o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARINI KASBIY-KOMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Mazkur maqolada kompetensiya tushunchasining mazmun mohiyati ochib berilgan. Ta'lim oluvchilarda kasbiy kompetentliknipedagogik jihatdan rivojlantirish yo'llari ko'rsatilgan. Bo'lajak o'qituvchilar uchun egallanishi mumkin bo'lgan pedagogik kompetentlikning rivojlanish darajasini aniqlaydigan kompetensiyalar majmuasi mazmuni yoritilgan.
Kalit so'zlar: kommunikativ kompetentlik, bo'lajak o'qituvch, muloqot, oliy ta'lim, kompetensiya, tadqiqotchi, shaxs, yaxlit, ijtimoiy-madaniy, qobiliyat axborot.
This article reveals the essence of the concept of competence. ways to pedagogically develop professional competence in learners are shown. The content of the set of competencies, which determines the level of development of pedagogical competence that can be acquired for future teachers, is highlighted.
Key words: communicative competence, future teacher, communication, higher education, competence, researcher, person, holistic, socio-cultural, ability information.
INTRODUCTION
Yurtimizda faol, intiluvchan, iqtidorli va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, zamonaviy bilim hamda kasblarni chuqur egallagan - bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo'lgan yoshlarni voyaga yetkazish uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Bugungi kunda fan va texnika rivoji ta'lim va uning natijalariga qo'yiladigan talablarni tubdan o'zgartirishni talab etmoqda. Shunga asosan, yangi avlod standartlarini yaratish pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo'yilmoqda.
Hozirgi vaqtgacha yaratilgan davlat ta'lim standartlari tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan, ya'ni ta'lim maskanlarining maqsadini bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish tarzida aniqlashtirishdan iborat edi. Shu bois yangi davlat ta'lim standartlarini o'z-o'zini rivojlantirishga qaratilgan kompetent-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki oliy ta'limda tashkil etilayotgan o'quv-tarbiya jarayonining mohiyati
O.F. Hamroyeva
FarDUo'qituvchi si
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
tinglovchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko'nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo'lib qolmoqda.
Bunday reproduktiv tarzda o'zlashtirilgan ma'lumotlar tinglovchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda, talabalar juda ko'p axborotni behuda jamg'arilishi, ta'limning samarasi past ekani va uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko'zga tashlanmoqda. Aniqrog'i, talaba real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to'plangan axborotlarnigina o'zlashtirish maqsadi qo'yilgandek tuyuladi.
Demak oliy ta'lim muassasasi talabalarini komunikativ kompetentligini shakllantirish pedagoglarni tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o'ziga xos o'rin tutadi. Ayniqsa ta'limni modernizatsiyalash bilan bog'liq islohotlarning joriy bosqichida kasbiy pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo'lmoqda. Bo'lajak o'qituvchilarni amaliy, psixologik, metodik, tadqiqotchilik turlari bilan bir qatorda o'qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish bilan boyib bormoqda. "Kompetentlik" va "ta'limda kompetentli yondoshuvning asosiy tushunchalaridir. Manbalar tahlili esa, ularning ilmiy adabiyotlarda bir qiymatli ta'rifga ega bo'lmagan murakkab, ko'pkomponentli va fanlararo tushunchalar ekanligini ko'rsatadi. fikricha ular hajmi, turkumi, semantikasi va mantiqiy tuzilmasi bo'yicha farqlanib, kompetentli shaxs tavsifi (xususiyatlari, odatlari va boshqalar) sifatida qaralishi mumkin. Kompetentli shaxs tavsifi (xususiyat, shaxs sifati, uning komponenti), shaxs tuzilmasida yaxlit ta'lim, xususiyatlari tizimi, bilim, ko'nikma va malakalarni egallash natijasida yuzaga keluvchi holatlar (tayyorgarlik, yo'naltirilganlik va boshqalar) sifatida ifodalanishi mumkin, ko'pincha esa, kompetentli bilim va tajriba bilan tenglashtiriladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Pedagogik adabiyotlarda, bugungi kunda, "kompetensiya", "kompetentlik" atamalari keng qo'llanilmoqda va barqarorlashmoqda. Ammo, hozirga qadar ta'limning u yoki bu bosqichi bitiruvchisining optimal obraziga qo'llash mumkin bo'lgan «kompetentlik» tushunchasining yagona va aniq ta'rifi mavjud emas.
Manbalarda shaxsning bilimi, ko'nikmasi, malakasi, qobiliyati, mehnatsevarligi, kasbiy mahorati kabi sifatlarini ifodalash uchun «kompetentlik» va «kompetentlilik» atamalaridan foydalanilgan.
"Competentia" lotincha so'z bo'lib, o'zbek tilidagi lug'aviy ma'nosi "inson yaxshi biladigan", "tajribaga ega bo'lgan" kabi ma'nolarni bildiradi. Demak, biror bir
O
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
sohada kompetentli inson shu soha haqida asosli fikr yuritish va unda samarali faoliyat olib borish uchun mos bilim va ga ega hisoblanadi.
Ilmiy manbalarda kompetentlik va kompetensiyaning quyidagi ta'riflarini uchratish mumkin: motivlashgan qobiliyat; shaxsning xususiyat va sifatlari, shaxsiy chizgisi; faoliyatga tayyorgarlik mezoni; masalani hal etish va uning natijalarini olish uchun zarur bo'lgan qobiliyat; faoliyatga bog'liq bilim, ko'nikma, malaka va tajriba (inson tomonidan o'zlashtirilgan masalani yechish, usullar va yo'llarini bir butunga birlashtirish), shu bilan birga shaxsning motivlashgan va hissiy-irodaviy sohasi.
Kompetensiyalar tayanch va asosiy kompetensiyalarga bo'linadi. Tayanch komepetensiya - bu o'z tavsifi va qo'llanilish darajasi bo'yicha ommaviy, asosiy kompetensiya esa, o'z tavsifi va qo'llanish darajasi bo'yicha qaralayotgan mutaxassislikka mos keluvchi kompetensiyadir. Uni kasbiy kompetensiya deb ham atash mumkin.
Tayanch kompetentlik oliy pedagogik ta'limning har bir bosqichi uchun ta'lim bloklari va o'quv fanlari darajasida aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta'limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy ko'nikmalarni egallashga imkon beruvchi asosiy turlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan ular quyidagi kompetentlik turlariga bo'linadi:
1. Yaxlit-mazmunli kompetentlik. Bu talabaning qadriyatli yo'nalishlari bilan bog'liq, uning ijtimoiy borliqni his eta bilishi va tushunish qobiliyati, mustaqil hayot yo'lini topa olishi, o'zining ijtimoiy jamiyatdagi roli va o'rnini anglab yetishi, harakatlarni tashkil etishda aniq maqsadni belgilash hamda qaror qabul qilish malakasi, dunyoqarashi bilan bog'liq kompetentlik, u talaba uchun o'quv va boshqa vaziyatlarda o'zini aniqlash mexanizmini ta'minlaydi. Talabaning individual ta'lim yo'nalishi va uning hayotiy faoliyatining umumiy dasturi ana shu kompetentlikka bog'liq.
2. Ijtimoiy-madaniy kompetentlik. Talaba chuqur o'zlashtirishining zarur bo'lgan bilim va faoliyat tajribasi doirasi, milliy va umuminsoniy madaniyatlar xususiyatlari, inson va insoniyat hayotining ma'naviy-axloqiy asoslari, oilaviy va ijtimoiy an'analarning madaniy asoslari, inson hayotida fan va dinning roli, ularning moddiy borliqqa ta'siri, turmush va dam olish borasidagi bilimlar, masalan, bo'sh vaqtni samarali tashkil etish usullarini bilishidan iborat.
3. O'quv-bilish kompetentligi. Bu talabaning o'rganilayotgan aniq ob'yektlar bilan bog'liq mantiqiy, metodologik va ijtimoiy faoliyati elementlaridan iborat bo'lgan mustaqil fikrlash kompetentliklarining to'plami bo'lib, unga maqsadni ko'ra
O
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
bilish, faoliyatni rejalashtirish, uning mazmunini tahlil qilish, refleksiya, faoliyatga shaxsiy baho berish borasidagi bilim va malakalari kiradi. O'rganilayotgan ob'yektlarga nisbatan talabalar kreativ ko'nikmalar, ya'ni bilimlarni bevosita borliqdan olish, nostandart vaziyatlarda muammoni hal etishning harakat usullari va evristik metodlarini egallaydi.
4. Axborot olish kompetentligi. Audio-video ko'rsatuv vositalari va axborot texnologiyalari yordamida mustaqil izlanish, tahlil qilish va zarur axborotlarni tanlab olish, ularni tahlil etish, o'zgartirish, saqlash va uzatish mahorati shakllantiriladi. Ushbu kompetentlik talabaning o'quv fanlari asoslarini muhim axborotlar asosida o'zlashtirishini ta'minlaydi.
5. Kommunikativ kompetentlik. Ta'lim oluvchilar bilan o'zaro munosabatlar, ularning usullari, muloqot jarayonida ustuvor o'rin tutuvchi tilni o'zlashtirish, guruhlarda ishlash ko'nikmalari, jamoada turli xil ma'naviy- ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazishni bilishni o'z ichiga oladi.
6. Ijtimoiy-faoliyatli kompetentlik fuqarolik (fuqaro, kuzatuvchi, saylovchi, vakil vazifasini bajaruvchi), ijtimoiy-mehnat sohasi (iste'molchi, xaridor, mijoz, ishlab chiqaruvchi huquqlari), oilaviy munosabatlar va majburiyatlar, iqtisod va huquq masalalari, kasbiy, shuningdek, shaxsiy mavqeini aniqlash borasidagi bilim va tajribalarni egallash (xususan, mehnat bozoridagi mavjud vaziyatni tahlil qilish, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni ko'zlab harakat qilish mahorati, mehnat hamda fuqarolik munosabatlarining odobini bilish) ni anglatadi.
7. Shaxsning o'z-o'zini takomillashtirish kompetentligi ma'naviy, motivatsion, intellektual va amaliy jihatdan o'z-o'zini rivojlantirish, irodaviy va hissiy jihatdan o'z-o'zini boshqara olishga qaratilgan. Talaba shaxsiy manfaatlari va imkoniyatlariga ko'ra faoliyat usullarini egallaydi, bu unga o'zida zamonaviy mutaxassisga xos bo'lgan shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirish, tafakkurini, madaniyati va xulqini shakllantirishga yordam beradi.
"Kommunikativ kompetentlik" tushunchasi bilan yaqin aloqador bo'lgan -"shaxsning kommunikativ yadrosi" tushunchasi mavjud. "Kommunikativ yadro" tushunchasi yaqinda paydo bo'lgan va ilmiy tadqiqot ishlarida zamonaviy psixolog A.A.Bodalev tomonidan birinchi marta qo'llanildi. Shaxsning kommunikativ yadrosi psixologik hodisa sifatida ko'rib chiqilishi har bir insonda muloqotni yanada muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beruvchi asos mavjud. Bunday asos har qanday katta yoshli insonlarda, bolalar shaxsida ham mavjud bo'lib, kommunikativ yadrosiga shaxsiy xususiyat va sifatlar kirishi mumkin.
Oliy ta'lim talabalarini kasbiy kompetentligining shakllanishi nafaqat o'quv predmetlari ro'yxati, balki, fanni o'zlashtirish jarayonida shakllanadigan kasbiy
om
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023
ko'nikma va bilimlar, shuningdek, talabaning ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotdagi faol o'rnidan iborat ta'lim mazmuni orqali amalga oshiriladi. Buning barchasi majmuaviy holda, bo'lajak pedagog shaxsini shunday tarbiyalaydiki, u o'z-o'zini rivojlantirish va o'z komilligi ustida ishlay olish usullariga ega bo'ladi, bu esa, o'z vaqtida pedagogga "inson-inson" tizimida kasb ustasi - sub'yekti sifatida samarali faoliyatni ta'minlaydi.
Oliy ta'lim talabalarini kasbiy kompetentligini ta'riflashga turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, N.F. Talizinaning nuqtai nazaricha, u uchta asosiy tarkibiy qismlarga (sifatlar, bilimlar, ko'nikmalar) mos kelishi kerak.
Ularga quyidagilar kiradi:
Sifatlar: ishga munosabatni ifodalovchi: mehnatsevarlik, e'tiborlilik, ijodiy yondoshuv; hatti-harakat va faoliyatning umumiy ma'romini tavsiflovchi: ijrochilik, mustaqillik, so'ziga sodiqlik, obro'lilik, faollik va shijoatlilik; aqliy qobiliyatlar: egiluvchanlik, zukkolik, uzoqni ko'ra bilishlik; ma'muriy-tashkiliy: ish muhitini yaratish ko'nikmasi, insonlarga rahbarlik qilish ko'nikmasi, jamoani himoya qilish, insonlarni farqlay olish, ularni ishontira olish ko'nikmasi; insonlarga munosabatni tavsiflovchi: rostgo'ylik, tarbiyalilik; o'ziga munosabatni tavsiflovchi: talabchanlik, kamtarlik, dadillik, mukammallik.
Bilimlar: o'z mutaxassisligi bo'yicha kasbiy, umummadaniyat, kasbiy faoliyat haqida ma'lumotlilik.
Ko'nikmalar: qo'yilgan masalalarni yechish, adabiyotlar bilan ishlash, faoliyatni rejalashtirish.
Bu ro'yxat faoliyat turiga qarab to'ldirilishi yoki qisqartirilishi mumkin.
Oliy ta'lim muassasasi bitiruvchisining quyidagi asosiy kompetensiyalari ajratiladi: o'quv-bilish, axborotli, kommunikativ, ijtimoiy-foydali, shaxsiy o'z-o'zini takomillashtirish. Bularning barchasi bitiruvchiga kasbiy bilim, ko'nikma va keyingi hayotda faoliyat usullari majmuasini ongli ravishda qo'llash imkonini beradi.
Kompetentlik - insonning faoliyatli tavsifi, shuning uchun uning tasniflanishi eng avvalo, faoliyat tasnifiga mos bo'lishi kerak. Umumiy holda bular mehnat, o'quv, o'yin va kommunikativ kompetentliklar. Bularga yana quyidagilarni qo'shimcha qilish mumkin:
- kompetentlikni faoliyatning yo'naltirilgan ob'yekti bo'yicha tasniflash, u «inson-inson», «inson-texnika», «inson-badiiy obraz», «inson-tabiat», «inson- belgili tizim» sohalarida kompetentlikni beradi;
- kasblarning alohida sinflari va guruhlari sohasidagi kasbiy kompetentlik;
- aniq faoliyat (mutaxassislik) dagi predmetli kompetentlik.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
Jamiyatning turli sohalarida esa quyidagi maxsus kompetentliklar ham talab etiladi: maishiy xizmat sohasida, san'at sohasida, sport sohasida va boshqalar.
Kasbiy kompetentlik tizimini shakllantirish holati, sifat va miqdoriy jihatidan o'zgarishlar haqida yaxlit tasavvurga ega bo'lish uchun axborot sharoitlarini yaratish sifatida pedagogik monitoring xizmat qilishi mumkin. Pedagogik monitoring talabaning shaxsi haqida to'liq tasavvurga ega bo'lish maqsadida sosiologik, psixologik va bajaruvchilik monitoringini birlashtiradi. Talabaning shaxsini o'rganishga bunday majmuali yondoshuv, avvalambor, mavjud real o'quv imkoniyatlarni, ya'ni ta'lim olganlik darajasi, o'qitilishi, bilish va shaxsiy qiziqishlar, o'qish ma'nosi va sust o'zlashtirishning didaktik sabablarini o'rganish, talabalar va pedagoglarning ta'lim jarayoni bilan qoniqish darajasi, ta'lim oluvchilarning emotsional holati, o'zaro munosabatlar xarakteri va boshqalarni amalga oshirishga yo'naltiriladi.
U pedagogik kompetentlik tuzilmasida quyidagi uchta tashkil etuvchini ajratgan: faoliyatli, kommunikativ va shaxsiy. L.M.Mitina tomonidan taklif etilgan pedagogik kompetentlikni tuzilmalashtirishdan kelib chiqqan holda, biz, bo'lajak mutaxassislar uchun egallanish darajasi pedagogik kompetentlikning rivojlanish darajasini aniqlaydigan quyidagi kompetensiyalar majmuasi yetarli va zarur deb hisoblaymiz:
- faoliyatli yoki maxsus kompetensiya (bilim, ko'nikma, malaka va pedagogik faoliyatni amalga oshirishning individual usullari);
- shaxsiy yoki kasbiy kompetensiya (kasbiy o'z-o'zini takomillashtirish va o'zo'zini amalga oshirishga oid bilim, ko'nikma va malakalar);
- kommunikativ kompetensiya (pedagogik faoliyatni ijodiy amalga oshirishga oid bilim, ko'nikma va malaka).
Professionallik va kompetentlik tushunchalari umumiy xususiyatlarga ega. Shuni ta'kidlash kerakki, har doim ham belgilangan talablar va standartlarga to'liq mos keladigan odamlar chinakam professionallar bo'lavermaydi, sabab, ba'zilari bilimlarni amalda qanday qo'llashni bilishmaydi, demak, bunday pedagogik faoliyat samarasiz bo'lib qolaveradi.
Xulosa o'rinda aytish kerakki kommunikativ o'zini o'zi takomillashtirish maqsadi aniq, ammo motivlar turlicha bo'lishi mumkin. Insonparvar yo'nalgan o'qituvchi uchun kommunikativ o'zini o'zi takomillashtirish nafaqat o'zi uchun o'zini o'zi yaxshilashda, balki samarali o'zaro munosabatni amalga oshirishning asosiy sharti sifatida kechishi kerak bo'lib, bu bolalarning rivojlanishiga, ularning individualliklari va o'ziga xosliklarini saqlashga yordam beradi. Shuning uchun
XULOSA
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
kommunikativ o'zini o'zi rivojlantirishda amaliy mashg'ulotlar katta ahamiyatga egadir. Bo'lajak o'qituvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari amaliy yondashuv orqali kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil qilishning metodik ta'minotini ishlab chiqishni taqozo qildi. O'quv mashg'ulotini axborot, o'zini o'zi anglash va amaliy kabi uchta blokda qurish maqsadga muvofiq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. L.V.Klimberi, N.V. Yadrova, R.M. Nurjanova, Talabalarning kognitiv faolligini shakllantirishga zamonaviy yondashuvlar // Fan va ta'limning zamonaviy muammolari. - 2017. - 6-son;
2. G.I. Shchukin. Talabalarning kognitiv qiziqishlarini shakllantirishning pedagogik muammolari: darslik /. - M .: Pedagogika, 2008 .-- 296 b.
3. Okhunova, D. K. (2022, October). APPROACHES TO EXPANDING THE POSSIBILITIES OF COGNITIVE ACCEPTANCE OF PROFESSIONAL KNOWLEDGE OF FUTURE TEACHERS. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 1, No. 5, pp. 26-32).
4. Kahhorjonovna, O. D. (2022). Approaches to Preparing Future Teachers for the Organization of Cognitive Processes in General Secondary Schools. Miasto Przyszlosci, 29, 6-7.
5. Hamrayeva, O. F. Q. (2023). OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARINI KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1), 537-544.
6. Sh, M. Z. The social role of folk traditions and rituals multinational people. Pedagogical education and science.-2019.
7. Shafoatovna, M. Z. (2021). Scientific and Theoretical Basis of Factors for Improving Family Education in a Multilingual Environment. World Bulletin of Management and Law, 1(1), 15-16.
8. Shafoatovna, M. Z. Factors That Improve Family Education in a Multilingual Environment. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 55-57.
9. https://natscience.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/2982