Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год
OB-HAVO SHAROITLARINING YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARIGA TA'SIRINI
ANIQLASHNING ANALITIK TAXLILI
Kabildjanov Aleksandr Sabitovich,
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy
tadqiqot universiteti, dotsent, texnika fanlari nomzodi
Pulatov G'iyos Gofurjonovich,
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti 1 -kurs tayanch doktorant [email protected]
Pulatova Gulxayo Azamjon qizi,
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona
filiali assistent
Annotatsiya. Ushbu maqolada yurak-qon tomir kasalliklari, jumladan ishemiya, aritmiya va gipertoniyaning ob-havo sharoitlari (harorat, atmosfera bosimi, namlik, shamol tezligi hamda quyoshdan keladigan magnit bo'ronlar) meteorologik omillar bilan bog'liqligini chuqur tahlil qiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi, ushbu omillarning yurak-qon tomir kasalliklariga ta'sirini aniqlash va kasalliklarni oldini olish hamda bashorat qilish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar hajmini belgilashdan iborat. Bu maqola sog'liqni saqlash tizimida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalarini joriy etishning ahamiyatini yoritadi, bu esa yurak-qon tomir kasalliklarini bashorat qilish va oldini olish bo'yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Shu munosabat bilan, sog'liqni saqlash tizimida profilaktik modellarni joriy etish va matematik modellashtirishni rivojlantirish orqali kasalliklarning tarqalishini nazorat qilishda yangi yondashuvlarni taklif qiladi.
Kalit so'zlar: sog'liqni saqlash, yurak-qon tomir kasalliklari, ishemiyani, aritmiyani, gipertoniya, bashoratlash, juft korreletsiya, harorat, bosim, namlik, shamol, quyoshdan keladigan magnit bo'ronlar
Kirish. Sog'liqni saqlash tizimida tibbiy xizmatlarni tez va samarali taqdim etish hamda kasalliklarning oldini olish, ayniqsa, shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish faoliyati bilan bog'liq muammolarni hal etish bugungi kunda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, ushbu muammolarni hal etishda muhim bosqich bo'lib, tizimning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan, sog'liqni saqlash tizimida profilaktik modellarni joriy etish va matematik modellashtirishdan foydalanish orqali, boshqaruv va kadrlar tayyorlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish ustuvor ahamiyatga ega.
Dolzarb vazifalar. Sog'liqni saqlash tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri yurak-qon tomir kasalliklarini, jumladan ishemiyani, aritmiyani va gipertoniya kabi holatlarni meteorologik va quyosh faolligini hisobga olgan holda bashorat qilishdir. So'nggi o'n yilliklar davomida yurak-qon tomir kasalliklari nogironlik va o'limning asosiy sabablari qatorida turib, klinik va ijtimoiy ahamiyatga ega. Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, har yili taxminan 17,9 million kishi ushbu kasalliklar sabab vafot etadi, bu esa butun dunyo bo'ylab o'lim holatlarining 32 foizini tashkil etadi.
296
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год
Bashoratlashning ahamiyati. To'g'ri va vaqtida amalga oshirilgan bashoratlar quyidagi muammolarni hal etishga yordam beradi:
Faol profilaktika choralarini ko'rish orqali yurak-qon tomir kasalliklarining paydo bo'lishi yoki kuchayishining oldini olish.
Aholiga tez tibbiy yordam xizmatini tashkil etishni optimallashtirish.
Tibbiyot muassasalarining faoliyatini yanada samarali qilish.
Usullar.
1-masala. Dastlabki ma'lumotlar oldindan tayyorlangan faylda kiritilgan(1-rasm). Dastlabki namunada 154 ta ma'lumot mavjud.
A B C D E F
1 T(C) P (mm) N (%) V (m/c) F(Tb) NB (%)
2 22.3 697.S 37 2.3 2.8 5.S
3 23.4 698.4 38.2 2.3 2.5 4.1
4 22.6 698.7 37.6 1.6 2 4.6
5 22.9 698.2 32.6 2.5 1.7 2.6
6 25 697.4 25 4.2 0.9 3.4
7 25.2 697.S 28.2 4 1.7 4.8
a 24.5 698.1 29.3 3.4 1 6.4|
9 25.4 697.4 28 2.9 1.7 4
10 26 698.2 28.1 2.9 1 4.8
n 26.7 697.1 28.8 2.5 1.9 4
12 24.5 698.1 36.4 3.5 1.7 4.6
13 21.5 700.3 33 4.5 2 2.8
14 20.2 701.6 43.1 2.5 2.6 4
143 8 699.7 53.6 2 1.8 4.4
144 7.3 699.9 79.2 2.4 2.7 6.4
145 5.4 699.6 89.1 1.8 2.7 4.6
146 7 697.8 78.3 2.3 2.1 5.8
147 10 696.2 67.9 3.4 3 3.4
148 4.2 698.8 90.9 1.1 2.3 4.2
149 6 699.7 79.5 2 2.9 2.2
150 7 699.7 78.4 1.3 1.5 3
151 9.7 698 68. S 1.9 2 1.8
152 13.3 694.5 48.8 4.9 3.4 4.4
153 6.5 699 81.7 4.4 2.9 4.8
154 -1.1 699 89.5 4 1.4 6.8
1S5 -8.9 700.9 88.S 3.2 1.2 8.8
1 56
1-rasm. Kiruvchi ma'lumotlar.
Quyida juft korreletsiya formulasi(l) keltirilgan. Yuqoridagi jadvalga asoslanib juft korreletsiya formulasi yordamida kerakli bo'lgan kiruvchi ma'lumotlarni saralab olinadi.
=
1
(N-1)Sy■S3i j=i (1)
S ( yj - M y ) • ( x. - MXi )
x y
Bu yerda j kiruvchi va j chiquvchi qiymat,
1 kiruvchi qiymatlar turi(ustunlar) va j kiruvchi qiymatlar(satrlar). Ob'ektning chiqish va kirish
M M
parametrlari bo'yicha matematik taxminlar y, Xi (2), (3) va chiqish va kirish parametrlari bo'yicha
S S
dispersiya y, x (4), (5) formulalar orqali aniqlab olinadi. N kiruvchi qiymatlar soni.
1 N
MX = N jxj
]=
N
1 N
My = NN'S yj
S =
S =
1 N
—•SS ( yt - My )2
N-1 S У I 1 N
Jn-ï -S *- M)2
(2)
(3)
(4)
(5)
Bunda N =154, harorati(T)=X1,
bosimi(P)=X2, namlik(N)=X3, shamol(V)=X4, quyoshdan keladigan magnit bo'ronlar(F)=X5 va chiquvchi(NB)=Y.
Hisoblash jarayoni. Yuqoridagi berilgan ma'lumotlarga asoslanib quyidagi chiqish va kirish parametrlari bo'yicha matematik taxminlarni
M
M
aniqlanadi, y va Xi (2) va (3) formula asosida qiymatlar quyidagicha:
M = 10.1
Mx2 = 700.8 M = 57.9
Mx 4 = 2.7
Mx5 = 1.6
My = 3.8
297
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год
Keyingi qadamda chiqish va kirish parametrlari
ó ó a dispersiya у va x
asosida qiymatlar quyidagicha:
S S
bo'yicha dispersiya y va x (4) va (5) formula
óx - 9.1 ó, = 3.3 óx = 9.1
x3
ó^ = 1.3
ó - G.96
óy = 1.2
Barcha qiymatlarni aniqlandan so'ng, juft korreletsiyalarni (1)- formulaga asossan aniqlanadi va quyidagi qiymatlarga erishilgan:
= G.18
^ y = G.15
МХъУ = G.13
^ y = G.G3
ßX5y = G.G6
Agar juft korreletsiya formulasi asosida aniqlangan qiymatlar 0.001 ga teng yoki ushbu songa yaqin bo'lsa, u xolda qiymat olinayotgan natijaga ta'sir etmaydi.
2-masala. 1-rasmda keltirilgandek dastlabki ma'lumotlar mavjud va dastlabki ma'lumotlarga asoslanib (harorat, bosim, namlik, shamol, quyoshdan keladigan magnit bo'ronlar) xar bir kiruvchi ma'lumot bo'yicha jarayonni amalga oshirish uchun minimum necha kunlik ma'lumot kerakligini aniqlanadi.
Quyidagi formula (б) orqali xibolablanadi:
T --f-A(p)
(б)
Bu yerda eksperimental ma'lumotlar
orasidagi interval. 1-rasmda keltirilgandek dastlabki
ma'lumotlar intervali 1 kun ekanligi kelib chiqadi. Bundan At = 1 qiymatini qabul qilinadi.
^(p) parametr 1-jadvalga muvofiq
tanlanadi.
1-jadval
p 0.94 0.95 0.96 0.97 0.98 0.99
Я(р) 3.52 3.68 3.90 4.19 4.60 5.30
p - Puasson taqsimot qonuni bo'yicha ma'lumotlarning ekstremal kvantlarga tushish ehtimoli. Agar Puasson taqsimot qonuni bo'yicha ehtimollikni
0.99 foiz deb belgilansa, demak Л(р) =5.30. V (7) formula asosida aniqlanadi.
F - F-
N
(7)
Bu formulada N eksperimental ma'lumotlarning miqdori. Daslabki mavjud ma'lumotlarga ko'ra eksperimental ma'lumotlarning miqdori 154 ta mavjud.
V (8) formula asosida aniqlanadi.
v= VL+VL
2 (8)
Bu yerda V1 eng pastki diapazondagi nuqtalar soni va V2 eng yuqori diapazondagi nuqtalar soni. Bunda xar bir kiruvchi parameter uchun diapazondagi nuqtalar alohida V1 va V2 lar xisoblab chiqildi.
Har bir kirishning diapazonlari necha qismga bo'lishni xisoblab chiqamiz. Qiyuda (9) formula keltirib o'tilgan.
к - int- (1 + 3.322 - lgN)
(Я)
Hisoblash jarayoni. Yuqoridagi berilgan ma'lumotlarga asoslanib quyidagilarni aniqlab olamiz, k ning (9) formula asosida qiymatlar quyidagicha:
к - int(1 + 3.322 - lg 154) - int(8.27) - 8
298
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год
Demak bundan kelib chiqadiki, ma'lumotlarni 8 ta diapazonga bo'linadi.
Har bir kruvchi (harorat, bosim, namlik, shamol, quyoshdan keladigan magnit bo'ron) lar uchun alohida V1 va V2 lar hisoblab chiqildi.
Quyidagi diagrammalar asosida
aniqlanadi.
1-diagramma
1-diagrammani ifodalashda eng yuqori diapazondagi harorat nuqtalar soni V1= 13 ta va eng quyi diapazondagi harorat nuqtalar soni V2=3 tani tashkil etadi.
2-diagramma
2-diagrammani ifodalashda eng yuqori diapazondagi bosim nuqtalar soni V1= 7 va eng quyi diapazondagi harorat nuqtalar soni V2=1 tani tashkil etadi.
3-diagramma
3-diagrammani ifodalashda eng yuqori diapazondagi namlik nuqtalar soni V1= 11 va eng quyi diapazondagi namlik nuqtalar soni V2=20 tani tashkil etadi.
4-diagramma
4-diagrammani ifodalashda eng yuqori diapazondagi shamol nuqtalar soni V1= 1 va eng quyi diapazondagi shamol nuqtalar soni V2=11 tani tashkil etadi.
5-diagramma
5-diagrammani ifodalashda eng yuqori diapazondagi magnit bo'ron nuqtalar soni V1=0 va eng quyi diapazondagi magnit bo'ron nuqtalar soni V2=41 tani tashkil etadi.
Eng pastki diapazondagi nuqtalar soni va eng yuqori diapazondagi nuqtalar sonini aniqlangandan
so'ng, (8) formula asosida V aniqlanadi.
= 8 - harorat
= 4 - bosim = 15,5
- namlik = 6 - shamol
V = 20.5 - magnit bo'ron
Yuqoridagi qiymatlarga asoslanib, (7) formula asosida V aniqlanadi.
V = 005 - harorat
V = 0.03 - bosim
V = 01 - namlik
V = 0.4 - shamol
V = 013 - magnit bo'ron
299
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год
Barcha qiymatlarni aniqlab olganimizdan so'ng (б) formula asosida aniqlanadi.
T - 1G6 - harorat
T -176.7 - bosim
T - 53 - namlik
T - 13 3 - shamol
T - 4G-8 - magnit bo'ron
Yuqoridagi qiymatlarga asoslanib kiruvchi ma'lumot bo'yicha jarayonni amalga oshirish uchun eng kata qiymatni qabul qilinadi. Xisoblash jarayonida 176.7 eng katta qiymat. Bundan ko'rinadiki bashoratlashda aniqlikka erishish uchun minimum 177 kunlik ma'lumot kerak bo'ladi.
Tadqiqotning natijalari. Tadqiqot davomida ob-havo sharoitlariga bog'liq omillar (harorat, bosim, namlik, shamol, quyoshdan keladigan magnit bo'ronlar) va ularning yurak-qon tomir kasalliklariga ta'sirini chuqur o'rganish orqali quyidagi natijalarga erishildi:
Ob-havoning turli jihatlarining kasalliklar rivojlanishiga ta'siri aniqlandi.
Kasalliklarni oldini olish va bashorat qilish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar miqdori belgilandi.
1-masalaga ko'ra, barcha kiruvchi qiymatlar natijaga ta'sir qiladi va hech bir qiymat 0.001 yoki ushbu songa yaqin bo'lmaganligi sababli rad etilmaydi. Bu shuni anglatadiki, 1-masala natijasini hisoblashda barcha kiruvchi qiymatlar hisobga olinadi va ular natijaga hissa qo'shadi. Shuningdek, kiruvchi qiymatlar orasida 0.001 yoki unga yaqin qiymatlar yo'q.
Bu holda, quyidagilarni e'tiborga olish mumkin:
Hamma qiymatlar muhim: Hech bir kiruvchi qiymat 0.001 yoki unga yaqin emasligi sababli, barcha qiymatlar natijani hisoblashda muhim va hisobga olinadi.
Qiymatlar ta'siri: Natijaga barcha kiruvchi qiymatlar ta'sir etadi, shuning uchun barcha qiymatlar bir xil e'tibor bilan ishlatilishi kerak.
2-masalaga ko'ra, kiruvchi ma'lumotlar orasida eng katta qiymat 176.7. Bashoratlash jarayonida aniqlikka erishish uchun minimum 177 kunlik ma'lumot kerak bo'ladi.
Eng katta qiymatni qabul qilish: Bashoratlash yoki hisoblash jarayonida kiruvchi ma'lumotlar orasidan eng katta qiymat tanlanadi. Ushbu misolda, eng katta qiymat 176.7 bo'lib, bu qiymat qabul qilinadi.
Aniqlikka erishish uchun kamida 177 kunlik ma'lumotlar kerak bo'ladi. Bu shuni anglatadiki, bashoratlash jarayonida foydalaniladigan ma'lumotlar kamida 177 kunlik davrni qamrab olishi kerak.
Xulosa. Amalda bu kasalliklarni bashorat qilish va oldini olish, profilaktika modeliga o'tish davrida sog'liqni saqlashni boshqarish yo'llarini optimallashtirishning yangi uslubiy asosi bo'lishi mumkin va aholiga tibbiy yordam ko'rsatish sifatini tubdan yaxshilashga, kasallanish, o'lim va kasalliklarni kamaytirishga olib keladi.
Tadqiqot davomida ob-havo sharoitlari (harorat, bosim, namlik, shamol, quyoshdan keladigan magnit bo'ronlar) va ularning yurak-qon tomir kasalliklariga ta'siri chuqur o'rganildi.
Tadqiqot natijalari ob-havo sharoitlarining yurak-qon tomir kasalliklariga ta'sirini aniqlashda va kasalliklarni oldini olishda muhim rol o'ynaydi. Barcha kiruvchi qiymatlar natijaga ta'sir qiladi va ularning hech biri rad etilmaydi. Bashoratlash jarayonida aniqlikka erishish uchun minimum 177 kunlik ma'lumot talab etiladi, va bu ma'lumotlar orasidagi eng katta qiymat asos sifatida olinadi. Bu yondashuv kasalliklarni oldini olish va bashorat qilishda zarur aniqlikni ta'minlaydi.
Adabiyotlar
1. Kabildjanov Aleksandr Sabitovich. Методы обработки и формирование экспериментальных данных. O'quv qo'llanma. Toshkent. 2018. 44-62-sahifalar.
2. Kabildjanov Aleksandr Sabitovich va boshqalar. Методы обработки экспериментальных данных. O'quv qo'llanma. Toshkent 2003. 96 sahifa.
3. Dorf R. Va Bishop R. Современные системы управления. Maksva 2002. 832-sahifa.
300