INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© T.R. Bekmirov1H_
1Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada onalarning psixik holatlarining farzandlarning psixik rivojlanishiga ta'siri, ayniqsa, xavotir va agressiya holatlari tahlil qilinadi. Mazkur psixologik ko'rsatkichlar oilaviy munosabatlar va bolalar tarbiyasida muhim o'rin tutadi.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - onalarning xavotirlanish va agressiv holatlarini psixologik jihatdan tahlil qilish, ularning oilaviy munosabatlar va bolalar psixik rivojlanishiga ta'sirini aniqlashdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda G.Ayzenkning "Psixik holatni baholash metodikasi" qo'llanildi. Ushbu metodika yordamida onalarning xavotirlanish, frustratsiya, agressivlik va rigidlik holatlari tahlil qilindi. Statistik ko'rsatkichlar asosida 334 sinaluvchidan olingan natijalar tahlil qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, onalarda xavotirlanish (31,2%) va agressivlik (32,9%) yuqori ko'rsatkichlarga ega. Shu bilan birga, frustratsiya (23,4%) va rigidlik (12,6%) ko'rsatkichlari nisbatan past bo'ldi. Mazkur holatlarning yuzaga kelish sabablaridan biri sifatida "uy bekasi sindromi", ijtimoiy rol o'zgarishi, onalik mas'uliyati va oilaviy munosabatlardagi murakkabliklar aniqlangan.
XULOSA: tadqiqot natijalari onalarning xavotirlanish va agressivlik holatlarini kamaytirish maqsadida psixologik yordam va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash choralarini ko'rish zarurligini ko'rsatadi. Psixologik muvozanatni ta'minlash orqali bolalar psixik rivojlanishini yaxshilash va oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga erishish mumkin.
Kalit so'zlar: xavotirlanish, agressivlik, frustratsiya, rigidlik, nevrotik holatlar, uy bekasi sindromi, onalik mas'uliyati.
СТАТИСТИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ ПСИХИЧЕСКИХ СОСТОЯНИЙ У МАТЕРЕЙ. В АНАЛИЗЕ СЛУЧАЕВ АГРЕССИИ И ТРЕВОГИ_
© Т.Р. Бекмиров1И
Ташкентская медицинская академия, Ташкент, Узбекистан_
Аннотация
Iqtibos uchun: Bekmirov T.R. Onalardagi psixik holatlarning statistik ko'rsatgichlari. agressiya va xavotirlanish holatlari tahlilida.// Inter education & global study. 2025. №1(1). B.312-319.
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2025, №1(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируется влияние психических состояний матерей, таких как тревожность и агрессия, на психическое развитие детей. Особое внимание уделено важности психоэмоционального состояния матери в контексте семейных отношений.
ЦЕЛЬ: основная цель исследования — выявить ключевые психологические состояния матерей, включая тревожность и агрессию, их статистические показатели и влияние на психическое развитие детей. Кроме того, исследование направлено на анализ факторов, способствующих формированию этих состояний, и разработку рекомендаций для их коррекции.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: исследование проводилось с использованием методики Г. Айзенка для оценки психических состояний, включая тревожность, фрустрацию, агрессию и ригидность. Анализировались данные 334 испытуемых, среди которых были определены уровни указанных состояний.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показали, что среди обследованных тревожность наблюдалась у 31,2%, агрессия — у 32,9%, фрустрация — у 23,4%, ригидность — у 12,6% испытуемых. Основными факторами, влияющими на высокий уровень тревожности и агрессии, являются социальные изменения в жизни матери, повышенные ожидания, усталость и "синдром домохозяйки".
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: исследование подтверждает необходимость разработки психологической помощи и социальной поддержки матерей для снижения тревожности и агрессии. Это позволит не только улучшить психическое здоровье матерей, но и благоприятно повлияет на психическое развитие их детей и семейные отношения в целом.
Ключевые слова: тревожность, агрессия, фрустрация, ригидность, невротические состояния, синдром домохозяйки, материнская ответственность.
Для цитирования: Бекмиров Т.Р. Статистические показатели психических состояний у матерей. в анализе случаев агрессии и тревоги.// Inter education & global study. 2025. №1(1). C.312-319.
STATISTICAL INDICATORS OF MENTAL STATES IN MOTHERS. IN THE ANALYSIS OF CASES OF AGGRESSION AND ANXIETY_
© Tolib R. Bekmirov1®
1 Tashkent Medical Academy, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article examines the psychological states of mothers, such as anxiety and aggression, and their influence on the mental development of children. It highlights the importance of maternal psycho-emotional well-being in the context of family relationships.
©intereduglobalstudy.com_2025, ISSUE 1(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
AIM: the main objective of the study is to identify the key psychological states of mothers, including anxiety and aggression, their statistical indicators, and their impact on children's mental development. Additionally, the study aims to analyze the contributing factors to these states and propose recommendations for their mitigation.
MATERIALS AND METHODS: the study utilized G. Eysenck's methodology to assess psychological states, including anxiety, frustration, aggression, and rigidity. Data were collected from 334 participants, and the levels of these states were determined and analyzed.
DISCUSSION AND RESULTS: the results indicated that anxiety was observed in 31.2% of participants, aggression in 32.9%, frustration in 23.4%, and rigidity in 12.6%. The findings suggest that social changes in a mother's life, high expectations, fatigue, and "housewife syndrome" are significant factors contributing to heightened levels of anxiety and aggression.
CONCLUSION: the study confirms the necessity of developing psychological assistance and social support programs for mothers to reduce anxiety and aggression. This approach can not only improve mothers' mental health but also positively impact the mental development of their children and family dynamics.
Keywords: anxiety, aggression, frustration, rigidity, neurotic states, housewife syndrome, maternal responsibility.
Onalardagi psixik holatlarning farzandlarining psixik rivojlanishiga ta'sirini oid va shunga yaqin jarayonlarni jahonda bir qancha olimlar o'rgangan. J.Boulbining ta'kidlashicha, bola go'daklik va erta bolalik davrida ona (yoki uning o'rnini bosuvchi shaxs) bilan ikkalasini ham qoniqtiradigan va mamnun qiladigan iliq, yaqin, barqaror munosabatlarni boshdan kechirishi kerak. Bolalikda onadan uzoqda bo'lish ko'pincha bola rivojlanishining intellektual, ijtimoiy va hissiy xuusiyatlarida jiddiy oqibatlarga olib kelishi, onalik mehrini his qilmaslik, oqibatda qaytarib bo'lmaydigan muammolarga sabab bo'lishi mumkinligini ta'kidlaydi.
Ona-bola munosabatlari va ularning vaqt o'tishi bilan rivojlanishi D.Vinnikott tomonidan o'rganilib, bola dastlab potentsialga, o'sish va rivojlanish tendentsiyasiga ega bo'lsa-da, ammo onalik parvarishi bo'lmaganda buni amalga oshirish mumkin emas, deb hisoblaydi.
M.Yoqubiyning ta'kidlashicha, erta bolalikda onalarning bola tafakkuriga noto 'g'ri munosabati bu dunyoda o'z to'la mavjudligi tuyg'ularining yemirilishiga olib keladi. O'z-o'zini hurmat qilishning yo'qolishi insonni sezish, sevish, istalgan ehtiyojlardan
For citation: Tolib R. Bekmirov. (2025) 'Statistical indicators of mental states in mothers. in the analysis of cases of aggression and anxiety', Inter education & global study, (1(1)), pp. 312-319. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
qo'rqqanida paydo bo'ladigan uyat hissi bilan bog'liq. Bu shuni anglatadiki, uning "Men"i birinchi navbatda bu ehtiyojlarni kamsitgan ota-onalar vakillari rolini o'z zimmasiga oladi.
Shuni ta'kidlash kerak-ki, oilada bola uchun eng asosiy inson bu uning onasidir. Onalarning ruhiy holati bolaga eng katta ta'sir ko'rsatuvchi omil sanaladi. Inson xulq-atvori, ularning muvaffaqiyati haqidagi hayotiy rejalari va prognozlari, da'volar darajasi unga onasi tomonidan qilingan munosabat natijasi bilan bog'liq. Bolalikda yaqinlari tomonidan qabul qilish va hurmat qilish asosida shakllangan o'z-o'zini hurmat qilish shaxsning ulg'ayishi bilan ishlarda o'ziga bo'lgan baholar bilan boyitiladi
Onalardagi psixik holatlarni tadqiq qilish maqsadida G.Ayzenkning Psixik holatni baholash metodikasidan foydalanib bir qanchcha emperik natijalar aniqlandi. G.Ayzenkning "Psixik holatni baholash metodikasi" ruhiy holatlarda o'z-o'zini baholash usuli sifatida (XX asrning 60-80 yillari) G.Ayzenk tomonidan ishlab chiqilgan shaxs so'rovnomalaridan biridir [1]. G.Ayzenkning so'rovnomalari muallifning shaxsni o'rganishga yangi tipologik yondashuvni ishlab chiqish asosida yaratilgan. Bunda K.Yung, R.Vudvort, I.P.Pavlov, E.Krechmer va boshqa mashhur psixologlar, psixiatrlar va fiziologlarning nazariy yondashuvlaridan ham, G.Ayzenk o'zining keng ko'lamli eksperimental tadqiqotlari ma'lumotlaridan ham foydalanildi. G.Ayzenkning shaxsiyat so'rovlari yetarlicha yuqori haqiqiylik va ishonchlilik koeffitsientlariga ega va amaliy psixodiagnostikada keng qo'llaniladi.
Ruhiy holatlar uchun o'z-o'zini baholash so'rovnomasi xavotir, frustratsiya, tajovuzkorlik va rigidlik kabi holatlarning darajasini aniqlash uchun mo'ljallangan. Anketa 40 ta bayonotdan iborat bo'lib, bunda javob variantlari: "mos", "juda mos emas", "mos emas" variantlaridan dan iborat. Bunday holda, bayonotlar 4 ta shkalaga birlashtiriladi: xavotir, frustratsiya, tajovuzkorlik, rigidlik.
Natijalarni qayta ishlashda har bir shkala bo'yicha barcha yig'indilarni hisoblash yo'li bilan amalga oshiriladi. Olingan natija aniqlangan to'rtta shartning jiddiylik darajasini ko'rsatadi.
Metodikani o'tkazishdagi ko'rsatmalarda sinaluvchiga turli xil ruhiy holatlarning tavsifi taklif qilinadi. Bunda javoblar juda mos kelsa, javobga 2 ball beriladi; agar u unchalik mos bo'lmasa, 1 ball; agar u umuman mos kelmasa 0 ball qo'yiladi.
G.Ayzenkning "Psixik holatni baholash metodikasi" orqali xavotir, frustratsiya, tajovuzkorlik va rigidlik kabi holatlarning darajasi aniqlanadi.
ISSN 2992-9024 (online) 2025, №1(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
55,1 53,9
46,7 ■ 41,3
33 5 31.2 32,9 ■ 23'4 ■
( ( 22,1 21,6 |H I
1 шшШШ III:
Past daraja O'rta daraja Yuqori daraja
■ Xavotirlanish ■ Frustratsiya ■ Agressiya ■ Rigidlik
1-rasm. G.Ayzenkning "Psixik holatni baholash metodikasi" natijalari.
334 nafar sinaluvchilardan olingan natijalarga ko'ra xavotirlanish 104 nafar (31,2%), frustratsiya 78 nafar (23,4%), tajovuzkorlik 110 nafar (32,9%) hamda rigidlik 42 nafar (12,6%) yuqori ko'rsatkich qayd etilgan (1-rasm). Mazkur natijalarga ko'ra onalarda xavotirlanish hamda agressiya ko'rsatkichlarining yuqoriligini, qolgan natijalarda (frustratsiya) o'rta va (rigidlik) past natijalar olingan. Albatta frustratsiya hamda rigidlik natijalarida yuqori ko'rsatkichning quyi qiymatga ega ekanligi quvonarli, biroq onalardagi xavotir hamda agressiya ustunligi sabab mazkur muammolarning ham kelgusida vujudga kelishini taxmin qilish mumkin. Shuningdek, onalardagi nevrotik holatni bartaraf etishda xavotir hamda agressiya xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq.
Onalardagi agressiya hamda xavotirlanishning yuqori bo'lishi bir qator omillarga bog'liq. Taxminimizcha, buning birinchi sababi bola tug'ilgach onaning quvonchi bilan bir qatorda, yangi xavotirlarning ham paydo bo'lishi bilan bog'liq. Shuningdek, ona bo'lgach, ayol hayotida sezilarli o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bularga ijtimoiy maqomning o'zgarishi, odatiy turmush tarzi (ish, do'stlar, harakat erkinligi)dagi cheklovlarni kiritish mumkin. Ona bo'lish o'z navbatida turmush o'rtog'i bilan ham munosabatlariga ta'sir ko'rsatadi. Ona hayotidagi bu o'zgarishlar ko'pincha unda xavotir va norozilikni boshdan kechirishiga olib keladi. Mazkur vaziyat birinchidan, har qanday ruhiy noqulaylik sababli shaxs xulqida tajovuzkorlikni vujudga kelishi omili bo'lsa, ikkinchi sabab sifatida onalardagi charchoqni keltirib chiqarishi mumkin. Zero, har qanday ona uyqusiz tunlarni, tugamas uy ishlarini va cheklangan muloqot tufayli surunkali charchoqni his qiladi. Mas'uliyat sabab yaxshi ona rolini o'ynashda qo'lidan kelgan barcha choralarni qo'llashga harakat qiladi: ovqatlantirish, parvarish qilish, o'ynash, o'ynatish, rivojlantirish va xokazo. Ammo ayol ham uy bekasi, ham ona, ham xotin sifatidagi bir hil rolidan toliqishni his qiladi. Bir xil kun tartibi sabab paydo bo'lgan charchoq odatda "Uy bekasi sindromi" sifatida ham ta'riflanadi. Mazkur muammo yuzasidan Qo'shma shtatlarda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatgan-ki, aynan ishlovchi ayollar orasida uy bekasi rolidan mamnunlik, hayotdan qoniqish his qilish, o'z qadr-qimmati va qobiliyatini to'liq his qilayotganining yuqori ekanligi aniqlangan. Faqatgina onalik va xotin sifatida uy ishi bilan cheklanganlarda esa "Uy bekasi sindromi"ning ko'rsatkichi yuqori ekanligi tadqiq etilib, ularda nochorlik va
©intereduglobalstudy.com_2025, ISSUE 1(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
umidsiz hissi, tez-tez tushkunlikka tushish va o'z-o'zini past baholash hissining yuqoriligi kuzatilgan. Amerikada o'tkazilgan tadqiqotlar natijasida o'zini yillar davomida faqat oilaga bag'ishlagan ayrim ayollarda mustaqillik va vakolatlar tuyg'usidan mahrumlik, o'z "Men"ining qadrsizlanishi, alkogolizm, ruhiy va jismoniy kasalliklar va hatto o'z joniga qasd qilishga ham olib kelgani aniqlangan. Albatta mazkur holatlarni ba'zi tadqiqotchilar uy bekalarining odatda ishlaydigan ayollarga qaraganda past nazarda qaralishi bilan haqida ham ta'kidlaganlar [2]. Tadqiqotchi Shixanning fikriga ko'ra esa barchasi aksincha, ya'ni, ishlamaydigan ayollarning qiziqish va xobbiylari bilan shug'ullanishlari uchun vaqtlari yetarli, bo'lsa-da, ular doimiy bir xil bo'lgan uy ishlaridan zerikish his qiladilar, lekin bu ularning ruhan bezovtalik his qilishlari uchun asos bo'la olmaydi deb hisoblaydi. Uchinchi sabab sifatida bolalarning yomon xulq-atvorini keltirish mumkin. Ba'zi ota-onalar uchun bolaning itoatsizligi, boshqalari uchun bu injiqlik va isterika (bu rivojlanishning inqiroz davrida sodir bo'ladi). Bunday paytlarda ko'plab onalar o'zlaridan kechayotgan tuyg'ularini yengishi qiyin kechadi. Chunki ular bolaga hech qanday ta'sir qila olmay qoladilar. Ko'pincha bu muammo bola boshidan kechirayotgan yosh inqirozlari bilan ham bog'liq bo'ladi. Bu davrda bola injiq va o'jar bo'lib qolishi mumkin. Biroq aksariyat ota-onalar bu o'sishning vaqtinchalik bosqichi va u o'tib ketishi haqida ma'lumotga ega bo'lmay, bolaga nisbatan noto'g'ri tarbiya yo'liga o'tishi, o'z agressiv xulqini namoyon qiladi. To'rtinchi sabab yillar davomida yig'ilgan his-tuyg'ular kiradi. Onalar yillar davomida yig'ilib kelgan norozilik, umidsizli k, agressiya va xavotirlanish kabi tuyg'ularni boshdan kechiradi. Shuningdek, mazkur his-tuyg'ular qo'rquvni ham keltirib chiqarishi mumkin, ya'ni, agar men hozir g'azablansam, men haqiqatan ham yaxshi onamanmi, degan shubhalarni keltirib chiqaradi. Turli ko'rinishdagi negative tuyg'ularning to'planib borishi esa ruhiy muvozanatni buzadi. Beshinchi sabab ota-onalarning umidlari bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Har bir ota-ona farzandi dunyoga kelmasidanoq, u haqida o'ylashni, uning qanday bo'lishini, kelajagini rejalashtiradilar va orzu qiladilar. Farzand tug'ilganda, ota-onalarning farzandiuchun tuzgan rejalari boshqacha vaziyatni taqozo etadi. Natijada ota-onalarning xoxishlari va umidlari haqiqatga to'g'ri kelmasligiga duch keladilar. Bu umidsizlik, asabiylashish va g'azablanish tuyg'ularini keltirib chiqarishi mumkin. Bolalar, ota-onalarining umidlarini oqlamaganliklarini payqab, yopilib, ulardan uzoqlashishi ham mumkin. Oltinchi sabab tajovuzkor xulq-atvor bo'lib, oilaviy munosabatlarda muammolarning bo'lishi ham bola va ona xulqida agressiyani kuchaytiradi. Munosabatlardagi noroziliklarni to 'g'ridan-to'g'ri ifoda eta olmagan onalar turmush o'rtog'i e'tiborini jalb qilish uchun bolaga baqirishlari mumkin.
Biz onaning salbiy his-tuyg'ularini boshdan kechirishi mumkin bo'lgan eng keng tarqalgan sabablarni ko'rib chiqdik. Shuningdek, yuqorida ba'zi onalarda kuzatilishi mumkin bo'lgan uy bekasi sindromiga ham to'xtalib o'tdik. Onalarda vujudga kelishi mumkin bo'lgan mazkur sindrom hamda depressiyaning asosiy sabablariga quyidagilar kiradi [2]:
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
1. "Uy bekasi sindromi" - tug'ruqdan keyingi psixoz yoki tug'ruqdan keyingi depressiya ko'rinishida ham yuzaga chiqishi mumkin. Albatta mazkur holat tug'ruqdan keyingi nerv siqilishlari hamda organizmda magniy miqdorining tushib ketishi bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. Magniy - stressga qarshi asosiy modda bo'lib, nerv impulslarining tarqalishida faol o'rin egallaydi. Mazkur modda tanqisligi bilan bog'liq holatda - tushkun kayfiyat, jahldorlik, qo'llarning qaltirashi, suyaklarning qaqshashi, tomoqda tiqilishni his qilish, uyquning buzilishi, charchoq kabi belgilar kuzatiladi. Bunday holatda organizm uchun magniy, omego-3 yog' kislotalari va serotanin kabi moddalar miya uchun juda muhim. Chunki past ko'rsatkichli serotanin oqibatida depressiya va boshqa turli ruhiy kasalliklar kelib chiqish ehtimoli yuqori bo'lishi mumkin.
2. "Perfeksionizm" yoki "a'lochilik kompleks" - barcha vazifalarni mukammal bajarish istagi. Ko'pincha, bunday ayollar har bir narsada muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'ladilar, ya'ni, ishda, uyda, bolalarni tarbiyalashda va eri bilan munosabatlarda... Agar to'satdan ba'zi qiyinchiliklar vujudga kelsa, mazkur holat ularda o'z-o'zini ayblashga sabab bo'ladi. Uy bekasi sifatida butun muhitni ayblaydi va aybdorlik hissi bilan tajovuzkorlik o'z-o'ziga yo'naltirilgan bo'ladi. Hattoki, farzandidagi kichik bir kamchiligi uchun ham o'zini ayblaydi;
3. Keskin o'zgarishlar. Ma'lumki, ishlovchi ayollar tug'ruqdan oldin faol hayot tarziga moslashgan bo'ladilar. Tug'ruq ta'tiliga chiqqach esa ular uy bekasi roliga hamda keskin ona roliga o'tadilar. Moslashuv bilan bog'liq muammo ruhiy tushkunlikka sabab bo'lishi bilan bir qatorda, uning erkinligini ham cheklashi mumkin. Mazkur holatda moliyaviy masala ham muhim o'rin tutadi. Bundan oldin ayol o'zini moddiy ta'minlash uchun maoshidan sarflagan bo'lsa, endi moddiy rag'bat uchun qaramlik vujudga keladi. Sevimli kasbi va mashg'ulotidan ba'zan butunlay voz kechishiga ham sabablar bo'lishi mumkin. Chunki ko'pincha ayollarning uy bekasi rolida bo'lishi oila a'zolari uchun nisbatan ma'qulroq hisoblanadi.
4. Onalik mehri. Oilada farzand dunyoga kelishi bilan uning kelajagi uchun ota-onalardan katta mas'uliyat talab etiladi. Bolalar tarbiyasiga buvi va dodalarning aralashuvlari, ota-onalarni uquvsizlikda ayblash kabilar ko'pincha tajribasiz oilalarda kuzatilib turadi. Agar ota-onalarning o'zlari yoshlikdan psixologik travma bilan katta bo'lgan bo'lsalar, farzandlarining ruhiyatiga jiddiy e'tibor qaratadilar va ko'pincha o'zlarini ko'p narsalardan cheklay boshlaydilar.
Demak, onalarning ruhiy holatidagi salbiy o'zgarishlar uchun sabablar bisyor. Bu fiziologik hamda ijtimoiy omillar ta'sirida ruhiy muvozanatni buzilishiga olib keladi.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozim-ki, onalardagi nevrotik holatlarning yuzaga kelishida sabablar bisyor. Uning ijtimoiy hayotdagi rollari doirasi kengayar ekan, eng mas'uliyatli roli bu onalikdir. Ayol ona timsoli bilan bir qatorda rafiqalik, uy xizmatchisi, kelinlik va boshqa shu kabi qator rollarni ham bajarishiga to'g'ri keladi. Bu esa o'z navbatida onaning jismonan charchashiga, salomatligida, ruhiyatida muammolar yuzaga
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
kelishiga olib keladi. Ba'zi onalarning repraduktiv salomatlik qoidalariga amal qilmasligi, farzandlari orasidagi muddatlarning qisqaligi ularda turli ko'rinishdagi surunkali kasalliklar, jumladan, anemiya, avitaminoz va boshqa jinsiy-genetal, terapevtik kasalliklar uchun omil vazifasini o'tashi ham mumkin. Demak, salomatlikdagi muammolar o'z navbatida ruhiyatga jiddiy ta'sir ko'rsatib, nevrotik holatni buzuvchi omili sifatida baholashga turtki bo'la oladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Практикум по возрастной психологии: учеб. пособ. / под ред. Л.А.Головей, Е.Ф. Рыбалко. - СПб.: Речь, 2005. - 688 с.
2. Попова Л.В. Гендерные аспекты самореализации личности.- М.: Академия, 1993.-132с
3. Melibayeva, R. N., Narmetova, Y. K., Bekmirov, T. R., Bekmirov, T. R., & Abdumutalibova, M. M. (2023). Oilalarda Nevrotik Buzilishlar Sabablari Va Ularni Bartaraf Etish Usullari. SCIENTIFIC JOURNAL OF APPLIED AND MEDICAL SCIENCES, 2(12), 695-699.
4. Бекмиров, Т. Р. (2020). Психологические особенности адаптации и интеграции детей с отклонениями в развитии. In педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования (pp. 125-129).
5. Бекмиров, Т. (2023). Психологическое состояние матерей детей с отклонениями в развитии.
6. Бекмиров, Т. (2022). УСМИРЛАРДАГИ ИНКИРОЗ ДАВРИ ВА НЕВРОЗ ХОЛАТЛАРНИНГ ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Bekmirov Tolib Rashidovich, katta o'qituvchi [Бектимиров Толиб Рашидович,
старший преподаватель], [Tolib R. Bekmirov, senior lecturer]; manzil: Toshkent tibbiyot akademiyasi 100109, Toshkent, O'zbekiston, Farabi ko'chasi, 2, [адрес: Ташкентская медицинская академия 100109, Ташкент, Узбекистан, ул. Фараби, 2 ], [address: Tashkent Medical Academy 100109, Tashkent, Uzbekistan Farabi street 2]