у
G'ulomov Shohnazar,
O'zbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi
O'ZBEKISTONNING IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTI VA XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA UY XO'JALIGI SEKTORINING O'RNI VA ROLI
UDK: 08.00.01 DOI: 10.34920/EIF/V0L_2023_ISSUE_6_1
G ULOMOV SH. O'ZBEKISTONNING IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTI VA XAVFSIZLIGINI TA 'MINLASHDA UY XO JALIGI SEKTORINING O RNI VA ROLI
Maqolada uy xo'jaliklari, ularning tashkil qilinishi, shart-sharoitlari, mamlakat iqtisodiyoti va uning xavfsizligini ta'minlashdagi roli yoritilgan. Bundan tashqari uy xo'jaliklari sektorining qishloq joylaridagi aholining bandligini ta'minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o'ziga xos jihatlari ko'rsatilgan.
Kalit so'zlar: uy xo'jaligi, iqtisodiy xavfsizlik, aholi bandligi, ishlab chiqarish vositalari, tadbirkorlik subyektlari.
ГУЛЯМОВ Ш. МЕСТО И РОЛЬ СЕКТОРА ДОМАШНЕГО ХОЗЯЙСТВА В ОБЕСПЕЧЕНИИ БЕЗОПАСНОСТИ И СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНА
В данной статье освещены условия и организация домашних хозяйств, их роль в экономике и обеспечении экономической безопасности страны. Кроме этого, указаны особенности сектора домашних хозяйств в обеспечении занятости населения и социально-экономическом развитии.
Ключевые слова: домашнее хозяйство, экономическая безопасность, занятость населения, средства производства, субъекты предпринимательства.
G ULOMOV SH. THE POSITION AND FUNCTION OF THE HOUSEHOLD SECTOR IN MAINTAINING UZBEKISTAN' SOCIOECONOMIC ADVANCEMENT AND SECURITY
In the article is demonstrated the conditions and organization of households, their roles in the economy and providing economic security of the country. Moreover, the features of the household sector in ensuring employment and socio-economic improvements were identified.
Key words: household, economic security, employment of the population, means of production, entrepreneurship.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 6 (166)
Kirish. O'zbekiston Respublikasi uy xo'jaligi sektori mamlakat iqtisodiyotining hayotiy muhim sohalaridan biri bo'lib, ushbu sohadagi muammolarni samarali hal qilish va mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashdek strategik ahamiyatga ega. So'nggi paytda O'zbekiston Respublikasida uy xo'jaligi sektori alohida subyekt sifatida ish bilan band qilish, iqtisodiyotga investitsiya kiritish va real sektorni rivojlantirishda muhim omillardandir. Ushbu sektor uchun keng imkoniyatlar yaratish va faoliyatini va xavfsizligini ta'minlash - uning iqtisodiyotning real salohiyatli subyektiga aylanishiga imkon yaratadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Har qanday mamlakatda bo'lgani kabi bizda ham kam ta'minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko'ra, ular taxminan 12-15 foizni tashkil etadi. Bu o'rinda gap kichkina raqamlar emas, balki aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda" [1].
Mamlakat rahbariyati tomonidan katta e'tibor berilayotganligiga qaramasdan, ushbu sohaning samarali ishlashiga ta'sir ko'rsatayotgan holatlar, kamchilik va xavf-xatarlar uning taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Mazkur hayotiy muhim sohadagi muammolarni tizimli hal qilib borish mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan omillardandir. Iqtisodiyotda uy xo'jaligi sektori muammolarini tadqiq etishning dolzarbligi birinchi navbatda, mazkur tushunchaning evolyutsion qarashlari va konseptual yondashuvlarini tadqiq qilishni taqozo qiladi. Mazkur tushunchaning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari mazmuni turli tuman shakllar vositasida ifodalanashi dolzarbligicha qolmoqda.
Ilmiy muammoning qo'yilishi.
Uy xo'jaligi to'g'risida so'z yuritganda, oila va uy xo'jaligi tushunchalarini alohida-alohida ta'riflash lozim. "Uy xo'jaligi" tushunchasining ko'pgina ta'riflari mavjud. Ilmiy adabiyotlarda ko'pincha "uy xo'jaligi" va "oila xo'jaligi" tushunchalariga bir xil qaraladi. Iqtisodiy lug'atda keltirilgan ta'rifga ko'ra uy xo'jaliklari deyilganda: birgalikda iqtisodiy qarorlar qabul qiladigan va qo'shimcha byudjet tuzadigan shaxslar guruhi yoki jismoniy shaxslar tushuniladi [8]. Uy xo'jaligi bir yoki bir nechta kishilardan tashkil topgan iqtisodiy birlik bo'lib, u iqtisodiyotni resurslar bilan ta'minlaydi va ular uchun qozongan pulni moddiy ehtiyojlarni qondiradigan tovarlar va xizmatlarni sotib olishga sarflaydi.
"Uy xo'jaligi» tushunchasi uy xo'jaliklari tuzilishiga asoslanadi, bunda bir shaxs yoki kishilar guruhi o'zlarini oziq-ovqat va hayotiy zarur moddiy ehtiyojlarini qoplaydildar. Oila deganda bir uyda yashaydigan oila a'zolarining umumiy guruhi tushuniladi. Uy xo'jaligida yashash joyi, byudjeti va oila a'zolarining birlashgan guruhi tushuniladi. Umumiy ravishda bu guruhlar biologik, ruhiy-ma'naviy, ijtimoiy va boshqa omillarni o'z ichiga oladi, ammo uy xo'jaligi oilaning iqtisodiy yo'nalishni o'z ichiga oladi xolos[9]. Bundan tashqari uy xo'jaligi qarindosh bo'lmagan odamlardan iborat bo'lishi mumkin, oilada esa o'zaro yaqin kishilar tushuniladi. Uy xo'jaligi jamoaviy bo'lishi mumkin, bunda o'zaro iqtisodiy manfaati, fikri va maqsadi yagona bo'lgan kishilar guruhni tushunish mumkin. Shu sababli umumiy ravishda barcha uy xo'jaliklarini oilaviy, oiladan tashqari va jamoaga bo'lishi mumkin [8].
Shunig bilan, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda uy xo'jaligi modellarining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish, O'zbekistonda uy xo'jaligini rivojlantirish siyosatini yuritishda foydali jihatlarini amaliyotga kiritishda katta turtki bo'lishi mumkin. Uy xo'jaliklari, ularning tashkil qilinishi, shart-sharoitlari, mamlakat iqtisodiyoti va uning xavfsizligini ta'minlashdagi roli, uy xo'jaliklari sektorining qishloq joylaridagi aholining bandligini ta'minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o'ziga xos jihatlarini yoritishga bag'ishlangan izlanishlar - muhim ilmiy, va metodologik ahamiyatga moyil. Ushbu tadqiqotning metodologik jihati mamlakatimizda innovatsion rivojlanish g'oyalarini amaliyotga joriy etish yo'llarini asoslashdan iborat.
Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot metodologiyasini uy xo'jaligi nazariyasi bo'yicha mamlakatimiz hamda xorijiy olimlarning olib borgan ilmiy ishlari natijalari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining uy xo'jaligini rivojlantirish va aholi turmush farovonligini oshirishga oid farmon va qarorlari tashkil etadi.
Tadqiqotda mavzuga doir adabiyot tahlili, ushbu sektordagi jarayonlar tahlili, kechayotgan alohida hodisalarni umumlashtirgan holda xulosalar tayyorlash, guruhlash, induktsiya va deduktsiya usullari qo'llanilgan.
Tahlil va natijalar.
Turli tadqiqotchilarning uy xo'jaligi borasidagi fikrlarini inobatga olgan holda hamda O'zbekistonda yuzaga kelgan ushbu iqtisodiy subyektga quyidagicha ta'rif berish mumkin. Uy xo'jaligi -muayyan manzilda istiqomat qiluvchi va o'zlarining
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 6 (166)
moliyaviy mablag'larini moddiy ehtiyojlarini qondirish hamda kichik tadbirkorlik bilan shug'ullanish uchun o'zaro birgalikda tasarruf qilish maqsadida birlashgan fuqarolar yoki oilalardan iborat.
Uy xo'jaligi mamlakat iqtisodiyotining muhim sohalaridan biri sifatida aholining farovonligini ta'minlashda katta ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi sharoitida uy xo'jaliklari hukumat tomonidan chiqarilayotgan tegishli qarorlar natijasida iqtisodiyotning yirik sektoriga aylanishi, ijtimoiy muammolarni, jumladan, aholini band qilish, kichik tadbirkorlikni tashkil etish kabilarni hal qilishda asosiy bo'g'in sifatida muhim o'rin tutadi[6]. Uy xo'jaliklarining mavjud muammolari o'z vaqtida hal qilib borilsa hamda davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan ularning faoliyatiga hamkorlik ko'rsatib borilgan taqdirda, bu soha mamlakat iqtisodiyotining yuksalishiga katta hissa qo'shadi.
Uy xo'jaligi aholini band qilish bilan birga, ayniqsa qishloq hududlarida fuqarolarning kundalik ehtiyojlarini qoplaydigan asosiy oilaviy daromad manbasi hisoblanadi. Ushbu sohada tizimli ravishda islohotlarni amalga oshirish doirasida raqobat muhitini va muqobil tuzilmalarni yaratish, mulkchilikning ko'p shaklliligini va tarmoq faoliyat ko'rsatishning bozor tamoyillarini ta'minlashga yo'naltirilgan institutsional qayta o'zgartirishlarni amalga oshirish, sohadagi munosabatlarni davlat tomonidan yanada takomillashtirish, uy xo'jaliklarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni davlat nazorat qilishining samarali mexanizmini ishlab chiqish va joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Uy xo'jaliklarini iqtisodiyotning samarali sohalaridan biriga aylantirish uchun O'zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan resurslardan oqilona foydalanish, manbalarni tejashni ta'minlash bo'yicha aniq maqsadli ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy siyosat olib borish ishlari tashkil etildi.
Yuqorida ko'rsatilgan vazifalarni bajarish maqsadida kommunal korxonalarning o'z funksional vazifalarni hal etishdagi iqtisodiy mustaqilligini oshirish, ularni xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, bajaruvchilarni tanlov bo'yicha tanlash, narx belgilashning bozor tizimini shakllantirish hamda xizmatlar ko'rsatishning iqtisodiy tizimlarini joriy etish, aholi va xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar o'zaro hamkorligining iqtisodiy shakllariga o'tishning me'yoriy-huquqiy negizini takomillashtirish ishlari belgilab berildi [1].
O'zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida uy xo'jaligini tashkil etish va ularning salohiyatini kuchaytirish, aholini uy-joylar bilan ta'minlash tizimida qator islohotlar o'tkazildi. O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 maydagi 846-XII-son Qonuni mamlakatimizda davlat uy-joy fondini xususiylashtirishning huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy asoslarini va tartibini belgilab berdi. Bu hujjat fuqarolarga o'z mablag'larini ko'chmas mulkka samarali sarflash, o'z uy-joyiga egalik huquqini olish, undan foydalanish va uni tasarruf etish imkonini berdi. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (bundan buyon «xususiylashtirish» deb yuritiladi) deganda fuqarolarga ularning ixtiyoriga qarab davlat uy-joy fondining ular egallab turgan yoki yangi qurilgan uylarini (uylarining bir qismini) sotish, shu jumladan imtiyozli asosda sotish yoki tekinga mulk qilib berish tushuniladi [2].
2016 yildan keyingi davrdagi islohotlar, xususan uy xo'jaliklarining aholi bandligini ta'minlashi bois, sohani iqtisodiyotning muhim sohasiga aylantirish, ishlarini amalga oshirishga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Markaziy bank, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi kabi qator mas'ul mahkamalar jalb qilingan [1].
Jumladan, Ipoteka dasturi doirasida respublika bo'yicha aholini uy-joy bilan ta'minlash doirasida davlat tomonidan 2O2I yilda 54 mingta oilaga jami 45 mingta uy qurish va aholiga yangi tartibdagi ipoteka kreditlari ajratish tendensiyasi tobora o'sib bormoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi "Ipoteka kredit mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5886-son Farmoniga [4] ko'ra Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan daromadi yuqori bo'lmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan aholi uchun ipoteka krediti bo'yicha boshlang'ich badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yil 25 martda "Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to'lash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qaror qabul qilindi [5].
Shunga ko'ra, Davlat byudjeti hisobidan subsidiyalar to'lash tizimi joriy etilib, tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari rahbarligida subsidiya to'lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo'yicha Komissiyalar ishi yo'lga qo'yildi hamda Moliya vazirligi, Markaziy bank va
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 6 (166)
tijorat banklari bilan tizimli ish tashkil etildi. Dasturiy ta'minot, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilish masalalari to'liq yakunlanib, bugungi kunda aholidan ariza qabul qilish va ularni baholash to'g'ridan-to'g'ri tizim orqali amalga oshirilmoqda.
Aholini uy bilan ta'minlash va uy xo'jaliklarini qo'llab-quvvatlash hamda rivojlantirish maqsadida ularni muntazam resurslar va infratuzilma bilan ta'minlash kichik biznesni taraqqiy qildirishga xizmat qiladi. Bu esa o'z navbatida aholi o'rtasida ishsizlikni va kambag'allik darajasini kamaytirish hamda aholi iqtisodiy farovonligini oshirishga hamkorlik ko'rsatadi.
Mamlakatimiz rahbariyati olib borayotgan iqtisodiy islohotlar dastlab aholini band qilish, yakka tartibdagi va kichik tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish uchun imkoniyatlar yaratish, hunarmandchilik, kasanachilik, maishiy xizmat va boshqa yo'nalishdagi xususiy kichik korxonalarni rivojlantirish ishlarini ko'zda tutadi. Ushbu kichik tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishi va kengayishi ularning daromadlarini oshib borishi hamda davlat korxonalari va kompaniyalar bilan iqtisodiy-savdo munosabatlarga kirishish imkonini beradi.
So'nggi paytda mamlakatimizda uy xo'jaligi sektori alohida subyekt sifatida ish bilan band qilish, iqtisodiyotga investitsiya kiritish va real sektorni rivojlantirishda muhim omillardandir. Ushbu sektorga keng imkoniyatlar yaratish va faoliyati xavfsizligini ta'minlash uning iqtisodiyotning real salohiyatli subyektiga aylanishiga imkon yaratadi.
Mamlakatimizda uy xo'jaligiga asoslangan ishlab chiqarishni kengaytirish hozirgi jahon moliyaviy inqirozlar xavfi, O'zbekistonning asosiy hamkorlarining iqtisodiy muammolarga duch kelayotganligi, ishchi muhojirlar sonining qisqarishi sharoitida, aholini o'zini band qilish, ijtimoiy bo'hronlarni oldini olish, iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlash kabi strategik vazifalarni hal qilish imkonini beradi. O'zbekistonning agrar mamlakat ekanligi bois, uy xo'jaliklarining 49 foizi qishloq xo'jaligi sohasiga ixtisoslashganligi, ushbu sohaning mamlakat iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi [10].
Xulosa va takliflar.
Umuman shuni ta'kidlash joizki, mamlakatimizda uy xo'jaligi sektorini rivojlantirish sohasidagi davlat siyosati aholini band qilish va ijtimoiy zarur mehnat ta'minlash bo'yicha aniq reja va qarorlar asosida olib borilishi zarur.
Ushbu sohaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash muhim omillardan biri bo'lib hisoblanadi. Uy xo'jaligini sektorini iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash uchun uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur moliyaviy, infrastrukturaviy, texnologik va axborot vositalari bilan doimiy ravishda ta'minlab borish tushuniladi [11, 12]. Fikrimizga ko'ra uy xo'jaligi sektorini obyektlari iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashni uch darajada tadqiq qilish mumkin:
• uy xo'jaligini alohida xo'jalik subyekti sifatida bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha zarur vositalar bilan ta'minlab rivojlanishini ta'minlash;
• uy xo'jaligi joylashgan hudud yoki ixtisoslashgan sohaning iqtisodiy taraqqiy qilganligi, iqtisodiy xavfsizligining ta'minlanganligi, hudud iqtisodiyotida tutgan o'rni va darajasi;
• ushbu sektorning rivojlanishi va faoliyati xavfsizligi uchun tegishli normativ-huquqiy bazaning mavjudligi.
Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun bir qator chuqur o'ylangan va asoslangan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
• davlat tomonidan uy-xo'jaligi sektoriga manzilli investitsiyalarni yo'naltirish orqali aholini o'zini-o'zi bandligini ta'minlash;
• uy-xo'jaliklarini tashkil qilgan fuqarolarga ularni yanada rivojlantirish uchun, aniq reja va loyihalari mavjud bo'lgan holatlarda, ularga nisbatan bir qator imtiyozlarni ko'zda tutish;
• uy-xo'jaliklarining ko'proq mahsulot ishlab chiqarish va kichik tadbirkorlik subyekti sifatida kengayishni ko'zda tutgan sharoitda ularni rag'batlantirish bo'yischa tegishli shart-sharoit va choralarini ishlab chiqish;
• uy xo'jaliklari sektorida mashg'ul shaxslarning zarur iqtisodiy, huquqiy bilimlarni egallashlariga xizmat qiluvchi infratuzilmalarni rivojlantirish;
• uy xo'jaliklari sektorini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilg'or xorijiy tajribalarni tadqiq va tahlil qilgan holda samarali qo'llash;
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni faol amalga oshirish sharoitida aholi o'rtasida ishsizlikning yuqori darajasini inobatga olib, uy xo'jaligining samarali va istiqbolli sohaga aylantirish maqsadida uy xo'jaliklari uchun huquqiy, moliyaviy sharoitlarni yaratish, ilmiy-nazariy asoslangan holatda rivojlantirish orqali ushbu sohani mamlakat iqtisodiyotining ta'sirchan sub'yektlaridan biriga aylantirish mumkin.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 6 (166)
6 k. ИКТИСОДИЁТ НАЗАРИЯСИ ВА МАКРОИКТИСОДИЁТ / ЭКОНОМИчЕСКАЯ ТЕОРИЯ И МАКРОЭКОНОМИКА А У
Foydalanilgan adabiyot:
1. Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Муро-жаатномаси. // "Халк, сузи" газетаси, 2020 йил 25 январь.
2. Узбекистан Республикасининг "Давлат уй-жой фондини хусусийлаштириш тутрисида"ги Конуни // https://lex.uz/acts/106136
3. Узбекистан Республикаси Вазирлар Мах,камасининг 1998 йил 3 ноябрдаги "Ах,олига коммунал хизмат курсатиш тизимида иктисодий ислох,отларни чукурлаштириш концепциясини тасдиклаш туFрисида"ги 461-сон карори иловаси.
4. Узбекистан Республикаси Президентининг 2019 йил 28 ноябрдаги "Ипотека кредит механизмларини такомиллаштиришга оид кушимча чора-тадбирлар туFрисида"ги ПФ-5886-сон Фармони.
5. Узбекистон Республикаси Вазирлар Мах,камасининг 2020 йил 25 мартдаги "Уй-жой сотиб олиш учун фукароларга субсидия тулаш тартиби туFрисидаги низомни тасдиклаш х,ак,ида"ги карори.
6. Умарова Г.Т. Замонавий ик,тисодиётнинг табиий секторини акс эттирувчи уй хужалиги ах,оли бандлигини таъминловчи мух,им омил. www.humoscience.com
7. Тухлиев Н. Узбекистон ик,тисодиёти анатомияси. - Т.: Ilm-Ziyo- Zakovat нашриёти,- 404 б.
8. Экономика. Толковый словарь. - М.:"ИНФРА-М», Издательство «Весь Мир». Дж.Блэк. Общая редакция: д.э.н.
9. Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономические принципы, проблемы и политика. М. 1992. Т-2.с 386. — 400 с.
10. Хатамов О.К., Ортик,ов Ш.М. Ах,оли бандлигини таъминлаш моделлари ва ундан Узбекистон шароитида фойдаланиш имкониятлари.//"Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 4, iyul-avgust, 2019 yil.
11. Васильев В.Л. Уровни экономической безопасности: анализ методических подходов.// file:///D:/%D0%9D%D0%BE%D0%B2%D 0%B0%D1%8F%20%D0%BF%D0%B0%D0% BF%D0%BA%D0%B0%20(2) /urovni-ekonomicheskoy-bezopasnosti-analiz-metodicheskih-podhodov.pdf
12. Nozim Muminov., Tatyana Kim., Farmonqul Egamberdiyev., Anastas Ambartsumyan (2020). ТНЕ WAYS OF IMPROVEMENT OF LIVING STANDARDS. International Journal of Psychosocial Rehabilitation. Vol. 24, Issue 04, 1950-1953. ISSN: 1965-1980. DOI: 10.37200/IJPR/V24I4/PR201305
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 6 (166)