Scientific Journal Impact Factor
O'ZBEKISTONDA TRANSPORT-LOGISTIKA KLASTERLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Qodirov Tuyg'un Uzoqovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, t.f.n., dotsent. Yusufxonov Zokirxon Yusufxon o'g'li Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, assistent. E-mail: zokirxon_y@tstu. uz Sharapova Shaxzoda Ravshan qizi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, talaba. E-mail: sharapovashahzoda@mail. ru
Ushbu maqolada mualliflar tomonidan O'zbekistonda transport-logistika klasteri bo 'yicha amalga oshirilayotgan ishlar va ularni holatini o 'rgangan holda, Jahon amaliyotida transport-logistika klasterlari faoliyatini tashkil etish amaliyoti atroflicha yoritilgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda transport logistika klasterlar bo 'yicha tajribalar tahlil qilingan. Shulardan kelib chiqqan holda maqolada xorij tajribalarini organish va mamlakatimizda samarali qollash masalalari o 'z aksini topgan.
Kalit so 'zlar: Klaster, transport, logistika, strategiya, transport infratuzilmalari, innovasion klasterlar, transport xizmatlari.
IMPROVING THE ACTIVITY OF TRANSPORT AND LOGISTICS CLUSTERS IN UZBEKISTAN
Kadyrov Tuygun Uzokovich
Associate Professor of Tashkent State Transport University, Department of
"Transport logistics", Yusufkhonov Zokirkhan Yusufkhan ugli Assistant of Tashkent State Transport University, Department of "Transport logistics", E-mail: zokirxon y@tstu.uz Sharapova Shahzoda Ravshan qizi Student of Tashkent State Transport University, Department of "Transport logistics", E-mail: sharapovashahzoda@mail. ru
This article describes in detail the work carried out by the authors on the transport and logistics cluster in Uzbekistan and the practice of organizing the
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Scientific Journal Impact Factor
activities of transport and logistics clusters in the world, studying their status. The experiences of transport logistics clusters in developed countries were also analyzed. Based on this, the article addresses the issues of organizing and effective application of foreign experience in our country.
Keywords: Cluster, transport, logistics, strategy, transport infrastructure, innovation clusters, transport services.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar Strategiyasida "Tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va difersifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish, yerkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarni tashkil yetish, amaldagi zonalarning samaradorligini oshirish, klasterlar faoliyatini tashkil yetish, xizmatlar ko'rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko'rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini yeng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o'zgartirish,logistika va yo'l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, boshqarish tizimiga raqamlashtirish usullarini joriy yetish,qishloq xo'jaligi mahsulotlarni saqlash, transportirovka qilish va sotish, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlarni ko'rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish"kabi vazifalar keltirilgan [1]. Shulardan kelib chiqqan holda, bugun mamlakatimizni modernizasiya qilish va yangilash, yangi O'zbekistonni yaratish, iqtisodiyotimizning sifat jihatdan yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni kompleks rivojlantirish bo'yicha barcha rejalarimizning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi yo'l-transport va kommunikasiya infratuzilma tarmoqlarini yuksak sur'atlar bilan rivojlantirishga uzviy bog'liqdir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
"Klaster" atamasi bir nechta o'zaro aloqador mustaqil elementlardan tashkil topgan va o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'lgan to'plamni (tizim) anglatadi.
Transport-logistika klasteri (TLK) deganda - yuk va yo'lovchilarni saqlash, tashish va kuzatib borishga ixtisoslashgan, shuningdek infratuzilma ob'ektlariga xizmat ko'rsatuvchi geografik jihatdan o'zaro bog'langan hamda bir-birining kuchli tomonlarini to'ldiruvchi va mustahkamlovchi kompaniyalar guruhi tushuniladi.
Jahon amaliyotida transport-logistika klasterlari faoliyatini tashkil etishga 2 xil yondashuv mavjud:
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
1. TLK ma'lum bir sanoat ishlab chiqarish (sanoat hududi, korporasya, kartel, blok) klasterining infratuzilmaviy elementi sifatida tashkil etiladi, ya'ni TLK shartli ravishda sanoat klasterining bir elementi sifatida shakllantiriladi.
2. TLK klasterlar alohida mustaqil tizim sifatida shakllantirilib, uning maqsadi xomashyo yetkazib beruvchilar, ishlab chiqarish tuzilmalari va tayyor mahsulot iste'molchilari o'rtasida yetkazib berish zanjirlarini samarali boshqarishdir. Ushbu holatda TLK transport-logistika elementlarini (yuk terminallari, terminal-ombor va transport-ekspeditorlik majmualari) shakllantirish va rivojlantirish, logistika kompaniyalarini umumiy logistika tizimi tarkibiga jalb etishga xizmat qiladi.
O'zbekistonda TLKlarini shakllantirish va ularning barqaror faoliyat ko'rsatishini ta'minlashga qaratilgan davlat siyosati quyidagi yo'nalishlarga amalga oshirilishi mumkin:
1) Yuqori sifatli va raqobatdosh transport-logistika xizmatlarini ko'rsatish. Transport-logistika xizmatlarining sifat ko'rsatkichlari parametrlari va standartlari ishlab chiqiladi, me'yoriy-huquqiy baza, davlatning sohani tartibga solish usullari aniqlanadi.
2) Yuqori unumdorlik va xavfsizlikka ega transport-logistika infratuzilmasini yaratish. Transport infratuzilmasining barcha elementlarini bir-biriga mutanosib holda rivojlantirish, aniq statistik va prognoz ko'rsatkichlariga asosan yuk va yo'lovchilar tashishga bo'lgan talabni aniqlash, transport-iqtisodiy balansni shakllantirish, transport tizimini rivojlantirish modellarini tahlil qilish hamda uning asosida logistik infratuzilmani rivojlantirishning eng maqbul variantlarini ishlab chiqish.
3) Raqobat muhitini yaratish. Transport xizmatlari ko'rsatish sohasida me'yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish (xavfsizlik, ekologik tozalik, transport-logistika xizmatlari sifati, davlatni tartibga solish usullarini takomillashtirish), raqobatdosh transport-logistika xizmatlari ko'rsatish uchun yuqori samarali transport-logistik infratuzilmani rivojlantirish, tashish va saqlashda ilg'or texnika va texnologiyalarni qo'llash [2].
4) Me'yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish. TLK sohsiga oid qonunchilikni takomillashtirish, ularni boshqa huquqiy-me'yoriy hujjatlar bilan uyg'unligini ta'minlash hamda jahon standartlariga moslashtirish.
Scientific Journal Impact Factor
1-Rasm. Transport-logistika klasterlarining umumiy modeli
Транспорт-логистика кластерлари фаолиятини давлат томонидан тартибга солиш, бошкариш ва куллаб кувватлаш ваколатли органлари
Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамаси, Транспорт вазирлиги ва унинг худудий бошкармалари, Махаллий хокимият органлари
Транспорт-логистика кластерлари фаолиятини мувофиклаштириш Кенгаши
Транспорт-логистика кластерлари иштирокчилари
Хизмат курсатувчи объектлар
Транспортни худудий бошкарув органлари, автомобиль йуллари ва йул
инфратузилмаси тармоклари, темир йул ва инфратузилма тармоклари,
аэропорт, логистика марказлари, юк ва йуловчи
станциялари, юк термин аллари, омборлар, божхона омборлари ва
постлари, ахборот марказлари, инвестиция фондлари, банклар, молия-саноат гурухлари, харакат хавфсизлигини таъминлаш органлари ва бошкалар.
ТЛК ЯДРОСИ
Автомобиль, темир йул, авиация ва сув транспорти
компаниялари, логистик провайдерлар, юнимодаль, интермодаль ва мультимодаль ташувлар буйича транспорт операторлари, ахборотлаштириш ва консальтинг хизматлари курсатувчи компаниялар
Тулдирувчи объектлар
Таълим, илмий-тадкикот муассасалари, бизнес-
инкубаторлар, инновацион марказлар, АТ ва технопарклар ва бошкалар
Ёрдамчи объектлар
Улгуржи ва чакана савдо корхоналари, диллерлар, дистрибьторлар, улгуржи ва савдо базалари, реклама, сугурта ва сайёхлик агентликлари, лицензиялаш ва сертификатлаш органлари, хизмат курсатувчи компаниялар, кишлок хужалиги махсулотларини тайёрлов ва таркатиш базалари ва бошкалар
S
Юк жунатувчилар
Юк ок;ими
Scientific Journal Impact Factor
Respublikamizda transport-logistika klasterlari faoliyatini samarali tashkil etishdagi mavjud muammolarni hal qilish uchun quyidagi vazifalari birinchi navbatda hal etilishi lozim:
1. Mavjud transport infratuzilmasini kengaytirish va yangilash, yagona transport tizimini yaratish;
2. Respublikaning tranzit salohiyatidan foydalanish orqali transport tizimining raqobatdoshligini oshirish [3];
3. Transport-logistika klasterining xavfsizligi va barqarorligini ta'minlash;
4. Transport-logistika klasteriga jalb etiladigan investisiyalarni rag'batlantirish;
5. Barcha iste'molchilar uchun transport-logistika klasterlari xizmatidan maksimal foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash;
6. Transport-logistika klasterlari uchun ekologik standartlarni aniqlash;
7. Transport-logistika klasterlari va uning elementlari o'rtasida teng huquqlik va sog'lom raqobat muhitini shakllantirish;
8. Soha uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malkasini oshirish, ilmiy-tadqoqot va innovasion faoliyatni talab darajasida rivojlantirish [4].
Transport-logistika klasterini yaratish barcha klaster a'zolari faoliyatining sinergetik samarasini keltirib chiqaradi:
1. Davlat organlari TLKdagi muammoli nuqtalarni aniqlaydi va ularni kuchaytirish choralarini belgilaydi;
2. Taqdim etilayotgan transport-logistika xizmatlarning sifati oshadi, natijada iste'molchilar o'z tanlovlarini optimallashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar;
3. Xalqaro transport koridorlariga transport va ekspeditorlik kompaniyalari, logistika markazlari, omborxona va terminal komplekslari kiritilishi global transport tizimida mamlakat transport tizimining rolini oshirishga xizmat qiladi.
Mamlakat hududlarida TLKlarni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari:
- TLKni shakllantirish solohiyatini aniqlash;
- TLKni rivojlantirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash;
- TLKni rivojlantirish uchun institusional muhit yaratish;
- TLK ishtirokchilarining logistik integratsiyasini rivojlantirishga ko'maklashish;
- TLK loyihalarini qo'llab-quvvatlash va ularning monitoringini olib borish.
TLK quyidagi asosiy tamoyillar asosida yaratiladi:
- yagona transport-logistika makonini shakllantirish;
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
- yangi texnologiyalar va innovatsiyalar asosida tranport-logistika jarayonlarini takomillashtirish;
- klasterning asosiy qismini tashkil etuvchi klaster a'zolarining manfaatlarini muvofiqlashtirish uchun biznes sheriklik usullari va vositalarini optimallashtirish;
- mintaqaviy, milliy va xalqaro miqyosda TLKni rivojlantirishning umumiy strategiyasini shakllantirish;
- qo'shimcha yuk va yo'lovchi tashishga erishish maqsadida turli universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o'zaro aloqalar;
- xususiy sarmoyalarni jalb qilish.
2-Rasm. Transport-logistika klasterlari faoliyatini tashkil etish
Соха ходпмларпнннг малакасн nil уларипш касбий даражаси
Ллохила мин 111 кап un ТЛКлар учун логистика стратегнясп
KViacicp аыолари ypiacii/ja слмарали логистика ахборот тншмл
Кластер аыоларининг ресурс нмкопиятларшш оптпмаллаштпрпгп
ТЛКлар фаолпятшш ■ ашкил шип ва самирали бошкарнш драйвсрларп
Транспорт утел лари I a leiKop м у воф и кл a m т и р и ш тишмп
Давлщ ва хусусип шерпкликка асослаигаи самрали пивсстпииои
СВЛОХПЯТ
Транспорт »ксислнюрлнк ва омбор мажмуалирнштг окнлона жонлатувн
Юк ва Йфловчиларин та ш il m и и и гмул ьтп мол ал 1. ва ннгермолаль имкоииятлари
ТЛК ;ii, jo. lap и фао.ши I мшим ciiiiepi етнк са.марасиг» эриннии
т
т
т
Транспорт ва экспелпторлнк компаиияларн,логистика маркаi-iapii, омборхоиа ва терминал комилексларн глобал транспорт тшнмн билан ннтеграллатали
Ники тин давла| opiaii.iapu ТЛКяагн муаммолн нукталарнн апнклайлн па уларни барiлриф ниш чораларини бел! нлайди
Ташки тгилаётган транспорт -логистика хшмагларннш сифаш опыт, натжада пстеъмолчнлар fi
танлопларпнн ou I ималлаш I ирши имкоииятнгаira буладнлар
Klaster siyosatining tashabbuskori sifatida davlat manfaatlariga ustuvor ahamiyat beriladi, shu bilan transport-logistika klasterini yaratish maqsadga muvofiqligining asosiy sharti:
Scientific Journal Impact Factor
-birinchi navbatda, respublikani rivojlantirish strategiyasiga, shu jumladan raqobat muhitini shakllantirish va investisiya jozibadorligiga muvofiqligi;
-ikkinchidan, modernizatsiya qilish, infratuzilma kompleksini yaratish, transport sohasining raqobatbardoshligini oshirish siyosatini olib borish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash bo'yicha davlatning ustuvor vazifalarini hal qilish[5].
XULOSA VA TAKLIFLAR
Transport-logistika klasterini yaratish resurslarni, kapitalni mahalliylashtirish va konsentratsiyalashga va boshqa ishtirokchilarni jalb qilishga qaratilgan katta mablag'larni talab qiladi. Uning shakllanishi turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlariga ta'sir qiladi. Odatda, na biznes va na davlat o'z-o'zidan klaster yaratish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga qodir yemas. Zamonaviy transport-logistika klasterini faqat davlat va ishbilarmon doiralar o'rtasidagi konstruktiv, o'zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik doirasida yaratish mumkin.
Transport-logistika klasteridagi tashkiliy munosabatlar xo'jalik yurituvchi subektlar va davlat idoralari manfaatlari uyg'unligini ta'minlaydigan tarzda qurilishi kerak [6].
O'zbekistonda transport sanoatini rivojlantirish bo'yicha klaster siyosati bir qator milliy strategiyalarda, Markaziy Osiyoning mintaqaviy darajadagi strategiyalarida, rivojlanish dasturlarida, xususan, 2040 yilgacha bo'lgan davr uchun uzoq muddatli rivojlanish konsepsiyasida, 2035 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekistonning transport strategiyasida aks yettirilishi kerak. Tranzit siyosati, O'zbekiston Respublikasining klaster siyosatini (tranzit va transport-logistika salohiyatini rivojlantirish nuqtai nazaridan) amalga oshirish bo'yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Klasterlar turlarini samarali rivojlantirish zamon talabidir.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»rn nO-4947-coH, 7.02.2017 ta. https://lex.uz/docs/3107036
2. Zokirkhan Yusufkhonov, Malik Ravshanov, Akmal Kamolov, and Elmira Kamalova. Improving the position of the logistics performance index of Uzbekistan. E3S Web of Conferences 264, 05028 (2021), CONMEChYDRO - 2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126405028
Scientific Journal Impact Factor
3. F. Mirzayev, M. Ravshanov, Z. YusufXonov. Актуальнiе Bonpoci повiшения качества автoмoбильнiх перевозок в Республике Узбекистан. Транспорт шелкового пути в Центральной Азии, №1, 2021 йил
4. Azizov X.A., Shermukhamedov A.A., Azizov A.A., Ergashev N.T., Shermukhamedov Yusufbek Abdulaziz ogli. Substantiation of The Parameters of The Wheel Propeller Tread Lugs. AIP publishing. 2021/5/29.
5. Abdullaev B.I., Akhmedov D.T., Yuldashev D.F. Planning the number of buses on routes. "Logistics and economy" scientific-electronic journal. 2020/3.
6. Карриева Й.К., Ибрагимов Ф.А. ва Карриева Б.К. Transport-логистика кластери буйича хориж тажрибалари ва уни Узбекистонда qyллаш амалиёти. Логистика ва иqтиcoдиёт. №5 сон, 2020 й.