Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations
Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Assessment of literature textile skills in mother tongue teaching
Shohruh ABDIRAIMOV1
Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi
ARTICLE INFO ABSTRACT_
The article provides analysis and comments on the criteria for assessing the ability to read and comprehend literary texts in mother tongue education and the methodology of assignments.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Reading comprehension, literary text, assessment, test assignments, assessment criteria.
Article history:
Received April 2021 Received in revised form 20 April 2021 Accepted 15 May 2021 Available online 25 June 2021
Ona tili ta'limida badiiy matnni o'qib tushunish malakasini baholash
ANNOTATSIYA
¡Calit: so'zlar: Maqolada ona tili ta'limida badiiy matnni o'qib tushunish
О qib rnsMnish ko'nikmasini baholash mezonlari va topshiriqlar metodikasi
^Г' yuzasidan tahlillar va mulohazalar keltirilgan.
test topshiriqlari, baholash mezonlari
Оценка навыков чтения и понимания литературных текстов в обучении родному языку
Ключевые слова: Понимание прочитанного, художественный текст, оценка,
контрольные задания, критерии оценки.
АННОТАЦИЯ
В статье анализируются и комментируются критерии оценки умения чтения и понимания художественных текстов при обучении родному языку и методика выполнения заданий.
1 Lecturer, Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi, Tashkent, Uzbekistan.
Ona tili ta'limida matn ustida ishlash o'ziga xos jarayon bo'lib, o'quvchi matn orqali til ifoda imkoniyatlarini samarali o'zlashtiradi, o'rganadi. Shuning uchun avvalo "matn" tushunchasiga to'xtalsak, O'zbek tilining izohli lug'atidamatnga quyidagicha izoh beriladi. "Matn [arabcha - yelka, nutqningyosuvdagi ifodasi, tekst] 1. Yozuvda yoki bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat" [8. B. 557]. Ilmiy manbalarda esa unga shunday izoh beriladi: "Matn - nutq ko'rinishi bo'lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir" [5. B. 5]. Darhaqiqat, matn - tilning ifoda imkoniyatlarini to'la o'zida aks ettiradigan kommunikativ birlik hisoblanadi. Shu bois til ta'limi autentik matn asosida olib borilsa, o'quvchilar real kommunikativ jarayonlarga tayyor bo'lib boradi. Bu esa, bizningcha, maqsad muvofiq hisoblanadi.
Ma'lumki, ona tili ta'limida matnni o'qib tushunish ko'nikmasini rivojlantirish va baholash alohida e'tiborni talab qiladigan jarayon hisoblanadi, chunki ona tili ta'limida "biror matn tilshunoslik fani nuqtayi nazaridan tekshirilar, biror adabiy til kategoriyalari - leksik, fonetik, morfologik va sintaktik birliklardan qay darajada foydalanganliklari nuqtayi nazaridan o'rganiladi"[5. B. 8]. Amaldagi holatni ham tahlil qilib chiqqan olima I. Azimova ham o'zining tadqiqotida quyidagicha izohlaydi: "5-sinfdan keyin matnni tushunish faqat adabiyot darslari bilan cheklanadi. Ona tili darslarida ham ba'zan matndan parchalar beriladi, ammo ular bevosita o'qib tushunish ko'nikmasini rivojlantirishga qaratilmagan. Adabiyot fani badiiy matn bilan ishlaydi Badiiyat obrazlar bilan ish ko'rar ekan, unda matnda qo'llangan vositalarni to'g'ri dekodlash masalasiga alohida e'tibor qaratilmaydi" [1. B. 220-221]. Shuning uchun ham ona tili ta'limida o'quvchi uchun badiiy matnni nazariy tahlilqilish ko'nikmasini shakllantirish emas, balki matnning ifoda-mazmuni, ya'ni uni to'g'ri dekodlash - idrok qilish ahamiyatli hisoblanadi. Shuni ham ta'kidlashimiz kerakki, amaldagi ona tili ta'limida o'quvchilarimizda o'qib tushunish malakasini shakllantirish - matn ustida ishlash deyilganda faqat badiiy matn, ustiga ustak, asosan, mumtoz va didaktik matnni o'qib tushunish ko'nikmasi shakllantirish nazarda tutilmoqda. Bu, bizningcha, maqsadga muvofiq emas. Negaki, umumta'lim maktablaridagi o'quvchilarning hammasi ham kelajakda filolog bo'lmaydi. Shuni alohida hisobga olishimiz, darsliklarda o'qib tushunish ko'nikmasini rivojlantirayotganimizda ham umumiy jihatidan yondashishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi. Shuning uchun badiiy matnni o'qib tushunish malakasini baholash jarayonida quyidagi ko'nikmalarni tekshirishga va o'quvchilarda aynan shu ko'nikmalarni rivojlantirishga e'tibor qaratsak, kutilgan natijani beradi deb o'ylaymiz. Shulardan kelib chiqib, "Ona tili" darslarida badiiy matnni o'qib tushunish malakasini rivojlantirishda quyidagi ko'nikmlarni shakllantirish lozim bo'ladi:
- ko 'chma ma'noda ishlatilgan leksik birliklarning ma'nosini anglash;
- mantndagiibora, maqol, hikmatliso'zlar ma'nosini tushunish;
- matnda qo'llangan sintaktikbirlikning vazifasinianglash;
- matnda ochiq vayashirin ifodalangan ma'lumotlarniidrok etish;
- asar obrazlariga tavsif berish;
- matnning yoki uning qismlarining umumiy ma 'nosini tushunish;
- matn bilan ishlayotganda o'zlarining shaxsiy fikrlari va tajribalaridan foydalana
olish;
- matn keltirilgan voqea-hodislar o'rtasidagi "sabab-oqibat-yechim", "shakl va mazmun mutonosibligi", "inkorni inkor qilish", "qiyoslash", "izchillik" kabi falsafiy qonuniyatlarni anglash;
- matnda muallif maqsadini aniqlash;
- mant g'oyasini anglash;
- matn mazmunini tushunish va talqin qila olish;
- matndagi fikrlar va muallif nuqtayi nazarining aniqligini baholay olish;
- matndan olingan bilim va tushunchalarni amalda tatbiq qila olish.
Mazkur ko'nikmalarni rivojlantirishda esa turli topshiriqlardan: qisqa javobli ochiq testlar, ko'p variantli test topshiriqlar, moslashtirishni talab etadigan topshiriqlar, "binar" testlar va batafsil javobni talab etadigan ochiq test topshiriqlaridan foydalanish nihoyatda samarali bo'ladi.
Quyida badiiy matnni o'qib tushunish malakasini baholashda foydalanish mumkin bo'lgan autentik matn asosida tuzilgan topshiriq namunalarini keltiramiz va ularni tahlil qilib chiqamiz.
QUYIDA KELTIRILGAN MATNNI O'QING VA U ASOSIDA BERILGAN 1-8-TOPSHIRIQLARNI BAJARING.
"O'ZBEKNING SODDASI"
O'shanda sakkiz yoshlarda edim. Ikkinchi sinfda o'qiyotgan bo'lsam ham zehnim o'tkir ekanmi, savodim chiqib qolgan, ya'ni otam aytib tursa, men fakturasini yozib borardim. Otam rayon matlubot jamiyatida magazinchimi, bir nima bo'lib ishlar edi. U kishi shunday katta ishda tursalar ham, jussalari mendaqaning o'ntasiga teng kelsa ham, savodlari haligidaqa edi. Lekin otamni mahalla ahli hurmat qilar, u kishi bilan "Polvon bobo" deb so'rashishar...
Biz yoz oqshomlari alla-pallagacha gurunglashib o'tirardik.Otamning oshnalari kelganda, muk tushib, doston o'qishar, navbat bilan do'mbira chertishar, momom ham qozon boshidan jilmasdi. Esimda: biznikilar ayniqsa, "Alpomish" dostonini sevishar edi. Yusuf degan bir tanishimiz bo'lardi, uyga keldimi, lo'labolishni o'mroviga tortib, shu dostonni o'qishga boshlar edi. Men jiddiy quloq solib o'tirar, keyin uxlab qolganimni bilmas edim, ertalab supa pastidagi yog'och karavotda ko'rardimo'zimni.
O'sha kecha uyimizda mehmon ham yo'q edi. Otam ham qayoqqadir ketib, kelavermadi...
Men zerikib, karavotimga chiqib yotdim. Bir mahal uyqu aralash payqab qoldim: supada g'o'dir-g'o'dir gap bo'lyapti. Ayniqsa, enamning ovozi baland-baland chiqardi. Otam bosiq, lekin u ham ba'zan "E! E!" deb qo'yardi, men shunda beixtiyor hushyor bo'lib ketdim. Otamning odatlari qiziq-da: meni hech vaqt "To'raboy, ke!" deb chaqirmaydi, shunchaki, "To'raboy!" deb qo'ya qoladi, demak, bu - beri ke, deganlari ham bo'ladi. "Ulim!" deb qo'yardilar, vassalom, men yugurib borishim kerak. Otam singillarimni ham "ulim" deb chaqirardi... U kishining "E!" deganini ko'p eshitganman. Dashtda bir sigirimizni cho'pon o'ziniki qilib, "bo'ri yedi"ga chiqargan ekan. Shunda enam cho'pondan sigirimizni undirish haqida ko'p gapirgan. Otam: "E! E!" deb turib, qo'l siltagan edi. Shundan keyin enam otamga gap kor qilmasligini bilib, cho'ponni qarg'ay-qarg'ay tinchigan edi.
- E! - dedi otam birdan baqirib. - Shu pul bilan biri ikki bo'larmidi, kampir?
- Siz shunday deysiz-da, hoy! - dedi enam. - Dashtdagi mol ham sanoqli qolgan, biz uni qaytib to'laymiz! O'ylaysizmi?
- Mol sizlarga, - deb to'ng'illadi otam. - Men endi manglayda borini ko'raman, kampir! E, gapirma! - otam qizishib ketdi: - Nima qilay? Selpo raisi o'g'irlik qildi, savodim yo'q, meni go'l bilib, shuncha pulga tushirdi, yordam qilinglar, deb arzga boraymi? - E, men bu ishti qilolmayman! Insofi bo'lsa, o'ylab ko'radi, kampir! Olti bolam bor, ko'rib turibdi o'zi. Nokaslik qilmas.
- O, sho'r boshim, sho'rgina boshim! - dedi enam kuyinib va idishlar taraqlab ketdi: - Siz arz qilmasangiz, men qilaman! Ertalab milisaga boraman, tekshirib ko'ringlar, bu odam selpodan hech mahal muncha pul olgani yo'q, fakturayam tuzgani yo'q. Tuzgan bo'lsa, kopiyasi o'zida bo'lardi-da!.. Bu odamni o'sal qilib, o'zlari padlo'k dakumit tuzgan, shuncha pulni buning bo'yniga urgan! Tekshirib ko'ringlar. Buning pakturalarini o'g'lim yozib berardi, uniyam keltirib so'roq qilinglar, deyman!
Otam jimidi. Men bu gaplarning ma'nosiga tushunmas edim. Biroq kimdir otamni aldagani, uning boshida xavf borligini sezdim. Biz bolalar tayyorga ayyor bo'libo'sar edik: oilada paydo bo'ladigan qiyinchilik, kamchilikni ota-onamiz tuzatar, to'ldirar edi. Bizga o'yin bo'lsa, yonboshlab yotib doston eshitish bo'lsa yoki pistaga pul bo'lsa bo'ldi edi.
Men otamga faktura yozib berganlarimni eslab, ichimda xursand bo'lib, ko'rpaga o'raldim. ...
Otamning oxirgi so'zi shu bo'ldi:
- E, kampir, boshimni qotirma. Men aytdim aytgichimni unga. Nomard ekansan, uka. Mayli, shu o'tirikpuldideb ket, lekin biring ikki bo'lmasin. Bir kuni seni bolalaring ham ota deb qolsin, dedim. Bo'ldi shu gap, kampir. Yurakti bo'shatdim. Agar hayvon emas, odam naslidan bo'lsa, keladi u - ukkig'ar!
O'rtoqlarim bilan so'kishib yurganlarimni esladim, otam: "O'zbekning gapi bir bo'ladi", degich edi. Men yana, hamma vaqt bir so'zli bo'lishni o'yladim. So'ng nima uchundir shu tobda otamning tutgan yo'lini to'g'ri deb bildim va keyin uxlab qoldim.
Yopiray! Juda notinch bo'ldi-da, bu kecha!
Yana uyg'onib ketdim: supada g'o'dir-g'o'dir gap-so'zlar qulog'imga yetmasidan qozonda jiz-biz bo'layotgan go'shtning hidi dimog'imga yetdi. Hayron bo'lib, boshimni ko'tardim. Dashtdan otamning oshnalari kepti deb o'ylagan edim. Yo'q, lampa yoritib turgan dasturxonning bir tomonida matlubot jamiyatining raisi cho'kka tushib o'tirar, u otam bilan kulishar edi. Enam o'choq boshida.
Men bu odamni yaxshi tanir edim, qachon otamga ergashib uning omboriga borsam, shu kishini ham ko'rardim, u burchak-burchakda uyilib yotgan yong'oq, olmaqoqi va olchaqoqilardan hovuchlab olib hidlar, so'ng sochib tashlab, kaftlarini bir-biriga urib qoqar, keta turib, menga qoshini uchirib qo'yar edi. Lekin uyimizga hech kelmagan edi.
Qovurdoqning hididan uning hali yetilib pishmaganini sezdim. Uyda mehmon borida dasturxondan chetda tur, hadeb o'rtaga qo'l uzataverma, bir ishora qil, o'zim beraman, xohlagan narsangni,der edi enam. Men o'zimning uyg'oq ekanimni enamga qanday bildirsam deb o'ylab turgan edim, ular yana kulib yuborishdi. Shunda otamning oqshomgi kayfiyatini eslab, ishi o'ngidan kelgani - tutgan yo'li to'g'ri chiqqaniga ishondim va xursand bo'lib ketdim. Enamga tikilaman, harakatlaridan u kishining ham kayfi chog' ekani bilinib turibdi.
Lekin baribir turishga jur'at etolmadim.
- Ha, Polvon aka, menga yomon ta'sir qildi gapingiz, - dedi rais. - Men shuncha yoshga kirib, bunday gapni eshitmagan edim. Yashirmayman, mard odamsiz, tushunasiz... Bunday ishlar avval ham bo'lgan. Lekin birovi ham o'zimga havola qilib ketmagan edi. Odamga ta'sir qilar ekan, men ham odam bolasiman... Ana, faktura, dela! Yangamga bering, yoqib yuborsinlar. O'tgan ishga salovat, Polvon aka.
Men karavotdan sekin tushib, o'choq boshiga chopdim.
- Suv ichaman, suv - dedim enamga.
- Go'sht-chi, yemaysanmi, bolam? - dedi enam.
Men tirjayib, cho'nqaydim. Shunda rais meni chaqirib, qoshini chimirdi. Men o'rnimdan turib salom berdim.
- Berman ke, ulim, berman ke! - dedi otam. Bunday vaqtda borishim kerak. Enam ham yelkamga qoqdi. Otam yoniga o'tqazib:
- Sher ulim! - dedi. - Uxlamadingmi?..Endi go'shtdan yeysiz-u kirib uxlaysiz. Xavotir olma, bolam! Mard odamning sadag'asi ketsang arziydi. Mana, amaking ham mard chiqib qoldilar...
Ular kulishdi. Shunday qilib, bu notinch kecha o'tdi.
Hozir men o'sha kecha, o'sha suhbatlardan yigirma besh yil beridaman. Ularni tushdagidek eslayman. ... (866 ta so'z)
Shukur Xolmirzayev, 1972
Quyidagi savollarga matn asosida javob bering.
Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko 'chiring.
1. Ajratib ko'rsatilgan "muk tush/b"iborasining matndagi ma'nosini aniqlang.
Javob:_
Mazkur test topshirig'i orqali o'quvchining mantndagi iboraning ma'nosini tushunish ko'nikmasi baholanmoqda. Bunday topshiriqlar orqali o'quvchilarda matnda qo'llangan ibora, maqol, hikmatli so'zlarning ma'no, mazmunini idrok etish, fahmlash ko'nikmalari rivojlantiriladi.
2. Hikoyada Polvon tog'aning ayoli nutqida keltirilgan "O, sho'r boshim, sho'rgina bosh/m/^jumlalari asosida uni qanday ayol deyish mumkin?
A Nohaqlikka chiday olmaydigan kuyunchak ayol
B. Qanoatli, har narsaga rozi bo'luvchi, itoatkorayol
D. Boriga qanoat qilmaydigan, noshukr ayol
E. Gapga chechan, ko'pgapiradigan ayol
Mazkur test topshirig'i orqali o'quvchining matnda qo'llangan sintaktik birlikning vazifasini anglash ko'nikmasi baholanmoqda. Bunday topshiriqlar orqali o'quvchilarda matnda qo'llangan sintaksis birliklarni mazmun-mohiyatini idrok etish, uning matndagi ishoraviy ma'nolarini fahmlash ko'nikmalari rivojlantiriladi.
3. Matnda ajratib ko'rsatilgan "o'tirik" so'zining ma'nosini aniqlang.
A qalbaki
B. bir martalik
D. mehnat qilib topilgan
E. aldov bilan topilgan
Mazkur test topshirig'i orqali o'quvchining ko'chma ma'noda ishlatilgan leksik birliklarning ma'nosini anglash ko'nikmasi baholanmoqda. Bunday topshiriqlar orqali o'quvchilarda matnda qo'llangan so'zlarning lisoniy na nutqiy ma'nolarini tushunish, idrok qilish kabi ko'nikmalar rivojlantiriladi.
4. Rais nima uchun kechki payt Polvon tog'anikiga kelib qilgan ishidan pushaymonligini bildirdi?
A Palvon tog'a bilan orasi yomonlashib ketishinixohlamagni uchun.
B.O'ziningkirdikorlari ochilib qolishidan qo'rqqanisababli.
D. Palvon tog'a og'irlik qilmaganiga ishongani uchun.
E. Haqiqiyaybdorlar, o'g'rilar aniqlanganligisababli.
Mazkur test topshirig'i orqali o'quvchining matn keltirilgan voqea-hodislar o'rtasidagi "sabab-oqibat-yechim", "shakl va mazmun mutonosibligi", "inkorni inkor qilish", "qiyoslash", "izchillik" kabi falsafiy qonuniyatlarni fahmash, idrok etish ko'nikmasi baholanmoqda. Bu ularda real hayotni anglash ko'nikmalarini rivojlantiradi.
5-6. Berilgan obrazlar va unga aloqador tavsiflarni o'zaro moslashtiring. ESLATMA! Javob variantlaridani ortiqchasi bor.
Ularga berilgan tavsiñar Obrazlar
5. Yomonlikni o'ylamaydigan, hammaga Ollohdan insof tilaydigan, doim yaxshilikniko'zlaydigan birso'zliinson. 6. O'zgalarmol-mulkinio'zikiqilibo'zlashtiribolgan, harom-xarishdanham qaytmaydigan inson. A. Cho'pon B . Rais D. Palvon tog'a
Mazkur test topshirig'i orqali o'quvchining asar obrazlariga tavsif berish, matnning yoki uning qismlarining umumiy ma'nosini tushunish ko'nikmasi baholanmoqda. Bunday topshiriqlar orqali o'quvchida matndagi qahramonlarning o'ziga xosliklari orqali o'rnak olish, xatolari orqali ular qilgan xatolarni takrorlamaslik kabi hayotiy ko'nikmalar rivojlantiriladi.
7. Quyidagi qaysi hukm matn mazmuniga MOS EMAS?
A Bola o 'z otasining tu tumi, xarakterini, tanlovini har doim to 'g'ri deb bilgan.
B. Ba'zi insonlarning boylik orttirish uchun har narsadan toymasligi keltirilgan.
D. Bola tarbiyasining o 'zbeklargagina xos bo 'lgan xususiyatlar ham aks ettirilgan.
E. Polvon tog'aningmardligimuammolarininghalbo'lishiga sabab bo'ldi.
Mazkur test topshirig'i orqali o'quvchining matnning umumiy ma'nosini tushunish
ko'nikmasi baholanmoqda. Bunday topshiriqlar orqali o'quvchida matnni to'liq o'zlashtirish, uning tarkibidagi mazmuniy bog'lanishlarni fahmlash kabi ko'nikmlar rivojlantiriladi.
8.Muallif hikoyada "O'zbekning soddasi" deb kimni nazarda tutyapti? Bu soddalikmi?
ESLATMA. Fikrlaringiznilo'nda, ixcham ifodalang, 20 ta so'zdan oshib ketmasin.
Javob:._
Mazkur test topshirig'i kengaytirilgan javobni talab qiladigan topshiriq bo'lib, uorqali o'quvchining matnda muallif maqsadini aniqlash, matn g'oyasini anglash, matn mazmunini tushunish va talqin qila olish, matndagi fikrlar va muallif nuqtayi nazarining aniqligini baholay olish, matndan olingan bilim va tushunchalarni amalda tatbiq qila olish kabi ko'nikmalarni baholanyapti Bunday topshiriqlar orqali o'quvchida real hayotni
anglash, hayotdagi har bir voqelikning mohiyatini idrok eta olish kabi ko'nikmalar rivojlantiriladi.
Xulosa qilib aytganda, o'quvchilarning ona tilidagi badiiy matnlarni o'qib tushunish malakasini baholash jarayoninida foydalaniladigan topshiriqlar mazmuni va metodikasi alohida e'tibor berish shart.Negaki, o'quvchilar til o'rganuvchisi emas, balki yetkazuvchisi, til sohibi hisoblanadi. Agarda yetarli darajada e'tibor berilmasa, teskari natija berishi mumkin. Shu bilan birga, ona tili ta'limida badiiy matnni o'qib tushunish malaksini baholashda topshiriqlar tuzish uchun autentik matnlardan foydalanish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. Azimova I., Ona tili ta'limida lisoniy malakani rivojlantirishning psixolingvistik asosi. Global ta'lim va milliy metodika. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. -Toshkent. PRINT 25, 2019, - B. 215-224.
2. Ismailov A. v.b,. Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning o'qish savodxonligini baholash. - Toshkent, «Sharq», 2019. - B. 92.
3. J. Charles Alderson. Assessing Reading.Cambridge University Press 2000.
4. Jalilov K. Baholash nazariyasi asoslari. - Toshkent, Akademnashr, 2020. - B. 252.
5. Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil. - Toshkent, "O'qituvchi", 1995. - B. 87.
6. Mavlonova K., Hakimova N. Ona tili darslarida o'qish savodxonligini egallash imkoniyatlari. O'zbek tilshunosligini rivojlantirishning dolzarb muammolari. Res. ilm. amal. konf. mater. - Toshkent, O'zkitobsavdo nashriyoti, 2020. - B. 340. - B. 217-224.
7. Yo'ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. - Toshkent: Fan, 2008.
8. O'zbek tilining izohli lug'ati. 3-tom. - Toshkent, O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006. - B. 671.
9. Shukur Xolmirzayev. "O'zbekning soddasi". Hikoya. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/shukur-xolmirzayev- 1940-2005/shukur-xolmirzayev-o-zbekning-soddasi-hikoya.