Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA TARIXIY-MADANIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY JIHATLARI'

O‘ZBEKISTONDA TARIXIY-MADANIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
turizm / tarixiy-madaniy turizm / tarixiy yodgorlik / statistika / madaniy meros / turistik mahsulot / qayta tiklash.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Mamayusufova Dilovarxon Begmatovna, Oxunov Nazriddin Muhammadzohir O‘g‘li

Maqolada tarixiy-madaniy turizm tushunchasi, uning turizm sohasidagi o‘rni o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan. Tarixiy-madaniy turizmni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar PEST tahlili asosida o‘rganilgan. Tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA TARIXIY-MADANIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY JIHATLARI»

O'ZBEKISTONDA TARIXIY-MADANIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY JIHATLARI

1Mamayusufova Dilovarxon Begmatovna, 2Oxunov Nazriddin Muhammadzohir o'g'li

1Islom Karimov nomidagi TDTU Qo 'qon filiali, Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi dotsenti 2Islom Karimov nomidagi TDTU Qo 'qon filiali talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11191971

Annotatsiya. Maqolada tarixiy-madaniy turizm tushunchasi, uning turizm sohasidagi o'rni o'zigaxosjihatlari ochib berilgan. Tarixiy-madaniy turizmni rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar PEST tahlili asosida o'rganilgan. Tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: turizm, tarixiy-madaniy turizm, tarixiy yodgorlik, statistika, madaniy meros, turistik mahsulot, qayta tiklash.

KIRISH. Turizm industriyasi jahon xo'jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri bo'lib, milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli soha hisoblanadi. Turizm dunyo yalpi ichki mahsulotining taxminan 5%ini tashkil etadi, rivojlangan mamlakatlarda deyarli 10% aholi turizm sohasida band. COVID-19 pandemiyasi oqibatida turizm sohasi eng katta talafot ko'rgan tarmoqlardan hisoblanadi. Jahon turizm tashkiloti (UNWTO)ning ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yilda xalqaro turizm 72%ga yoki turizm xizmatlaridan tushumlar 1,1 trillion dollarga kamayib, 1990 yil darajasiga tushib qoldi. Natijada 935 mlrd. dollar miqdorida eksport daromadlari yo'qotildi [12]. Ma'lumki, 2020 yil 16 martdan mamlakatimiz tashqi va ichki turistlar uchun yopilgan edi. Oqibatda 1,5 mingdan ortiq turoperator, 1,2 mingta mehmonxona o'z faoliyatini to'xtatdi. Bular, gidlar, milliy hunarmandchilik, ziyoratgoh va sihatgohlar, umumiy ovqatlanish, transport va boshqalar bilan qo'shib hisoblaganda 250 mingdan ortiq aholi daromadiga jiddiy ta'sir qildi [14]. O'zbekistonda tarixiy yodgorliklar, ulug' ajdodlarimizning yuksak iste'dodi bilan bunyod etilgan obidalar, muqaddas qadamjolar kabi 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO ro'yxatiga kiritilgan. Shu sababli, keyingi yillarda davlatimiz tomonidan mazkur yo'nalishni rivojlantirish bo'yicha ko'plab normativhuquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-apreldagi urizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi PF-6199 sonli Farmoni ga binoan Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi tashkil etildi. Moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targ'ib qilish davlat reyestri, elektron katalogi, davlat kadastrini yuritish, qo'riqlanadigan tegralarini belgilash hamda sohada davlat nazoratini amalga oshirish kabilar agentlikning asosiy vazifalari sifatida belgilanganligi mamlakatimizda tarixiy-madaniy turizmni yanada rivojlantirishga oid tizimli ilmiy-metodologik tadqiqotlar olib borish muhim. Shunday qilib, tarixiy-madaniy turizmning hozirgi holatini, uni rivojlantirish istiqbollarini va milliy iqtisodiyotga ta'sirini tahlil qilish dolzarbdir. Bunda eng avvalo "tarixiymadaniy turizm" tushunchasining mazmunini aniqlash lozim.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI. Ta'kidlash kerakki, hozirgi pandemiya sharoitida turizm infratuzilmasini tashkil qiluvchi tarmoqlarni inqirozdan saqlab qolish borasida ko'plab mualliflar o'rtasida yagona tushuncha mavjud emas. Fikrimizcha bu borada hali olib borilishi kerak bo'lgan tadqiqotlarning ko'lami keng bo'lib, turizm tarmoqlari rivojlanishini ta'minlashimizda xalqaro tajribalarni ham hisobga olishimiz lozim. Iqtisodiy adabiyotdlarda tarixiy-madaniy turizmga oid masalalar qator olimlar tomonidan o'rganilgan va turlicha ta'riflar

berilgan. Gollandiyalik tadqiqotchi Richard Greg tarixiy-madaniy turizmni "kishilarning o'z madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun yangi ma'lumotlar va tajriba to'plash maqsadida odatiy yashash joyidan uzoqda joylashgan madaniy, diqqatga sazovor joylarga borishi" deya ta'riflaydi[8]. Rossiyalik mutaxassis Y.V. Kolotova tarixiy-madaniy turizmni "mamlakatning barcha imkoniyatlarini o'z ichiga olgan an'ana va urf-odatlari, uy xo'jaligining o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'langan ijtimoiy-madaniy muhit salohiyati" deya ta'riflaydi[5]. I.T. Frolova esa tarixiy madaniy turizmga global miqyosda xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi omil va vosita sifatida qarab, rivojlanishi o'zaro bog'liq bo'lgan va bir-birini to'ldiruvchi uchta: 1) madaniyat va madaniy merosga oid bilimlarni boyitish, 2) madaniyatni muhofaza qilish va qayta tiklash, 3) madaniyatlar muloqoti kabi yo'nalishlardan iborat deya hisoblaydi. Boshqacha aytganda, hozirgi vaqtda madaniy turizmning asosiy gumanitar funksiyalari, sifatida quyidagilar qayd etiladi:

- madaniy-ma'rifiy va ta'limiy;

- madaniy muhofaza va saqlash;

- aloqalar o'rnatish va tinchlikparvarlik.

G.Karpov. L.Xorovalar esa tarixiy va madaniy turizmni "kishilarning yangi axborot, tajriba va taassurotlarga ega bo'lish uchun madaniy diqqatga sazovor joylar, muzeylar va tarixiy joylar, san'at galereyalari, musiqa va drama teatrlari, konsert maydonchalari, ijrochilik san'ati, klassik qadriyatlar hamda tarixiy merosni aks ettiruvchi mahalliy aholining an'anaviy dam olish hududlari, innovatsion badiiy ijodiyot uylariga tashrif buyurishi" deb hisoblaydilar[6]. Mamlakatimiz olimlari va tadqiqotchilari I.To'xliyev, R.Amriddinova, Sh.Ro'ziyev, O.Xamidov, N. Ibadullayev F.Aziztoyeva, B. Mamatov va boshqalar boshqalarning ilmiy asarlarida turizm sohasini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlariga doir ko'plab masalalar yoritilgan lekin, tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishga oid ayrim masalalar yetarlicha o'rganilmaganligi bois ba'zi muammolar bugungi kunda ham o'z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Xususan, N.To'xliyev: "Turizm (frans. tour - sayr, sayohat) sayyohlik-sayohat (safar) qilish, faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog'lomlashtirish, ma'rifiy, kasbiy amaliy yoki boshqa maqsadlarga borilgan joyda (mamlakatda) haq to'lanadigan faoliyat bilan shug'ullanmaydigan holda jo'nab ketishi tushuniladi" deb hisoblaydi. Tadqiqotchi Sh.Ro'ziyev tarixiy-madaniy turizmning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishda yaratiladigan konsepsiyalar, metodlar va turistik faoliyat subyektlarining o'zaro integratsiyasini amalga oshiruvchi indikativ boshqaruv metodikasini yoritib bergan[12]. Iqtisodchi olim O.H.Xamidovning e'tirof etishicha "Turizm murakkab, ko'p qirrali tushuncha bo'lib, u ... boy va xilma-xil tabiat, madaniy-tarixiy obyektlardan tabiat muhofazasi va ekologik xavfsizlikni ta'minlash asosida tomosha qilish orqali samarali foydalanish yo'nalishlarini belgilaydi"

TADQIQOT METODLARI. Tadqiqotda turizm iqtisodiyoti bo'yicha mavjud nazariyalar o'rganildi va mamlakatimizdagi uning rivojlanish jarayonlari tahlil qilindi. Tizimli tahlil qilishda 2019-2021 yillardagi statistik ma'lumotlar qo'llanildi. Statistik manba sifatida, O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlaridan keng foydalanildi. Tadqiqot mavzusi doirasida muammoni atroflicha tahlil qilish, ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida induksiya va deduksiya, statistik, tizimli va qiyosiy tahlil, PEST tahlil kabi usullardan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR. Tarixiy va madaniy turizm - bu faol turizmning eng keng tarqalgan turi. U ta'lim va axborot maqsadlariga yo'naltirilgan barcha turizm turlarini o'z ichiga oladi. Bunday turizm dasturlari insoniyatning turli xil tabiiy tarixiy va madaniy meroslariga qiziqishiga asoslangan. Bunda turistik mahsulot madaniy tajribalar shaklida taklif etiladi. Etnik va

etnografik turizmni o'ziga xos tarixiy-madaniy turizm deb hisoblash mumkin, bu o'z maqsadlariga (saqlab qolish, zarar yetkazmaslik) ko'ra, ekologik turizmga yaqin turadi. Mamlakatlar va xalqlar madaniyati turistik qiziqishning asosiy elementlaridan biridir. Turistlarning turli shaharlarga, dunyoning chekka burchaklariga va ularda istiqomat qiladigan xalqlarga bo'lgan qiziqishi sayohat qilishning eng kuchli rag'batlantiruvchisidir. Shuning uchun turizm boshqa madaniyatlar bilan, boshqa xalqlarning tarixi va hayoti bilan, badiiy asarlar bilan tanishishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Boshqa mamlakat tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishish insonning ma'naviy dunyosini boyitadi. Tarixiy madaniy turizm boshqa dam olish turlariga qaraganda muhim afzalliklaridan biri - u butun yil davomida talabga ega bo'lib, uning sezilarli farqi mavsumiy emasligidir. Ushbu tur yilning istalgan vaqtida dolzarbdir, chunki sayyohlar muzeylarga tashrif buyurish, tarixiy obidalar va mamlakatning diqqatga sazovor joylarini ko'rish uchun ekskursiya qilishlari mumkin. Turistik jozibadorlikni shakllantirish uchun tarixiy-madaniy turizm quyidagi jihatlarni o'z ichiga olishi kerak (1-rasm)

Tarixiy turizm

Arxitektura madaniyati turizmi

M

insoniyat sivilizatsiyasi va ijtimoiy-iqtisodiy madaniyat yodgorliklari; qadimiy shaharlar, qadimiy shaharlar xarobalari; harbiy madaniyat yodgorliklari (qal'alar, mustahkam devorlar, janglar va qal'alar va

( -N

Turistik

mavzuli

V )

¥ ^

r

•me'moriy ansambllar, saroy majmualari, ziyoratgohlar va ibodatxonalar; kichik me'moriy shakllar (binolar, minoralar, arklar, zallar, panteonlar, maqbaralar, yodgorlik g'orlari); gidrotexnik inshootlar

(to'g'onlar kanallar gidroelektroctantciyalar)* port sanoat arxi+ek+urasi*

Shahar vaa madaniy

Muzey turizmi

•sun'iy landshaftlar (turar-joylar, sport va dam olish maskanlari, sanoat hududlari, transport tuzilmalari)

•shahar muhiti va shahar madaniyati; shahar panoramalari; landshaft rejalashtirishni tashkil etish.

•muzeylar, ko'rgazmalar, tarixiy va madaniy tadbirlar va taqdimotlar o'tkazish.

1-rasm. Tarixiy-madaniy turizmning mazmuni

1-rasmda keltirilgan jihatlar tarixiy-madaniy turizmning mohiyatini ochishi bilan birga, uning o'ziga xos jihatlarini ham yoritib beradi. O'zbekistonda ushbu sohani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud bo'lib, xalqning boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob madaniy merosni asrab avaylashni kuchaytirish sohani raqamlashtirish, innovatsion rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jahonning ilg'or tajribalarini samarali qo'llash hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biridir. Tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishda hududlarda mavjud bo'lgan tarixiy hamda arxeologik obyektlarning o'rni muhimdir. Ularning tarixiyligi, hudud tarixida tutgan o'rni hamda saqlanganlik darajasi unga qiziquvchi turistlarning sonini oshishiga yordam beradi Har qanday tashrif buyuradigan sayyoh uchun bir manzilgohda bir nechta obyektlarning mavjud bo'lishi, uning safar vaqtining davomiyligini uzaytirib beradi. Bu jarayon esa turistik xizmatlarni ko'proq eksport qilish

imkoniyatini va yondosh tarmoqlarning ham rivojlanishiga turtki beradi. Siyosiy va huquqiy omillar:

- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining (O'zbekiston Respublikasining "Turizm to'g'risida"gi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi PF-6199 sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 939-son qarori.) Sohaga oid boshqa farmonlar Prezident va hukumat qarorlari (jumladan litsenziyalar va ruxsatnomalar berilishini yengillashtirilishi);

- Mamlakatdagi siyosiy barqarorlik ta'minlanganligi;

- YUNESKO Xalqaro tashkilotining mamlakatimizdagi tarixiy arxeologik yodgorliklar va madaniy san'at asarlarini tiklash, saqlash va muhofaza qilish bo'yicha aniq mexanizm va dasturlarning mavjudligi;

- 90 ta mamlakat sayyohlariga O'zbekistonga vizasiz kirish rejimining o'rnatilishi;

- Mamlakatda barqaror tinchlik ta'minlanganligi hamda jinoyatchilik darajasining pastligi;

- O'zbekiston tashqi siyosating oshkoralikni ilgari surishga hamda mintaqaviy va ko'p tomonlama o'zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilganligi;

- O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash bo'yicha tizimli ishlar olib borilishining yangi mexanizmi joriy etilgani

- davlat boshqaruvida ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik mexanizmlarining shakllantirilishi;

- O'zbekistonda 2017 yildan boshlab "Xavfsiz turizm" konsepsiyasi va standartlarining joriy etilishi; - Pandemiya sharoitida chegaralarning yopilishi natijasida turistlarning erkin sayohat qilishning taqiqlanishi Iqtisodiy omillar:

- Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish uchun pul mablag'larini ajratilishi hamda maxsus jamg'armalar tashkil etilgani;

- Mavjud xizmatlar narxlarining tartibga solinishi ва mo'tadillashtirilganligi;

- Madaniy obyektlardan olinadigan soliqlarning kamaytirilgani;

- Turistik mahsulotlar va xizmatlar turini ko'paytirish (diversifikatsiyalash) choratadbirlarining amalga oshirilayotganligi;

- Sohada raqobat muhitini yaratilishi;

- Pandemiya sababli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz;

- Aholi daromadlari va turmush darajasining yuksalishi. Ijtimoiy omillar:

- aholining qadriyatlar to'g'risida sobit tasavvurlari madaniy meroslarni asrab avaylashga bo'lgan munosabati va diniy e'tiqodi;

- aholida shakllangan urf-odat va qadriyatlar;

- ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi;

- malakali kadrlarni tayyorlash;

- nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyati;

- ekskursovod va mutaxassislarning malakasini oshirish;

- mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli va namunali xizmat ko'rsatish Texnologik omillar:

- tarixiy me'moriy obidalarning internet va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali reklama qilinishi;

- tarixiy madaniy-meroslarni o'rganish bo'yicha Veb-saytlarni yaratilishi va muntazam boyitib borilishi;

- madaniy tarixiy obyektlar va muzeylarda Wifi internet zonalarining tashkil etilishi;

- arxeologik yodgorliklarni muhofaza etishning innovatsion tehnologiyalar qo'llanilishi;

- mintaqada mavjud muzeylar faoliyatini yo'lga qo'yishda raqamli texnologiyalardan foydalanish;

- barcha tarixiy va madaniy resurslar zahiralarining yagona bazasini yaratish - virtual sayyohlik turlarning tashkil etilishi va b.

Yuqorida keltirilgan PEST tahlildan xulosa qilish mumkinki, mamlakatda tarixiymadaniy turizmning ijtimoiy-iqtisodiy rolini oshirish uchun barcha ta'sir etuvchi omillarni hisobga olish, imkoniyatlardan samarali foydalanish, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish zarur hisoblanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR. Tarixiy-madaniy turizm obidalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini tadqiq etishda, ulardan samarali foydalanish oshirish yo'llari, ularga ta'sir etuvchi omillar va ularni aniqlash, hamda turistik resurslardan foydalanish imkoniyatlarini baholashдa resurslarni guruhlarga ajratish hamda ularni saqlash, qayta tiklash faoliyatining indikativ ko'rsatkichlarini aniqlash aniqlash zarur.

Sohaning iqtisodiy samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatdan o'rganish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi va tavsiyalar ishlab chiqildi:

- muzeylar va madaniy meros obyektlariga sifatli va namunali xizmat ko'rsatishni takomillashtirish va bu orqali ularning obro'sini mustahkamlash;

- mamlakatning tarixiy merosini jahon turistik bozorida namoyish etishda xalqaro ko'rgazma, konferensiya, festival kabi madaniy tadbirlarni tashkil etish;

- arxeologik yodgorliklarning tarixiy madaniy turizm sohasidagi rolini sezilarli darajada oshirish orqali, ularni xorijiy va mahalliy turistlar orasida brend darajasiga yetkazish;

- arxeologik yodgorliklarni qisman (konservatsiya va restavratsiya) qilib muzey ko'rgazmasiga tayyorlash;

- sayyohlar uchun xalq amaliy san'ati markazlarida mahorat darslarini tashkil etishni yo'lga qo'yish bilan milliy hunarmandchilik an'analarini dunyoga tanitish;

- xorijiy turistlarni tarixiy-madaniy obyektlarga tashrifini oshirishda. malakali mutaxassislar tomonidan ekskursiya xizmatlarini sifatli tashkil etish;

- tarixiy madaniy turizmga oid turistik axborot markazlari faoliyatini rag'batlantirishda ilmiy-ommabop ma'lumotlarni radio, teleko'rsatuv hamda internet tarmoqlaridan keng foydalanishni yo'lga qo'yish.

Yuqoridagilardan umumiy xulosa qilib, tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirish nafaqat, madaniy sohani qo'llab-quvvatlashga ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni oshirish imkoniyatini taqdim eta oladigan sohalardan biri sifatida qarash kerak bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikas^Hr "Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizim ini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi PF-6199-farmoni. 2021 yil 6- aprel. //www.lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 939-son qarori. 23.11.2017 yil// https://www.norma.uz

3. Ван Циншен, Историко-культурный туризм и развитие туристических городов Культура народов Причерноморья. 2002. №35. С.11-15

4. Дмитриевский Ю.Д. Туристские районы мира. Смоленск, 2000. 224 с.

5. Колотова Е. В. Рекреационное ресурсоведение: Учеб. пособие. - М.: Рматс. [1, с. 92-93]

6. Карпов Г.А., Хорева Л.В.Экономика и управление туристской деятельностью. СПб., 2011. 268 с. [2.С.135]

7. Королёва Н.В. Имитационное моделирование направлений развития туризма в рекреационных зонах региона. Майкоп, 2007. 164 с.

8. Richards, G. (1996) Cultural Tourism in Europe. CABI, Wallingford. [1, с. 45]

9. Ro'ziyev Sh. "O'zbekistonda tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishning tashkiliyiqtisodiy mexanizmini indikativ boshqarish metodikasi" J. Экономика и финансы. https://cyberleninka.ru/

10. Тухлиев Н., Таксанов А. Экономика большого туризма. Т.: «Узбекистон миллий энциклопедияси», 2001. — 208с. Стр. 13

11. орчаев А. Узбекистонда covid-19 пандемиясининг туризмга таъсирини юмшатиш йуллари. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 5, 2020.http://iqtisodiyot.tsue.uz/

12. Международный туризм сократился в 2020 году до уровня 1990 год. https://www.interfax.ru/

13. www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.