Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONNING TASHQI SIYOSATI'

O’ZBEKISTONNING TASHQI SIYOSATI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
26
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
2012-yil sentabrda O‘zbekiston Respublikasining «Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi» e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi –bu davlat tashqi

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — J.X.Usmonov

O‘zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo‘nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar –Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan do‘stlik, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Mintaqadagi beshta davlat o‘rtasida o‘xshash jihatlar ko‘p. Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dinimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu mamlakatlar xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONNING TASHQI SIYOSATI»

YANGI O'ZBEKISTON PEDAGOGLARI AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

M»1"

h M

ISTON

^ •••-• .....SBB - ■•■•■■

I AXBOROTNOMASI

YANGI O'ZBEKI PEDAGOGLARI

1-II1D, Î-S» Yl

O'ZBEKISTONNING TASHQI SIYOSATI J.X.Usmonov

Termiz davlat universiteti akademik litseyi tarix fani o'qituvchisi

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-yanvar 2024 yil Ma'qullandi: 23-yanvar 2024 yil Nashr qilindi: 26-yanvar 2024 yil

KEY WORDS

2012-yil sentabrda O'zbekiston Respublikasining «Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi» e'lon qilindi. O'zbekiston Respublikasining

Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi - bu davlat tashqi

O'zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo'nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar -Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan do'stlik, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Mintaqadagi beshta davlat o'rtasida o'xshash jihatlar ko'p. Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dinimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu mamlakatlar xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir.

Hozirda xalqaro hamjamiyat mustaqil O'zbekiston diplomatiyasining dastlabki qadamlari, Markaziy Osiyodagi mavqeyi, mintaqa xavfsizligini ta'minlashdagi o'rni alohida ekanini tan olmoqda. O'zbekiston tashqi siyosatining ma'naviy yo'nalishi, insonparvarlik, oshkoralik, qadrqimmat o'z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o'z taraqqiyot yo'liga ega bo'lishdir. Shu bois istiqlol yillarida mamlakatimiz 133 davlat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o'rnatgan, Toshkentda 45 ta xorijiy davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsulxona, 11 ta xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat olib bormoqda. Mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti ko'p jihatdan xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarning yo'lga qo'yilishi bilan bog'liq edi. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosat tizimi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil may oyidagi «O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to'g'risida»gi qarori va 1994-yil mart oyida qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida»gi qarorlari asosida shakllantirildi. 1996-yil «O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to'g'risida»gi qonun qabul qilindi.

2012-yil sentabrda O'zbekiston Respublikasining «Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi» e'lon qilindi. O'zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi - bu davlat tashqi siyosatining prinsiplari va strategik ustuvor yo'nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad va vazifalarini, istiqbolda O'zbekiston milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini belgilab beradigan qarashlarning yaxlit tizimidir.

O'zbekiston Prezidenti 2018-yil yanvarda mamlakat tarixida ilk bor O'zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari bilan ochiq muloqot shaklidagi yig'ilishni o'tkazdi.

"O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to'la huquqli sub'yektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid

qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi".

(O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.17-modda)

O'zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo'nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar - Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan do'stlik, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Mintaqadagi beshta davlat o'rtasida o'xshash jihatlar ko'p. Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dinimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu mamlakatlar xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.