O'ZBEKISTONDA YOG'-MOY MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALARNING HOLATI TAHLILI
Djo'rayeva Dildora Sobirjonovna
Kattaqo'rg'on servís texnikumida maxsus fan o'qituvchisi
Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi kunda mamlakatimizda yog'-moy mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning hozirgi tahlili va uning imkoniyatlari yoritib berilgan. Bundan tashqari, korxonalarning holati va uning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan va taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: korxona faoliyati, yog'-moy mahsulotlari, korxonalar holati, prognoz parametrlari.
Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarish samarali tizimini shakllantirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun investitsiyalarni keng jalb etish, ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatdosh bo'lgan sifatli mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari turlarini ishlab chiqarishni ko'paytirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4821-son qarori qabul qilingan bo'lib unda "meva-sabzavot hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarini o'rganish bo'yicha chuqur marketing tadqiqotlari o'tkazish va buning asosida tarmoqni o'rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish" ustuvor vazifa sifatida belgilib berilgan.
Mamlakatimizda bu borada bir qator qaror va dasturlar qabul qilingan, xususan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yog' -moy tarmog'ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2018 yil 19 yanvardagi PQ-3484 sonli qarori fikrimizning tasdig'idir. Bugungi kunda respublikakmizda sog'lom raqobat muhitini rivojlantirish va keng turdagi yog'-moy mahsulotlari ishlab chiqarilishini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mazkur tarmoqdagi mavjud tizimli muammolarga barham berish bozorni sifatli, xavfsiz, arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to'ldirish va butun mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning eng muhim sharti hisoblanadi. Shu bilan birga, xom ashyo bazasining cheklanganligi, jumladan muqobil yog' olinadigan ekinlardan yetarlicha
foydalanmaslik yog'-moy korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini to'liq ishga solishni ta'minlash va bozorning sifatli yog'-moy mahsulotlariga bo'lgan talabini qanoatlantirish imkonini chegaralab qo'ymoqda.
Yog'-moy mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish maqsadida qushma korxonalari tomonidan joriy yilda qariyb 5 trillion so'm, yanv art-sentyabrt oylari davomida 3,3 trillion so'm miqdorida mahsulot ishlab chiqarish ko'zda tutilgan. Yil yakuniga qadar faqatgina uyushma tarkibidagi korxonalar tomonidan 220 ming tonna o'simlik moyi va 33,5 ming tonna margarin ishlab chiqariladi. 2022 yilda esa 233 ming tonna o'simlik moyi, 35,5 ming tonna margarin tayyorlanadi.
Ichki bozorda yog'-moy mahsulotlari narxlari barqarorligini ta'minlash maqsadida mamlakatimiz rahbari tomonidan bir qator meyo'riy hujjatlar qabul qilindi, jumladan:
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021 yil 29 aprelt kuni "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonun imzolandi. Natijada 2021 yil 1 maydan 31 dekabrgacha O'zbekiston hududiga o'simlik yog'i, kungaboqar va zig'ir urug'i, shuningdek soya donini olib kirish hamda o'simlik yog'ini (paxta yog'idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo'yicha aylanma qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 yanvardagi "Fermer xo'jaliklari va boshqa qishloq xo'jaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xo'jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 14-son Qarorida past hosilli paxta va g'alla maydonlarini qisqartirish hisobiga boshqa qishloq xo'jaligi ekinlari (sabzavot va poliz) joylashtirilishi vazifa etib tayinlandi.
Respublika aholisining o'simlik yog'iga bo'lgan yillik talabi 2020 yilda 400 ming tonnani tashkil etadi. Uning 280 ming tonnasi Respublikada ishlab chiqarilsa, qolgani import hisobidan qoplanishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda Respublikaga kungaboqar yog'i hamda kungaboqar doni importning salmoqli qismi Rossiya Federatsiyasi va Qozog'iston Respublikasiga to'g'ri kelmoqda.
O'zbekiston Rsepublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli farmonida moyli ekinlar ishlab
chiqarish hajmini ko'paytirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2017 yil 7 fevraldagi 2017 - 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining III ustuvor yo'nalishida «...paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo'shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog' olinadigan ekinlarni ekish bo'yicha tizimli chora-tadbirlar ko'rish» belgilab berilgan». Bu hukumat tomonidan moyli ekinlar ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga aholining yog'-moy mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirishga alohida e'tibor berilayotganligidan dalolat beradi. Respublika yog'-moy korxonalari tomonidan 2019 yilda 2,2-2,3 tonna moyli o'simliklarni qayta ishlangan, shu jumladan 2 mln. tonna paxta chigiti va 300 ming tonna moyli o'simliklar. Vaholanki Respublikadagi 200 dan ziyod yirik va kichik yog'-moy korxonalarining ishlab chiqarish quvvati 5 million tonnani tashkil etadi. Bugungi kunda yog'-moy korxonalarining eng katta muammolari bu hom ashyodir. Chunki yog'-moy korxonalari 50 foiz quvvat bilan ishlab kelmoqda. Boshqa davlatlarda buning aksi Misol uchun Qozog'istonda ishlab chiqarish quvvati 1,5 million tonna bo'lib, xomashyo hajmi 6 million tonnadan iborat.
Soya Kungaboqar yoki Paxta
2016 h.
2017 h.
2018 h.
2019 h
22 250,5 2020 h.
1-rasm. Respublika yog'-moy korxonalari tomonidan iste'mol qilingan ayrim turdagi moyli o'simliklari tarkibi (tonna)
Manba: Davlat statistika qo'matasi ma'lumotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Shunday katta quvvatga ega bo'lgan korxonalar o'z imkoniyatlaridan to'liq foydalana olmayapti. Bunga asosiy sabab qilib, xomashyo bazasining kamayib borayotganidir. Yog'-moy olish uchun xom ashyo bazsining tarkibi ham o'zgarmoqda.
^^ Paxta chigiti don uchun kunboqar ^^ soy
145013
132669
118745
908700
9
8
2-rasm. Respublika yog'-moy korxonalari tomonidan qayta ishlangan ayrim turdagi moyli o'simliklari tarkibi (tonna)
Manba: Davlat statistika qo'matasi ma'lumotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan
Respublikada ananaviy paxta chigitini qayta ishlash hajmi qisqarib borayotganligi uchun noananaviy xom ashyolarda yog'-moy mahsulotlarini olish zamon talabi bo'lib qolmoqda.
ko'rishimiz mumkin. Xususan, 2016-2020 yillarda 1011,2 ming tonna paxta yog'i, 682 ming tonna kungaboqar yog'i va 93,6 ming tonna soya yog'i iste'mol qilingan. 2020 yilda aholini o'simlik moyi iste'moli 2016 yilga nistaban 8 foizdagi o'sishni ko'rishimiz mumkin.
2-rasmdan 2016-2020 yillarda respublika yog'-moy korxonalari tomonidan jami 9858,7 ming tonna paxta chigiti, kungaboqar doni va soya doni qayta ishlanganligini ko'rishimiz mumkin. 2016-2020 yillarda 6397,2
ming tonna paxta chigiti, 945,5 ming tonna kungaboqar doni hamda 78,9 ming tonna soya doni qayta ishlangan. 2019 yilda paxta chigitini qayta ishlash 2016 yilga nisbatan paxta chigiti, kungaboqar doni va soya doni qayta ishlash hajmi o'rtacha 83 foizga qisqargan. Hususan paxta chigitini qayta ishlash 60 foizga qisqargan. Ushbu holat paxta hosilini kamayishi bilan izohlanishi mumkin. Lekin, kungaboqar donini qayta ishlash 2020 yilda 2016 yilga nisbatan 400,5 foizga va soya donini qayta ishlash 495,2 foizga ortganini ko'rishimiz mumkin.
1-jadval
Respublikaga import qilingan ayrim o'simlik moyining qiymati (ming.
Yog' turi 2016 2017 2018 2019 2020
Soya yog'i 5949,8 14559,8 15247,1 19152,4 10802,1
Kungaboqar y°g'i 130704,1 116854,3 91461,6 121958,9 175615,0
Paxta yog'i 10989,0 13888,0 2891,5 4807,60 5824,5
Jami 147642,9 145302,1 109600,2 145918,9 192241,6
Manba: Davlat statistika qo'matasi ma'lumotlar asosida mual
if tomonidan tuzilgan
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, 2016-2020 yillarda respublikaga paxta yog'i, kungaboqar yog'i va soya yog'i 740,7 mln AQSh doll. qiymatida o'simliklik yog'i import qilingan. Hususan, 2016-2020 yillarda 65,7 mln. AQSh dollarilik soya yog'i, 636, 6 mln. AQSh dollarilik kungaboqar yog'i va 38,4 mln. AQSh dollarilik paxta yog'i import qilingan. 2020 yilda respublikaga paxta yog'i, kungaboqar yog'i va soya yog'i importi 2016 yilga nisbatan 44,6 mln. AQSh dollariga, ya'ni 130,2 foizga ortgan. Shu jumladan, soya yog'i 4,9 mln. AQSh dollariga, ya'ni 181,5 foizga, kungaboqar yog'i 44,9 mln. AQSh dollariga, ya'ni 134,4 foizga organini ko'rishimiz mumlik. 2019 yilda paxta yog'ining importi 2016 yilga nisbatan 5,2 AQSh dollariga, ya'ni 53,0 foizga kamayganini ko'rishimiz mumkin. Paxta yog'i importni kamayishini kungaboqar yog'iga bo'lgan talab ortishi natijasiga kamayganligi bilan izohlashimiz mumkin.
Moyli o'simliklardan paxta chigitining yog'dorlik qo'rsatkich 18-20 foiz bo'lib, hosildorligi 18 s/ga., kungaboqar donining yog'dolik qo'rsatkich 40-45 foiz bo'lib, hosildorligi 25-30 s/ga. soya donining yog'dorlik ko'rsatkichi 18-20 foiz, hosildorligi 30-35 s/ga. ni tashkil etadi.
2-jadval
Ayrim moyli o'simliklarning yog'dorlik, hosildorlik ko'rsatkichlari
№ O'simlik nomi Yog'dorlik ko'rsatkichi Hosildorligi 1 s/ga 1 ga. dan ishlab chiqariladigan o'simlik
1. Paxta 18-20 18 0,34
2. Kungaboqar 40-45 25-30 11,2
3. Soya 18-20 30-35 0,54
Manba: Davlat statistika qo'matasi ma'lumotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, kungaboqar o'simligidan olinadigan o'simlik moy boshqar turdagi o'simliklardan olinadigan moylardan ko'pligi bilan ajralib turibdi. Agar kungaboqar o'simligini yaxshilab parvarish qilsa u boshqar turdagi o'simlik moyi olinadigan o'simliklardan rentabelligini bilan ajaralib turadi.
Kungaboqarni yetishtirish bo'yicha klaster tashkil etish orqali yog' moy korxonalarining ishlab chiqarish quvvatidan to'liq foylananish mumkin.
Yuqoridagi ma'lumotlarni tahlil qilib, shunday hulosa kelish mumkinki bugungi kunga kelib aholida kungaboqar yog'iga bo'lgan talab keskin oshib bormoqda. Aholini sifatli kungaboqar yog'i bilan ta'minlash uchun respublikada kungaboqar ekin maydonlarini kengaytirish kerak. Bunday xulosaga kelish uchun bir necha sabablar bor:
Birinchidan, 2016-2020 yillarda iste'mol qilingan 1787 ming. tonna (paxta yog'i, kungaboqar yog'i va soya yog'ining) o'simlik moyining 682 ming tonnasi ya'ni 38,2 foizi kungaboqar moyiga to'g'ri keladi;
Ikkinchidan, 2016-2020 yillarda import qilingan 739,2 ming. tonna (paxta yog'i, kungaboqar yog'i va soya yog'ining) o'simlik moyining 609,7 ming tonnasi ya'ni 82,5 foizi kungaboqar moyiga to'g'ri keladi;
Uchinchidan, 2016-2020 yillarda import qilingan 1064 ming. tonna (paxta yog'i, kungaboqar yog'i va soya yog'ining) moyli ekinlar donining 609,7 ming tonnasi ya'ni 57,3 foizi kungaboqar doniga to'g'ri kelganini ko'rishimiz mukmkin.
Yog'-moy korxonaliri faoliyati samaradorligini oshirish uchun eng avvalo moyli ekinlarni maydonini ko'paytirish uning uchun foydalanishdan chiqib ketgan va yer osti suvlari zaxirasi mavjud bo'lgan yerlarni foydalanishga kiritib, tabiiy-tuproq hamda iqlim sharoitidan kelib chiqib mos keluvchi kungaboqar ekini ekish;
- yerdan foydalanish davomida belgilangan kungaboqar ekinini ekib, ish o'rinlarini yaratish, ijara xarajatlarini o'z vaqtida qoplagan tadbirkorlik sub'ektlariga yerdan foydalanish muddatini uzaytirishda ustuvorlik huquqi berish;
- qishloq xo'jaligida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish va yanada rivojlantirish, unga zamonaviy menejment mexanizmlarini joriy etish, sohani raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish;
- xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo'shilgan qiymatli qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini yaratish;
- oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini va iste'mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ta'minlash;
- agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida moliyalashtirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligini hamda sohani davlat tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlanishini ta'minlash;
- byudjet va byudjetdan tashqari jamg'armalar hisobidan agrar va oziq-ovqat sohasiga ajratiladigan mablag'larning maqsadli ishlatilishini ta'minlash;
- qishloq xo'jaligi tarmoqlarida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishiga, yangi ish o'rinlarining yaratilishiga ko'maklashish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish orqali yog'-moy korxonalarini ishlab chiqarish zahiralarini yaratishga, kungaboqar doni va kungaboqar yog'ining importini qisqartirishga, korxonalarda qo'shimcha ish o'rinlarini yaratishga, mahalliy byudjet daromadlarini oshirishga, yog'-moy korxonalarining innovatsion faolligini oshirishga, tarmoqni innovatsion jozibadorligini jadallashtirishga hamda oziq-ovqat sanoatini diversifikatsiya qilish bo'yicha yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu takliflarni amalga oshirilishi natijasida, respublikamizda aholini yog'-moy mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish, importni qisqartirish, ishlab chiqarilgan mahsulotning ortiqchasini qayta ishlab xorijiy davlatlarga eksport qilish hisobiga katta foyda olish imkoniyatlari yaratiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Агеева Д.Р. Бенчмаркинг как инструмент обеспечения конкурентоспособности предприятия. Журнал Стратегический менеджмент. Российское предпринимательство, 2007, № 10 (2)
2. Князев Е.А., Евдокимова Я.Ш. Бенчмаркинг для вузов: Учебно-методическое пособие. М.: Университетская книга, Логос, 2006. - 30 с.
3. Ф. Котлер. Основы маркетинга Краткий курс Пер с англ — М Издательский дом "Вильяме", 2007 — 656 с
4. Нэреш К. Молхотра. Маркетинговые исследования. Практическое руководство, 3-е издание.: Пер. с англ. — М.:Издательский дом "Вильяме", 2002. — 960 с.
5. Маркетинговые исследования и ситуационный анализ: учебник / под. Ред. И.И. Скоробогатых, Д.М. Ефимовой. - М.: ФГБОУ ВО «РЭУ им. Г.В. Плеханова», 2017
6. Haqberdievich K. D., Shavkiddinovich M. M. USE OF INTERNATIONAL MARKETING STRATEGIES IN THE DEVELOPMENT OF FREE ECONOMIC ZONES //Journal of marketing, business and management. - 2022. - Т. 1. - №. 1. -С. 53-61.
Мурадова Н. У. Специфика рынка лизинговых услуг и используемых в них маркетинговых инструментов //ГЛОБАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ МОДЕРНИЗАЦИИ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ. - 2019. - С. 493-499.