Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
O'ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIK VA BAG'RIKENGLIK
Millatlar vakillarining bir mamlakat hududida yashashi, birgalikda mehnat qilishi, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o'zaro ta'sirda bo'lishi xalqlarning har jihatdan taraqqiyotini tezlashtiradi.
Adolatli milliy siyosat olib borilganida ko'p millatlilik maqsadimiz yagonaligini, taqdirimiz birligini, hamjihatlik zarurligini tushunishda yordam beradi, umuminsoniy g'oyalarning ustuvor bo'lishini, shaxsiy manfaatlarni to'g'ri anglab olishni osonlashtiradi.
Millatlararo totuvlik g'oyasi - umumbashariy qadriyat bo'lib turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy tapaqqiyotida muhim omildir. Millatlar o'rtasida mojarolarga yo'l qo'ymaslik uchun, etnik siyosatda shaxs huquqlari himoya qilinishining ustuvor bo'lishini mamlakatlararo ziddiyatlarni amaliy tarzda hal qiladigan usullar asosiy bosh yo'limiz ekanligiga, bozor munosabatlarini iqtisodiy tapaqqiyotda barcha millatlarga mansub aholining manfaatlariga mos kelishiga, har bir millat madaniyati, tili, urf-odat va an'analari, madaniy merosini rivojalantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Millatlararo totuvlik - u do'stona munosabatlar ustun bo'lgan sharoitda ijtimoiy tapaqqiyotning omili sifatida maydonga chiqadi. Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoev bu haqda shunday deydilar: "Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda. Bu borada, hech shubhasiz, xalqimizga azaldan xos bo'lgan bag'rikenglik an'analari muhim rol o'ynamoqda.
Ana shu haqiqatning tarixiy tasdig'i sifatida bir misol keltirmoqchiman. Samarqand shahrida Sohibqiron Amip Temur davrida bunyod etilgan, Doniyor payg'ambar nomi bilan ataladigan maqbara islom, xristian va yahudiylik dini vakillari tomonidan birdek e'zozlanadi.
El-yurtimiz necha asrlardan buyon bu qutlug' qadamjoni asrab-avaylab, obod qilib, unga hurmat-ehtirom ko'rsatib kelmoqda. Shu birgina misolning o'zi oliyjanoblik, ezgulik va tom ma'nodagi bag'rikenglik fazilati xalqimiz tabiati, mentaliteti asosini tashkil etishidan dalolat
Shaxlo Mirjalol qizi Mirobidova
MMT-8 guruh talabasi, TDTrU Ilmiy rahbar t.f.d., professor Nosirov Rashod Adilovich
beradi".
December 1
Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -
is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va
Shu o'rinda Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda, millati, tili va dinidan qat'i nazar, barcha fuqarolarimiz teng huquq va erkinliklarga ega ekani kafolatlab qo'yilganiga e'tibop qaratildi.
Shuningdek ularga o'z milliy madaniyati, an'ana va urf-odatlarini saqlash, har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgani ta'kidlandi.
Biz bugun amalga oshirayotgan harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo'nalishida ham millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash bo'yicha eng muhim vazifalar belgilab berilgani alohida qayd etildi.
"Yurtimizda etnik o'ziga xoslikni rivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yanada uyg'unlashtirishda 138 ta milliy madaniy markaz katta rol o'ynamoqda.
Ana shu markazlar faoliyatini yangi bosqichga ko'tarish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy do'stlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida biz yaqinda muhim bir qaror qabul qildik. Unga binoan Pespublika baynalmilal markazi negizida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi tashkil etildi.
Endigi vazifa - mazkur qo'mita oldiga qo'yilgan dolzarb masalalarni samarali hal qilish, uning faoliyatini talab darajasida tashkil etishdan iborat", - dedi Sh.Mirziyoev.
O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoev bu fikrlarni yanada chuqurlashtirib, ko'p millatlilik bizning bebaho boyligimiz ekanligini, hamma narsa undan foydalanishda ekanligini qayta qayta ta'kidlaydilar.
Jahon keng, dunyoda mamlakat ko'p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O'zbekistonimiz yakkayu yagona. O'zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning betakror tabiati, boy tarixi, zahmatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzanlaridek yashashlarida namoyon bo'lmoqda. Bunday ahillik do'stlik va hamkorlik o'zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega. Bu asoslar mamlakatimiz Konstitutsiyasida ham mustahkamlab qo'yilgan. Xususan, uning 18-moddasida: "Barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdir", degan qoida mustahkamlab qo'yilgan.
Milliy munosabatlarga ziyraklik va noziklik bilan yondashmaslik umummilliy tamoyillarga biroz e'tibopsizlik ham tinchlik va barqarorlikka salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Sh.Mirziyoevning ta'kidlashlaricha: "Ayni chog'da insoniyat tarixida buning aksini, ya'ni ko'p elatli davlatlardagi millatlararo munosabatlarda uyg'unlikning yo'qligi, butun xalqlar
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
va mamlakatlarni ancha orqaga uloqtirb tashlagan ijtimoiy siyosiy falokatlarga olib borganini ko'rsatuvchi misollar ham oz emas. Zero, ko'p elatlilik nafaqat ayrim mamlakatlarning, balki butun mintaralarning ham ichki siyosiy barqarorligi va milliy xavfsizligiga putur etkazuvchi bosh omilga aylangan".
Har bir millat o'z milliy madaniy urfodatlari, an'analari, tiliga, konstitutsiyaviy huquqiy tenglikka ega. O'zbekistonda bugungi kunda 100 dan ortiq milliy madaniy markaz faoliyat ko'rsatmoqda. Shu yo'nalishda markazlar tuzish bo'yicha 15 ta tashabbuskor guruh ish olib bormoqda. O'zbekistonda barcha millat vakillariga teng huquqli munosabat davlat qonuni bilan mustahkamlangan. Buning natijasida maktablarimizda 9 ta milliy tilda o'qitish ishlari, 20 tilda ommaviy axborot nashrlari faoliyat ko'rsatayotganligidan ko'rinmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O'zbekiston Pespublikasi o'tkazilayotgan milliy siyosatning eng muhim ustuvor yo'nalishi barcha millatlarning ravnaqi uchun tinch sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirishdan iborat. Bu sohada keyingi yillardagi eng katta yutug'imiz umumiy uyimizdagi tinchlik va barqarorlik millatlararo va fuqarolararo totuvlikdir. Odamlarimiz ongida ana shu qadriyat va uning o'zgarmas ahamiyati tushunchasi kun say in oshib borayotganligidir deyish mumkin.
REFERENCES
1. Xalq so'zi gazetasi.
2. Nosirov, R. A. (2021). EDUCATIONAL PROBLEMS IN THE HISTORY OF CENTRAL ASIA. Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(04), 8285.
3. Дадашева, А. А. (2022). УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ-КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОХРТЛАР ДАВР ТАЛАБИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 288-291.
4. Dadasheva, A. A. (2022). PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 4(01), 16-19.
5. Sanakulov, A., Rakhmonov, D., & Nazarova, N. (2020). Social Service Technologies and Mechanisms of its Implementations. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(3), 14192-14198.
6. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ТРАНСПОРТНОГО СООБЩЕНИЯ НА
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
ТЕРРИТОРИИ СРЕДНЕЙ АЗИИ. Научный журнал, (1 (56)), 17-19.
7. Умарова, Р., Журабоев, Н. Ю., Собирова, С. Т., Темирова, С. В., & Рахимова, М. И. (2022). ИНСОННИНГ ТАБИИЙ ^У^У^И ВА УНИНГ МАФКУРАСИ ТАХЛИЛИ. Uzbek Scholar Journal, 9, 125-127.
8. Temirova, S. V. (2022). IMPROVING THE SOCIAL AND PROFESSIONAL STRUCTURE OF YOUNG EMPLOYEES. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 920-925.
9. Abdinazarovich, R. D., Anarbaevich, P. K., & Ikromovich, T. A. (2022). Scientific Development in New Uzbekistan: Results and Prospects. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION,, 2(1), 76-82.
10. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). Педагогическое наследие мыслителей Средней Азии. Достижения науки и образования, (2 (74)), 4-5.
11. Назарова, Н. Ж. (2022). ЁШЛАРДАГИ РАКрБАТБАРДОШЛИК СИФАТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ДАМКОРЛИК. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 570-575.
12. Насыров, Р. А. (1994). Социальное развитие села Узбекистана (1965-1985
13. Samarov, R. S., & Rakhmonov, D. A. (2016). Social work activity in providing the life of the society (functional-structural analysis). Theoretical & Applied Science,
14. Носиров, Р. А., & Исмаилова, Ш. Б. К. (2022). СТРАТЕГИЧЕСКАЯ ЦЕННОСТЬ ОБРАЗОВАНИЯ ДЛЯ РАЗВИТИЯ НАУКИ И ПОДГОТОВКИ ПЕРСПЕКТИВНОГО КАДРОВОГО ПОТЕНЦИАЛА. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 309-311.
15. Рахмонов, Д. А. (2017). THE SOCIAL-CULTURAL PECULIARITIES OF SOCIAL WORK (IN THE MODEL OF SERVICING OLDER PEOPLE). Theoretical & Applied Science, (11), 285-288.
гг.).
(7), 14-16.
December 1