Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK MASALALARI – QON VA TUPROQ HUQUQI'

O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK MASALALARI – QON VA TUPROQ HUQUQI Текст научной статьи по специальности «Прочие медицинские науки»

CC BY
198
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Konstitutsiya / fuqarolik / qon huquqi / tuproq huquqi / yagona fuqarolik / jamiyat / inson huquqlari.

Аннотация научной статьи по прочим медицинским наукам, автор научной работы — Solieva H.M., Inombekova A.I.

Mazkur maqolada O’zbekistohda fuqarolik masalalari, yagona fuqarolik va uning huquqiy asoslari, fuqarolikka ega bo’lishda qon va tuproq huquqining qo’llanilishi, shaxsning huquqiy holatini aniqlashda fuqarolikning ahamiyati tahlil etilgan. Shuningdek O’zbekistonda fuqarolikka ega bo’lishning huquqiy asoslari haqida tahliliy fikrlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK MASALALARI – QON VA TUPROQ HUQUQI»

Solieva H.M.

Andijon viloyatyuridik texnikumi mutaxasislik fani o 'qituvchisi 3-darajali yurist

Inombekova A.I.

Andijon viloyat yuridik texnikumi Davlat huquqiy faliyatyo'nalishi 2-bosqich o'quvchisi

O'ZBEKISTONDA FUQAROLIK MASALALARI - QON VA TUPROQ

HUQUQI

Annotatsiya. Mazkur maqolada O 'zbekistohda fuqarolik masalalari, yagona fuqarolik va uning huquqiy asoslari, fuqarolikka ega bo'lishda qon va tuproq huquqining qo'llanilishi, shaxsning huquqiy holatini aniqlashda fuqarolikning ahamiyati tahlil etilgan. Shuningdek O'zbekistondafuqarolikka ega bo'lishning huquqiy asoslari haqida tahliliy fikrlar berilgan.

Kalit so'zlar: Konstitutsiya, fuqarolik, qon huquqi, tuproq huquqi, yagona fuqarolik, jamiyat, inson huquqlari.

Solieva H.M. specialist subject teacher 3rd level lawyer Andijan regional law school Inombekova A.I. Andijan regional law school second course student State Legal Activity

CIVIL ISSUES IN UZBEKISTAN - BLOOD AND LAND RIGHTS

Annotation. This article analyzes the issues of citizenship in Uzbekistan, single citizenship and its legal basis, the application of the right of blood and soil in obtaining citizenship, the importance of citizenship in determining the legal status of a person. Also, the legal basis of obtaining citizenship in Uzbekistan Analytical opinions are given.

Key words: Constitution, citizenship, right of blood, right to land, single citizenship, society, human rights.

Shaxsning huquqiy holatini aniqlashda fuqarolik muhim omil ekanligi e'tirof etilgan qoida.

Har qanday mamlakatda, jumladan, O'zbekistonda yashovchi aholining asosiy qismi O'zbekiston fuqarolaridan iborat bo'lib, aholining ma'lum qismi O'zbekiston fuqarosi bo'lmasligi mumkin. Ular O'zbekistonda turli sabablar

bilan yashayotgan, ishlayotgan, o'qiyotgan, safarga kelgan, xorijiy mamlakatlar fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bo'lishi mumkin.

Shaxs ma'lum davlatga mansub bo'lsagina u fuqaro hisoblanadi. Bu tegishli hujjatlar orqali rasmiylashtiriladi.

1948 yilda BMT tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari to'g'risidagi Umumjahon Deklaratsiyasiga binoan, har bir kishi tabiiy, ajralmas, daxlsiz huquq va erkinliklarga egadir. Barcha davlat idoralari inson huquqlari va erkinliklarini oliy ijtimoiy qadriyatlari, deb bilib, ularni ta'minlashga va muhofaza qilishga majburdirlar.

Fuqarolik - Konstitutsiyaviy institut. Uning asoslari Konstitutsiyada belgilangan.

Konstitutsiyaning VI bobi "Fuqarolik" deb nomlangan. O'zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o'rnatiladi.

O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo'lganlikdan qat'i nazar, hamma uchun tengdir.

Qoraqalpog'iston Respublikasining fuqarosi, ayni vaqtda, O'zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi" [1].

Shu moddada fuqarolikka ega bo'lish va uni yo'qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi, deb ko'rsatilgan. SHunga asosan, O'zbekistonda fuqarolik masalalari 2020 yil 13 martda yangi tahrirda qabul qilingan"O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida"gi qonun41bilan tartibga solinadi. Qonunning 4-moddasida fuqarolikning huquqiy tushunchasi berilgan bo'lib, unga asosan, O'zbekiston Respublikasida fuqarolik shaxsning davlat bilan o'zaro huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yig'indisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini e'tirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi. [2]

O'zbekistonda yakka fuqarolik o'rnatilgan, yakka fuqarolikning siyosiy ahamiyati ham katta. Fuqarolik shaxs bilan davlat o'rtasida siyosiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Fuqarolik natijasida shaxs ma 'lum huquq va erkinliklarga ega bo'libgina qolmay, ma'lum burchlarga ham ega bo'ladi. Natijada, shaxsning davlat oldidagi mas'uliyati oshadi.

Ma'lum mamlakatlarda yashovchi hamma kishilar, albatta, fuqaro deb qaralmasligi kerak, mamlakatda yashovchilar aholi bo'lishi mumkin. Aholi tarkibiga fuqaroligi bo'lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolari ham kiradi. Ularning huquqiy holatida sezilarli tafovutlar mavjud. Shaxsning ma'lum davlatda yashashining o'zigina uni fuqaro deb hisoblashga asos bo'lmaydi, shaxs fuqaro bo'lishi uchun shaxs bilan davlat o'rtasida alohida munosabatlar mavjud bo'lishi kerak. Fuqarolik davlat bilan shaxs munosabatlarining alohida tartibda amalga oshishini ta'minlaydi. Umumiy asosda davlat qonun yo'li bilan kim shu davlatning fuqarosi hisoblanishini, fuqarolikka ega bo'lish, uni yo'qotish asoslari

41 Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 14.03.2020 y., 03/20/610/0299-son

va tartibini belgilab qo'yadi. Har bir shaxsning fuqaroligi alohida hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. O'zbekistonda bunday hujjat shaxslarning pasporti,identifikatsiyalovchi kartasidir. Fuqarolik shaxs bilan davlatning barqaror munosabatlarini vujudga keltiradi.

Fuqaro va davlat munosabatlarini belgilashda xalqaro huquq normalari ham e'tirof etiladi. O'zbekistonda fuqarolikni quyidagicha xarakterlash mumkin.

O'zbekistonda yakka fuqarolik e'tirof etilgan. Konstitutsiya va qonunda bu mustahkamlangan. O'zbekiston fuqarolari O'zbekiston fuqaroligidan chiqmasdan turib, boshqa mamlakatlarning fuqaroligini qabul qilishi mumkin emas va aksincha.

O'zbekistonda fuqarolik tenglikka asoslangan, ya'ni fuqarolikka ega bo'lish qanday asoslarda bo'lmasin (tug'ilish bilan bo'ladimi, keyinchalik fuqarolikka o'tganmi) ular hamma sohada tengdir.

O'zbekistonda fuqarolikka ega bo'lish ochiq va erkinlikka asoslanadi. YA'ni O'zbekiston fuqaroligiga ega bo'lish uchun ortiqcha cheklovlar o'rnatilmagan. Fuqarolik to'g'risidagi Qonun, mamlakatda yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning borgan sari kamayishini nazarda tutadi.

Qonunning 6-moddasida 1995 yil 1 yanvarga qadar O'zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelib doimiy propiskadan o'tgan, xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilmagan va ushbu qonun kuchga kirgan sanaga qadar O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi asosida istiqomat qilgan shaxs istak bildirgan taqdirda, ushbu qonun bilan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi, deb belgilandi.

Hech kim o'z qarashlariga ko'ra fuqarolikdan majburiy ravishda chiqarilishi mumkin emasligining o'rgatilishi fuqarolikning muhim prinsiplaridan biridir. Fuqarolikdan qarashlari, fikrlashiga qarab majburiy chiqarish Sovet tuzumida tez-tez qo'llaniladigan hodisa edi. Bu xalqaro hujjatlarga mutlaqo ziddir. Chunki ularda fuqarolikdan majburiy chiqarish ko'zda tutilmagan.

O'zbekiston fuqarolari mamlakat tashqarisida yashayotgan vaqtlarida ularning manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinadi. Chet mamlakatlarda ham ular davlat homiyligida bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi, u qanday asoslarda olinganligidan qat'i nazar, hamma uchun tenglikni kafolatlaydi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdir.

Konstitutsiyaga asosan, Qoraqalpog'iston Respublikasining fuqarosi, ayni vaqtda, O'zbekiston fuqarosi hisoblanadi. Ular O'zbekiston fuqaroligini olish uchun hech qanday harakat sodir etmaydi.

Bulardan kelib chiqib, O'zbekistonda fuqarolik quyidagi prinsiplarga tayanadi, deyish mumkin:

- yagona fuqarolik, ya'ni ikki va ko'p fuqarolik tan olinmaydi;

- fuqarolikda tenglik prinsipi mavjud;

- fuqarolikka ega bo'lish, fuqarolikdan chiqish ixtiyoriylikka asoslanadi;

- fuqarolikdan majburiy chiqarishga yo'l qo'yilmaydi;

- O'zbekiston fuqarolari huquqlari, erkinliklari, manfaati mamlakat tashqarisida ham davlat tomonidan himoya qilinadi.

Fuqarolikka ega bo 'lish

Fuqarolik konstitutsiyaviy-huquqiy institutlardan hisoblanadi. Konstitutsiyada fuqarolik asoslari belgilangan bo'lib, fuqarolikka ega bo'lish, uni yo'qotish qonun bilan tartibga solinishi belgilangan.

Qonunning 5-moddasiga asosan, quyidagilar O'zbekiston Respublikasining fuqarolari hisoblanadi:

a) 1992 yil 28 iyul holatiga ko'ra O'zbekiston Respublikasida doimiy yashagan, chet davlat fuqarosi bo'lmagan va O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lish istagini bildirgan shaxs;

b) O'zbekiston hududida yashagan va 1992 yil 28 iyulga qadar o'qish uchun O'zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda ta'lim olgan yoxud harbiy xizmatni o'tagan va o'qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin bir yil ichida O'zbekistonga qaytib kelgan hamda O'zbekiston Respublikasida doimiy propiskadan o'tgan shaxs, basharti uning chet davlat fuqaroligi mavjud bo'lmasa;

v) ushbu Qonun kuchga kirgan kunda O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo'lgan shaxs;

g) ushbu Qonunga muvofiq O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxs.

Demak, shaxsni O'zbekiston fuqarosi hisoblash uchun qonun kuchga kirganda shaxslar O'zbekiston hududida doimiy yashayotgan bo'lishi; boshqa davlatlarning fuqarosi bo'lmasligi; O'zbekiston fuqarosi bo'lis h istagini bildirgan bo'lishi; ma'lum sabablar bilan shu davrda boshqa davlatlar hududida yashayotgan bo'lsa ham, lekin O'zbekistonda tug'ilgan bo'lsa yoki doimiy yashaganligini isbot qilsa, boshqa davlatlarning fuqarosi bo'lmasligi; qonun kuchga kirgandan so'ng bir yil ichida O'zbekiston fuqarosi bo'lish istagini bildirishi asosiy shart hisoblanadi.

Ushbu qonunning 13-moddasiga asosan fuqarolik quyidagi asoslarda olinadi:

O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi:

1. tug'ilganlik bo'yicha;

2. bola farzandlikka olinganda;

3. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash natijasida.

O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra ham olinishi mumkin. Ota-onalarning fuqaroligi o'zgarib, ularning har ikkalasi O'zbekiston fuqaroligiga o'tganida ularning 14 yoshga to'lmagan bolalari ham O'zbekiston fuqaroligiga o'tadi.

Tug'ilganlik bo'yicha fuqarolikka ega bo'lish qon huquqi va tuproq huquqi prinsiplariga asoslanadi.Qon huquqi bolaning tug'ilgan joyidan qat'i nazar ota -onasining fuqaroligini olishini nazarda tutsa,tuproq huquqi bola tug'ilgan joyiga qarab fuqarolikni olishini anglatadi. O'zbekiston qonunchiligida xar ikkala prinsipga ham tayanilgan.

O'zbekistonda doimiy istiqomat joyiga ega bo'lgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning O'zbekistonda tug'ilgan bolalari, agar ular O'zbekistonda tug'ilsa, O'zbekiston fuqarosi hisoblanadi.

Ota-onasi noma'lum bo'lgan, O'zbekiston Respublikasida yashayotgan bola O'zbekiston fuqarosi hisoblanadi.

O'zbekiston fuqaroligiga ega bo'lishning muhim vositalaridan biri, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar yoki chet el fuqarolarining o'z ixtiyorlariga ko'ra O'zbekiston fuqaroligiga o'tishidir. Bunda shaxs O'zbekiston fuqaroligiga o'tishni ixtiyor qiladi, uning iltimosi tegishli tartibda ko'rib chiqilib, Respublika Prezidenti tomonidan fuqarolikka qabul qilinadi. Qonunga asosan, O'zbekiston fuqaroligiga qabul qilish uchun shunday istak bildirgan shaxslar oldiga ba'zi talablar qo'yiladi.

O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning umumiy tartibi chet davlat fuqarosiga yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u:

a) chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo'lsa;

b) fuqaroligi bo'lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e'tiboran va O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to'g'risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar O'zbekiston Respublikasi hududida uzluksiz besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan bo'lsa;

v) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo'lsa;

g) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o'z zimmasiga olsa;

d) davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Uzluksiz besh yil davomida yashash sharti O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohda bo'lgan va nikoh tuzilganidan keyin O'zbekiston Respublikasi hududida turmush o'rtog'i bilan birgalikda uzluksiz uch yil davomida yashab kelayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxsga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qonunning 20-moddasida O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning chet davlat fuqarosi bo'lgan yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

a) O'zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan, nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan loaqal bitta o'zidan oldingi qarindoshga ega bo'lsa;

b) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo'lsa;

v) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o'z zimmasiga olsa;

g) davlat tilini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.

Qonunning 32-moddasida o'n to'rt yoshga to'lmagan bolaning ota-onasi (yolg'iz otasi yoki onasi) O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini olsa yoki O'zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqsa, ushbu bolaning fuqaroligi o'zgarishi mumkinligi belgilangan. Mazkur holatda O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan bolaning fuqaroligi, basharti bola fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lib qolmasa, o'zgarishi mumkin.

Ota-onasidan biri O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan taqdirda bolaning O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi quyidagicha amalga oshiriladi:

- Agar ota-onasidan biri O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo'lsa, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo'lib qolaversa, O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini olayotgan otaning yoki onaning iltimosnomasiga ko'ra, tug'ilgan joyidan qat'i nazar, bola O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini olishi mumkin.

- Agar ota-onasidan biri O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo'lsa, boshqasi esa O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi bo'lib qolaversa, o'n to'rt yoshga to'lmagan, O'zbekiston Respublikasi hududida tug'ilgan va doimiy yashayotgan bola O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi.

- Agar ota-onasidan biri O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo'lsa, boshqasi esa fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lib qolaversa, O'zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan bola O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi.

- Agar ota-onasidan biri O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo'lsa, boshqasi esa fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lib qolaversa, O'zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashayotgan bola O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan otaning yoki onaning iltimosnomasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini olishi mumkin

O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish to'g'risidagi iltimosnoma O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beruvchi tomonidan shaxsan berilishi shart. Iltimosnoma O'zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan shaxs tomonidan doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda yashayotgan shaxs tomonidan esa konsullik muassasasiga beradi.

O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish yoki O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash to'g'risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

so'rovnoma;

pasport va (yoki) yashash guvohnomasi;

nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to'g'risidagi guvohnoma; bola iltimosnomada ko'rsatilgan taqdirda, uning tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasi va agar mavjud bo'lsa yashash guvohnomasi;

tirikchilikning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat; davlat boji (konsullik yig'imi) to'langanligi to'g'risidagi hujjat. O'zbekiston Respublikasida mamlakat fuqarosi bo'lgan shaxsning chet davlat fuqaroligiga mansubligi tan olinmaydi.

O'zbekiston Respublikasida fuqarolik masalalari xalqaro xujjatlarga muvofiq,inson va uning manfaatlari e'tiborga olingan holda qonuniy asoslarda hal etiladi.

References:

l.O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi https://lex.uz/ 2.O'zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to'g'risidagi qonuni. https://lex.uz/

3.Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. Toshkent: Yuridik adabiyotlar Publish,2022.

4.Mamatov X.T. Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. Toshkent: Yurist-media markazi,2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.