Научная статья на тему 'O'ZBEK MILLIY MATOLARI. BEQASAM VA ATLASNING KELIB CHIQISHI'

O'ZBEK MILLIY MATOLARI. BEQASAM VA ATLASNING KELIB CHIQISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3347
172
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy / rang / ip / ipak / gazlama / to’qimachilik / san’at / mato / o’tmish / kiyim. / national / color / thread / silk / gauze / fabric / art / fabric / past / clothing.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — R. Nurullaeva

Ushbu maqolamizda milliy matolarimiz kelib chiqishi, turlari va qanday usullarda bo’lgani, bir so’z bilan aytganda adras matosining to’qilishi, undagi rang bo’yoqlarini berilish uslubi, qisqacha yoritib berilgan. Milliy matolarimizni o’rganish dizayn soxasiga o’zbekona qarash, va hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, to’qimachilik sanoati kenggaytirish, milliy liboslarni loyihalashda turli xil ipakli matolardan foydalanishni tushuntirishga xarakat qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UZBEK NATIONAL FABRICS. ORIGIN OF BEKASAMS AND ATLAS

This article briefly explains the origin, types and methods of making our national fabrics, in a word, the weaving of adras fabric, the way it is dyed. The study of our national fabrics is an Uzbek approach to the field of design, and an attempt is made to further develop crafts, expand the textile industry, explain the use of various silk fabrics in the design of national costumes.

Текст научной работы на тему «O'ZBEK MILLIY MATOLARI. BEQASAM VA ATLASNING KELIB CHIQISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEK MILLIY MATOLARI. BEQASAM VA ATLASNING KELIB CHIQISHI

Nurullaeva Ruxshona

Termiz davlat univertsiteti 1-kurs milliy libos, kashtachilik va to'qimachilik yo'nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7353347

Annotatsiya. Ushbu maqolamizda milliy matolarimiz kelib chiqishi, turlari va qanday usullarda bo'lgani, bir so'z bilan aytganda adras matosining to'qilishi, undagi rang bo'yoqlarini berilish uslubi, qisqacha yoritib berilgan. Milliy matolarimizni o'rganish dizayn soxasiga o'zbekona qarash, va hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, to'qimachilik sanoati kenggaytirish, milliy liboslarni loyihalashda turli xil ipakli matolardan foydalanishni tushuntirishga xarakat qilinadi.

Kalit so'zlar: milliy, rang, ip, ipak, gazlama, to'qimachilik, san'at, mato, o'tmish, kiyim.

УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ТКАНИ. ПРОИСХОЖДЕНИЕ БЕКАСАМ И

АТЛАС

Аннотация. В этой статье кратко разъясняются происхождение, виды и способы изготовления наших национальных тканей, одним словом, плетение ткани адраса, способ ее окрашивания. Изучение наших национальных тканей является узбекским подходом к области дизайна, и предпринимается попытка дальнейшего развития ремесел, расширения текстильной промышленности, объяснения использования различных шелковых тканей в дизайне национальных костюмов.

Ключевые слова: национальный, цвет, нить, шелк, марля, ткань, искусство, ткань, прошлое, одежда.

UZBEK NATIONAL FABRICS. ORIGIN OF BEKASAMS AND ATLAS

Abstract. This article briefly explains the origin, types and methods of making our national fabrics, in a word, the weaving of adras fabric, the way it is dyed. The study of our national fabrics is an Uzbek approach to the field of design, and an attempt is made to further develop crafts, expand the textile industry, explain the use of various silk fabrics in the design of national costumes.

Keywords: national, color, thread, silk, gauze, fabric, art, fabric, past, clothing.

Tomchidek dur minglab harsang toshlaridan qimmatroq bo'lganidek, o'zbek xunarmandlarining qalb qo'ridan yaralgan atlas va adras ham ko'plab matolardan qadirliroq. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida O'zbekiston to'qimachilik san'ati va dekorativ amaliy san'ati keng rivojlangan edi. An'anaviy o'zbek shoyilari (kaunas, shoyi, xonatlas), nimshoyilar ( beqasam, banoras, parpasha, adras) Buxoro, Samarqand, Namangan va boshqa shaharlarda ishlab chiqarilardi. O'rta Osiyo aslzodalari shu gazmollardan kiyim kiyishardi. Kambag'al aholining kiyimi asosan ip matolardan (bo'z, olacha, susi, janda) bo'lardi.

O'zbek milliy kiyimlarini tikishda ishlatiladigan asosiy matolarga ip-gazlama, ipak, jun va gazlamalar kiradi. Ip-gazlama matolarining turlari va navlari juda ham ko'p. Uy sharoitida ip, jun, pilla, teri va boshqa narsalardan mato tayyorlash O'zbekistonda juda qadimdan mavjud bo'lgan. Ipakli va yarim ipakli matolar ishlab chiqarish qisman cheklangan edi. Bu soha asosan ma'lum hududlarda to'plangan bo'lib, ipakli va yarim ipakli matolardan yuqori sinf vakillarigina foydalanishgan. Chunonchi, ipakli va yarim ipakli matolar ishlab chiqarish Buxoro, Xiva va Qo'qon xonliklari markazlarida, ularga qarashli yirik shahar va qishloqlarda yo'lga qo'yilgan edi. Oddiy mehnatkashlar esa asosan ip - gazlama matolardan foydalangan. Oddiy matolar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kundalik yurish - turish uchun, ipakli va yarim ipakli matolardan esa to'y - tantana, bayramlarda kiyish uchun kiyimlar tikilgan. O'tmishda o'lkamizdagi butun shaharlar faqat ma'lum bir nav va ranglardagi gazlamani to'qishga ixtisoslashgan edi. Badiiy to'quvchilikning mahalliy maktablari mavjud edi. Bularning bari matolarni bo'yash san'atining yuksakligi, mahalliy gazlama to'qish uslublari, ular qo'lidan chiqadigan matolar rang-bo'yog'i va gullarning bir-biriga o'xshashligi, nafisligi bilan ajralib turgan. Quyida manashu matolarning ayrimlariga bir-ikki og'iz ta'rif berib o'tamiz: Beqasam - yo'l-yo'l gazmol bo'lib undan erkak va ayol bolalar uchun kundalik kiyiladigan to'nlar, ko'rpa-ko'rpachalar tikilgan

Banoras - beqasamdan rang turlari bilan farqalanib, undan ayollarning ustki kiyimi bo'lmish paranji tikilgan.

Adras - abr iplari bilan gul solingan nimshoyi gazmoldir. Guli ikki tomonlama bo'lganligi uchun ayrim joylarda duro'ya deb ataladi. Arqoq ipi yo'g'onroq bo'lganligi uchun gazlama yuzasida ko'ndalang chiviqlar hosil bo'ladi. Gullari abr usulida bo'lib sariq, ko'k, pushti, qizil ranglar qo'llanilgan.

Beqasam, beqasab — yo'l-yo'l gulli pishiq mato; tanda ipi ipak, arqog'i ipdan to'qiladi. Arqoq ipi tanda ipidan yo'g'onroq bo'lgani uchun mato yuzasida ko'ndalang chiziqlar (g'adirbudurlik) hosil bo'ladi. To'qish jarayonida arqoq ipi ho'llanib turiladi. Maxsus ishlov berib kudunglangandan so'ng Beqasamning bir tarafi atlasdek silliq, bir tarafi tovlanib turadi. Oldindan bo'yalgan tanda iplari ishlatilishi natijasida Beqasam guli ikki tomonlama xilmaxil va rangbarang bo'ladi. O'rta Osiyoning yirik ipakchilik markazlarida ishlab chiqarilgan Beqasamlar qalinyupqaligi, mato enining torkengligi, rang xillarining tanlanishi, yo'lyo'l gullarining tartibi jihatidan bir-biridan farq qilgan. Buxoro—Samarqand Beqasamlarining arqoq ipi yo'g'on, mujassamoti markazi oddiy bir me'yorda takrorlanuvchi aniq keng (pushti, sariq, zangori yoki pushti, binafsha, sariq tusli) yo'llardan, qirg'og'i esa hoshiya yo'llardan iborat. Bundan tashqari, "zanjira" gullar, abr nusxa yoki turli kvadrat, chiziqcha, mayda gullar va boshqa tasvirlar qo'shib bezatilgan. Mahalliy yorqin koloriti ranglarga boy. Beqasam Buxoro—Samarqand vodiysida olacha nomi bilan ham mashhur.

Farg'ona vodiysi Beqasamlari yupqa va mayin, chunki arqoq ipi ingichkaroq; guli, asosan, sovuq feruzabinafsha ranglardan iborat, ko'proq bo'rko'k tusli va turli xil yashil ranglarning bir-biriga mayin o'tishi bilan boshqa beqasamlardan ajralib turadi. Ba'zi an'anaviy gullari ("besh kashta", "Bayrok" )da yashil rangga yorqin pushti rang aralashtirilgan. Qadimda kuyov to'nlariga ishlatilgan Namangan "oq beqasam, asosan, oq, sariq, yashil tusli qilib to'qilgan. Namangan, Marg'ilon, Qo'qon to'qimachilik fabrikalarida beqasamning oq, chiviq, olti katak, marmar va boshqa turlari ishlab chiqariladi. Beqasamdan kiyim (to'n, kamzul, ko'ylak va boshqalar)lar, ko'rpacha va boshqa tayyorlanadi.

Atlas (arab.-tekis, silliq) - tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan to'qiladigan bir yuzlama silliq mato. Tanda ipi abrbandi usulida bo'yab bezatiladi. Alohida ishlov berib Atlasga jilo beriladi, shunga ko'ra u tovlanib turadi. Ilgari mato yuziga kudung urilgan, hozirgi kunda Atlas issiq satxli baraban - kalandrdan o'tkaziladi. O'zbek Atlaslari rang-barang nafis gullarga boy, bu gullar bir-biri bilan uyg'unlashib, matoda yaxlit go'zal bir naqshni hosil qiladi. Atlasning tabiiy ipakdan to'qilgan eng a'lo navi sakkiz tepkili xonatlas deb ataladi. Xonatlasning barcha siri uning tuzilishi va to'qilish usulidadir. Atlasning to'qilish jarayoni: to'rt tepkili Atlas to'rt tepkili dastgohda, sakkiz tepkili Atlas sakkiz tepkili dastgoxda to'qiladi. Tandaga gulalar tandaning har sakkiz naxi to'qilishda ustma-ust keladigan qilib ko'tariladi, naxlar tepkilarga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

muvofiq-lashtirilib, gulalar o'ynag'ichlarga ulanadi. Tepki bosilganda gulaning biri pastga tortilib, ustma-ust yotgan naxlardan birining komi ochiladi va orasidan birinchi arqoq ipi o'tadi, ikkinchi tepki bosilsa, ikkinchi komi ochilib, ikkinchi arqoq ipi o'tadi. Shu tariqa sakkiz nax orasiga sakkiz arqoq ipi ustma-ust tushib, tanda ipi matoning ustiga tomon joylana borib to'qima bir yuzlamaga aylanadi.

Ipak atlas matosi. Ipak nima? Ipak atlasini tushunish uchun ipak nima ekanligini tushunishingiz kerak. Dunyodagi o'simliklardan kelib chiqadigan tabiiy tolalardan farqli o'laroq, ipak hasharot tomonidan yaratilgan. Ipak qurti pilla hosil qilib, odamlar tolaga aylantiradigan materialdan iborat. Ipak qurti tijorat operatsiyalarida ko'paytiriladi, bunda pilla ajratiladi va alohida ipak ipak atlasga aylanadigan materialni tayyorlash uchun ishlatiladigan iplarga aylantiriladi.

Saten mato to'qish usuli hisoblanadi. Bugungi kunda atlaslar turli xil sintetik va tabiiy tolalardan qilingan bo'lib, ipak atlas eng qimmatli hisoblanadi. Saten to'qish jarayonida hosil bo'lgan matoga porlaydi. Jarayonga matoning yaltiroq va ko'rinadigan silliq yuzasini yaratish uchun burama iplarni boshqa tolalar ustiga surish orqali erishiladi.

Ipak atlas juda o'ziga xos materialdir. U ko'plab matolarga qaraganda qimmatlidir va mato bilan ishlashda eng hashamatli qiyofani yaratishni istagan ichki bezatuvchilar, tikuvchilar, tikuvchilar va boshqalar tomonidan yuqori baholanadi. Ipak atlas ikkala ko'rinishga ham, boylikka ham ega, va uni juda talabga keltiradigan qator fazilatlarga ega.

Sintetikadan ustun

Ipak atlas shubhasiz chiroyli ko'rinishga ega. Sintetik tolalardan yasalgan atlaslarga, asosan material sezgirligi tufayli afzallik beriladi. Butun ipakdan qilingan atlas statik elektrni jalb qilmaydi va tabiiy tolalardan tikilgan matolar kabi nafas oladi. Poliesterdan yasalgan ipaklar juda qiziydi. Ipak mato, shuningdek, mato ishlab chiqaruvchilarga sintetik tolaga erishilgandan ko'ra boyroq rangdagi atlaslar yaratishga imkon beradi.

Tarix

Atlas sintetik tolalar paydo bo'lishidan oldin asrlar davomida ipakdan qilinganligi sababli, Xitoy ming yillar davomida atlas ishlab chiqarishda monopoliyaga ega edi. I300-yillarda Evropada ipak ishlab chiqarish boshlandi. Bu atlasni hech bo'lmaganda yuqori sinf uchun ancha qulay va arzonroq qildi va u tez orada zodagonlarning va sevimli ishlarning sevimli matolaridan biriga aylandi.

Mazkur turdagi gazlamalarni chiqaradigan to'quvchilik markazlari Samarqand, Urgut, Nurota, Buxoro, Zandona, Farg'ona vodiysida Namangan, Beshariq tumanlarida mavjud edi. Adras va atlas to'qish Marg'ilonda juda qadimdan rivojlangan va boshqa joylarga tarqalgan. XX asr bshlarida bu yerda ko'plab adras to'quvchi atlas to'quvchi kosiblar bo'lishgan. Adras 1920-yillargacha Marg'ilon, Xo'jand, Buxoro, Samarqand va boshqa joylarda to'qilib, O'rta Osiyo bozorlaridan tashqari Avg'oniston, Xitoy kabi qo'shni mamlakatlarda ham sotilgan. Iplarni abr usulida bo'yash ham kata mahorat talab etadi. E'tiborlisi, barcha ranglar tabiiy usulda, bo'yoq beruvchi giyohlardan tayyorlanadi.

Abr so'zining ma'nosi bulut deb ta'riflanadi. Abr matolar er.av.XIX asrlarda rivojlanganligi bizga ma'lum . Atlas va adrasning mashhur turlari ko'p bo'lib, hozirda atlas va adrasning o'nlab turlari uchraydi. Bular quyidagila: "Marg'ilon", Navro'z", "Rasadxona", Bibixonim", "Nog'ora", "Kiprik", "Panja", "Kelinchak", "Bargi karam", "Chaqirim", "Yahudiy nusxa", "Nomozshomgul", "Shaxmat", "Qora ko'zim". Xulosa: Demak milliy matolarimiz atlas

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

va adras matolari qadimdan faqatgina qo'l ishi sifatida mashur bo'lgan. Bugungi kunga kelib esa avtomatlashtirilgan mashinalarda yaratilmoqda, leki hozirda ham qo'l ishi bilan yaratilgan milliy matolarga talab yuqori.

Xulosa: Demak milliy matolarimiz atlas va adras matolari qadimdan faqatgina qo'l ishi sifatida mashur bo'lgan. Bugungi kunga kelib esa avtomatlashtirilgan mashinalarda yaratilmoqda, leki hozirda ham qo'l ishi bilan yaratilgan milliy matolarga talab yuqori. Bundan tashqari milliy matolarimizdan adrasdan milliylik va zamonaviylikni uyg'unlashtirilgan holda ko'plab liboslar yaratilmoqda. Siz aynan shunday ajoyib liboslarni turfa xillarini hozirgi vaqtda uchratishingiz mumkin.

REFERENCES

1. O.Sh. Rahmatova, M.A. Sharipova. Milliy matolar jozibazi va yaratilish tarixi. Namangan-2019.

2. O'ralov L. S. "Jakard to'qimadagi tukli trikotaj polotnolaridan foydalanib ayollar uy kiyimini tayorlash texnologiya jarayonlari tadqiqi" . Magistrlik Akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Namangan-2020

3. Muxammedova Z.K. "OP-ART" USLUBIDA YOSHLAR ZAMONAVIY LIBOSLARINI LOYIXALASH. Akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent-2014.

4. Shukurov F.J."Adras to'qimasini fizik-mexanik xususiyatlarini tahlil qilish". Diplom loyiha ishi. Toshkent-2016

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.