Tashkent State University of Economics
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:
O'ZBEKISTONDA IQTISODIY O'SISHNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
X. Yo'ldashov
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti IBI 61 guruh talabasi
Sanjarbek Shoyimov
Ilmiy rahbar, "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng, o'sha davrlarda davlatning iqtisodiy ko'rsatkichi pastga tushib ketgan edi. Lekin hozirgi davrga nazar tashlaydigan bo'lsak, iqtisodiy o'sish ko'rsatkichimiz normal holatda, ya'ni yaxshi tarafda ham emas, yomon tarafda ham emas, qisqacha qilib aytganda, iqtisodiy ko'rsatkichimiz bugungi kunda, iqtisodiy o'sish ko'rsatkichi past bo'lgan davlatlarga qaraganda bizning ko'rsatkichimiz yaxshiroq, lekin bu ko'rsatkichimiz bilan biz rivojlangan mamlakatlar bilan raqobatlasha yoki bellasha olmaymiz. Demak, bu mavzuni o'rganishimizdan maqsad, bu statistikani bilishimizdan maqsad, rivojlangan davlatlar ro'yxatiga O'zbekiston davlati nomini ham kirgazish va shu bilan bir qatorda bu davlatni rivojlantirish, iqtisodiy ko'rsatkichini bilgandan so'ng, bu ko'rsatkichni oshirishga qaratilgan ko'plab chora tadbirlarni amalga oshirish lozim. Avvalambor biz iqtisodiy o'sish nima ekanligini bilib olamiz, so'ngra O'zbekistonda bu iqtisodiy o'sish ko'rsatkichini bir necha bosqichlarini ko'rib o'tamiz.
Iqtisodiy o'sish, milliy ishlab chiqarish natijalari mutloq hajmining, aholi jon boshi va iqtisodiy resurs birligi hisobiga ko'payishi hamda sifat tarkibining takomillashuvidir. Iqtisodiy o'sihning ikta mezoni mavjud. O'zi iqtisodiy o'sish mezoni nima? Iqtisodiy o'sish mezoni, iqtisodiy o'sishni nisbatan to'liq darajada baholash imkonini beradigan ko'rsatkich hisoblanadi. Demak, uning ikki turi borligini bildik, bular: makro darajada va mikro darajada iqtisodiy o'sish mezonlari.
Yalpi milliy mahsulot - (yalpi ichki mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad) ning o'sish sur'ati. Mikro darajada iqtisodiy o'sish mezoni ham bor. Bunda, korxona (firma) yalpi mahsuloti (yalpi daromadi, foydasi) ning o'sish sur'ati tushuniladi.
Iqtisodiy o'sishning bir qancha turlari ham mavjud. Ular:
S Vaqt bo'yicha yoki davrli iqtisodiy o'sish;
S Xududlar darajasida iqtisodiy o'sish;
S Tarmoqlar va sohalar bo'yicha iqtisodiy o'sish;
S Takror ishlab chiqarish bosqichlari bo'yicha iqtisodiy o'sish;
S Innovatsion iqtisodiy o'sish;
S Ustuvor ekstensiv va ustuvor intensive iqtisodiy o'sish;
411
17-aprel, 2024
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
Biz bu mavzuda O'zbekistonda iqtisodiy o'sishning rivojlanish bosqichlarini vaqt bo'yicha yoki davrli iqtisodiy o'sish turida ko'rib chiqamiz. O'zbekistonda iqtisodiy o'sishning rivojlanish bosqichlari uch bosqichda amalga oshirilmoqda.
1. O'sish ro'y bergan dastlabki davr (jonlantiruvchi o'sish). 1996-2000 yillar
2. Yalpi ichki mahsulot hajmini mustaqillikdan oldingi 1990-yil darajasiga yetkazish, iqtisodiy o'sishni qayta tiklash davri. 2001-2003 yillar
3. Barqaror iqtisodiy rivojlanish davri. 2004 yil va hozirgi yillar
Bu bosqichlarni statistik ma'lumotlar bilan birgalikda birma-bir ko'rib chiqamiz.
1991-1995 yillar (pasayish yillari) Tepadagi ko'rsatilgan rasmda iqtisodiy o'sish ko'rsatkichimiz 1995-yilda, 1991-yilga nisbatan, 0,4 % ga pasayganligi, mustaqillikdan avvalgi ko'rsat-kichimizga qaraganda, 0,9 % ga pasayganligi ko'rsatilgan, ya'ni ko'plab mamlakat- lar singari, bizham SSSR qaramligidan chiqqanimiz va mustaqil bo'lganimiz bizning iqtisodiyotimizga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Bizning iqtisodiyotimiz avvaliga pastga tushib ketdi. Bu rasm ham huddi shu gapimga isbot tariqasida keltirildi.
1996-2003 yillar (barqarorlashtirish yillari)
17-aprel,2024
412
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
Bu rasmda, asta-sekin rivojlanishimiz, ya'ni mustaqillikdan avvalgi davrdagi ko'rsatkichga qaytish va undan yuqoriga qarab siljishi foizlarda ko'rsatilgan. Bu esa nimani ifoda etadi? Bu bosqichda 1996-yildan boshlab, O'zbekiston davlati jonlantiruvchi bosqichni bosib o'tdi, ya'ni bu bosqichda asta-sekinlik bilan iqtisodiy o'sishning rivojlanishini ko'rishimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasi 1996-yildan 2003-yilga qadar barqarorlashtirishni amalga oshirdi. Bu esa, keying yillardagi iqtisodiy o'sishning katta ko'rsatkichlarga aylanishiga dastlabki qadam bo'ldi. Butun bir davlatning iqtisodiy o'sishini 1 % ga oshirish ham aslida katta masala hisoblanadi. Kerak bo'lsa, ko'rsatkichni oshirmasdan va pastga tushirmasdan ushlab turishning o'zi ham bir mahoratdir. Shunday ekan, biz bu ko'rsatkichdan qoniqarli darajada xulosa chiqarishimiz lozim.
110
108 107,4
106
104
109,5
109,0
107,0
107,5
2004-2008 yillar (yuqori o'sish sur'atlari ta'minlangan yillar)
100
2004h. 2005ii. 2006ii. 2007«.
2008ii.
ff'imi.iii yunpiiniii
Bu rasmdan bizga ma'lum bo'ldiki, O'zbekiston Respublikasi 2004-2008 yillar mobaynida iqtisodiy o'sish sur'atini 1990-yilga nisbatan 9,0 % ga oshirganligi vas hu bilan bir qatorda yuqori o'sish sur'atlarini qayd etgani taqsinga sazovor ish desak, mubolag'a bo'lmaydi.
413
17-aprel,2024
Tashkent State University of Economics
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:
Bu rasmda, shuni ko'ryapmizki, davlat 2009-2015-yillar mobaynida deyarli o'zgarmasdan 108,0 % lar atrofida harakatlangan. Bu yaxshi ko'rsatkich emas, chunki davlat bu yillarda rivojlanmagan desak ham bo'ladi. Nir xil turg'unlik davrini bosib o'tgan. Bu bir xillik davlat iqtisodiyotini kelajakdagi rolini baholashga xizmat qiladi. Ya'ni rivojlanmasdan bir xil ko'rsatkichni ushlab turish kelajakda pasayishga olib kelishi mumkin. Qolgan yillardagi ko'rsatkichlar ham huddi shu ko'rsatkich-larga o'xshash bo'lganligi tufayli ularni ko'rsatmadim. Ya'ni 2024 yildagi ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda 2024-yilda iqtisodiy o'sish 5,7 dan 5,2 foizgacha sekinlashishi, inflyatsiya esa energiya tariflari oshishi hisobiga 11 foizgacha tezlashishi kutilmoqda. Qat'iy pul-kredit siyosatini davom ettirish, budjet xarajat va daromadlarini sezilarli darajada optimallashtirish zarurligi qayd etildi. "O'zbekiston iqtisodiyoti 2023-yilda 6 foizga o'sib, 1,07 kvadrillion so'mni (90,8 milliard dollarga yaqin) tashkil etdi. Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 28,98 million so'mga (2468 dollar) o'sdi", deya xabar bermoqda Statistika agentligi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O'zbekiston iqtisodiy o'sish sur'atlari o'rtachadan pastd darajani tashkil etadi, ya'ni davlatdan oldinda juda ko'p rivojlangan mamlakatlar turibdi, Kelajakda mamlakatimiz ham boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kirishiga ishonaman.
REFERENCES
1. O'zbekiston - 2030 strategiyasi. PF-158-son. 2023-yil 11-sentabr.
2.Allayarov Sh. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Iqtisodiyot Nazariyasi". dars ishlanmasi. Iqtisod-moliya. 2022.
3. B.Xodjayev, B.Shodiyev "Iqtisod nazariyasi" T.: 2011. - 600 b.
414
17-aprel, 2024