Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
O'ZBEKISTONDA OLIY TA'LIM TIZIMI BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR VA UNI MOLIYALASHTIRISHNING
DOLZARB MASALALARI
Ushbu maqolada O'zbekistonda oliy ta'lim tizimini rivojlantirish, aholini oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini oshirish, oliy ta'lim muassasalarini byudjet va nobyudjet moliyaviy manbalar hisobiga moliyalashtirishningjoriy holati, oliy ta'lim muassasalarini moliyalashtirishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo 'yicha xulosa va tavsiyalash ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: ta'lim, oliy ta'lim, davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamg'armalar, investisiya, natijaviylikka ko'ra moliyalashtirish, davlat-xususiy sherikchilik.
REFORMS IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM IN UZBEKISTAN AND CURRENT ISSUES OF ITS FINANCING
ABSTRACT
This article summarizes and recommends the development of the higher education system in Uzbekistan, the increase in the coverage of the population with higher education, the current state of financing higher education institutions from budgetary and non-budgetary sources, the existing problems in financing higher education institutions and their elimination.
Keywords: education, higher education, state budget, extra-budgetary fund, investments, results-based financing, public-private partnership.
РЕФОРМЫ СИСТЕМЫ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ И ВАЖНЫЕ ВОПРОСЫ ЕЕ ФИНАНСИРОВАНИЯ
В данной статье рассматривается развитие системы высшего образования в Узбекистане, увеличение охвата населения высшим образованием, современное состояние финансирования высших учебных заведений за счет бюджетных и внебюджетных источников, существующие
Alisher, Bakberganovich Sherov
Urganch davlat universiteti dotsenti, i.f.f.d. (PhD) Gulira'no, Ruzmetova Atabekovna
Urganch davlat universiteti magistranti
АННОТАЦИЯ
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
проблемы в финансировании высших учебных заведений и их Устранение, разработаны выводы и рекомендации.
Ключевые слова: образование, высшее образование, государственный бюджет, внебюджетные фонды, инвестиции, финансирование по результатам, государственно-частное партнерство.
Hozirgi kun talablariga javob beruvchi zamonaviy ta'lim talablarini belgilaydigan eng muhim omillar nimalardan iborat degan savol tug'ilishi tabiiydir. Bunday omillarning asosiysi ta'lim tizimida yangi oltinchi texnologik yo'nalishga o'tish. Shu kungacha dunyoda beshinchi texnologik yo'nalishlar, ya'ni telekommunikatsiya, internet va elektronika hukmronlik qilgan. Yangi texnologik yo'nalishlar esa biotexnologiya, nanotexnologiya, sun'iy intellektga o'tishni, shuningdek, insonlarning bilim olishiga investisiya kiritishning alohida rolini o'z ichiga qamrab oladi. Bu sivilizatsiya rivojlanishining yangi bosqichi - axborot sivilizatsiyasi bosqichidir.
Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ham mamlakatimizda oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalarini belgilashda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar to'g'risida to'xtalib o'tar ekan, quyidagilarni ta'kidlab o'tganlar: "Tarmoqlar rahbarlari kadrlarga ehtiyoj to'g'risidagi ma'lumotni Oliy ta'lim vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etishadi. Keyin mutaxassislarni tayyorlash kvotalari bo'yicha chuqur o'ylanmagan takliflar ishlab chiqiladi. Buning natijasida kadrlar sifati va ularni ishga joylashtirish muammosi yildan-yilga kuchayib bormokda".
Mamlakatimizda oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish" konsepsiyasida bu ko'rsatkichni 2030 yilga kelib 50 foizga yetkazish belgilandi (1-rasm).
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
60 50 40 30 20 10
50
30 35
20 25
2019 2020 2023 2025 2030
1-rasm. Bitiruvchilarning oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi
Ushbu rasm ma'lumotlaridan shuni guvohi bo'lishimiz mumkinki, mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini 10 yil ichida 2,5 barobarga oshirish rejalashtirilgan. 2021 yilda bu ko'rsatkich 28 foizni tashkil etdi. Bunday ko'rsatkichga nafaqat mavjud oliy ta'lim muassasalarining qabul kvotalarini oshirish orqali, balki yangi oliy ta'lim muassasalarini ochish orqali ham erishish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda oliy ta'lim muassasalari jami 159 ta, ulardan universitetlar 30 ta, institutlar 45 ta, akademiyalar 3 ta, filiallar 28 ta, Konservatoriya 1 ta, chet el OTM filiallari 28 ta, nodavlat oliy ta'lim muassasalari 24 tani tashkil etadi. Shunga munosib ravishda oliy ta'lim muassasalariga talabalarning qabul kvotasi ham mutanosib ravishda oshirildi. Jumladan, 2014 yilga nisbatan 2020 yilda OTMlari soni 1,9 barobarga oshgan, OTMlarga hujjat topshirgan abiturientlar soni hamda qabul kvotasi natijalari esa mos ravishda 3,2 va 2,6 barobarga oshgan.
Shuningdek, 2014-2016 yillarda oliy ta'lim muassasalari va ularda o'qish niyatini bildirgan abiturientlar sonining oshishiga qaramay, qabul kvotasi natijalarida kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda, ya'ni abiturientlari soni 2016 yilda 2 014 yilga nisbatan 21,7 foizga oshishiga qaramay, qabul kvotasi natijalari 4,5 foizga kamaygan. 2017 yilga kelib esa, barcha tarmoq va sohalarda sodir bo'lgan o'zgarishlar kabi oliy ta'lim tizimida ham tub islohotlar amalga oshirildi. Jumladan. oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotasi 2016 yilgan qaraganda 35 foizga oshdi. Ushbu islohotlarni keyingi yillarda ham davom ettirish natijasida 2020 yilga kelib qabul kvotasi 2016 yilga qaraganda 2,7 barobarga oshishiga erishildi.
0
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Respublikaning 16 ta oliy ta'lim muassasasida 2018/2019 o'quv yilidan boshlab xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyati yo'lga qo'yildi. Birgina 2019-2020 o'quv yilining o'zida AQSh, Germaniya, Fransiya Italiya, Finlyandiya, Niderlandiya, Turkiya, Indoneziya, Isroil va boshqa 22 ta davlatning 104 ta yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturlarida kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi.
So'nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta'lim tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarga qaramay, yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy ta'lim tizimi oldida bugungi kunda o'z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, jumladan:
- bitiruvchilarning oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi pastligicha qolmoqda. Bu ko'rsatkich 2016 yilda 9 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2018 yilga kelib 15 foizni va 2021 yilda esa 28 foizni tashkil etdi. Biroq bu ko'rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 60-70 foizni tashkil etadi;
- oliy o'quv yurtlari bilan kadrlar buyurtmachilarining o'zaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo'yicha ishlar samarali tashkil etilmagan. Buning natijasida, birinchidan nazariya va amaliyotning uyg'unligi ta'minlanmaydi, ikkinchidan bitiruvchilarning ish bilan bandligini ta'minlanishida qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi, uchinchidan ish beruvchilarning oliy ta'lim muassasalariga investisiyalar kiritishi, homiylik yordamlarini ko'rsatishi, amaliyot jarayonida mavjud muammolarni olimlar bilan hamkorlikda bartaraf etishda faolliklari pastligicha qoladi;
- oliy o'quv yurtlarining innovasion faoliyati hamda tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga iqtidorli yosh olimlar va talabalarni jalb etish natijadorligi yetarli darajada emasligi, shuningdek ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasi ta'minlanmagan;
- talabalar turar joylari, kutubxonalar, sport sog'lomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma ob'ektlari quvvatlari mavjud ehtiyojni qanoatlantirmaydi, shuningdek ularning aksariyat qismida bugungi kun talablariga javob beradigan moddiy-texnik baza shakllantirilmagan.
- oliy o'quv yurtlarining zamonaviy o'quv va ilmiy laboratoriyalar bilan jihozlanish darajasi yetarli darajada emas, xalqaro standartlarga javob beruvchi o'quv laboratoriya uskunalarining ulushi atigi 10 foizni tashkil etadi, shuningdek o'quv jarayoni laboratoriya materiallari bilan yetarli darajada ta'minlanmagan;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
- oliy o'quv yurtlari mablag'larining asosiy qismi ish haqiga sarflanib, o'quv va ilmiy laboratoriyalarni modernizatsiyalashga, bino va inshootlarni kapital hamda joriy ta'mirlashga yetarlicha mablag' yo'naltirilmagan. Buning asosiy sabablaridan biri oliy ta'lim muassasalari moliyaviy mablag'larining yetishmasligi hisoblanib, uni bartaraf etish maqsadida moliyalashtirish manbalarini kengaytirish, uni diversifikatsiya qilish lozim;
- oliy ta'lim muassasalarini moliyalashtirish manbalarining diversifikatsiya qilinmaganligi, uning asosiy manbasini to'lov-kontrakt summalari tashkil etishi;
- oliy ta'lim muassasalarini moliyalashtirishda hududiy omillarni hisobga olmaslik va mahalliy byudjet mablag'laridan foydalanmaslik;
- oliy ta'lim muassasalari professor-o'qiutvchilari hamda ishchi xodimlarining ish haqi va unga ustamalar hisoblashning samarali tizimi ishlab chiqilmagan va boshqalar.
Mazkur muammolarning bartaraf etilishi nafaqat oliy ta'lim muassasalarining reytingini va ta'lim sifatini oshishiga olib keladi, balki ularning moliyalashtirish mexanizmiga ham ta'sir ko'rsatadi. Bu borada ilg'or xorijiy tajribalarni tahlil qilish natijasida ularning ayrimlaridan mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarini moliyalashtirish tizimida ham foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabr "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli Farmoni
2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. /Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisoday dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi.
3. Raxmonov D.A. O'zbekistonda ijtimoiy sohani moliyalashtirishni takomillashtirishning metodologik asoslari. Monografiya. - T.: Fan va texnologiya, 2017. -248 b.
4. Gulyamov S.S., Jumaev N.X., Raxmonov D.A., Tashxodjaev M.M. Ijtimoiy sohada investisiyalarning samaradorligi. Monografiya. - T.: «Iqtisodiyot», 2019. -
XULOSA
342 b.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
5. Sherov, A. (2019). Reforms in the system of higher education and their impact on financial stability. International Finance and Accounting, 2019(3), 21.
6. Sherov, A. (2018) "LEGAL BASIS AND IMPORTANCE OF STATE FINANCING OF EDUCATION SYSTEM," International Finance and Accounting: Vol. 2018 : Iss. 2 , Article 92. Available at: https: //uzj ournals.edu.uz/interfinance/vol2018/iss2/92
7. Maria Lung, loan Moldovan, Nistor Lung Alexandra "Financing higher education in Europe: issues and challenges" Social and Behavioral Sciences 51 ( 2012 ) 938 - 942
8. Шерoв, А. Б., & Юсушв, Ш. Б. (2021). Зaрубежный onbiT эффективтой oргaнизaции денежнo-кредитнoй шлитики в CTpaHe. Scientific progress, 2(1),
9. Маслов В.И. Роль образования в современном мире// Век глобализации. Выпуск №2(12)/2013
10. Шеров, А. Б., & Раджабов, Х. М. (2021). Коммерческие банки как субъект финансирования инвестиционных проектов. Scientific progress, 2(1), 889-893.
11. Кучкаров, Ш., & Шеров, А. Б. (2022). ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШДА НАТИЖАГА ЙУНАЛТИРИЛГАН БЮДЖЕТЛАШТИРИШ ИСТЩБОЛЛАРИ. CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH, 2(2), 62-67.
12. А. Б. Шеров, & Х. А. Худайкулов (2021). ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ КОММЕРЧЕСКОГО БАНКА НА МИРОВЫХ ФИНАНСОВЫХ РЫНКАХ. Scientific progress, 2 (1), 1261-1265.
13. ^о Уап Lоng "Firnnc^ higher educаtiоn in ап imperfect wоrld" Есопот^ оf Educаtiоn Review xxx (xxxx) xxx-xxx
14. Кучкаров, Ш., & Шеров, А. Б. (2022). СЕМЕЙНОЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВО И ЕГО ЭФФЕКТИВНОСТЬ. Барцарорлик ва Етакчи Тадцицотлар онлайн илмий журнали, 2(1), 154-157.
15. Bakberganovich, S. A. (2021). Ways to Increase the Efficiency of Financing Higher Education Institutions. Journal of Marketing and Emerging Economics, 1(7), 49-56. Retrieved from http://openaccessjournals.eu/index.php/jmee/article/view/883
16. Khudoykulov H.A., & Sherov A.B. (2021). DIGITAL ECONOMY DEVELOPMENT IN CORPORATE GOVERNANCE OF JOINT STOCK COMPANY. Экономика и бизнес: теория и практика, (3-2), 217-219. doi: 10.24412/2411 -0450-2021 -3-2-217-219
605-609.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
17. Шеров, А. (2017). Олий таълим муассасаларига бюджетдан ташкари маблагларни жалб этишни такомиллаштириш. "Biznes-Эксжрт", (3 (111)), 3.
18. Шеров, А. Б. (2021). ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШНИНГ АКШ ТАЖРИБАСИ. Scientific progress, 7(6), 972978.
19. Turabov, S. (2021). LEGAL BASIS OF FINANCIAL RELATIONS OF BUDGET ORGANIZATIONS IN THE IMPLEMENTATION OF PUBLIC PROCUREMENT. International Finance and Accounting, 2021(4), 3.
20. Шеров, А. Б. (2021). Олий таълим муассасаларини бюджет маблаглари хдсобидан молиялаштиришни такомиллаштириш йуллари. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 1121-1133.
21. Арсаханова, З. А. (2021). Инвестиции в высшее образование и эффективность использования бюджетных средств. Управление образованием: теория и практика, 11(5), 117-125.
22. Шеров, А. Б. (2020). Олий таълим муассасаларини молиялаштиришни такомиллаштириш йуллари" мавзусидаги иктисодиёт фанлари буйича фалсафа доктори илмий даражасини олиш учун тайёрланган докторлик диссертацияси.
23. Sh. B. Alisher (2019). Foreign experience in financing of higher educational system. Экономика и бизнес: теория и практика, (5-1), 41-43. doi: 10.24411/24110450-2019-10667
24. https://president.uz/uz/lists/view/4378
25. https : //edu.uz/uz/otm/index