Научная статья на тему 'OLIY TA’LIMDA FIZIKA FANI MAZMUNINI ISHLAB CHIQARISH TIZIMIGA MOSLASHTIRISH'

OLIY TA’LIMDA FIZIKA FANI MAZMUNINI ISHLAB CHIQARISH TIZIMIGA MOSLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Физика»

CC BY
6
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kon-metallurgiya sanoati / texnika oliy ta’lim muassasasi / ishlab chiqarish / kasbiy yo’naltirilgan ta’lim / masalalar / talaba / amaliy mashg’ulot / горно-металлургическая промышленность / высшее техническое учебное заведение / производство / профессионально-ориентированное образование / задачи / студент / практическое занятие

Аннотация научной статьи по физике, автор научной работы —

Ushbu maqolada texnika oliy ta’lim muassasalarida fzika fanidan o’quv jarayonlarini takomillashtirishni buyurmachi korxonalar talab va extiyoji asosida olib borish hamda kasbiy yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarini yaratish haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье описывается совершенствование учебного процесса по физике в технических высших учебных заведениях на основе требований и потребностей заказчиков-предприятий, а также создание профессионально-ориентированных технологий обучения.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIMDA FIZIKA FANI MAZMUNINI ISHLAB CHIQARISH TIZIMIGA MOSLASHTIRISH»

International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences ISSN: 2181-144X DOI: 10.24412/2181-144X-2024-3-5-7 Bazarova.S.Dj.

OLIY TA'LIMDA FIZIKA FANI MAZMUNINI ISHLAB CHIQARISH TIZIMIGA MOSLASHTIRISH

Saodat Bazarova[0009-0004-3413-814]

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, texnika fanlari doktori, professor.

Annotatsiya: Ushbu maqolada texnika oliy ta'lim muassasalarida fzika fanidan o'quv jarayonlarini takomillashtirishni buyurmachi korxonalar talab va extiyoji asosida olib borish hamda kasbiy yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarini yaratish haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: kon-metallurgiya sanoati, texnika oliy ta'lim muassasasi, ishlab chiqarish, kasbiy yo'naltirilgan ta'lim, masalalar, talaba, amaliy mashg'ulot.

Аннотация: В данной статье описывается совершенствование учебного процесса по физике в технических высших учебных заведениях на основе требований и потребностей заказчиков-предприятий, а также создание профессионально-ориентированных технологий обучения. Ключевые слова: горно-металлургическая промышленность, высшее техническое учебное заведение, производство, профессионально-ориентированное образование, задачи, студент, практическое занятие.

Abstract: This article describes the enhancement of the physics education process in technical higher education institutions based on the requirements and needs of customer enterprises, as well as the development of professionally-oriented teaching methodologies.

Key words: mining and metallurgical industry, higher technical educational institution, production, professionally-oriented education, tasks, student, practical training.

Kirish

Bugun jamiyatimizning barcha bo'g'inlarida sifatli yangilanish jarayoni amalga oshayotgan bir davrda ta'lim tizimi ham o'zining rivojlanish tarixida yangi bosqichga ko'tarilmoqda, endilikda uzluksiz ta'limning yaxlit egiluvchan tizimini yaratishga alohida e'tibor qaratilib, ta'lim va ishlab chiqarish integrasiyasi ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tirof etilmokda. Prezidentimizning "Globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotganligi davlatimizni yanada barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangi yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ruyobga chiqarishni taqozo etmokda" [1 ] - deb ta'kidlagani bejiz emas.

Texnika oliy ta'lim muassasalarining o'ziga xos jihatlari shundaki, tayyorlanayotgan mutaxassislarning kasbiy faoliyati bevosita muntazam takomillashib borayotgan texnika va texnologiyalardan foydalangan holda murakkab masallarni yechishga, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo'naltiriladi. Shu boisdan oliy texnik ta'lim paradigmasi tubdan farqlanadi: maqsadi, mazmuni, boshqarish prinsipi yangilanayotgan ishlab chiqarish tizimiga egiluvchan tarzda moslashib borishi talab etiladi[2].

Fan va texnika taraqqiy etayotgan jamiyatda ta'lim sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish texnika oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini takomillashtirish, o'qitish mazmuni, shakl va metodlarini jahon andozalariga moslashtirish yo'llarini buyurmachi korxonalar talab va extiyoji asosida tashkil etishni taqozo etadi. Bugungi kunda bo'lajak mutaxassislarga qo'yiladigan talablar bilan yetishib chiqayotgan mutaxassislarning amaliy kasbiy bilim va ko'nikmalari o'rtasida nomuttanosiblik mavjud. Mutaxassisni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari, mexanizmi, metodlari va texnologiyalarining to'liq ishlanmayotganligi, talaba kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida ta'lim va ishlab chiqarish integrasiyasining yetarli emasligi, nazariya bilan

© International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences Vol.3(5), 2024 IF=4.372, ICV:59.77

5

Google

нм-уч-ил :ы4кг*0№ля

^ LIBRARY.flU

' COPERNtCUS

International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences ISSN: 2181-144X

amaliyotning uzviyligi to'liq ta'minlanmayotganligi ta'lim va ishlab chiqish o'rtasidagi integrasiya uzviyligini atroflicha ko'rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi[3].

Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish tizimiga asosan avvallari faqat fundamental fan sifatida qaralib kelgan tabiiy fanlar endilikda ixtisoslik fanlarini chuqur o'rganish uchun lozim bo'lgan asosiy bug'innning bir o'zagi sifatida tan olinmoqda. Shunday ekan, har bir mavzu ixtisoslikni hisobga olingan holda tushuntirilishi, ishlab chiqarishda qo'llanilish darajasi va sohaga oid masalalarning berilishi ijobiy natijalarga olib kelishi isbotlandi. Ma'lumki, amaliy mashg'ulotlar - nazariya va amaliyot aloqasini ta'minlovchi, talabalarda ma'ruza va mustaqil ishlar davomida olingan bilimlarni qo'llash ko'nikmasi va malakasini ishlab chiqishga ta'sir etuvchi metod bo'lib, talabalarning ilmiy tafakkuri va nutqini rivojlantirib, bilimlarini tekshirib ko'rishga imkon yaratadi. Amaliy mashg'ulotning muhim elementi yechish uchun taklif etilayotgan o'quv topshirig'i (muammoli masala) hisoblanadi. O'qituvchi amaliy mashg'ulot uchun misol(masala va mantiqiy topshiriq)larni saralar ekan, didaktik maqsadni aniq tasavvurlashi - har bir masalani yechish natijasida qanday ko'nikma va malaka singdirilishi, ta'lim oluvchilardan qanday tirishqoqlikni talab etishi, masalalarni yechishda talabalar kompetentligi nimada namoyon bo'lishi,ularning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish imkoniyatlarini yarata olish mumkin bo'lgan holdagi yechim asosiy mezon bo'lib sanalishi lozim.

Kon-metallurgiya sanoati korxonalari uchun mutaxassislar tayyorlashda amaliy mashg'ulotni o'tkazishda quyidagi tavsiyalar ijobiy natijalarini ko'rsatdi.ta'lim oluvchilar uchun ma'ruzada bayon qilingan va ular mustaqil o'rgangan nazariy bilimni ifoda qiluvchi savollarni saralash, masalan, "Elektr maydon potensiali" mavzusida,"Elektr maydon potensialidan rudalarni boyitishda foydalanish, "Zanjirning butun zanjir uchun Om qonuni" mavzusida "Kon qidiruv ishlarida Om qonunidan foydalanish" "Rentgent nurlari" mavzusida "Ma'danlar tarkibini rengenostruktura tahlili yordamida o'rganish" kabi ixtisoslikka mos savollarning qo'yilishi va birgalikda javob topilishi; Misol uchun, "Konchilik ishlari" va "Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi" ixtisosligi talabalari uchun foydali qazilmalar tarkibini aniqlashda Om qonunining quyidagi tarzda bayon etilishi talabalar ijodiy qobiliyatining o'sishi va kasbiy kompetentlikni oshishiga olib keladi.

Tog' jinslarining muayyan qismi elektr o'tkazuvchanlikka (ba'zi rudalar, grafit, ansitrit va hokazo) qolganlari esa ionli o'tkazuvchanlikka ega ekanligi, ularning g'ovaklari suyuqlik (suv, neft) yoki gazlar (metan, azot va xokazo) bilan to'yinganligi, odatdagi usullar bilan aniqlashda xatoliklarga yo'l qo'yishga olib kelishi tushuntirilishi lozim. Tarkibida neft, gaz bo'lgan tog' jinslarining g'ovaklari suv bilan to'ldirilganligi uchun bunday tog' jinslarining solishtirma qarshiligi kutilganidek katta bo'lmay, balki kichikroq qiymatga ega bo'ladi. Tog' jinslarining solishtirma qarshiligi maxsus asboblar - zondlar yordamida o'lchanadi. Zondlar to'rtta elektrodlardan tashkil topgan. Ulardan biri yerga ulanadi, qolgan elektrodlar esa skvajina (burg'u qudug'i)ga tushiriladi. Burg'u qudug'i elektrolit bilan to'ldiriladi. Elektrodlarga manbadan kabel bo'ylab elektr toki yuboriladi, natijada elektrodlar orasida kuchlanish yuzaga keladi, hosil bo'lgan kuchlanish asbobda qayd qilinadi va boshqarish pultiga yo'naltiriladi. Agar burg'uqudug'i atrofidagi maydon bir jinsli bo'lsa, Om qonuni asosida elektrodlar orasida yuzaga keluvchi U kuchlanish, shu tog' jinsidan o'tuvchi tok kuchi I va

uning elektr qarshiligi R ga to'g'ri proporsional bo'ladi, ya'ni U = RI. AmmoR = P1 ni

S

US

hisobga olib, P = ^j~ yoziladi.

Xulosa

Solishtirma qarshilikning qiymatini bilgan holda jadvallar yordamida tog' jinslarining tarkibini aniqlash mumkin. Vertikal quduqlar tog' jinslarining har xil solishtirma qarshilikka

© International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences Vol.3(5), 2024 IF=4.372, ICV:59.77

-------_ A

lMDEX^COPElNICUS (fe —---■>>) K

____LIBRARY.!» , - , .ri . .J^n^SSTT^L.

International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences ISSN: 2181-144X

ega qatlamlarini kesib o'tadi. Zondlash natijasida tog' jinsi qatlamlarining solishtirma qarshiligini chuqurlikka bog'liq holda o'zgarish qonuniyatini o'rganish mumkin. Bu qonuniyatlar esa tog'jinslari qatlamlari haqida to'liq ma'lumot berib, nodir metalli hamda neftli qatlamlar qaysi chuqurlikda joylashganini aniqlash imkonini beradi. Ta'lim oluvchilar uchun misollar va mashqlar tanlanishi tasodifiy bo'lmasligi, bu masalani yechish orqali nimalarni bilishga intilishi, tanlangan masalalarning ixtisoslikka yo'naltirilishi, masalan, tegirmon ichidagi sharlar harakatini tavsiflab berish, po'lat sharlarning tezligi yerga nisbatan qanday harakatdaligi, tegirmonda markazga intilma kuchning hosil bo'lishi sabablari, karyerda harakatlanayotgan ekskavatorning burilishda tezligini kamaytirish sababi, tegirmonlarda maydalanayotgan rudaning temperatura ortishi bilan burchak tezligining o'zgarishi, tog' jinslarning tez yemirilish sabablari, tegirmonda ezilgan ruda bo'laklariga ta'sir qiluvchi Arximed kuchini topish tarzida berilishi bevosita amaliy natijani oldindan ko'rishga imkoniyat yaratadi. O'qituvchi mavzuga oid ixtisoslikka yo'naltirilgan amaliy masala (mantiqiy topshiriq)lar tizimini yaratib, mashg'ulot uchun zaruriy masalalarni tanlab, amaliy mashg'ulotni o'tkazish rejasini ishlab chiqishi o'quv jarayoni samaradorligini orttiradi, tadqiqotlar natijasida shu tarzda o'tilgan darslar talabalarda tanlagan ixtisoslikka bo'lgan qiziqishni orttiribgina qolmay, balki uni ijodiy fikrlashga o'rgatib, fan va ishlab chiqarish orasidagi uzviylikni rivojlantirishga keng imkon yaratishi isbotlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

[1]. Мирзиеёв Ш.Узбекистон Республикасининг янада ривожлантириш буйича хароакатлар стратегияси тугрисида. Узбекистан овози, 2017й 9 февраль.

[2]. Bazarova S.Dj., Baychayev F.X., Mangliyeva J.X. Organizasiya uchebnogo prosessa na osnove integrasii obucheniya s proizvodstvom // Voprosbi nauki i obrazovaniya. - Moskva, 2018. № 11 (23). - S.38-39.

[3]. Bazarova S.Dj., Baychaev F. Ixtisoslikka yunaltirilgan amaliy mashgulotlar ta'lim va ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi omildir. Journal of Advances in Engineering Technology " ttps://sciencealgorithm.uz. Vol.1(1), September, 2020. 82-85 -betlar.

[4]. Zeer E.F. Lichnostno-oriyentirovannoye professionalnoye obrazovaniye. -Ekaterinburg, 1998. - 186 s

[5]. Slastenin V.A., Podmova L.S. Pedagogika: innovasionnaya deyatelnost - M.,

1997.

© International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences Vol.3(5), 2024 IF=4.372, ICV:59.77

7

Google

^ libpary.ru

' COPERNtCUS

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.