Tangirov X. T. dotsent
Termiz davlat universiteti Tangirova N.X., PhD Termiz davlat universiteti
O'ZBEKISTONNING JANUBIY XUDUDLARIDAGI TOVUQSIMON (CALLIFORMES) QUSHLARNING NEMATODAFAUNASI
Annotatsiya: Maqolada O'zbekiston janubidagi tog' oldi-tog' zonasidagi yovvoyi va dominant qushlarning nematodalari o'rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston janubidagi yovvoyi tog' oldi tog' zonasida o'rganilgan yovvoyi va uy qushlarida nematodalarning 14 turi qayd etilgan. Bu nematodalarning 5 turidan uy va yovvoyi qushlarning seron gelmintozlarining patogenlari hisoblanadi.
Kalit so'zlar: ekstensivnosti invazii, intensiv invaziyi, nematodafauna, kapillyarioz, askaridoz, geterokidoz
Tangirov H. T. dotsent
Termiz State University Tangirova N.Kh.
PhD
Termiz State University
NEMATODAFAUNA OF BIRDS (CALLIFORMES) IN THE SOUTHERN REGIONS OF UZBEKISTAN
Annotation. The article examines nematodes of wild and dominant birds in the foothill-mountain zone in the south of Uzbekistan. The results of the study show that 14 species of nematodes were noted in the wild and domestic birds surveyed in the wild foothill mountain zone in southern Uzbekistan. Of these 5 species of nematodes are pathogens of serons helminthiases of domestic and wild birds.
Keywords: extensiveness of invasion intensity of infestation, helminthofaun, nematodafauna capillarial disease, ascariasis, heterokeridosis, dyspharynxose.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining tog', tog' oldi, to'qay va tekislik zonalaridan yovvoyi tovuqsimonlar, kaklik - Alectoris chukar, chil -Ammoperdix griseogularis, bedana - Coturnix coturnix, qirg'ovul - Phasianus colchicus, turlari gel'mintologik tekshirildi. Tekshirish natijasida ushbu tovuqsimonlardan nematodalarning 33 turi aniqlandi. Jumladan, 248 ta
gel'mintologik tekshirilgan tovuqlarning 162 (65%), 12 chilning 1 (6,2%), 52 ta kaklikning 22 (42%), 47 ta bedananing 18 (38%), 68 ta tekshirilgan qig'ovulning 30 (44%) gel'mintlar bilan zararlanganligi qayd etildi.
Ushbu turlarning defenetiv xo'jayinlari ko'rsatilgan xolda sistematik tartibi, zararlanish ekstensivligi va intensivligi, aniqlangan joyi ko'rsatilgan. Tur: Heterakis gallinae Gmelin, 1790 Xo'jayini: Uy tovug'i - Gallus gallus domesticus Bedana - Coturnix coturnix Qirg'ovul - Phasianus colchicus
Zararlanish ekstensivligi: 248 ta tekshirilgan uy tovug'ining 5 (2,0%), 47 ta gel'mintologik tekshirilgan bedananing 3 (6,3%), 68 ta gel'mintologik tekshirilgan qirg'ovulning 4 (5,8%) zararlanganligi aniqlandi. Zararlanish intensivligi: kaklikda 3-10 nematoda topildi Joylashishi: ingichka va yo'g'on ichak.
Topilgan joyi: Surxondaryo viloyatining Termiz va Jarqo'rg'on tumanlari Tur: Heterakis caudebrevis Popova, 1949 Xo'jayini: Uy tovug'i - Gallus gallus domesticus
Zararlanish ekstensivligi: 248 ta tekshirilgan uy tovug'ining 3 (1,2%) zararlanganligi aniqlandi.
Zararlanish intensivligi: uy tovug'idan 3 nematoda topildi Joylashishi: ko'r ichak
Topilgan joyi: Surxondaryo viloyatining Termiz va Jarqo'rg'on tumanlari Tur: Ganguleterakis altaicus Spaul, 1866 Xo'jayini: Kaklik - Alectoris chukkar Qirg'ovul - Phasianus colchicus
Zararlanish ekstensivligi: 52 ta tekshirilgan kaklikning 3 (5,7%), 68 ta tekshirilgan qirg'ovulning 2 (2,9%) zararlanganligi aniqlandi
Zararlanish intensivligi: kaklikda 2, qirg'ovulda 7 ta nematoda
Joylashishi: Ingichka ichak, yo'g'on ichak va ko'r ichak
Topilgan joyi: Surxondaryo viloyatining Termiz va Sherobod tumanlari
Tur: Ganguleterakis isolonche Linstow, 1906
Xo'jayini: Uy tovug'i - Gallus gallus domesticus
Qirg'ovul - Phasianus colchicus
Zararlanish ekstensivligi: 248 ta tekshirilgan uy tovug'ining 4 (1,6%), 68 ta tekshirilgan qirg'ovulning 2 (2,9%) nematodalar bilan zararlangan
Zararlanish intensivligi: tovuqdan 2, qirg'ovuldan 3 nematoda topildi Joylashishi: ko'r ichak
Topilgan joyi: Surxondaryo viloyatining Termiz va Jarqo'rg'on tumanlari Tur: Ganguleterakis macroura Linstow, 1883 Xo'jayini: Kaklik - Alectoris chukkar
Zararlanish ekstensivligi: 52 ta tekshirilgan kaklikning 2 (3,8%) nematodalar bilan zararlangan
Zararlanish intensivligi: kaklikdan 2 nematoda topildi
Joylashishi: ingichka ichak
Topilgan joyi: Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Tur: Ganguleterakis tenicauda Linstow Xo'jayini: Kaklik - Alectoris chukkar Chil - Ammoperdix gris
Zararlanish ekstensivligi: 52 ta tekshirilgan kaklikning 1 (6,2%) nematodalar bilan zararlangan.
Zararlanish intensivligi: 2-4 ta nematoda topildi Joylashishi: ko'r ichak
Topilgan joyi: Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Tur: Subulura brumpti Lapez Neyra, 1922 Xo'jayini: Kaklik - Alectoris chukkar Bedana - Coturnix coturnix Uy tovug'i - Gallus gallus domesticus
Zararlanish ekstensivligi: 52 ta tekshirilgan kaklikning 2 (3,8%), 47 ta gel'mintologik tekshirilgan bedananing 1 (2,1%), 248 ta tekshirilgan uy tovug'ining 3 (1,2%) nematoda bilan zararlangan.
Zararlanish intensivligi: tovuqdan 3-8, kaklikda 3-12, bedanada 2-8 nusxa nematoda topildi.
Joylashishi: ingichka ichak va ko'r ichak
Topilgan joyi: Surxondaryo viloyatining Boysun, Termiz va Jarqo'rg'on tumanlari
Tur: Subulura curvata Linstow, 1883 Xo'jayini: Kaklik - Alectoris chukkar
Zararlanish ekstensivligi: 52 ta tekshirilgan kaklikning 3 tasi (5,7%) nematodalar bilan zararlangan
Zararlanish intensivligi: 2-9 nematoda Joylashishi: ingichka ichak
Topilgan joyi: Surxondaryo viloyatining Boysun tumani
Tur: Subulura skrjabini Semenov, 1926
Xo'jayini: Bedana - Coturnix coturnix
Qirg'ovul - Phasianus colchicus
Kaklik - Alectoris chukkar
Zararlanish ekstensivligi: 47 ta tekshirilgan bedananing 2 tasi (4,2%), 68 ta tekshirilgan qirg'ovulning 3 (4,4%), 52 ta tekshirilgan kaklikning 3 tasi (5,7%) nematodalar bilan zararlangan
Zararlanish intensivligi: bedanada 3-12, qirg'ovulda 2-9, kaklikda 4-11 nematoda topildi
Joylashishi: ingichka va ko'r ichak
Topilgan joyi: Surxondaryo viloyatining Jarqo'rg'on Termiz va Boysun tumanlari
Tur: Subulura suctoria Molin, 1860 Xo'jayini: Kaklik - Alectoris chukkar
Bedana - Coturnix coturnix Qirg'ovul - Phasianus colchicus Uy tovug'i - Gallus gallus domesticus
Zararlanish ekstensivligi: 52 ta tekshirilgan kaklikdan 2 (3,8%), 47 ta tekshirilgan bedanadan 4 tasi (8,5%), 68 ta tekshirilgan qirg'ovuldan 3 (4,4%), 248 ta tekshirilgan uy tovug'idan 3 (1,2%) nematoda
Zararlanish intensivligi: tovuqda 5-7, kaklikda 3-12, bedanada 2-4, qirg'ovulda 3-8 nematoda ajratib olindi. Joylashishi: ko'r ichak
Topilgan joyi: Surxondaryo viloyatining Sherobod, Termiz va Jarqo'rg'on tumanlari
Tur: Seurocyrnea eurycerca Seurat, 1914 Xo'jayini: Kaklik - Alectoris chukkar Bedana - Coturnix coturnix Qirg'ovul - Phasianus colchicus
Zararlanish ekstensivligi: 52 ta tekshirilgan kakliknig 18 (34,6%), 47 ta bedananing 20 (42%), 68 ta qirg'ovulning 17 (25%) zararlanganligi qayd etildi
Zararlanish intensivligi: kaklikda 3-21, bedanada 4-18, qirg'ovulda 2-6 nemetoda aniqlandi.
Joylashishi: muskulli oshqozon po'sti osti
Topilgan joyi: Surxondaryo viloyatining Boysun, Sherobod, Qashqadaryo viloyaning Dehqonobod, Shaxrisabz tumanlari
Tadqiqot natijalariga ko'ra Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining turli zonalaridan tekshirilgan tovuqsimon qushlar nematodafaunasi asosan 33 turni tashkil etdi. Shundan uy tovug'ida 21 tur nematoda,qirg'ovulda 16 tur, kaklikda 17 tur, bedanada 17 tur va childa 1 tur nematoda qayd etildi. Shuningdek tovuqsimonlardan bedana - Capillaria obsignata, Eucoleus annulatus, Amidostomum anseris, Cheilospirura gallinae nematodalari uchun defenetiv xo'jayin sifatida O'zbekistonda birinchi marta qayd etildi.
Adabiyotlar
1. Алиев Ш. K., Муталимова Р.З., Таджиева Р.У. Фаунистический анализ и экспериментальные данные по взаимному заражению птиц отрядов Galliformes и Passeres эхиностоматидозами. // Российский паразитологический журнал. № 3. М., 2009.с.5-10.
2. Султанов M.A. Гельминты птиц Узбекистана. Ташкент. 1993.
3. Тангиров X.T. Гельминты массовых видов диких и домашних птиц Узбекистана, Ташкент. АКД. 1993.
4. Хохлов A.B. Особенности гельминтофауны охотничье - промысловых птиц различных местообитаний. Всероссийская научная конференция. 2007.с. 274-276.
5. Дубинина А. Паразитологические исследования птиц. М.: Наука. 1971.с.7-139.
6. Tangirova КХ O'zbekistonning janibiy hududlaridagi tovuqsimon qushlar gelmintlari. Avtoreferat kand.disser.Toshkent.2021.
7. Боргаренко Л.Ф. Гельминты птиц Таджикистана. Кн.З.Нематоды. Душанбе. 1990.с.7-250.