O'zbek tilshunosligida prof. A.Abduazizovning «O'zbek tili morfonologiyasi», A.Nurmonovning «O'zbek tili fonologiyasi, morfonologiyasi» kitoblari A.G'ulomovning yuqorida tilga olingan maqolasi - tadqiqoti asosida yaratilgan. O'zakka affikslar qo'shilganda so'z tarkibida bo'ladigan barcha fonetik o'zgarishlar, ularning hatto, nutqda bajaradigan vazifasigacha ana shu tadqiqotda o'z ifodasini topgan. Olim o'zbek tilida ham, umuman, turkiy tillarda ham, affikslar qo'shilganda o'zak tarkibida o'zgarishlar sodir bo'lishi mumkinligini asoslab berdi. O'zbek tilidagi juda ko 'p tub so'zlarning tovush o'zgarishlari asosida soddalashgan holga kelib, «tublashib» ketganligini isbotladi. Fonetik hodisalarning fonostilistik vosita sifatidagi mavqeini belgiladi. Olim fonostema, morfonema terminlarini ishlatmagan bo'lsa-da, o'zbek tili so'zlarini fonostema asosida guruhlash mumkinligiga ishora berdi. Morfonemani belgilashga harakat qildi: yurak, bo'rsiq, yashil, qizil, sug'or, quyruq, qovoq, qopqoq, bo'z-bo'r kabi misollarda shu birlikni
ajratib berishga harakat qildi.
NATIJALAR
Olim morfonologik holatlarning barchasini o 'zbek tilining o'z materiallarini tahlil qilish orqali belgiladi (xalq og'zaki ijodi, sheva materiallariga asoslandi). Chunki A.G'ulomov o'zbek tili materiallarini juda ko'p jamlagan, ularning barcha xususiyatlarini to'la o'rganishga harakat qilgan. So'zlarning kelib chiqishini belgilashda uning tarkibidagi tovushlar jihatidan o 'xshashlikka, boshqacha aytganda, ayniqsa, ikki tovushning bir xilligiga e'tibor qaratdi: qop-yop; qovoq-qopqa-qopurg'a-qovurg'a, qopqoq; bot-bol-bos; to'l-to'q-to'y-to'p; do'ng-do'msa, do'ngak-to'ngak, do'ppi-to'ppi-to'piq; bos-os kabilar A.G'ulomov qarashlari so'zlarni morfemalarga ajratishning aniq qonuniyatlarini belgilab berish uchun nazariy asos bo'ldi. Olimning do'ngsa, cho'qmor, bombardimon... kabi ko'pgina so'zlar tarkibidagi -sa, -mor, -dimon kabi elementlar alohida ma 'noli qismlar sifatida ajratilmaydi, ular qolg'indi elementlardir degan fikri o'zbek tilshunosligida qo'shimcha, o'dag'ayla, etakchi, etakla kabi ko'pgina so'zlarni morfemalarga ajratish mumkin emasligini asoslash bo'yicha quyidagi nazariy fikrni chiqarish uchun, prof.Yo.Tojiyevga turtki bo'lgan: «Agar so'z tarkibida yasovchi yoki boshqa qo 'shimcha borligi aniq sezilib turgan bo'lsa-yu, affiksdan qolgan qism ma'no anglatmayotgan bo'lsa, uning qanday morfema ekanligi anglashilmasa, bunday so 'zlar morfemalarga ajratilmaydi»[6,263]. Masalan, o'dag'ayla so 'zida shunday. -la affiksi sezilib turadi, biroq o'dag'ay qismi alohida morfema bo 'lolmaydi. Shu kabi, «agar o'zak morfemani ajratish mumkin bo'lsa-yu, qolgan qismning qanday morfema ekanligi noma'lum bo'lsa, uni belgilash qiyin bo'lib qolgan bo'lsa, tilda shunday morfema qayd etilmagan bo'lsa, so 'z morfemalarga ajratilmaydi». Masalan: qo'shimcha so 'zida qo'sh qismini ajratish mumkindek, u o'zak morfema holatiga ega, biroq keyingi -im qismini alohida morfema sifatida belgilab bo 'lmaydi. Shuningdek, -imcha qismini ham qo'shma affiks sifatida ajratish kuzatilmaydi. Demak, so 'zni qo'sh+im+cha ko'rinishida ham, qo'sh+imcha ko 'rinishida ham, qo'shim+cha ko 'rinishida ham morfemalarga ajratib bo 'lmaydi. Ko'rgum, bilgim, aytgim kabi juda ko 'p misollarda ham holat shunday. O'zbek tilidagi to'qimachilik so 'zini morfemalarga ajratish yanada murakkab: to'qi-machilik; to'qi+ma+chilik; to 'qima+chilik tarzida ajratishlarda qaysi biri to 'g'ri? Hozirgi kunda Toshkentda "Qizil to'qimachi" degan joy bor. Shunga asoslanib to'qimachi qismini alohida qo'llash mumkinmi? Shunday birlik mavjudmi? Ikkinchidan, aynan shu so 'z tarkibidan to'qima qismini ajratish mumkinmi? Albatta, tibbiyotda to'qima, to'qimalari so'zshakllari bor. Yolg'on to 'qima tarzidagi qo'llanishda ham shu shakl mavjud.
Biroq to'qimachilik so'zi tarkibida to'qima qismini alohida ajratishni uylab ko'rish kerak. Bu so'z hozirgi kunda to'qi+ma+chilik tarzida ajratilyapti. Morfem lug'atda to'qi-ma+chi+lik tarzida ajratilgan[6,263]. Demak, muallif, A.G'ulomov qarashlariga asoslangan holda yuqoridagi fikrlarni bayoni qilib ana shu kabi so'zlarni morfemalarga ajratishda bunga e'tibor qaratilishi lozimligini ta 'kidlab o'tgan.
MUHOKAMA
Olim morfonologiyaga oid ishlarida so'z tarkibidagi tovush o 'zgarishlari morfemalarga ajratish borasida o 'ziga xos holatlarni yuzaga keltirishini ta 'kidlagan. Jumladan, ulg'ay, o'g'lim, sarg'ay kabi juda kabi so 'zlarni morfemalarga ajratish mumkinligini ko 'rsatadi. Chunki ular tarkibiy qismlari bir-biri bilan o'ta singishib ketgan emas. Bu so'zlar tarkibida ulug', o'g'il, sariq qismlari borligi sezilib turadi. Shunga ko'ra, ularni ulug'+ay, o'g'il+im, sariq+ay tarzida morfemalarga ajratib, qo'shimcha qo'shilganda o'zak tarkibida bir tovush tushirilgan, deb izohlash mumkinligini aytadi.
A.G' ulomovning morfemika va morfonologiyaga oid ilk qarashlari XX asrning 40-yillarida boshlangan bo'lsa, («So'zlarning ichki o'zgarishlar asosida yasalishi», «-dosh affiksi haqida», «-la affiksi haqida» maqolalarida) 50 -yillarda bu boradagi qarashlari uning «O'zbek tilida tarixiy so'z yasalish masalalari» doktorlik dissertatsiyasida davom ettirdi. 60-yillarda «O'zbek tilida affiksatsiya davrida sodir bo'ladigan yondosh hodisalar» mavzusidagi yirik tadqiqotida keng ko'lamda rivojlantirildi. Olimning morfonologiyaga oid qarashlari o'z cho'qqisiga chiqdi. Boshqa tadqiqotchilar uchun bu borada qilinadigan ishlarining yo 'nalishini belgilab berdi. Olimning 70-yillardagi qarashlari («O'zbek tili grammatika»si) o'zbek tili morfemikasi va morfonologiyasi doirasida bajarilgan keyingi ishlarga, jumladan, Yo.Tojiev, A.Nurmonov, T.Mirzaqulov, A.Berdaliev kabi tadqiqotlariga nazariy asos bo'lib xizmat qildi. O'zbek tilining morfonologiyasiga doir dastlabki tadqiqotlar 1970 yillarda J.Bo'ronov, A.G'ulomovlar tadqiq qila boshlaganlar, biroq o'zbek adabiy tilining morfonologiyasini to'la va sistemali ravishda o'rganishga bag'ishlangan tadqiqot yo'q. Shuni hisobga olib, biz o'zbek tilining morfonologik sistemasidagi eng asosiy masalalarga e'tibor berdik. Bu sohada, xususan, morfemalardagi fonemalar almashinuvi va turli morfemalarning qaysi holatlarda va qanday xususiyatlari borligini aniqlash asosiy vazifa bo'ldi. Morfonologik almashinuvlar o'zak va qo'shimcha morfemalarda va ularning birikuvi jarayonida hosil bo'ladi.
XULOSA
Morfonologiya flektiv va agglyutinativ tillarda turlicha xususiyatlari bilan farqlanadi. Flektiv tillarda ko'proq o'zak morfemalarda morfonologik almashinuv ro'y bersa, agglyutinativ tillarda bu almashinuv o'zak va affiksal morfemalar chegarasida hosil bo'ladi: bilak-bilagi, o'roq-o'rog'i kabi. Turli morfemalarning birikuvi va birika olmasligini fonologik qoidalar yordamida izohlash «morfonotaktika» deb yuritiladi. Lekin morfonotaktika fonema bo'g'in, urg'u va morfemaga tegishli tartiblarning uchrashgan o'rnida qo'llanadi. Ba'zi otlardagi morfonologik alternatsiyada a fonemasining qadimiyligi va o fonemasining keyincha hosil bo 'lganligini e'tiborga olinsa, a-o morfonemasi aniqlanadi: tergamoq-tergov (tergovchi), chanqamoq-chanqov(chi), qiynamoq-qiynov, o'xshashmoq-o'xshov kabi. Fe'llardagi morfonemalar ham o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ba'zan sifatdan fe'l yasalganda, o'zak oxiridagi q tushib qoladi va affiksal morfema oldidan i qo'llanadi: sovuq-sovimoq, quruq-qurimoq, suyuq-suyultirmoq, quyuq-quyultirmoq kabi. Bu misollarda q, k-l morfonemalari farqlanadi. Bunday morfonologik xususiyatlar sifatlarda ham ko 'rinadi: sariq-sarg'ish-sarg'imtir, qizil-qizg'ish-qizg'imtir so'zlarida -iq, -il morfonemalari farqlanadi. Sonlardagi jamlovchi va tartib sonlarni yasashda qo 'llanuvchi affikslar qo'shilganda paydo bo'ladi: ellik-elliginchi, sakkiz-sakkizta, iki-ikkov, yetti-yettov kabi. Bu o'rinlarda -i morfonemalarining tushub qolishi yoki boshqa tovush bilan almashinishi kuzatiladi.
Hozirgi o'zbek adabiy tilining tuzulishida ma'lum darajada morfonologik xususiyatlar borligi va ular grammatik ma 'nolarni farqlashda alohida xizmat qilishi aniqlandi.
REFERENCES
1. Baskakov N.A. (1989)Historical-Typological Phonology of Turkic Languages. -Moscow: Nauka.
2. Gulyamov A. (2005) Scientific Heritage. - Tashkent: University Press.
3. Juravlyov V.K. (1989)Fundamental and Applied Phonology. Problems of Phonetics and Phonology // Materials of All-Union's Discussions. - Moscow: Nauka.
4. Levi-Stros K. (1985)Structural Anthropology. - Moscow: Nauka.
5. Losev A.F. (1989) In search of Building General Linguistics as Dialytic System. Theory and Methodology of Writing. Methods of Research in Language. - Moscow: Nauka.
6. Tojiyev Yo.(1992) Uzbek Language Morphemes. - Tashkent.