Научная статья на тему 'OʼZBEKISTONDА HАSHАROTLАRNI OʼRGАNILISH TАRIXI VА HOZIRGI HOLАTI, MUАMMOLАR, YECHIMLАR'

OʼZBEKISTONDА HАSHАROTLАRNI OʼRGАNILISH TАRIXI VА HOZIRGI HOLАTI, MUАMMOLАR, YECHIMLАR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hasharotlar / fitofag / zararkunanda / entomofaglar / oʼrganilish davrlari / hasharotlar turini aniqlashdagi muammolar va zamonaviy yechimlar. / Insects / phytophagous / pest / entomophages / scientists / study periods / problems and modern solutions in identifying the type of insects.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xoliqnazarov B. O., Haydarkulova G. А.

Maqolada Oʼzbekistonda hasharotlarning oʼrganilish tarixi, hasharotlarning turini aniqlashda yuzaga kelayotgan muammolar bayon etilgan. Oʼzbekiston entomofaunasining dastlabki oʼrganilish davrlari va taraqqiyoti, mustaqillik yillaridagi entomologik tadqiqotlarning taraqqiy etishi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY AND CURRENT STATUS OF INSECT STUDY IN UZBEKISTAN, PROBLEMS, SOLUTIONS

The article describes the history of the study of insects in Uzbekistan,the problems that arise in determining the type of insect,the initial study period of the entomofauna of Uzbekistan, agricultural entomology, scientific study and development in Uzbekistan,the progress of entomological research in the years of independence.

Текст научной работы на тему «OʼZBEKISTONDА HАSHАROTLАRNI OʼRGАNILISH TАRIXI VА HOZIRGI HOLАTI, MUАMMOLАR, YECHIMLАR»

Xoliqnazarov B. O.

Termiz davlatpedagogika instituti b.f.n.dots.

Haydarkulova G.A.

Termiz davlat pedagogika instituti magistri

O'ZBEKISTONDA HASHAROTLARNI O'RGANILISH TARIXI VA HOZIRGI HOLATI, MUAMMOLAR, YECHIMLAR

Annotatsiya: Maqolada O'zbekistonda hasharotlarning o 'rganilish tarixi, hasharotlarning turini aniqlashda yuzaga kelayotgan muammolar bayon etilgan. O'zbekiston entomofaunasining dastlabki o'rganilish davrlari va taraqqiyoti, mustaqillikyillaridagi entomologik tadqiqotlarning taraqqiy etishi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: hasharotlar, fitofag, zararkunanda, entomofaglar, o'rganilish davrlari, hasharotlar turini aniqlashdagi muammolar va zamonaviy yechimlar.

Xoliqnazarov B. O.

Termez State Pedagogical Institute

dotsent Termiz, Uzbekistan Haydarkulova G.A.

Master of Termez state pedagogical institute

HISTORY AND CURRENT STATUS OF INSECT STUDY IN UZBEKISTAN, PROBLEMS, SOLUTIONS

Annotation: The article describes the history of the study of insects in Uzbekistan,theproblems that arise in determining the type of insect,the initial study period of the entomofauna of Uzbekistan, agricultural entomology, scientific study and development in Uzbekistan,the progress of entomological research in the years of independence.

Key words: Insects,phytophagous, pest, entomophages, scientists,study periods, problems and modern solutions in identifying the type of insects.

Hozirgi global iqtisodiyot sharoitida jahonda aholi soni ortib borishi bilan oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoj oshib bormoqda va bu O'zbekistonni ham chetlab o'tgani yo'q. Shuning uchun yetishtirilayotgan qishloq xo'jalik ekinlari hosiliga va sifatiga alohida e'tibor berishni talab etmoqda. Bulardan kelib chiqib qishloq xo'jaligi ekinlariga va ularning hosiliga zarar yetkazadigan hasharotlarning turlar tarkibini, tashqi va ichki tuzilishi, tanasining mutanosib shakllanganligi, yashash tarzi, tashqi muhit bilan munosabati, zararli va foydali tomonlarini o'rganishni taqozo etmoqda.

Jahonda hasharotlarni ilmiy asosda o'rganish 1667-yilda T.Redi tajribalaridan boshlangan. Italiyalik olim I.Malpigi (1668) hasharotlar anatomiyasini o'rgangan. Hasharotlarni ilmiy asosda o'rganish O'zbekistonda

'^KOHOMHKa h ^HyMM №11(126)-2 2024

www.iupr.ru

499

XIX asrning 30-yillariga to'g'ri keladi va F.Gebler hamda E.Reyterlarning (1931) ilmiy asarlarida uchraydi. Zararkunanda hasharotlar ta'sirida ekinlar hosildorligi 10%-40% gacha kamayishi bu asarlarda qayd etilgan. O'zbekistonda hasharotlarni ilmiy asosda o'rganishni A.P.Fedchenko, V.F.Oshanin (1911) boshlab bergan. Toshkentda birinchi ilmiy entomologik stantsiya 1911-yilda ochilgan (hozirgi O'zbekiston o'simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti). A.P.Fedchenko boshchiligida Turkiston faunasini o'rganish bo'yicha 1868-1871-yillardagi ekspeditsiyaning ilmiy xulosalari ham sohadagi tadqiqotlarning tamal toshi bo'ldi. Mintaqada zararli va foydali bo'g'imoyoqli hayvonlarni o'rganishni V.V.Yaxontov rejali tarzda boshladi.

XX asr ikkinchi yarmida hasharotlarning o'rganilishi

I.I.Lindt (1964) mevali bog'larda yashovchi tangachaqanotlilar turkumi vakillarining tarqalishi, biologiyasini tadqiq etib, rivojlanish xususiyatlarini o'rgangan. V.G.Kovalevskiy (1969) sitrus mevali daraxtlar zararkunadalarining biologiyasi va qarshi kurash choralari haqida ma'lumotlar keltirgan.O.P.Kulkovning (1986) "O'zbekistonning subtropik mevali ekinlari" asarida O'zbekiston anor butasida uchraydigan zararkunandalar va anor mevaxo'ri haqida ma'lumotlar keltirilgan. V.V.Yaxontov (1962) tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar esa, ham amaliy, ham nazariy ahamiyatga ega bo'lib, ko'plab zararkunanda hasharotlarni, jumladan anor butasida zararkunandalik qiladigan hasharotlarni o'rganish va qarshi kurash usullariga bag'ishlangan. Olimning ta'kidlashicha, anorning birlamchi zararkunandalaridan komstok qurti hisoblanib, u birinchi marta Toshkentda va uning atrofida topilgan. Komstok qurtining zararidan novdalar qing'ir - qiyshiq bo'lib, barglar sarg'ayadi va qurib qoladi. Komstok qurti anordan tashqari, shaftoli, katalpa, tutga shuningdek, makkajo'xori, kartoshka, sabzi, lavlagi, karam, pomidor, qovoq, tarvuz va boshqa o'simliklarga zarar yetkazadi. V.I. Piskunov tomonidan Gelechiidae oilasi vakillarining mevalariga keltiradigan zarari ilmiy asosda o'rganilgan. S.M.Pospelov, M.V.Arsenevalarning "O'simliklarni himoya qilish" asarida komstok qurtining biologiyasi va ekologiyasga oid hamda komstok qurtining dunyoning ko'p mamlakatlarida (Kavkazorti, Markaziy Osiyo va Qozog'istonda) uchrashi haqida ma'lumotlar keltirilgan. V.V.Pashchenko, K.B.Pashchenkolarning fikrlariga ko'ra, komstok qurti polifag zararkunandadir, 300 xil o'simlik turida yashashi, u anorning gulkosalariga o'rnashib olib, o'sha yerga tuxum qo'yishi, natijada anor mevalari ifloslanib sifatsiz bo'lib qolishi qayd etilgan. O.P.Kulkovning (1986) "O'zbekistonning subtropik mevali ekinlari" asarida O'zbekistonda anor butasida uchraydigan zararkunandalar va anor mevaxo'ri haqida ham ma'lumotlar bayon etilgan.

O'zbekistonda Mustaqillik yillarida hasharotlarning o'rganilishi.

Qayd etish lozimki, O'zbekiston olimlari tomonidan qishloq xo'jaligi ekinlarining zararkunanda va foydali hasharotlarini fundamental va amaliy tadqiq etish borasida erishilgan natijalar ko'p jihatdan e'tirofga molikdir (M.I.Kosobutskiy, V.V.Yaxontov, Sh.T.Xo'jaev, G.Sh.Shomuratov, I.K.Maxnovskiy va b.). Jumladan, S.Alimuxamedov va Sh.Xo'jaevlar

'^KOHOMHKa h соцнумм №11(126)-2 2024

www.iupr.ru

500

O'zbekistonda qishloq xo'jaligining rivojlanishiga munosib hissa qo'shdilar. Mualliflar zararkunanda hasharotlarning tez ko'payishiga yo'l qo'ymaydigan tejamkor agrotexnik tadbirlar ishlab chiqishga muvaffaq bo'ldilar. Har xil asosiy ekinlar zararkunandalarining sistematik holati va turli sharoitda zarar yetkazish darajasi aniqlab berildi. Hozirgi vaqtda O'zbekiston o'simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti mavjud bo'lib, unda qishloq xo'jaligi entomologiyasining barcha yo'nalishlarida ilmiy izlanishlar olib boriladi. Xususan, bu institut bilan hamkorlikda va Toshkent Agrar Universiteti bilan Surxondaryoda A.F.Xaytmurodov asosiy qishloq xo'jaligi ekinlari parazit va zararkunanda hasharotlarini o'rganib, "Qishloq xo'jaligi entomologiyasi" nomli darslik yozgan. Shuningdek, issiqxona zararkunandalarini o'rganish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.

Hozirgi vaqtda hasharotlarni o'rganishda yuzaga kelayotgan

muammolar.

Dunyo miqiyosida kechayotgan iqlim o'zgarishlari, tuproqlar degradatsiyasi, cho'llanish, urbanizatsiya jarayonlari, antropogen omillarning haddan ortiq ta'siri foydali hasharotlarning tarqalishiga salbiy ta'sir etmoqda va qirilib ketishiga sabab bo'lmoqda. Hasharot turlarining yetarlicha aniqlanmaganligi, aniqlanish usullarining to'liqroq ishlab chiqilmaganligi ham hasharotlarni o'rganishda muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ilmiy manbalarning tahlili shuni ko'rsatadiki, xorijiy mamlakatlar va respublikamizda hasharotlarni o'rganishga oid tadqiqotlarning ayrimlari mavjud bo'lib, biroq hududlarda foydalaniladigan yagona tadqiqot usullari Hozircha ishlab chiqilmagan. Bu agroekotizimlarda tarqalgan hasharotlarning turlar tarkibi, asosiy turlarning bioekologiyasini o'rganish, trofik aloqalarini tahlil etish hamda zararkunanda turlarga qarshi ilmiy asoslangan kurash chora-tadbirlarini takomillashtirishga doir keng ko'lamli izlanishlar olib borishni taqozo etadi.

XULOSA.

Buning yechimi sifatida jahonda va bir qator rivojlangan davlatlarda molekulyar biologik usullar asosida hasharotlarning turlarini aniqlashmoqda. Buning uchun hasharotlarni aniqlashda asos bo'ladigan markerlarni aniqlash, ularni ajratib olish va turlarni aniqlashni yo'lga qo'yish asosiy muammo hisoblanadi. Tabiatda hasharotlar keng tarqalishiga asosiy sabab bo'ladigan namlik, yorug'lik va boshqa ekologik omillar kengroq o'rganish va undan parazit va zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda foydalanish ham muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Оллобердиев С.Ш. Г. распространность гранатовой огневки-плодожорки и поврежденность растений ееу в условиях Миль-Карабахской зоны. // Актуалнью вопросы 3am,rnbi селськоьхозяйственных культур от вредителей, болезней и сорняков в Азербайжанской Республике. - Баку. -1991.-S. 116-120ст.

2. Ахмедов M.X. (Homoptera, Aphidinea, Aphididae) аридногорных зон Средние Азии (ekologiya, faunogenez, taksonomiya).: Автореф. доктор. биол. наук. -T. 1995. 45 ст.

3. Davletshina A.G. Три рода Aphis L. фауны Узбекистана. -: Наука, 1964. -134 ст.

4. Kapizova, D. R., Zokirov, I. I., Zokirov, K., & Sobirov, O. T. (2020). Sharqiy Farg'ona sharoitidagi dendrofil koktsidlar entomofaglarining bioekologik xususiyatlari. ADU. Ilmiy xabarnoma.- (8), 52s.

5. Пискунов В.И. Сем. Гледичиидае BbieM4aroKpbLnbie мoли. - Определитель насекомых европеское части СССР. Чешуекрилние. - L.: Наука, 1981.-t. 4, . 2.-С. 659-748ст.

6.A.F.Xayitmuradov "Qishloq xo'jaligi Entomologiyasi "Fan ziyosi" nashryoti 3-7-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.