Научная статья на тему 'OLIY TA‘LIMDA MAKTABGACHA TA‘LIMIY YO’NALISHLARI TA‘LIM TIZIMINI ISLOH QILISH TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA'

OLIY TA‘LIMDA MAKTABGACHA TA‘LIMIY YO’NALISHLARI TA‘LIM TIZIMINI ISLOH QILISH TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‘lim / tarbiya / talaba / metod / maktab / dastur / davlat / nodavlat / texnologiyalar / dasturlar. / education / education / student / method / school / program / state / non-state / technology / programs.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Eshmonov O.U.

Oliy ta‘limda maktabgacha ta‘lim yo’nalishi talabalariga maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, barkamol avlod ta‘lim tarbiya jarayonini tarbiyachilar tomonidan to'g‘ri yo'lga qo'yilishini ta‘minlash hamda ularning malakasini oshirish jarayonini samarali tashkil etish xususida so`z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRE-SCHOOL EDUCATIONAL DIRECTIONS IN HIGHER EDUCATION AS A DEVELOPMENT FACTOR IN REFORMING THE EDUCATIONAL SYSTEM

Students of the direction of preschool education in higher education are told about further improvement of the pre-school education system, ensuring the correct implementation of the educational process of the harmonious generation by educators, as well as effective organization of the process of their professional development.

Текст научной работы на тему «OLIY TA‘LIMDA MAKTABGACHA TA‘LIMIY YO’NALISHLARI TA‘LIM TIZIMINI ISLOH QILISH TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA»

Eshmonov O. U.

Iqtisodiyot va Pedagogika Universiteti dotsenti

OLIY TA'LIMDA MAKTABGACHA TA'LIMIY YO'NALISHLARI TA'LIM TIZIMINI ISLOH QILISH TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA

Annotatsiya. Oliy ta'limda maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabalariga maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, barkamol avlod ta'lim-tarbiya jarayonini tarbiyachilar tomonidan to'g'ri yo'lga qo'yilishini ta'minlash hamda ularning malakasini oshirish jarayonini samarali tashkil etish xususida so^z yuritiladi.

Kalit sozlar: ta'lim, tarbiya, talaba, metod, maktab, dastur, davlat, nodavlat, texnologiyalar, dasturlar.

Eshmonov O.U.

Associate Professor of the University of Economics and Pedagogy

PRE-SCHOOL EDUCATIONAL DIRECTIONS IN HIGHER EDUCATION AS A DEVELOPMENT FACTOR IN REFORMING THE EDUCATIONAL

SYSTEM

Annotation. Students of the direction of preschool education in higher education are told about further improvement of the pre-school education system, ensuring the correct implementation of the educational process of the harmonious generation by educators, as well as effective organization of the process of their professional development.

Keywords: education, education, student, method, school, program, state, non-state, technology, programs.

O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bolib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart- sharoitlarni yaratadi.

Mavzuning dolzarbligi. Darhaqiqat, uzluksiz ta'limjarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma'lumotlarini o'zlashtiradi, yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi. Ma'lumki, ta'lim - tarbiya insonga borliqni anglash sir asrorlarini tushunish, tinimsiz rivojlanayotgan dunyoga moslashish, jamiyatni insonparvarlantirishga hissa qo' shish imkonini yaratadi. Har qanday davlatning qudrati va rivojlanish darajasini aynan ta'lim

tizimi aniqlab beradi. Davlatning ushbu tizimga munosabati, uning kelajagini belgilaydi.

Bugungi kunda Ozbekiston Respublikasida uzluksiz ta'limquyidagi ta'limturlarini o'z ichiga oladi: maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rtava o'rtamaxsus ta'lim, professional ta'lim, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta'lim. Ta'lim to'g'risidagi qonunning yangi tahriri aynan sakkizinchi moddasi Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida bo=lib, maktabgacha ta'lim va tarbiya bolalarni o'qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o'rtata'limga tayyorlashni ko'zda tutadi.

Asosiy qism. Ozbekiston Respublikasida ta'lim tizimining bunday turlarining har bir bosqichida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday ishlarni tarixan qisqa davr uchun misli ko'rilmagan rivojlanish sifatida baholash mumkin.

So'zimizning isboti sifatida bugungi kunda jadal rivojlanayotgan Maktabgacha ta'lim va tarbiyaga e'tiborni qaratishni lozim topdik.

Barchamizga ayonki 2019-yil 16-dekabrda -Maktabgacha ta'lim-tarbiyal 595-sonli O=RQ qabul qilindi. Bu qonun 11-bob, 58-moddadan iborat bo'lib 17-moddasida -Maktabgacha ta'lim tashkilotining turlari keltirilgan.

Umumiy turdagi maktabgacha ta'lim tashkilotining umumiy rivojlantirish yo'nalishidagi guruhlarida maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat ta'lim dasturi amalga oshirilishi ta'minlanadi.

Ko_p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo=lgan bolalar uchun maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat ta'lim dasturi amalga oshirilishi ta'minlanadi

Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarning alohida ta'lim olish ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularni sog=lom muhitga uyg=unlashtirish orqali ta'lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlar ta'minlanadi. (O'z.Res.2019yil 16-dekabrdalMaktabgacha ta'lim -tarbiyall 595-sonli O=RQ)

Sh.M.Mirziyoyev ilk marotaba O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimining ilk faoliyatidayoq maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish yuzasidan bir qancha ishlarni amalga oshirdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning —Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksizta'limning birlamchi, eng asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Kelgusi 3-4 yilda 5-6yoshdagi bolalarni barcha maktabgacha ta 'limga to'liq qamrab olishga erishmog'imiz shart. Bu ertangi kunimiz hal qiladigan masala va biz buni albatta amalga oshiramizW,- degan hayotiy da'vati har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi hamda qalbidan mustahkam o'rinegalladi. Bu sohada olib borilayotgan keng miqyosli ishlar, xususan,

ta'lim-tarbiya bo_yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarni mantiqiy yakuniga yetkazish, yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash eng muhim vazifa ekanini alohida ta'kidlaydi.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining -Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 391-sonli 2019-yil 13-maydagi qarori maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilinishida davlat hamda nodavlat tarmog'ini kengaytirishga turtki bo=ldi. Qarorda 4 ta Nizom ilova qilingan bo'lib,1-ilova -Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari to'g'risidaigi Nizom hisoblanadi;

maktabgacha ta'lim tashkiloti -umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti;

davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti-davlat tomonidan boshqariladigan hamda moliyalashtiriladigan ilk va maktabgach yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoyiladigan Davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta'lim xizmatlarini ko'rsatadigan tashkilot;

nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziya asosida faoliyat yuritadigan ilk va maktabgach yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoyiladigan Davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta'lim xizmatlarini ko=rsatuvchi yuridik shaxs;

bolaning qonuniy vakillari - bolaning ota-onalari va ularni o'rnini bosuvchi shaxslar (O'z. Res. Vazirlar Mahkamasining -Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 391-sonli 2019-yil 13-may qarori).

Nodavlat maktabgacha tlim tashkilotlari quyidagi qarorlar asosida tashkil etiladi

> Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidaO'z.Res.Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3276-sonli qarori.

> Davlat xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etishto'g'risida O'z.Res.Prezidentining 2018- yil 5-apreldagi PQ-3651-sonli qarori

> Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati bo'yicha ruxsatnoma berishtartibi to'g'risidagi 595-sonli 2018-yil 30-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining qarori

> Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini yanada kengaytirish chora-tadbirlar to'g'risidagi 944-sonli 2018yil 23-noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining qarori.

Soha rivojlanishiga asosiy sabab va bugungi kunda maktabgacha ta'limda amalga oshirilayotgan sezilarli o'zgarishlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30- sentabrdagi PQ-3305-son -O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil

etish to'g'risidallgi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son -2017-2021- yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidallgi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son -O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi to'g'risidagi Nizomi maktabgacha ta'limda bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta'limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg'or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkonIni beradi. Bu xususida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8- maydagi PQ-4312-sonli qarori)da ham ko'rsatib o'tilgan.

Bu albatta davlat rahbarining maktabgacha ta'lim sohasida chiqarayotgan qarorlari va e'tiborlari natijasidir. Shu o'rinda haqli bir savol tug'iladi. Qanday qilib ta'lim jarayonini mushkullikdan quvonchli jarayonga aylantirsa bo'ladi? Shuni aytib o'tish joizki, sifatli ta'lim birinchi navbatda ta'lim beruvchi tarbiyachi, pedagogning kasbiy mahoratiga bog'liqdir.

Albatta mashg'ulotlar tarkibiga yangiliklarni kiritish, ilg'or ish uslublari va metodlarni qo'llash ta'lim sifatini oshirishga olib keladi. Bu esa o'z o'rnida pedagogdan kasbiy mahorat talab etadi. Davlat hamda nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayoni Davlat standartiga muvofiq ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari va Ilk qadam davlat dasturi asosida rejalashtiriladi. (Davlat standarti.2020-yil.22- dekabr).

Bunga ko'ra 2020-2021-o'quv yili yakunida maktabgacha ta'lim tizimi to'g'risidagi qator qaror va farmonlar ijrosini joylarda qo'llanilishi, tashkil etilgan davlat hamda nodavlat tashkilotlar hisobidan maktabgacha ta'limga bolalarni qamrab olinishi 62%ni tashkil etdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy majlis Murojaatnomasida 2023-yilgacha maktabgacha ta'limda bola qamrovini 75%ga yetkazish uchun 600mlrd som sub'sediya ajratiladi deb aytib o'tdilar.Bu bilan maktabgacha ta'limga bo'lgan e'tibor yanada oshirildi.2 mingta nodavlat bog'cha tashkil etilib xususiy sector ulushi 25%ga yetkaziladi.2021yilda maktabga tayyorlashning bepul tizimi bilan 560ming nafar 6 yoshli bolalar yoki ularning 82% qamrab olinadi.Uzoq qishloqlarda maktabgacha ta'limning muqobil shakllari yanada ko=chaytiriladi.Bunga YUNISEF hamda jahon banki bilan hamkorlik cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta'limni uyda berish modeli ham yo'lga qo'yiladi. (O'z.Res. Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy majlis Murojaatnomasi)

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, maktabgacha ta'lim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish bugungi kun talabidir. Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonini ortishi sog'lom

raqobat muhitini shakllantirishda turtki bo'ladi. Tarbiyachining bilimi, mahorati maktabgacha ta'lim tashkilotida zukko bolalar safini oshiradi. Endigi pirovard maqsadimiz, bolalarni har tomonlama intelektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta'lim sifatini oshirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashda zamonaviy ta'lim dasturlari va texnalogiyalarni joriy etishdan iboratdir. Joylarda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining yangi shakllarini joriy etish, sharoitlarini yaxshilash, maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilar salohiyatini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'z.Res.Ta'lim tog'risidagi qonuni 2020.23.sentabr.O'RQ 637-sonli.

2. O'z.Res.2019yil 16-dekabrdaiMaktabgacha ta'lim -tarbiyai 595-sonli O=RQ

3. O'z. Res. Vazirlar Mahkamasining -Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 391-sonli 2019-yil 13-may qarori.

4. Nodavlat hamda Davlat xususiy-sheriklik asosida NMTTitashkil etish 944-sonli qaror23.11.2018.

5. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishkontseptsiyasi. 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-sonli qarori.

6. O'z.Res. Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy majlis Murojaatnomasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.