Karimova D.
Andijon Ichki Ishlar akademik litseyi tarix fani o'qituvchisi
O'ZBEKISTONNNING ENG YANGI TARIXINI O'RGANISHNING METODOLOGIK TAMOYILLARI
Annotatsiya: ushbu maqola O 'zbekistonnning eng yangi tarixini o'rganishning metodologik tamoyillari haqida bo'lib,unda O'zbekiston tarixini davrlashtirish muammolari ko 'rib chiqilgan.
Kalitso'zlar: tarix, davr, O'zbekiston, millat, taraqqiyot, madaniyat.
Karimova D. teacher
of Andijan Academic Lyceum of Internal Affairs
METHODOLOGICAL PRINCIPLES OF STUDYING THE RECENT HISTORY OF UZBEKISTAN
Abstract: this article is about the methodological principles of studying the latest history of Uzbekistan, it considers the problems of periodization of the history of Uzbekistan.
Key words: history, era, Uzbekistan, nation, development, culture.
Tarixiy xotira - milliy o'ziga xoslikni tarixan idrok etishda asos bo'lib xizmat qildi. Ma'lumki, tarixiy xotira xazinasi millat taraqqiyotiga yordam beradigan milliy ongning samarali kuchi sifatida ona tiliga, turmush tarziga, urf-odatlari va madaniyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishni talab qiladi. Bu shunchaki ma'naviy merosni saqlab qolish uchun tarixiy qadriyatlarni jalb qilish emas, balki ma'naviy yuksalish yo'lini boshlash uchun xalq o'zining ko'p asrlik tarixiga, ming yillik madaniy tajribasiga, buyuk ajdodlari merosiga murojaat qilishi va O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga qanday ma'naviy-axloqiy boyliklar bilan kirishi kerakligini anglatadi.
O'rta Osiyo, jumladan O'zbekiston tarixini zamon talablariga asoslanib davrlashtirish masalasida olimlar orasida hamon bahslar davom etmoqda. Bu masala yuzasidan, xususan, eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar bo'lgan tariximizni davrlashtirishda e'tibor berilishi lozim bo'lgan tarixiy-madaniy jarayonlar, masalaga sivilizatsion yondashuv, davrlashtirishning metodologik asoslari kabilarga A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sagdullaev va boshqa olimlar e'tibor qaratgan bo'lishlariga qaramay, davrlashtirish masalalari to„la yechimini topmagan. So'nggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlardan kelib chiqib, O'zbekiston tarixini davrlashtirish masalalariga ham qisqacha to„xtalib o„tishni lozim topdik. Chunki, tarixni o'rganishda avvalo, xronologik izchillik asosida
мЭкономнка h соцнумм №11(126)-1 2024
www.iupr.ru
240
davrlarga bo'lib, har bir davrning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ma'ruzalarni belgilash hamda dars soatlarini taqsimlash maqsadga muvofiqdir Qanchalik sodda ko'rinmasin, ushbu jihat ham murakkab masala hisoblangan tarixni to'g'ri davrlashtirishni talab etadi. Masalaning eng muhim tomoni esa, yoshlarimizga ilmiy asoslangan davrlashtirish asosida tarix fanidan ta'lim berishdir.
Yuqorida ta'kidlanganimizdek, mustaqillik davriga kelib, haqqoniy tariximizni yaratish borasida olib borilgan tadqiqotlar tufayli sovet davri mafkurasiga asoslangan besh bosqichli formatsion davrlashtirish inkor etildi. Qadimgi tarixni davlashtirish masalasida tarixiy-madaniy taraqqiyotning ijtimoiy-iqtisodiy omillariga asosiy e'tiborni qaratish g'oyalari paydo bo„ldi. Xususan, A.Sagdullaevning fikricha, O'rta Osiyo tarixining eng qadimgi davri bir necha yuz ming yillarni o'z ichiga oladi. Yevropa va Osiyo hududlarida tarixiy va madaniy jarayonlar rivojlanishining notekisligi, ayniqsa, turli davrlarda moddiy madaniyatdagi o„zgarishlarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli, ayrim hududlarga tegishli tarixiy sana va davrlashtirish bir-biridan farqlanadi. A.Asqarovning fikricha esa, O'zbekiston tarixi jahon tarixining tarkibiy qismidir. Bu zaminda yuz bergan tarixiy jarayonlarni jahon tarixidan ajratib o„rganish mumkin emas. Ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarining mahsulidir [1].
Har bir xalq yer kurrasining qaysi mintaqasida yashamasin, taraqqiyotning barcha bosqichlarini u yoki bu darajada bosib o„tishi shart. Ammo, jamiyat rivojlanishi hamma yerda birday kechmagan. Jamiyatning notekis rivojlanish qonuniyati esa, qadimgi zamonlarda ko'proq mintaqaning tabiiy-geografik va ekologik imkoniyatlariga bog'liq bo'lgan. Jamiyat hayotida yuz beradigan tub ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar, O'rta Osiyo tarixining rivojlanish darajasi va ana shu mintaqa tarixi taqozo etgan holatdan kelib chiqib, O'rta Osiyo, jumladan O'zbekiston tarixini davrlashtirish mumkin
O'zbekiston tarixi, shuningdek, O'zbekistonning eng yangi tarixi jahon tarixining ajralmas bir qismi bo'lib, u bizning zamonamizdagi global jarayonlar bilan chambarchas bog'liqdir. Eng yangi tarixni o'rganishning muhimligi va dolzarbligi shundaki, u mamlakatimizning ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy-ma'naviy jihatdan barqaror rivojlanishiga ta'sir qiluvchi voqea-xodisalarni tushunishga hamda teran idrok etishga yordam berishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, u bizga tarixiy taraqqiyot tendensiyalarini oldindan ko'ra bilish va bashorat etish imkoniyatini beradi.
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish jarayoni sobiq sovet hududidagi boshqa mamlakatlar singari murakkab siyosiy o'zgarishlar sharoitida yuz berdi. Davlat mustaqilligining e'lon qilinishi mamlakatning barcha siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy tizimini tubdan o'zgartirishga yo'l ochdi. Demokratik prinsiplarga ko'ra milliy davlatchilik va siyosiy tizimning asoslari shakllantirildi, ularda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari funksiyalari va vakolatlari taqsimlandi. Respublikaning siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy hayotini erkinlashtirish bosqichma-bosqich, keskin inqilobiy larzalarsiz amalga oshirildi.
Tashqi siyosatning milliy strategiyasi ishlab chiqilib, O'zbekiston zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimiga munosib ravishda kira oldi. } O'zbekiston tanlagan mustaqil taraqqiyot yo'li xalqimizning milliy xususiyatlari, urf-odatlari va madaniyatini har tomonlama hisobga olgan holda, to'plangan xalqaro } tajribadan ijodiy foydalanishga asoslangandir.
1989 yildan 1991 yilgacha. Bu bosqich - yangi rahbarning siyosat maydonida paydo bo'lishi, milliy istiqlol g'oyasining pishib etilishi, SSSRning parchalanib ketishi negizida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bilan bog'liq sa'y-harakatlar bilan tavsiflanadi.
1991 - 2000 yillar. Bu - ustuvor islohotlar va o'zgarishlardan milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish hamda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish davri. Tarixan qisqa vaqt ichida "taraqqiyotning o'zbek modeli" ni tanlab olish natijasida milliy davlat shakllanishi uchun ishonchli qonunchilik va huquqiy asos yaratildi. Davlat boshqaruvining yangi tuzilmalari yuzaga keldi, jamoat va fuqarolik institutlarining asoslari barpo etila boshlandi, bozor iqtisodiyotiga o'tish amalga oshirildi.
Uchinchi bosqich. 2001-2010 yillar. Bu bosqichda - mamlakatni faol demokratik yangilash va modernizatsiya qilish boshlandi. Bu davrning asosiy vazifasi kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichmabosqich o'tish edi. Shu negizda siyosiy va iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish va liberallashtirish, davlat va jamiyat qurilishi, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qiladigan, fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy faolligini oshiradigan, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantiradigan mustaqil sud tizimini mustahkamlash jarayonlari davom etdi.
To'rtinchi bosqich - 2010- 2016. Bu bosqichda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va modernizatsiya qilish jarayoni davom etdi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so'z erkinligini ta'minlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo'yicha islohotlarning huquqiy asoslarini yaratish bilan tavsiflanadi.
Beshinchi bosqich. O'zbekistonning zamonaviy tarixining beshinchi bosqichi 2017 yildan boshlandi. O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasining yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu tarixiy hujjat mustaqillikni qo'lga kiritilganidan boshlab, mamlakatni demokratik yangilash va rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli islohotlarni rivojlantirishni aks ettiradi, unda davlat va jamiyat rivojlanishining yangi bosqichida modernizatsiyani yanada davom ettirishning strategik dasturi belgilab berilgan. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so'z erkinligini ta'minlash, saylov qonunchiligini
rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo'yicha islohotlar uchun huquqiy asoslarni yaratishni davom ettirish bilan tavsiflanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Inatov M.N., Xolnazarova L.S., Maxammadiyeva S.I. "O'zbekistonning eng yangi tarixi" fanidan o„quv - uslubiy qo'llanma. - Toshkent, ToshDTU, 2021. 83 b
2. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug'at // M.Abdullayev va boshqalar: to'ldirilgan uchinchi nashr. - Toshkent: Sharq, 2006.
3. 2017-2021- yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. - Toshkent: Ma'naviyat, 2017.
"Экономика и социум" №11(126)-1 2024
www.iupr.ru
243