EURASIAN IOURNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
O'ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYAT INSTUTLARINING IJTIMOIY HAYOTDAGI ROLI
Jumaboyev Doniyor Muratboy o'g'li
O'zbekiston Milliy Universiteti "Ijtimoiy fanlar" fakulteti huquqiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Tolibova Sevinch Orifjon qizi "Yurisprudensiya: Biznes huquqi" yo'nalish 1-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10725239
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 20th February 2024 Accepted: 27th February 2024 Online: 29th February 2024
KEYWORDS Konstitutsiya, fuqarolik
jamiyati konsepsiyasi, yo'l xaritasi, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolik
jamiyatining asosiy belgilari, fuqarolik jamiyatining omillari.
O'zbekiston Respublikasida Fuqarolik jamiyat instutlari jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida o'ziga xos o'rin egallashini ta'minlash. Yangi O'bekiston sharoitida demokratik islohotlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini oshirish, inson huquqlarini ta'minlashdagi rolini oshirish bo'yicha sezilarli chora-tadbirlar ko'rish.
Globallashuv va ommaviy axborot vositalari rivojlangan davrda fuqarolik jamiyatining ro'li nihoyatda katta ahamiyatga ega. Bugungi kundagi turli xil ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanib ketishi va ularning davlatimiz ijtimoiy iqtisodiy hayotiga ta'siri, ya'ni yot g'oyalarning kirib kelishi, yoshlarning ongiga ta'sir qilishining oldini olishda fuqarolik jamiyati institutlarining ro'li nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Yoshlarning bilim va saviyalarini oshirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda fuqarolik jamiyati institutlarining o'ziga xos orni bor. Ongli erkin fuqarolargina kishilik jamiyatining eng oqilona shakllarini yaratishga qodirdirlar. Shunday qilib, fuqarolik jamiyati erkin individ va markazlashgan davlat xohish irodasi o'rtasidagi bog'lovchi bo'g'in hisoblansa, davlatning vazifasi parchalanish, tartibsizlik, tanglik, tanazzulga qarshi ish ko'rish,erkin shaxsning huquq va erkinliklarini ro'yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Xususan, davlatimiz rahbarining 2021-2025 yillarda "Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida''gi farmoni va ushbu hujjat asosida tasdiqlangan "yo'l xaritasida''gi jamoatchilik nazorati, davlat boshqaruvi va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki darajasini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki darajasini oshirish masalasi ustuvor vazifa etib belgilangan.
„Fuqarolik institutlari" tadbirkorlik sub'ektlari tamoyili asosida uning bevosita tashabbusi bilan qator ijtimoiy ahamiyatli loyihalar ishlab chiqilib , amalga tadbiq etilyapti1.
O'zbekistonda mustaqillika erishilganda keyin eski sovet tuzumidan voz kechib,yangi bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatiga o'tib boshlandi.Fuqarolik jamiyatini o'rnatish va rivojlantirish strategik maqsadlariga ko'p e'tibor berib kelinmoqda. Binobarin,
1 Parliament. gov.uz
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
fuqarolik jamiyati bo'lmasa, davlat huquqiy mazmun sifatlariga ega bo'lolmasligi ayon. Zero, bunday jamiyat huquqiy davlatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy poydevori hisoblanadi. Shuni alohida ta'kidlash joizki,fuqarolik jamiyatning nazariy, konseptual asoslari davlat mustaqilligimizning dastlabki davrlaridanoq yaratila boshlangan edi. Mazkur sohadagi siyosiy-huquqiy ta'limot o'z mohiyat e'tibori bilan tamomilla milliy istiqlol g'oyasi bilan yaratilgan bo'lib, davlatimiz rahbarining dastlabki asarlari, nutq va ma'ruzalarida asoslab berild.
2022-yilning 13-yanvar kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondining mablag'larini boshqarish bo'yicha parlament komissiyasi, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi hamda O'zNNTMA hamkorligida ,,Yangi O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasi - xalqchil va insonparvar davlat poydevori''mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Shu bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlari past bo'lgan shahar va tumanlarni rivojlantirish, aholining ehtiyojmand qismi, nogironlar, xotin-qizlar, yoshlarni kasb-hunarga o'qitish va bandligiga ko'maklashish, joylarda aholiga turli ijtimoiy-maishiy, ma'naviy-ma'rifiy xizmatlar ko'rsatish kabi soha va yo'nalishlarda aniq maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha o'z tashabbuslarini bildirdi.
O'zbekiston Prezidenti farmoni bilan tasdiqlangan 2021—2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shaklida qo'llab-quvvatlash hajmini 2025-yilda 1,8 baravarga oshirish va ajratiladigan mablag' miqdorini 70 milliard so'mga yetkazish vazifasi belgilangan.
BMT Inson huquqlari kengashining 2017-yilgi hisobotida fuqarolik jamiyati institutlari inson huquqlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, kambag'allikni qisqartirish, global ochlikning oldini olish kabi muammolarni hal etishda muhim vosita sifatida e'tirof etilgan. Chunki ijtimoiy muammolarni hal qilishda fuqarolik jamiyati institutlari katta salohiyatga ega.
Fuqarolik jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadiga qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, ko'p partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta'minlanadigan hamda o'zini o'zi boshqarish organlarining mavqei baland bo'lgan ijtimoiy tuzum.
O'zbekiston Respublikasing 2023-yil 1-mayda kuchga kirgan Yangi Konstitutsiyasida "Fuqarolik jamiyati instutlari" deb nomlangan bob asosan ijtimoiy munosabatlarda fuqarolik jamiyatining ro'lini muhim ekanligini o'zida aks ettirgan. Ushbu bobdagi 69-moddada fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o'zni o'zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etish belgilandi. Shuningdek, 72-moddada davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlashi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratishi hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
aralashishiga,shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo'l qo'yilmasligi belgilandi.
Fuqarolik jamiyatinig asosiy belgilari Erkin individlar uyushmasi, o'zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma, murakkab tuzilishga ega bo'lgan plyuralistik tizim, o'zini o'zi rivojlantiradigan va o'zini o'zi boshqaradigan tizim kabi belgilardan iborat.
Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor munosabatlari, inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so'zsiz e'tirof etish va himoya qilishdan iborat.
Hokimyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati, Qonun va odil sud oldida hammaning tengligi ,har bir shaxsning yuridik jihatdan ishonchli himoyalanganligi, hokimiyatning uchga bo'linishi va hokimiyatlarning o'zaro aloqasi prinsipiga asoslangan huquqiy davlat, Siyosiy va mafkuraviy pluralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi, so'z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligidir.
O'zbekiston Respublikasining 2021-2025-yillarda Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlariga ko'mak berish hamda ularni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish, davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, davlat ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash asosiy vazifa qilib belgilangan.
Nodavlat notijorat tashkilotlari manfaatlarini ifoda etish, davlat bilan ular o'rtasidagi ko'prik vazifasini bajarishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi ochiq muloqat olib borishning yangi samarali vositalarini joriy etish maqsadida davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyati yo'lga qo'yildi.
Fuqarolik jamiyat institutlar faoliyati tubdan takomillashib bormoqda. Jumladan, fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlik yo'lga qo'yiladi, fuqarolik jamiyati institutlariga ajratilgan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalarni ishlatish samaradorligi, shuningdek, ularning o'z mol-mulki va pul mablag'laridan foydalanishi jarayonining oshkoraligi ta'minlanadi, fuqarolik jamiyati ilmiy-nazariy jihatdan chuqur o'rganilib, uning rivojlanishi doimiy tahlil qilib boriladi, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining axborot-ma'rifiy salohiyati va demokratik ko'nikmalari oshirib boriladi, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishning barcha bosqichlarida nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki huquqiy jihatdan mustahkamlanadi, jamoatchilik nazoratini ta'sirchan amalga oshirish ishlari jadallashtiriladi, volontyorlik va homiylik faoliyati rivojlantiriladi.
Xususan, Fuqarolik jamiyatni rivojlantirishda O'zbekiston Respublikasining Prezdentining qarori qabul qilindi. Unda fuqarolik jamiyatni shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Ta'sischilar kengashining institutni Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berildi, xalq bilan muloqat holati va rivojlanishini o'rganish , davlat organlari faoliyatini ochiqligini tahlil qilish, fuqarolik jamiyat institutlarini rivojlantirish , fuqarolik faolligni oshirish, shuningdek, mamlakatni ijtimoiy -iqtisodiy rivojlantirish dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
tashkilotlari ishtirokining muammolarini tizimni o'rganish va shunga oid ko'p vazifalarida tashkil etadi.
Xulosa. Fuqarolik jamiyatlarining vujudga kelishi va yuksalishi qadimgi sivilizatsiyalardan kelgan. Shuningdek, bugungi kunda ham fuqarolik birlashmalarini qo'llab-quvvatlash uchun shart -shaoitlar yaratilmoqda. Jumladan, O'zbekistonda Fuqarolik jamiyatlarini rivojlantirish uchun siyosiy va huquqiy mezonlar shakllantirilib borilyapti. Fuqarolik institutlarini barpo etish va qo'llab-quvvatlash uchun O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoidalarni aks ettiruvchi prinsiplar muhrlab qo'yilgan.Shu bilan birga,demokratik islohotlar amalga oshirilishi natijasida fuqarolarning jamiyatda,davlatdagi ishtiroklari ham rivojlanib bormoqda.
References:
1. Parliament.gov.uz
2. 30.04.2023. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (lex.uz)
3. PF-6181-coh 04.03.2021. 2021-2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida (lex.uz)
4. Fuqarolik jamiyati asoslari Xolbekov A.J,Saidboboyev Z.A. 8-bet Toshkent-2016
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ,,Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida''gi 2018-yil 4-maydagi Farmoni (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi)