Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSALARIDA INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR'

OLIY TA’LIM MUASSALARIDA INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1219
112
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
IMKONIYATI CHEKLANGAN SHAXSLAR / INKLYUZIV TAʼLIM / OLIY TAʼLIM MUASSALARI / INNOVATSIYA / KONVENSIYA / KONTSEPSIYA / TARRAQIYOT STRATEGIYASI / RATIFIKATSIYA

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shoev А. X.

Ijtimoiy-iqtisoiy rivojlanishining hozirgi bosqichida umuminsoniy tamoyilar asosida demokratik islohotlarni olib borayotgan mamlakatlar tajribasida aholining barcha qatlamdagi vakillari uchun taʼlim olish imkoniyatlari va sharoitlarini yaratilgangligini koʼrishimiz mumkin. Jumladan jamiyatimiz teng huquqli aʼzolari hisoblanadigan jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsonlari boʼlgan shaxslarni taʼlim olishini taʼminlash borasida bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda inklyuziv taʼlim amaliyoti yaxshi natija berayotganini ommaviy axborot vositalarida keng targʼib etib kelinmoqda. Maqolada Oʼzbekiston oliy taʼlim muassalarida inklyuziv taʼlimni rivojlantirishning zaruriyati, bugungi holati, ushbu taʼlim shaklini joriy etishda mavjud muammo va toʼsiqlar, hamda ularni bartaraf etish boʼyicha tavsiyalar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF INCLUSIVE EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS: PROBLEMS AND SOLUTIONS

At the present stage of socio-economic development in many countries carrying out democratic reforms, taking into account universal values, all conditions and opportunities have been created for education of all members of society. In particular, it is observed in the media that in many developed countries a positive effect in the education of persons with disabilities is given by the practice of introducing inclusion into the educational process. The article discusses the need to develop inclusive education in higher educational institutions of Uzbekistan, analyzes the current situation, identifies current barriers and problems, and develops conclusions and recommendations for their elimination.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSALARIDA INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR»

УДК. 339.138

Shoev А.Х. magistr katta o'qituvchi Guliston davlat universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi O'zbekiston respublikasi, Guliston sitaltri

OLIY TÂ'LIM MUÂSSÂLÂRIDÂ INKLYUZIV TÂ'LIMNI RIVOJLÂNTIRISH: MUÂMMO VÂ YECHIMLÂR

Annotasiya: Ijtimoiy-iqtisoiy rivojlanishining hozirgi bosqichida umuminsoniy tamoyilar asosida demokratik islohotlarni olib borayotgan mamlakatlar tajribasida aholining barcha qatlamdagi vakillari uchun ta'lim olish imkoniyatlari va sharoitlarini yaratilgangligini ko'rishimiz mumkin. Jumladan jamiyatimiz teng huquqli a'zolari hisoblanadigan jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan shaxslarni ta'lim olishini ta'minlash borasida bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda inklyuziv ta'lim amaliyoti yaxshi natija berayotganini ommaviy axborot vositalarida keng targ'ib etib kelinmoqda. Maqolada O'zbekiston oliy ta'lim muassalarida inklyuziv ta'limni rivojlantirishning zaruriyati, bugungi holati, ushbu ta'lim shaklini joriy etishda mavjud muammo va to'siqlar, hamda ularni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: imkoniyati cheklangan shaxslar, inklyuziv ta'lim, oliy ta'lim muassalari, innovatsiya, konvensiya, kontsepsiya, tarraqiyot strategiyasi, ratifikatsiya.

Shoev A.Kit., master senior lecturer Department of Economics Gulistan State University Republic of Uzbekistan, Gulistan city

DEVELOPMENT OF INCLUSIVE EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS: PROBLEMS AND SOLUTIONS

Annotation: At the present stage of socio-economic development in many countries carrying out democratic reforms, taking into account universal values, all conditions and opportunities have been created for education of all members of society. In particular, it is observed in the media that in many developed countries a positive effect in the education of persons with disabilities is given by the practice of introducing inclusion into the educational process. The article discusses the need to develop inclusive education in higher educational

institutions of Uzbekistan, analyzes the current situation, identifies current barriers and problems, and develops conclusions and recommendations for their elimination.

Key words: persons with disabilities, inclusive education, higher education institutions, innovation, convention, concept, development strategy, ratification.

Kirish. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning xozirgi davrida butun dunyoda sog'lom odamlar va sog'ligida muammolari bo'lgan shaxslar auditoriyada birgalikda ta'lim olish uchun innovatsion ta'lim platformalari asosida o'quv jarayoniga yangi texnologiyalarni tadbiq etish va o'zlashtirish tendensiyalari kuzatilmoqda. Jahon ta'lim amaliyotida bu yo'nalish inklyuziv ta'lim deb ataladi, O'zbekiston Respublikasi o'quv jarayoni amaliyotiga xam inklyuziya kirib keldi.

Alohida ehtiyojli bolalarni tarbiyalash mamlakatimizning asosiy vazifalaridan biridir. Bugun jamiyatimiz o'z oldiga nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, bu jarayonning barcha bo'g'inlarida ularning to'laqonli ta'lim olish imkoniyatini amalda qo'llash vazifasini qo'ygan. Bizning fikrimizcha, bu vazifani amalga oshirishning eng maqbul va samarali yo'nalishi aynan inklyuziv ta'limdir. Inklyuziv ta'lim - bu tirik organizm, tirik jarayon bo'lib, u o'qituvchilar va ota-onalar tomonidan o'quv jarayoniga ijodiy yondashishni nazarda tutadi. Zero, har bir bola individual yondashuvni talab qiladi, har kim bilim olish va jamiyatda o'z qobiliyatini e'tirof etish huquqiga ega" dir [1].

Tadqiqotning maqsadi respublikamizda ushbu yo'nalishdagi ishlarning mavjud holatini ko'rib chiqish, shuningdek, inklyuziv ta'limni hayotga tatbiq etish maqsadida mamlakatimizda inklyuziv ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.

Bugungi kunda O'zbekistonda 700 mingdan ortiq nogironligi bo'lgan shaxslar istiqomat qiladi, ularning 100 mingdan ortig'i 16 yoshgacha bo'lgan shaxslardir (Respublika Oliy Majlisi Senati ma'lumotlari bo'yicha). So'nggi yillarda respublikamizda nogironligi bo'lgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy baza sohasida davlat darajasida qator ijobiy islohotlar amalga oshirildi. Jumladan:

1. 2020-yilda "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida"gi qonun [2] qabul qilindi, unda nogironlarning uy-joy olishda imtiyoz va engilliklar, ta'lim olishi, ularni ish bilan ta'minlash, shuningdek mavjud infratuzilma, axborot va davlat xizmatlaridan to'laqonli foydalanishlarini ta'minlash belgilangan.

2. 2021-yil 7-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasining O'RQ-695-sonli "Nogironlarning huquqlari to'g'risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish to'g'risida"gi Qonunini (Nyu-York, 2006 yil 13 dekabr) [3] imzoladi, unda quyidagilar ko'zda tutilgan:

Nogironlarning huquqlari va nogironlar hayotining barcha jabhalarida boshqalar bilan teng huquqqa layoqatli ekanligini tan olish. Ushbu holatni hisobga olgan holda, tegishli sharoitlarda va qonun hujjatlariga muvofiq nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash va qarorlar qabul qilish mexanizmlaridan, shu jumladan nogironlarning muomala layoqatini cheklashdan foydalanish imkoniyatini ta'minlash bo'yicha tegishli choralar ko'rish nazarda tutilgan.

3. 2020-yil 13-oktabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 4860-sonli "Alohida ta'limga muhtoj bolalarni o'qitish va tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi [4] qarori qabul qilindi. Qaror inklyuziv ta'lim tizimining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini yaratishni nazarda tutadi. Jumladan inklyuziv ta'lim tizimi uchun kadrlar malakasini oshirish; shuningdek, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va inklyuziv ta'lim joriy etilgan muassasalarni maxsus qurilmalar (ko'tarish moslamalari, panduslar, panjaralar va boshqalar), zarur adabiyotlar, o'quv qurollari, turli kasb-hunar egalari uchun jihozlar va o'quv qurollari bilan ta'minlash nazarda tutilgan;

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 -yil 8-oktabrda "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF 5847-sonli farmoni qabul qilindi [5]. Ushbu xujjatning muhim bandlaridan biri aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, xususan, nogironlarni oliy ta'lim bilan qamrab olishni kengaytirish nazarda tutilgan.

Aytishimiz mumkinki, keyingi yillarda respublikamizda nogironlar huquqlarini himoya qilish borasida samarali ishlar amalga oshirildi. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, amalda qonunlar, shuningdek, qabul qilingan qonunosti hujjatlarini amalga oshirish har doim ham yetarli darajada samarali bo'lavermaydi. Darhaqiqat, qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlari nogironligi bo'lgan shaxslarni jamiyat hayotining barcha jabhalariga jalb etishga xizmat qilishi kerak, bu esa yangi O'zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida muhim ustuvor yo'nalish hisoblanadi. Yuqoridagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan me'yorlarning hayotga tatbiq etilishi nogironligi bo'lgan shaxslarning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ishtirok etishi, tegishli infratuzilma xizmatlaridan foydalanishi, tibbiy xizmat ko'rsatishi, ish bilan ta'minlanishi va erkin foydalanishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan.

Yuqorida aytilganlarga asoslanib, tadqiqot mavzusining dolzarbligini hisobga olgan xolda inkluziv ta'lim tizimini joriy etish bo'yicha ilmiy izlanishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Tadqiqotning metodologik asosi bo'lib O'zbekiston Respublikasining inklyuziv ta'limni rivojlantirish sohasidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlari, dialektik va statistik metodlar, adabiyotlar va davriy nashrlar tahlili, shuningdek, o'rganishga shaxsiy-ijodiy yondashuv xizmat qildi. Oliy o'quv yurtlarida

inklyuziv ta'limni rivojlantirish muammolari va yo'nalishlari Uilyam Seyts2526, Yusupov D.27, Baqoeva F. va D. Muratovlar D.28, Alekhin S.V.29, Akimova O.I.30, Shipitsyna L.M.31, Kraineva E.I.32, Pugachev A.S.33, Z.J.Adilovalar34 o'z ilmiy-tadqiqotlarida izlanishlar olib borishgan.

Muallif ushbu ilmiy-yadqiqot ishini tadqiq etishda O'zbekiston oliy o'quv yurtlarida inklyuziv ta'limni rivojlantirishning bugungi holatini tahlil etish, mavjud muammolarni aniqlash, shuningdek, universitetda inklyuzivlikni joriy etishni takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishni maqsad qilgan.

Tahlil va natijalar: O'zbekiston ta'lim muassasalarida inklyuziv ta'li m amaliyoti Sovet Ittifoqi davridan boshlangan. Sovet ittifoqi davrida nogironlar ixtisoslashtirilgan o'quv yurtlarida tengdoshlaridan ajratilgan holda o'qigan. Bugungi kunda ilm-fan ancha oldinga ketdi, G'arb olimlarining ko'plab ilmiy va amaliy sinovdan o'tgan ilmiy tadqiqotlarida nogironlarni o'qitishda eng katta samaraga ularning tengdoshlari bilan guruhda birgalikda o'qishga erishilishi isbotlangan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining statistik ma'lumotlariga ko'ra, dunyo aholisining 15 foizi jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsonlarga ega va shunga mos ravishda nogironlar sifatida ro'yxatga olingan. Shuni ta'kidlash kerakki, bu ko'rsatkich yildan-yilga ortib bormoqda, bu asosan atrof-muhitning yomonlashishi va normal turmush tarzining buzilishi bilan bog'liq va barcha nogironlarning 80 foizi rivojlanayotgan mamlakatlar xissasiga to'gri kelayotganligi bu mamlakatlar uchun to'g'ridan-to'g'ri ogohlantiruvchi chaqiriqdir. Ushbu mamlakatlar hukumatlari bunday toifadagi shaxslarni

25 Зейтц У. Кризис и восстановление в Узбекистане: экономические и социальные последствия COVID19. Группа Всемирного банка. 2021 г https://thedocs.worldbank.org/en/doc/a141cb6bace3i340df173e75d4463970-0080062021/original/L2CU-COVID-19-Rev2020-Cleared-UZB.pdf.

26 Зейтц У. и др. Узбекистан: выявление рисков воздействия COVID-19 на уровне общин. Группа Всемирногобанка.

https://openknowledge.worldbank.org/bitstream/handle/10986/34925/UzbekistanDynamically-Identiiying-Community-Level-COVID-19-Impact-Risks.pdf?sequence=1&isAllowed=y

27 ЮсуповД. Узбекистан: как обеспечить доступность высшего образования для людей с инвалидностью? https://cabar.asia/en/uzbekistan-how-to-ensure-higher-education-accessibility-for-people-with-disabilities

28 БакаеваФ., МуратоваД... Аналитический доклад по результатам мониторинга прав инвалидов на доступ к транспортным услугам. Национальный центр Республики Узбекистан по правам человека, ПРООН в Узбекистане. 2015

29 АлехинаС.В. Инклюзивное образование: от политики к практике // Психологическая наука и образование. 2016.Т. 21. № 1. - C. 136-145.

30 Акимова О.И. Инклюзивное образование как современнаямодель образования лиц с ограниченными возможностями здоровья //Инклюзивное образование: методология, практика, технология. -

2011.Материалы международной научно-практической конференции 20-22 июня 2011

31 ШипицынаЛ.М. Тенденции и трудности инклюзивногообразования в современнойРоссии // Инклюзивное образование: практика, исследования, методология: Сб. материалов II Международной научно-практической конференции / Отв. ред. АлехинаС. В. М.: МГППУ, 2013, Санкт-Петербург, Россия

32 КрайневаЕ.И.Социально-педагогическиеэффекты инклюзивного образования // Инклюзивное образование: практика, исследования, методология: Сб. материалов II Международной научно-практической конференции /Отв. ред. АлехинаС. В. М.: МГППУ, 2013

33 ПугачевА.С. Инклюзивное образование/А.С.Пугачев. -Текст: непосредственный // Молодой ученый. -

2012. - №10 (45). -С. 374-377.

34 Аdilova Z.Dj., Xonturaev В.А. O'zbekiston Respublikasida inklyuziv ta'limga ehtiyojni aniqlash: muammo va yechimlar. Аxborot-tahliliy ma'lumot. - T.2019. 42 b.

jamiyatda to'liq hayotga moslashtirish bo'yicha shoshilinch choralar ko'rishlari talab etiladi.

2022-yil yakuni bo'yicha O'zbekiston Respublikasi aholisi soni 36 million kishiga yetdi, ularning 60 foizini 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etadi. Respublika statistik ma'lumotlariga ko'ra, Respublikada rasmiy ro'yxatga olingan nogironlar mamlakat umumiy aholisining 2,1 foizini tashkil qiladi. Ammo bu ko'rsatkich mamlakat aholisini ro'yxatga olishning yo'qligi sababli juda buzib ko'rsatilgan bo'lishi mumkin. O'zbekiston mustaqillikka erishgan 1991 yildan beri aholini ro'yxatga olish o'tkazilmagan; birinchi aholini ro'yxatga olish 2023 yilga rejalashtirilgan biroq, Davlat statistika qo'mitasi nogironlik bo'yicha Vashington guruhi tomonidan tavsiya etilgan aholini ro'yxatga olishda nogironlik bo'yicha savollarni o'z ichiga olmaydi, chunki nogironlikni aniqlashda mablag' va tajriba etishmashmaydi [6].

O'zbekiston Respublikasida fan, ta'lim va ishlab chiqish integratsiyasi tamoyilini amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahnamoligida oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Mazkur konsepsiyaning maqsadi oliy ta'lim sohasida ilg'or xorijiy tajriba asosida raqobatbardosh yuqori malakali kadrlar tayyorlashni davom ettirgan holda islohotlarni chuqurlashtirishdan iboratdir.

Mazkur konsepsiyasida inklyuziv ta'lim asoslarini joriy etish va rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan:

• imkoniyati cheklangan o'quvchilarga ko'rsatilayotgan ta'lim xizmatlari turlarini ko'paytirish va sifatini oshirish;

• ta'limda inklyuziv jarayonlarni keng rivojlantirish, adaptiv texnologiyalarni joriy etish;

• talabalar turar joylari va oliy o'quv yurtlari binolarida imkoniyati cheklangan talabalar uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish;

• ta'lim muassasalarini ushbu toifadagi o'quvchilarni zarur adabiyot va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamdagi o'quvchilarini moddiy rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlash choralarini ko'rish.

2017-yil 1-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni [7] e'lon qilingan bo'lib, unga ko'ra nogironligi bo'lgan shaxslarga universitetga kirishda bir qator imtiyozlar berildi. Xususan, 2018-2019 o'quv yilidan boshlab I va II guruh nogironlariga mamlakatimiz milliy oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirish uchun qo'shimcha 2 foizli kvota ajratildi. Shu bilan birga, nogironligi bo'lgan shaxslarning oliy ta'lim tizimiga kirishi uchun kirish imtihonlarida to'plangan minimal ball ham 56,7 ballga (eng yuqori mumkin bo'lgan 189 ballning 30 foizi) tushirildi.

Biroq, nogironligi bo'lgan shaxslarni oliy o'quv yurtlariga qabul qilishda mavjud imtiyozlarga qaramay, ushbu toifadagi shaxslarning oliy o'quv yurtlariga

qabul qilish ulushi ancha past bo'lib qolmoqda va bu, birinchi navbatda, mamlakatdagi aksariyat universitetlarning ushbu shaxslarni tayyorlashga tayyor emasligi bilan bog'liq. Nogironlar uchun qulay muhitning yo'qligi oliy o'quv yurtlari tomonidan bunday toifadagi shaxslarni ajratish va kamsitishni keltirib chiqaradi. Universitetlarda nogironligi bo'lgan shaxslarni o'qitish uchun qulay muhitning yo'qligi, birinchi navbatda, quyidagilarda namoyon bo'lmoqda:

• Binolar arxitekturasi va binolarga tutashgan inshootlar infratuzilmasi nogironligi bor shaxslarni o'qitishga moslashmagan;

• O'zbekistondagi aksariyat oliy o'quv yurtlarining o'quv binolari to'rt qavat va undan yuqoridir, ammo mintaqaviy kesimda o'rganadigan bo'lsak, ularning ko'pchiligida liftlar yo'q, borlarda esa lift ishlamaydi yoki ta'mirlashga muxtoj, bu o'z navbatida tayanch-harakat tizimida nuqsoni bo'lgan nogironlarni bino bo'ylab harakatlanishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi;

• Mamlakat oliy o'quv yurtlariga qabul kvotalari keskin oshishi munosabati bilan ko'pchilik universitetlar o'quv xonalari fondining yetishmasligiga duch kelmoqda, buning natijasida dars jadvalini har bir juftlik kesimida tartiblash va guruh talabalarning darslarini o'tkazish uchun auditoriyani o'zgartirishga to'g'ri keladi, bu har bir juftlik darslarini turli qavatlarda joylashgan turli auditoriyalarda o'qitishga sabab bo'lmoqda. Bunday holda, baland zinapoyalar va panduslarning yo'qligi nogironlar aravachasidagi talabalar uchun binoga kirish va harakatlanish uchun jiddiy to'siqdir;

• Respublikamizning ko'pgina oliy o'quv yurtlarida nogironligi bo'lgan shaxslarni o'qitish uchun mo'ljallangan maxsus o'quv va o'quv-uslubiy adabiyotlarning yetishmasligi yoki yo'qligi;

• O'zbekistonda inklyuziv ta'limning o'ta jiddiy muammosi - bu ta'lim muassasalarining yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlanmaganligidir;

• Respublikamizdagi ko'plab oliy o'quv yurtlarining umumiy foydalanish joylari (oshxona, kutubxona, hojatxona) nogironlar ehtiyojlariga moslashtirilmagan, maxsus jihozlar bilan jihozlanmagan, bu esa imkoniyati cheklangan talabalarning ushbu joylardan foydalanishini qiyinlashtiradi;

• Mamlakat oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilarining aksariyati nogironligi bo'lgan shaxslarni o'qitish bo'yicha maxsus malakaga ega emas;

Bugungi kunda ko'plab nogironlar uchun universitet ta'limi nafaqat tegishli bilimlarni egallash, balki hayotiy va ijtimoiy ko'nikmalarni egallashdan iborat bo'lishi kerak, o'z navbatida oliy ta'lim muassalari buni taqdim etishga tayyor bo'lishi kerak.

Shu munosabat bilan, inklyuziv ta'limni yanada rivojlantirish, ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash O'zbekiston Respublikasi hukumatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida e'tirof etilishi va belgilangan vazifalarni to'liq amalga oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratish zarur deb hisoblaymiz.

Aytish joizki, mazkur yo'nalishda qator ijobiy tendentsiyalar kuzatilmoqda, ularning asosiysi mamlakatimizda inklyuziv ta'limni

rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni chuqurlashtirish bo'yicha hukumatning amaliy harakatlarida namoyon bo'lmoqda. Xususan: Osiyo taraqqiyot bankining jalb qilingan mablag'lari hisobidan mamlakatimizda inklyuziv ta'limni rivojlantirish loyihasi amalga oshirilmoqda, "Mehribonlik" ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari va Mehribonlik uylarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha loyihalar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. ". [7]

O'zbekiston Respublikasida inklyuziv ta'limni rivojlantirish, nogironligi bo'lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini qo'llab-quvvatlash muammosi 2022-2026-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasida ham o'z ifodasini topgan. Xususan, "Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish", nomli 4-ustuvor yonalish "Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish" nomli 66 -maqsadida bevosita mamlakatimizda nogironlarning yashash huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish nazarda tutilgan. [8]

2021-yil 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: "Aholining eng ijtimoiy himoyaga muhtoj toifasi - nogironlar bilan olib borayotgan ishlarimizni tanqidiy baholagan holda, biz ular hech qachon o'zini yolgiz his qilmasliklari, davlat va xo'jalik hayotida faol ishtirok etishlari uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etishda davom etamiz" [9] - deb ta'kidlab o'tdilar. Bu O'zbekiston rahbariyatining nogironligi bo'lgan shaxslarni huquqiy himoyasiga, ularning erkinliklari, shuningdek, mamlakatimizda inklyuziv ta'lim tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga katta e'tibor qaratayotganidan dalolat beradi.

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, biz mamlakatimizda nogironligi bo'lgan shaxslarning to'laqonli turmush tarzini olib borishlariga, faol hayot kechirishlariga. jamiyatning iqtisodiy va siyosiy hayotida ishtirok etishlari, shuningdek fuqarolik majburiyatlarini bajarishga ko'maklashuvchi mamlakatimizda inklyuzivlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan siyosatni zamonaviy voqelikdan kelib chiqgan xolda dolzarb va muxim deb xisoblaymiz.

Xulosa va takliflar: O'zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hozirgi voqeliklarida nogironligi bo'lgan shaxslarning ta'lim olish imkoniyatlarini amalga oshirishni hisobga olgan holda respublikada inkluziv ta'lim tizimi o'zining shakllanish bosqichida bo'lib, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi zarur. O'zbekistonda nogironligi bo'lgan shaxslarning yashashi, ta'lim olishi uchun sharoit yaratish bo'yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda, bunday toifadagi shaxslarning yanada rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish bo'yicha qonunchilik bazasi yaratilgan. Jumladan: 2020-2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi, O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Bundan tashqari, mamlakatimiz Prezidenti

tomonidan nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlash tizimini yaratish, ularning hayot sifati va darajasini oshirishga qaratilgan 2022-2026-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

O'zbekistonda oliy ta'lim tizimida inklyuzivlikni shakllantirish va joriy etish borasida erishilgan yutuqlarga qaramay, inklyuziv ta'lim shakli uchun professor-o'qituvchilar tarkibini tayyorlashning yetarli darajada emasligi, binolarning arxitektura-muhandislik infratuzilmasi nogironlar talablariga javob bermaydi, shuningdek, inklyuziv ta'limga moslashtirilgan maxsus o'quv dasturlarining yo'qligi kabi qator muammolar aniqlandi.

O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida ta'limning inklyuziv shaklini rivojlantirish va samarali tatbiq etish maqsadida, bizning fikrimizcha, quyidagi vazifalarni hal etish maqsadga muvofiq bo'ladi:

> BMTning nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiya qoidalari va tamoyillariga muvofiq ta'limning inklyuziv modelining huquqiy asoslarini takomillashtirish; umume'tirof etilgan xalqaro ta'riflar va vositalar asosida nogironlar bilan bog'liq statistika va ma'lumotlarni yig'ish tizimini uyg'unlashtirish;

> yangi bino va inshootlarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilishda ularni nogironlarning ehtiyojlari va talablariga moslashtirish;

> ta'limning inklyuziv modelida bevosita ishtirok etuvchi pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

> Respublika va alohida hududlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, nogironlarga g'amxo'rlik ko'rsatish va ularni reabilitatsiya qilish dasturlarini amalga oshirish bo'yicha ijtimoiy xizmatlarning faol ishtirokida inklyuziv ta'limning hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalarini monitoring qilish tizimini shakllantirish, xalqaro standartlar va me'yorlarga muvofiq o'qitish va ishga joylashtirish;

O'ylaymizki, mazkur tavsiyalarning amalga oshirilishi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha isloh qilish konsepsiyasida nazarda tutilgan maqsadlarga erishish hamda ta'lim muassasalariga inklyuziv ta'limni samarali integratsiyalash, moslashtirish va rivojlantirish bo'yicha islohotlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1.Махмудходжаева Л.С., Архангельская Е.Г. «Перспективы совершенствования системы инклюзивного образования в республике Узбекистан» https://inlibrary.uz/index.php/industry_4/article/view/3580 2.O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI "NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO'G'RISIDA" 2020-yil 15-oktabr, O'RQ-641-son. https://lex.uz/ru/docs/5049549

3.O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI "NOGIRONLAR HUQUQLARI TO'G'RISIDAGI KONVENSIYANI (NYU-YORK, 2006-YIL 13-DEKABR) RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA" 2021-yil 7-iyun, O'RQ-695-son. https://lex.uz/ru/docs/5447430

4.O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI "ALOHIDA TA'LIM EHTIYOJLARI BO'LGAN BOLALARGA TA'LIM -TARBIYA BERISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA" 2020-yil 13-oktabr, PQ-4860-son. https://lex.uz/ru/docs/5044745

5.O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM TIZIMINI 2030 -YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO'G'RISIDA" 2019-yil 8-oktabr, PF-5847-son. https://lex.uz/ru/docs/4545887 6.В программу переписи населения не включили вопросы об инвалидности, Gazeta.uz. 3 марта 2020 г.

https://www.gazeta.uz/ru/2020/03/03/disability-questions/ 7.O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI "NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARNI DAVLAT TOMONIDAN QO'LLAB-QUVVATLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA" 2017-yil 1-dekabr, PF-5270-son. https://lex.uz/docs/3436196

8. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI "2022 — 2026-YILLARGA MO'LJALLANGAN YANGI O'ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO'G'RISIDA" 2022-yil 28-yanvar, PF-60-son. https://lex.uz/docs/5841077

9.Президент рассказал, какие возможности получат инвалиды в Узбекистане .03.12.2021. https://uz. sputniknews.ru/20211203/prezident-rasskazal-kakie-vozmojnosti-poluchat-invalidy-v-uzbekistane-21642670.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.