Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM JARAYONIDA MUSIQA TA’LIMI O‘QUV JARAYONINI RIVOJLANTIRISH'

OLIY TA’LIM JARAYONIDA MUSIQA TA’LIMI O‘QUV JARAYONINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
23
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa ta’limi / oliy ta’lim / pedagogik texnologiyalar / o‘quv jarayoni / ijodiy qobiliyatlar / madaniy meros / innovatsiyalar. / музыкальное образование / высшее образование / педагогические технологии / образовательный процесс / творческие способности / культурное наследие / инновации.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Z.K. Hojiyeva

mazkur maqolada oliy ta'lim muassasalarida musiqa ta’limi o‘quv jarayonini rivojlantirish masalalari tahlil etiladi. Musiqa ta’limida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, ta'lim jarayonini innovatsion usullar bilan takomillashtirish va o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada musiqa ta’limi dasturlarini shakllantirishda madaniy meros va an'anaviy musiqa elementlarini saqlashning ahamiyati ham yoritilgan. O‘quv jarayonining samaradorligini oshirish yo‘llari va yangi pedagogik yondashuvlar asosida talabalarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF THE CURRICULUM OF MUSIC EDUCATION IN THE PROCESS OF HIGHER EDUCATION

в данной статье анализируются вопросы развития образовательного процесса музыкального образования в высших учебных заведениях. Рассмотрены стратегии, направленные на использование современных педагогических технологий в музыкальном образовании, совершенствование учебного процесса инновационными методами, развитие творческих способностей учащихся. Также в статье подчеркивается важность сохранения культурного наследия и элементов традиционной музыки при формировании программ музыкального образования. Даны рекомендации по углублению музыкальных знаний и умений учащихся, основанные на путях повышения эффективности учебного процесса и новых педагогических подходах.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM JARAYONIDA MUSIQA TA’LIMI O‘QUV JARAYONINI RIVOJLANTIRISH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© Z.K. Hojiyeva1H_

1Andijon davlat universiteti, Andijon, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: mazkur maqolada oliy ta'lim muassasalarida musiqa ta'limi o'quv jarayonini rivojlantirish masalalari tahlil etiladi. Musiqa ta'limida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, ta'lim jarayonini innovatsion usullar bilan takomillashtirish va o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada musiqa ta'limi dasturlarini shakllantirishda madaniy meros va an'anaviy musiqa elementlarini saqlashning ahamiyati ham yoritilgan. O'quv jarayonining samaradorligini oshirish yo'llari va yangi pedagogik yondashuvlar asosida talabalarning musiqiy bilim va ko'nikmalarini chuqurlashtirish bo'yicha tavsiyalar beriladi.

MAQSAD: mazkur maqolaning maqsadi oliy ta'lim muassasalarida musiqa ta'limi o'quv jarayonini rivojlantirishning zamonaviy usullari va pedagogik texnologiyalarini o'rganish, musiqa ta'limini takomillashtirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarni tahlil qilishdan iborat. Shuningdek, maqolada musiqa ta'limi jarayonida talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, an'anaviy va zamonaviy musiqiy bilimlarni uyg'unlashtirish orqali o'quv jarayonining samaradorligini oshirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish ko'zda tutilgan.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu ilmiy maqolada oliy ta'limda musiqa ta'limi o'quv jarayonini rivojlantirish bo'yicha tadqiqot ishlari amalga oshirishda turli xil ilmiy -metodik yondashuvlar qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot davomida talabalarning musiqa fanlariga bo'lgan qiziqishini oshirish uchun faol o'qitish metodlari, jumladan, interaktiv darslar, loyiha uslubi va amaliy mashg'ulotlar samarali natijalar bergani qayd etildi. Shu bilan birga, musiqa ta'limida madaniy meros va an'anaviy musiqaning o'rni muhimligi tasdiqlandi. Milliy musiqa elementlarini o'quv dasturlariga integratsiya qilish talabalar ongida madaniy qadriyatlarni shakllantirishga yordam beradi va milliy o'zlikni mustahkamlaydi.

XULOSA: oliy ta'lim muassasalarida musiqa ta'limi o'quv jarayonini rivojlantirish zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni qo'llash orqali talabalar ijodiy qobiliyatlarini kengaytirish, ularning musiqiy saviyasini oshirish hamda milliy va madaniy qadriyatlarni mustahkamlashda muhim o'rin tutadi. Tadqiqot natijalari ko'rsatganidek, interaktiv dars metodlari, masofaviy ta'lim imkoniyatlari va amaliy

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

mashg'ulotlarning ta'lim jarayoniga integratsiya qilinishi talabalar bilimini yanada samarali shakllantirishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: musiqa ta'limi, oliy ta'lim, pedagogik texnologiyalar, o'quv jarayoni, ijodiy qobiliyatlar, madaniy meros, innovatsiyalar.

Iqtibos uchun: Hojiyeva Z.K. Oliy ta'lim jarayonida musiqa ta'limi o'quv jarayonini rivojlantirish. // Inter education & global study. 2024. №9. B.157-163.

РАЗРАБОТКА ПРОГРАММЫ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ПРОЦЕССЕ

ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ_

© З.К. Xаджиева1И

1 Андижанский государственный университет, Андижан, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье анализируются вопросы развития образовательного процесса музыкального образования в высших учебных заведениях. Рассмотрены стратегии, направленные на использование современных педагогических технологий в музыкальном образовании, совершенствование учебного процесса инновационными методами, развитие творческих способностей учащихся. Также в статье подчеркивается важность сохранения культурного наследия и элементов традиционной музыки при формировании программ музыкального образования. Даны рекомендации по углублению музыкальных знаний и умений учащихся, основанные на путях повышения эффективности учебного процесса и новых педагогических подходах.

ЦЕЛЬ: целью данной статьи является изучение современных методов и педагогических технологий развития учебного процесса музыкального образования в высших учебных заведениях, анализ инновационных подходов, направленных на совершенствование музыкального образования. Также в статье предусмотрено развитие творческих способностей учащихся в процессе музыкального образования, разработка предложений и рекомендаций по повышению эффективности образовательного процесса за счет объединения традиционных и современных музыкальных знаний.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в данной научной статье были использованы различные научно-методические подходы при проведении исследования развития образовательного процесса музыкального образования в высшей школе.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в ходе исследования было отмечено, что активные методы обучения, включающие интерактивные уроки, метод проектов и практические занятия, дали эффективные результаты по повышению интереса учащихся к музыке. При этом была подтверждена важность культурного наследия и традиционной музыки в музыкальном образовании. Интеграция элементов национальной музыки в образовательные программы способствует формированию

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

культурных ценностей в сознании учащихся и укрепляет национальную идентичность.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: развитие учебного процесса музыкального образования в высших учебных заведениях за счет использования современных педагогических технологий и инновационных подходов играет важную роль в расширении творческих способностей студентов, повышении их музыкального уровня, укреплении национальных и культурных ценностей. Как показывают результаты исследования, интеграция интерактивных методов обучения, возможностей дистанционного обучения и практик в учебный процесс способствует более эффективному формированию знаний учащихся.

Ключевые слова: музыкальное образование, высшее образование, педагогические технологии, образовательный процесс, творческие способности, культурное наследие, инновации.

Для цитирования: Xаджиева З.К. Разработка программы музыкального образования в процессе высшего образования. // Inter education & global study. 2024. №9. С. 157-163.

DEVELOPMENT OF THE CURRICULUM OF MUSIC EDUCATION IN THE

PROCESS OF HIGHER EDUCATION_

© Zamirakhan K. Khojieva1®

1Andijan State University, Andijan, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article analyzes the issues of developing the educational process of music education in higher educational institutions. Strategies aimed at using modern pedagogical technologies in music education, improving the educational process with innovative methods, and developing students' creative abilities are considered. The article also highlights the importance of preserving cultural heritage and elements of traditional music in the formation of music education programs. Recommendations for deepening students' musical knowledge and skills are given based on ways to increase the effectiveness of the educational process and new pedagogical approaches.

AIM: the purpose of this article is to study modern methods and pedagogical technologies of developing the educational process of music education in higher educational institutions, to analyze innovative approaches aimed at improving music education. Also, the article envisages the development of creative abilities of students in the process of music education, the development of suggestions and recommendations for increasing the effectiveness of the educational process by combining traditional and modern musical knowledge.

MATERIALS AND METHODS: in this scientific article, various scientific-methodical approaches were used in conducting research on the development of the educational process of music education in higher education.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

DISCUSSION AND RESULTS: during the research, it was noted that active teaching methods, including interactive lessons, project method and practical exercises, gave effective results to increase students' interest in music. At the same time, the importance of cultural heritage and traditional music in music education was confirmed. Integrating elements of national music into educational programs helps to form cultural values in the minds of students and strengthens national identity.

CONCLUSION: the development of the educational process of music education in higher education institutions, through the use of modern pedagogical technologies and innovative approaches, plays an important role in expanding the creative abilities of students, increasing their musical level, and strengthening national and cultural values. As the results of the research show, the integration of interactive teaching methods, distance learning opportunities and practical training into the educational process helps to form students' knowledge more effectively.

Key words: music education, higher education, pedagogical technologies, educational process, creative abilities, cultural heritage, innovations.

Oliy ta'lim tizimida musiqa ta'limi o'quv jarayoni zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga mos keluvchi mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. XXI asrda ta'lim jarayonining uzluksiz rivojlanishi va globallashuv ta'sirida musiqa ta'limiga bo'lgan talab ham ortib bormoqda. Oliy ta'lim muassasalarida musiqa o'qitish jarayonini takomillashtirish, innovatsion texnologiyalardan foydalanish hamda an'anaviy musiqa merosini saqlab qolish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir.

Zamonaviy musiqa ta'limi nafaqat nazariy bilimlar berish, balki talabalarni ijodiy fikrlashga, musiqiy asarlarni chuqur tahlil qilishga va ijrochilik mahoratlarini rivojlantirishga qaratilgan. Shu bilan birga, musiqa ta'limining o'ziga xosligi uning talaba larning ma'naviy rivojlanishiga, estetik tafakkuriga va madaniy ongiga ta'sir ko'rsatishida namoyon bo'ladi. Shuning uchun oliy ta'lim tizimida musiqa ta'limini rivojlantirish, yangi pedagogik yondashuvlar va o'quv dasturlarini joriy etish zarurati paydo bo'lmoqda.

Ushbu ilmiy maqolada oliy ta'limda musiqa ta'limi o'quv jarayonini rivojlantirish bo'yicha tadqiqot ishlari amalga oshirishda turli xil ilmiy-metodik yondashuvlar qo'llanildi. Bunda quyidagi metodlardan foydalanildi:

1. Teoretik tahlil metodi - musiqa ta'limi va pedagogik texnologiyalar bo'yicha mavjud ilmiy-adabiyotlar va tadqiqot manbalarining nazariy jihatlarini o'rganish, ta'limda qo'llanilayotgan ilg'or tajribalarni tahlil qilish orqali umumlashtirish.

2. Eksperimental tadqiqot metodi - musiqa ta'limi o'quv jarayonida innovatsion usullarni sinovdan o'tkazish va talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligini amaliy tajribalar asosida baholash.

For citation: Zamirakhan K. Khojieva (2024) 'Development of the curriculum of music education in the process of higher education', Inter education & global study, (9), pp. 157-163. (In Uzbek).

Metodlar:

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

3. Taqqoslash va solishtirish metodi - boshqa mamlakatlar va milliy ta'lim tizimidagi musiqa o'qitish metodlarini qiyoslash, ularning afzallik va kamchiliklarini aniqlash.

4. Sotsiologik tadqiqot metodi - talabalar va o'qituvchilar orasida so'rovnoma va intervyular o'tkazish orqali ularning musiqa ta'limi o'quv jarayonidagi ehtiyojlari va qarashlarini aniqlash[2; 45].

Ushbu metodlar yordamida oliy ta'limda musiqa ta'limini yanada rivojlantirish yo'llari aniqlandi va ta'lim jarayonini takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan xulosalar ishlab chiqildi.

Musiqa ta'limi bo'yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, zamonaviy pedagogika fanida musiqa ta'limini rivojlantirish muammosi jiddiy o'rganilmoqda. Xususan, ko'plab olimlar va tadqiqotchilar musiqa ta'limi jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo'llash, innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish va milliy madaniyatni saqlashning ahamiyatiga urg'u bermoqda[1; 134].

Birinchidan, adabiyotlarda oliy ta'lim muassasalarida musiqa o'qitishda interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi qayd etilgan. Xorijiy olimlarning tadqiqotlarida musiqiy ta'limning zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg'unlashuvi, masalan, multimediya vositalari va raqamli resurslardan foydalanish o'quvchilarning musiqiy saviyasini oshirishda ijobiy natijalar berishi ko'rsatilgan. Ushbu texnologiyalar o'quv jarayonini yanada jonli va interaktiv holga keltiradi, bu esa talabalarni o'qishga bo'lgan qiziqishini oshiradi.

Ikkinchidan, milliy va xalqaro adabiyotlarda musiqa ta'limining madaniy merosni saqlab qolishdagi o'rni keng muhokama qilinmoqda. Ayniqsa, milliy musiqa va an'anaviy qadriyatlarni o'qitish orqali yosh avlodni madaniy ong va o'zlikni anglashga yo'naltirishn ing muhimligi ta'kidlangan. Bu borada O'zbekiston olimlari tomonidan milliy musiqa janrlarini ta'lim jarayoniga integratsiya qilish bo'yicha qator amaliy tavsiyalar berilgan.

Uchinchidan, adabiyotlarda musiqa ta'limida talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning zarurati qayd etilgan. Pedagogika olimlari ijodiy yondashuvlar orqali o'quvchilarning musiqiy asarlarni ijro etish va tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish muhimligini ko'rsatmoqda. Musiqa ta'limida loyihaviy faoliyat va amaliyotga asoslangan metodlar samarali natijalar berishi ilmiy tadqiqotlarda tasdiqlangan.

To'rtinchidan, adabiyotlarda musiqa ta'limini rivojlantirishning o'qituvchilarning malakasi bilan chambarchas bog'liq ekanligi ta'kidlangan. Talabalarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llab bilim berish uchun o'qituvchilarning malakasini oshirish va innovatsion metodlarni amaliyotga tatbiq qilish muhim ekani qayd etilgan[4; 12].

Shunday qilib, adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, oliy ta'lim jarayonida musiqa ta'limini rivojlantirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar, milliy madaniyatni saqlash va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish ustuvor yo'nalishlar sifatida e'tirof etilmoqda. Ushbu adabiy manbalar musiqa ta'limini samarali tashkil etish uchun ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi va ta'lim jarayonini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muhokama va natijalar:

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Oliy ta'lim muassasalarida musiqa ta'limi o'quv jarayonini rivojlantirish borasida olib borilgan tadqiqotlar va amaliy tajribalar shuni ko'rsatadiki, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning musiqa o'qitish jarayoniga joriy etilishi o'quvchilarning ijodiy qo biliyatlari va musiqiy bilimlarini sezilarli darajada oshiradi[3; 69]. O'quv jarayonida innovatsion yondashuvlar va texnologiyalar qo'llanilishi orqali talabalar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo'ladi, balki ular ijrochilik ko'nikmalarini mustahkamlaydi, m usiqiy asarlarni tahlil qilish va ifoda etish qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Tadqiqot davomida talabalarning musiqa fanlariga bo'lgan qiziqishini oshirish uchun faol o'qitish metodlari, jumladan, interaktiv darslar, loyiha uslubi va amaliy mashg'ulotlar samarali natijalar bergani qayd etildi. Shu bilan birga, musiqa ta'limida madan iy meros va an'anaviy musiqaning o'rni muhimligi tasdiqlandi. Milliy musiqa elementlarini o'quv dasturlariga integratsiya qilish talabalar ongida madaniy qadriyatlarni shakllantirishga yordam beradi va milliy o'zlikni mustahkamlaydi[6; 47].

Eksperimental tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, oliy ta'lim jarayonida musiqa ta'limi o'quv dasturlarini yangilash va amaliyotga innovatsion usullarni joriy etish, o'qituvchilar malakasini oshirish orqali ta'lim samaradorligini sezilarli darajada oshirish mumkin. Tadqiqot natijalariga ko'ra, musiqa ta'limini rivojlantirishning samarali yo'nalishlari quyidagilar:

1. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish - masofaviy ta'lim platformalari va multimedia vositalaridan foydalanish orqali o'quv jarayonini interaktivlashtirish.

2. Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish - talabalar o'rtasida musiqiy ijodiy loyihalar va musobaqalarni tashkil qilish.

3. An'anaviy musiqa va madaniy merosni integratsiya qilish - milliy musiqiy asarlarni o'qitish jarayoniga kengroq jalb qilish[7; 11].

Tadqiqot natijalari oliy ta'lim muassasalarida musiqa ta'limi o'quv jarayonini rivojlantirishning dolzarb ekanligini va bu borada innovatsion yondashuvlarni qo'llash ta'lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.

Xulosa. Oliy ta'lim muassasalarida musiqa ta'limi o'quv jarayonini rivojlantirish zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni qo'llash orqali talabalar ijodiy qobiliyatlarini kengaytirish, ularning musiqiy saviyasini oshirish hamda mil liy va madaniy qadriyatlarni mustahkamlashda muhim o'rin tutadi. Tadqiqot natijalari ko'rsatganidek, interaktiv dars metodlari, masofaviy ta'lim imkoniyatlari va amaliy mashg'ulotlarning ta'lim jarayoniga integratsiya qilinishi talabalar bilimini yanada sa marali shakllantirishga yordam beradi.

Shuningdek, musiqa ta'limi dasturlarini shakllantirishda milliy musiqa va an'anaviy madaniy elementlarni saqlab qolish, ularni zamonaviy ta'lim jarayonida qo'llash yosh avlodning milliy o'zlik va madaniy merosga hurmat bilan qarashini kuchaytiradi. Innovatsion metodlar va an'anaviy musiqaning uyg'unligi oliy ta'limda musiqa ta'limi sifatini oshirishning asosiy omili sifatida qaraladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Mazkur tadqiqot oliy ta'lim muassasalarida musiqa ta'limi jarayonini yanada rivojlantirish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar beradi hamda kelgusidagi izlanishlar uchun metodologik yo'nalishlarni belgilaydi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Abdullaeva, G. (2021). Musiqa ta'limida innovatsion texnologiyalarni qo'llashning ahamiyati. Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi.

2. Axmedov, R. (2019). Musiqa pedagogikasi va madaniy merosni saqlash masalalari. Toshkent: Fan va Texnologiya nashriyoti.

3. Brown, A. R. (2016). Digital Media in Music Education: Creative Pedagogy and Practice. New York: Routledge.

4. Dewey, J. (1916). Demokratiya va ta'lim: Ta'lim falsafasi. Nyu-York: The Macmillan Company.

5. Jones, P., & Burnard, P. (2019). Musiqa ta'limida ijodiy pedagogika. London: Routledge.

6. Mirzaev, O. (2017). O'zbekiston musiqa san'ati va madaniy merosining ta'limdagi o'rni. Toshkent: O'zbekiston musiqa akademiyasi nashriyoti.

7. Poskryakov, A. A. (2018). Innovatsion ong va ta'lim jarayonlarida ijodiy yondashuvlar. Moskva: Pedagogika nashriyoti.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Hojieva Zamiraxon Kuchkarovna, Andijon davlat universiteti o'qituvchisi, [Ходжиева Замирахан Кучкаровна, преподаватель Андижанского государственного университета], [Zamirakhan K. Khojieva, Teacher of Andijan State University]; manzil: O'zbekiston, Andijon sh., Universitet ko'chasi, 129-uy [адрес: Узбекистан, Андижанский район, ул. Университетская, 129], [address: Uzbekistan, Andijan district, University street, 129] E-mail: [email protected] Orcid: 0000-0003-4733-0911

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.