Ответственность родителей при воспитании ребёнка
Каримова Гулчехра Исаковна
преподаватель Наманганского ИПКУНО
Karimova Gulchexra Isakovna
Namangan VHTCTMOI o'qituvchisi Namangan, CTzbekiston
FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONA MAS ULIYATI
Har qanday ¡jtimoiy hodisani ilmiy tadqiq etishning dolzarbligi, tarixiy ahamiyati uni mavjud davr bilan bevosita aioqadoriikda o'rgangandagina yorqin namoyon bo'iadi. Hozirgi davr O'zbekiston uchun tarixiy olamshumul ahamiyatga ega. Bugungi kunda respubiikamizda mustaqiilikni har tomonlama ta'minlash yo'iida asrga tatiguiik, tom ma'nodagi inqiiobiy o'zgarishiar amaiga oshiriimoqda.
Asosiysi, ijtimoiy taraqqiyot markazida inson turishini e'tirof etuvchi tamoyiiga asosiangan jamiyat qurayotganiigimizdir. Biz quyrayotgan jamiyat insonni rivojiantirish — insoniy jamiyatning asosiy mazmuni, yashash shakiidir. Bu jamiyatda ishiab chiqarish insonning munosib yashashi uchun maqsad sifatida emas, vosita sifatida o'rtaga chiqadi.
Oiianing eng muhim vazifasi — farzandiarimizni davrimizga munosib kishilar qiiib tarbiyaiashdir. Ota-onalar farzandiarining tarbiyasi uchun jamiyat, davlat oidida javobgar ekaniikiarini yaxshi tushunib o lis hlari lozim. Bolaning xulq-atvori, iroda va xarakteri tuyg'u va fikrlari, yaxshi odat, malaka va ko'nikmalari avvalo oilada tarkib topa boshlaydi. Kasb-xunar ta'limi jarayonida esa bolaning shaxsi bilan aloqador bo'lgan yuqoridagi hamma xususiyatlar ma'lum tizim vositasida yanada takomillashib boradi. O'quv tarbiya sohasidagi barcha ishlarning muvaffaqiyati, oila pedagogikasining murakkab masalalarining to'g'ri hal etilishi ota-onalar bilan kollejning mustahkam aloqasiga bog'liq. Bu aloqa qanchalik mustahkam, ta'sirchan bo'lsa, o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf etish shunchalik engil bo'iadi. Ota-onalarning o'zlari ahloq-odob qoidalariga, insonni ma'naviy jihatdan go'zal qilayotgan odamiylik va mehnatsevarlik kabi sifatlarga ega bo'lsalargina, ular tom ma'noda o'z bolalari uchun ijobiy namuna bo'la oladilar va bunday oilada go'zal inson voyaga etadi.
Ota-onalarning bolalar tarbiyasiga doir bilimlarini doimo oshirib borish, bolalar tarbiyasida talabchanlik, ota-ona va katta yoshdagi kishilarning bir-birlariga hurmat, izzatlarini, kichiklarga shavqat, g'amxo'rlik oilaviy tarbiyaning asosini tashkil qiladi.
Ko'pchilik ota-onalar oilada bolalar tarbiyasini to'g'ri yo'lga qo'yishda pedagogika sohasida orttirgan boy va ilg'or tajribalariga tayanib ish ko'rmoqdalar. Jamiyatimizda bolalarning mukammal o'sib, kamol topishlari uchun hamma sharoitlar yaratilib berilgan, lekin bola uchun oiianing, undagi ilik va jiddiy tartibning ota-ona mehriga asosiangan har kungi har soat va daqiqadagi sabr-toqat, qunt hamda aql bilan olib borilgan tarbiyaning o'rnini xech narsa bosa olmaydi. Tarbiya ishida maqsadning aniq bo'lishi alohida o'rin tutadi. Tarbiyadan ko'zda tutilgan maqsadga oilada bola tarbiyasini to'g'ri yo'lga qo'yish, tarbiyaning xilma-xil usullari va vositalaridan o'rinli foydalanish yo'li bilan erishiladi. Tarbiyada birlik, ota-ona obro'si, mehnat burchini anglash, ota-onaning bola tarbiyasini ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda olib borishi, bolalarning hammasini teng ko'rish, ularga nisbatan adolatli munosabatda bo'lish, tarbiyada bolaning o'sish va kamol topish xususiyatlarini hisobga olish, bola shaxsini hurmat qilish va unga nisbatan talabchan bo'lish, ishontirish, yaxshi fazilatlarga o'rgatish, rag'batlantirish va o'rinli koyish kabilar tarbiya ishining samarali bo'lishini ta'minlaydi.
Tarbiya — g'oyat nozik, ko'zga darrov ko'rina qolmaydigan ish. Uning natijasi birdaniga yuzaga chiqavermaydi. Tarbiya uzoq muddatga cho'ziladigan, ota-ona va kattalardan bilimdonlik, qunt, sabr-chidam, talab qiladigan jarayondir.
Oilaviy tarbiyadagi muvaffaqiyat katta yoshli kishilarning tarbiyaviy talablarda bir yoqadan bosh chiqarib ¡sh ko'rishlariga bog'liq. Oilada ahillik, hamjixatlik bo'lmasa, bolalarni tarbiyalashda katta qiyinchiliklar tug'iladi. Ota-ona doimo bolaga ko'z-quloq bo'lib turishi kerak. Vaqtida tiyib, yo'l-yo'riqqa solishi lozim. Tarbiya ¡sh¡ ota-onadan g'oyat ziyraklikni bola qalbiga qandaydir iliqlik bilan kirib borishni talab etadi.
Ota-onalar hamma jihatdan bolalarga ¡brat bo'lishlari oilada bolalar bilan ota-onalarning o'zaro munosabatlari, ularning bir-birini hurmat qilishlari va bir-birlariga ishonishlariga asoslanadi. Ota-onalar bolalarga nisbatan yuksak talabchan bo'lishlari, ayni vaqtda ularni qadrlab, hurmatlashlari lozim. Kattalarni bolalarga nisbatan oqilona talabchanlik bolani yaxshi ta'sirli bo'lishga ruhan majbur etadi.
Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalashda ota-onalarning pedagogik bilimlar bilan qurollanishi, aholi o'rtasida pedagogik bilimlar targ'iboti katta ahamiyatiga ega.
Ota-onalar ta'lim muassasasi va va o'qituvchining obro'-e'tiborini har tomonlama ko'tarishlari, bolalarni mehnatini sevish va hurmat qilish ruhida tarbiyalashlari, tartib-intizomga, jamiyatimiz turmushining shartlariga rioya etishlariga o'rgatishlari, ularning jismoniy kamol topishi va sog'lig'ini mustahkamlash haqida g'amxo'rlik qilishlari, ularning o'z vaqtida o'rta va xunar ta'limi olishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berishlari, o'zlarining mehnatga va ijtimoiy ishlarga munosabatlari bilan hamma ishda bolalarga namuna bo'lishlari lozim.
Ota-onalarning pedagogik madaniyati darajasi ularning ma'lumotlariga, individual xususiyatlariga, hayot tajribalariga bevosita bog'liqdir. Ota-ona va oiladagi boshqa katta kishilarning pedagogik tarbiyalari, e'tiqod va qarashlari esa bolaning ma'naviy qiyof asida xarakterini to'g'ri shakllanishida zarur omil hisoblanadi.
Ota-onalar bola oldida xech vaqt nolimasliklari va zorlanmasliklari lozim, tetik va xushchaqchaq bo'lishlari va ahvollarini yaxshilanib ketishlariga umid qilishlari, yaxshi turmush kechirish uchun oila xo'jaliklarini yaxshilashga intilishlari lozim.
Umuman olganda ota-onalar f arzandlarini yaxshi tarbiyalash bilan jamiyatimiz taraqqiyotiga muhim xissa qo'shadilar.
Adabiyotlar
1. M.lnamova "Farzand-nixol, ota-ona bog'bon" T "O'qituvchi" 1997 yil