Научная статья на тему 'О‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK TARAQQIYOTNING AHAMIYATI'

О‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK TARAQQIYOTNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
742
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Demokratiya / inson / davlat / jamiyat / “Shved modeli” / Amerika modeli / Yapon modeli / milliy-ma’naviy tiklanish / “Konstitusiya / vatanparvarlik . / Democracy / human / state / society / "Swedish model" / American model / Japanese model / national-spiritual revival / "Constitution / patriotism.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Mirzaev, Ikrom Boboqulovich

Ushbu maqolada О‘zbekistonda demokratik taraqqiyotning ahamiyatining bugungi kundagi ahamiyati. Hozirda butun dunyoda inson qadr va uning hayotidagi huquqiy jarayonlar hamda jahon mamlakatlaridagi demokratik jarayonlar va ularning tahlili haqida to’xtalib o’tilib, ilmiy xulosalari keltirilib о‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF DEMOCRATIC DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN

In this article, the importance of democratic development in Uzbekistan today. At present, human dignity and legal processes in his life, as well as democratic processes in the countries of the world and their analysis have been discussed and scientific conclusions have been presented.

Текст научной работы на тему «О‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK TARAQQIYOTNING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

O'ZBEKISTONDA DEMOKRATIK TARAQQIYOTNING AHAMIYATI

Mirzaev Ikrom Boboqulovich

Toshkent davlat transport universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekistonda demokratik taraqqiyotning ahamiyatining bugungi kundagi ahamiyati. Hozirda butun dunyoda inson qadr va uning hayotidagi huquqiy jarayonlar hamda jahon mamlakatlaridagi demokratik jarayonlar va ularning tahlili haqida to 'xtalib o 'tilib, ilmiy xulosalari keltirilib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Demokratiya, inson,davlat,jamiyat, "Shved modeli", Amerika modeli, Yapon modeli, milliy-ma'naviy tiklanish, "Konstitusiya, vatanparvarlik.

ABSTRACT

In this article, the importance of democratic development in Uzbekistan today. At present, human dignity and legal processes in his life, as well as democratic processes in the countries of the world and their analysis have been discussed and scientific conclusions have been presented.

Key words: Democracy, human, state, society, "Swedish model", American model, Japanese model, national-spiritual revival, "Constitution, patriotism.

KIRISH

Bugun jahonda barchamizga ma'lumki, mustaqillikni qo'lga kiritgan har bir davlat uchun eng asosiy, bosh masala milliy davlatchilik poydevorini barpo etish, mustaqillikning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yaratish hisoblanadi. Bu masalaga mustaqillikka erishgan barcha mamlakatlar turli davrlarda duch kelishgan va ular bu masalani turlicha hal etishgan. Shu sababli ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy taraqqiyotning "Shved modeli", "Amerika modeli", "Yapon modeli" kabi tushunchalar ishlatila boshlandi. Ushbu tushunchalar negizida muayyan mintaqa yoki mamlakatlar ijtimoiy taraqqiyotida siyosiy-iqtisodiy islohotlarni qaysi yo'l bilan, qay yo'sinda amalga oshirishi bilan bir-biridan farqlanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Taraqqiyot modelining o'ziga xosligini belgilovchi asosiy omillardan biri, bu davlatning diniy tashkilotlarga bo'lgan munosabati bilan xarakterlanadi. Birinchi Prezident Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilgan taraqqiyot yo'lining ko'pchilik boshqa milliy modellardan farq qiladigan xususiyati shundaki, u faqat

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

iqtisodiy rivojlanish emas, balki keng ma'nodagi milliy-ma'naviy tiklanish va ijtimoiy taraqqiyot modeli hamdir. "Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitusiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O'zbekistonning xalqaro maydonda munosib o'rin egallashida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilmoqda" Shuning uchun ham u iqtisodiyot bilan bir qatorda davlat qurilishi, ijtimoiy soha va ma'naviyatni, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oladi, desak aslo mubolag'a bo'lmasligini aytishimiz mumkin.

XX asr oxiriga kelib ma'naviy-madaniy nuqtai nazardan rang-barang musulmon olamining turli qismlarida radikal islomchilarning islomda hokimiyat va dinning yaxlitligi haqidagi azaliy shiorini qat'iy yoqlovchi kuchlar o'ta faollashdi. "Bugungi kunda butun dunyo, ayniqsa, islom hamjamiyati davrning tahlikali tahdidlari bilan yuzma-yuz turibdi. Islom dinini siyosiylashtirish va musulmon yoshlarni radikallashtirish borasidagi urinishlar bunday xatarlarni o'ta jiddiy tahlil qilish, baholash va ularga munosib javob berishni taqozo etmoqda". Insoniyat tarixining aynan ushbu davrida bunday faollikning kuchayishiga sabab bo'lgan omillar mavjud. Bunday omillardan biri, sobiq Sovet Ittifoqining parchalanishi va "yangi dunyoviy tartib" deb ataluvchi tizimning shakllanishi keltirib chiqargan global geosiyosiy o'zgarishlarni aytib o'tish mumkin. Sobiq totalitar tuzumdan O'zbekistonga juda ko'plab iqtisodiy muammolar bilan birga ijtimoiy-ma'naviy muammolar ham meros bo'lib qolgan edi. Dunyo hamjamiyatida "SSSR" qisqartmasi bilan tanilgan bahaybat superdavlatning inqirozga yuz tutishi faqat navbatdagi saltanatning tugaganligini emas, balki yer yuzi aholisining katta qismi o'z ma'naviy qadriyatlaridan judo bo'lganligini ham anglatar edi. Mazkur imperiya xalqimizning mentalitetiga xos milliy-madaniy va psixologik xususiyatlarga mos ma'naviy-madaniy o'zligini namoyon etish imkoniyatini qattiq chegaralab, uzoq muddatli ateistik amaliyot oqibatida ushbu xalqlarda davlatga nisbatan o'ta salbiy munosabat shakllandi va bunday siyosatga qarshi adovat ruhi bilan sug'orilgan xavfli ulkan potensialning yig'ilib qolishiga sabab bo'ldi. Ushbu ateistik siyosat aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil etuvchi O'zbekiston xalqining qalbidan islom dinini siqib chiqara olmasa-da, aholi orasida diniy bilimlarning keskin tushib ketishiga olib keldi.

Xalqaro kuzatuvchilar tomonidan 1991 yil nihoyasida Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng, "islom omili"ning siyosiy va ijtimoiy hayotga ko'rsatishi mumkin bo'lgan ta'siri haqida ko'plab fikrlar bildirilgan edi. O'tgan asrning 90-yillari boshiga kelib, diniy va

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

dunyoviy qadriyatlar uyg'unligini tiklash zarurati, hech bir mubolag'asiz, mamlakat taqdirini hal qiluvchiaholisining asosiy qismini musulmonlar tashkublikasi rahbariyati oldida ham mustaqillikning ilk kunlaridanoq o'zining dinga bo'lgan munosabatini aniq va prinsipial tarzda belgilab olish zarurati turardi. Afg'onistonda davom etayotgan urushga qo'shimcha ravishda 1992 yilda qo'shni Tojikistonda fuqarolar urushining alanga olganligi ko'pchilik tomonidan mintaqada "islom fundamentalizmi" ko'tarilishining isboti sifatida qabul qilindi. Endigina mustaqillikka erishgan O'zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning oldida ham ikki yo'ldan birini, ya'ni mamlakat aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil etganligini inobatga olgan holda islom diniy taraqqqiyot yo'lini yoki jahon tajribasida sinalgan dunyoviy davlat qurish yo'lini tanlash vazifasi turgan edi. Shuni ham alohida ta'kidlash zarurki, taraqqiyot yo'lini faqat tanlash emas balki uni amalga oshirish mexanizmlarini, konsepsiya va dasturlarini ishlab chiqish lozim bo'ldi hamda davlatning dinga nisbatan bo'lgan yangi munosabatini shakllantirish eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Lekin shunday og'ir vaziyatda ham Birinchi Prezident I.A.Karimov mustaqil O'zbekistonda davlatning dinga nisbatan yangi munosabatini shakllantirdi va uning qanday bo'lishini ishonchli dalillar bilan asoslab bera oldi: "Din, shu jumladan, islom dini ham ming yillar davomida barqaror mavjud bo'lib kelganining o'ziyoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganligidan, uning o'ziga xos bo'lgan bir qancha vazifalarni ado etishidan dalolat beradi. Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma'naviy hayotining muayyan sohasi bo'lgan din umuminsoniy axloq meyorlarini o'ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan. Madaniyatga katta ta'sir ko'rsatgan. Insonning odamlar bilan bahamjihat yashashiga ko'maklashgan va ko'maklashmoqda." Xalqimizning umummilliy qadriyatlariga aylangan juda ko'p fazilatlari shakllanishiga islom dinining ta'siri beqiyos ekanligini rad etib bo'lmaydi. Ammo XXI asr boshlariga kelib iqtisodiy, siyosiy, madaniy va axborot sohalaridagi o'zaro yaqinlashuv, muloqot va ta'sir o'zining kulminatsiyasiga yetdi. Bunday tendensiya G'arb olimlari tomonidan XX asrning 80-yillaridayoq fahmlangan va bashorat qilingan edi.

Xususan, AQShning ko'zga ko'ringan faylasuf olimlaridan S.Xantington va F.Fukuyamalar "tamaddunlar to'qnashuvi" haqida ilmiy farazni olg'a surgan edilar. Milliy mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq bu konseptual falsafiy masala ko'tarilgan va unga Birinchi Prezident I.A. Karimov muayyan aniq javob bergan. 1996 yil 16 fevralida Rossiya ommaviy axborot sohasi vakillari - ko'zga ko'ringan jurnalistlarni qabul qilib, qator dolzarb masalalar - Afg'oniston masalasi va xususan, islom dunyosi masalasi haqida jurnalistlarga javob berar ekan, bugungi globallashuv

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

sharoitlarida madaniyatlarning to'qnashuvi xavfi xususida gapirish xatarli ekanligini ta'kidlagandi. O'zbekiston ko'pmillatli va ko'pkonfessiyali, shuning bilan birga aholining ko'pchiligini musulmonlar tashkil etadigan mamlakat. Rus jurnalistlari O'zbekiston islom madaniyati yoki islom dunyosiga mansub mamlakat ekanligiga sha'ma qilib, uning dunyoviy taraqqiyot tanlovini shubha ostiga qo'ymoqchi bo'lishdi. Bunday siyosiy o'yinni Birinchi Prezidentimiz o'z vaqtida fahmladi va quyidagicha javob bergan edi: "Siz islom dunyosi haqida gapirayotganingizda menda darhol bir savol tug'ildi: islom dunyosi nimani anglatadi? Demak, biz "katoliklar dunyosi", "xristianlar dunyosi" deyishimiz kerak ekanda? Bugun sobiq sho'ro hududida goh slavyanlar ittifoqi, goh Markaziy Osiyo mintaqasi haqida gapirish rusum bo'lgan vaziyatda turli narsalarni aralashtirish mumkin emas. Shu bois, qachonki "Islom dunyosi", islom qadriyatlari", "islom sivilizatsiyasi" haqida gap borar ekan, men mazkur qadriyatlarni qandaydir siyosiy maqsadlarga xizmat qiluvchi qadriyatlar emas, balki umuminsoniy sivilizatsiyaning boyligi deya tushunaman" . Ushbu javobning o'zi XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib paydo bo'lgan hamda bugun avj olayotgan G'arb va islom dunyosi o'rtasidagi ziddiyatlarni to'g'ri hamda ilmiy hal qilishjavobning o'zi XX asr oxiri va XXI aHozirgi vaqtda "Islom demokratiyasi" tushunchasi ham ma'lum bir g'oya sifatida mafkura maydoniga chiqmoqda. Lekin bu g'oya tom ma'noda to'liq dunyoviy xarakter kasb eta olmaydi. Ushbu model diniy mazmunga ega bo'lib, butun insoniyatning mushtarak manfaatlarini qamrab ololmaydi.

Hozirgi paytda musulmon mamlakatlarida tarqalayotgan din niqobidagi ekstremistik va fundamentalistik qarashlarning ko'rinishlari turlicha bo'lib, mohiyatan bir xillikni tashkil etadigan qarashlardan tarkib topadi. YA'ni, "Bir mohiyat ko'pgina mazmunlarda namoyon bo'ladi, lekin mazmun ikki yoki undan ortiq mohiyatlarda namoyon bo'lishi mumkin emas", degan falsafiy qoidani yana bir bor tasdiqlab kelmoqda. Bunda mohiyat har qanday diniy ekstremistik va fundamentalistik qarashlarning ko'rinishlari turlicha bo'lib, mohiyatan bir xillikni tashkil etadigan qarashlardan tarkib topadi. Ya'ni, "Bin intilish yotadi.

Dunyoviy demokratik taraqqiyot yo'lining o'ziga xosligi shundaki, dinni jamiyat hayotidan siqib chiqarishni emas, balki dinni jamiyat hayotining ajralmas qismi sifatida qabul qilib, ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan omil sifatida tushuntirishga harakat qiladilar. Ammo dunyoviylik, bu dahriylik emas. Dunyoviy davlatda davlatning din va diniy tashkilotlardan mustaqil ekanligi, qaysidir din yoki mafkuraning majburiyat sifatida o'rnatilmaganligi, ma'lum bir din yoki mafkura ta'sirida hukmron tizimning vujudga kelishiga yo'l qo'yilmasligigi alohida xususiyatdir. Bu savolga aniq javob berish uchun dunyoviy davlatning o'ziga xos

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

belgilarini tahlil etishga to'g'ri keladi. Bugungi kunda ilmiy adabiyotlami o'rganish natijasida dunyoviy demokratik davlatning asosiy paradigmalari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

1) davlatning diniy va mafkuraviy manbalardan mutaqil ekanligining qonun asosida mustahkamlanganligi;

2) har qanday diniy mafkuraning davlat boshqaruvining mutlaq suverenetitetiga qarshi qo'yilishiga yo'l qo'yilmasligi;

3) mafkurani targ'ib qilishga yo'naltirilgan diniy birlashmalarning davlatdan ajratilganligi;

4) majburiy din yoki mafkuraning yo'qligi;

5) diniy tashkilotlarning erkin faoliyat yuritishi uchun qonuniy sharoit yaratilganligi;

6) diniy birlashmalarning qonun oldida tengligi;

7) davlat ta'lim tizimining dunyoviy xarakterga ega ekanligi;

8) din yoki mafkuraning majburan o'rnatilishiga yo'l qo'yilmasligi.

Ko'pgina davlatlar dunyoviy demokratik davlat qurishni o'z oldiga maqsad qilgan holda davlatning dinga va diniy tashkilotlarga bo'lgan munosabatini amalga oshirish mexanizmlarini yaratish masalasiga turlicha yondashadilar. Shu nuqtai nazardan bir nechta zamonaviy dunyoviy davlatning modellarini tahlil qilishga harakat qilamiz.

"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish haqida"gi qonunning 14-moddasidagi ibodat libosi degan terminni muomaladan chiqarib tashlash zarur va fuqarolarning davlat idoralarida belgilangan formalarda yurishlari haqidagi ma'lumot aniq kiritilishi lozim. Mantiq nuqtai nazaridan har qanday tushunchaning mazmuni aniq ta'riflangan bo'lishi kerak. Aks holda u turli tushunmovchiliklarni yuzaga keltiradi. Mazmuni aniq ta'riflanmagan har qanday tushunchaning qonun yoki qonunosti hujjatlarida ishlatilishi qonunlar mazmuniga ham salbiy ta'sir qiladi. Bu holat huquqiy demokratik davlat qurishga harakat qilinayotgan bir paytda aholida qonunga nisbatan ishonchsizlik va hurmatsizlikning kuchayishiga olib keladi.

Bugun diniy g'oyalarni anglash va o'rganish, hozirgi vaqtda keng qamrovli islohotlarni o'tkazish jarayonida jamiyatni ma'naviy boyitish, milliy ongimizni yanada yuksaltirish, kelajagi buyuk davlatni yaratuvchi yosh avlodni diniy va dunyoviy jihatdan ma'rifatli qilib tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizga hurmat-ehtirom ruhida kamol topishlari uchun muhim omillardan biridir. Bu jarayonni amalga oshirishda milliy g'oyamizning mantiqiy davomi bo'lgan Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy yo'nalishlarning ijrosi O'zbekistonda dunyoviylik

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

va diniylik muvozanatini ta'minlashning ma'naviy-ma'rifiy vositasi bo'lib xizmat qilishini ko'rishimiz mumkin. Afg'onistonda ichki urush bir necha o'n yillardan beri davom etayotganligini, Yaqin Sharqda xristianlar va boshqa din vakillari diniy nizolar natijasida boshidan kechirayotgan azob-uqubatlarni inobatga oladigan bo'lsak, "bugungi kunda yurtimizda 130 dan ziyod millat va elat, tinch-totuv, do'st-inoq bo'lib yashamoqda. Ularning to'laqonli ma'naviy hayot kechirishi, o'z an'ana va urf-odatlarini rivojlantirishi, milliy va diniy bayramlarini nishonlashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan"

Bu esa muqarrar ravishda muxolifatning o'sishiga, jumladan, siyosiy islomning kuchayishiga olib keladi. Eskicha ishlaydigan, diniylik va dunyoviylik muvozanatini tutib tura olmagan, zamonaviylashmagan hukumat yoki tizim ortib borayotgan noroziliklarni bartaraf etishga qodir emas.

Butun bir xalqlarning qashshoqlashuviga go'yoki rivojlangan mamlakatlar aybdor, degan xato aqida mustahkamlanib bormoqda. Dinni niqob qilib olgan va o'zlarining g'arazli maqsadlariga noqonuniy uslublar orqali erishishga intilayotgan muayyan siyosiy kuchlar bundan foydalanmoqdalar. Bunday holat, sivilizatsiyalarning to'qnashuvi muqarrar, deya bashorat qilayotgan kuchlar mavqeining mustahkamlanishiga olib kelmoqda. "Xalqimiz ateistik mustabidlikdan ozod bo'lgandan keyin, mustaqillik yillarida O'zbekistonda ajdodlarimizning muqaddas dini bo'lgan islomning jamiyatimizdagi o'rnini qayta tiklash bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirildi"

Shuni to'laqonli tushungan holda, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida besh yillik yangilanish strategiyasi ishga tushirildi, diniy erkinlik bilan bog'liq siyosatni modernizatsiya qilish va diniylik hamda dunyoviylik o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash ushbu jarayonning bir qismi hisoblanadi. O'zbekistonning BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi, SHHT, IHT, MDH sammitlari va Xitoyda bo'lib o'tgan "Bir makon - bir yo'l" forumida xalqaro xavfsizlik va mintaqaviy rivojlanishning dolzarb muammolarini hal etish yuzasidan ilgari surgan yangicha yondashuv hamda tashabbuslari xalqaro miqyosda keng qo'llab-quvvatlandi. Xorijlik sheriklar bilan birga BMTning "Yoshlar huquqlari to'g'risida"gi xalqaro konvensiyasi, BMT Bosh Assambleyasining "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" haqida rezolyusiyasini ishlab chiqish, o'sib kelayotgan yosh avlodni turli terrorchilik va radikal tuzilmalarga qo'shilib ketishining oldini olish bo'yicha birgalikdagi ishlar olib borilmoqda.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

REFERENCES

1. Mirziyoyev SH.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Jild 2.-T.: "O'zbekiston", 2018-455-bet.

2. Ikrom Boboqulovich Mirzaev (2021). MILLIY MADANIYAT FALSAFASI. Academic research in educational sciences, 2 (12), 965-969.

3. Mirzaev Ikrom Boboqulovich O'zbekiston yosh avlodi tarbiyasida milliy qadriyatlarning o'rni // Fan va ta'lim bugungi kun. 2019 yil, 4-son (39). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/rol-natsionalnyh-tsennostey-v-vospitanii-molodogo-pokoleniya-uzbekistana (kirish sanasi: 18.01.2023).

4. Mirzaev Ikrom Boboqulovich Zamonaviy madaniyat jarayonlarida milliy va umuminsoniy uyg'unlik // Ilmiy jurnal. 2020 yil. 3-son (48). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/garmoniya-natsionalnogo-i-obschechelovecheskogo-v-protsessah-sovremennoy-kultury (kirish sanasi: 18.01.2023).

5. Ikrom Boboqulovich Mirzaev, D. A. Abduhoshimov ZAMONAVIY KADROLAR TAYYORLASH TIZIMI VA MAQSADLARI // Ta'lim fanlari bo'yicha akademik tadqiqotlar. 2022. #TSTU konferensiyasi 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/zamnaviy-kadrlar-tayyorlashning-tizimli-va-ma-sadli-zhi-atlari (kirish sanasi: 18.01.2023).

6. Ikrom Boboqulovich Mirzaev GLOBALLASHUV DAVRIDAGI "SOXTA DINIY DUNYOQARASH" // Pedagogik fanlarda akademik tadqiqotlar. 2022. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/globallashuv-davridagi-sohta-diniy-dunyo-arash (Kirish sanasi: 18.01.2023).

7. O'.Erniyozov, I.Merzayev, & M.Hasanov. (2022). SHAXSNI SHAKILLANTIRISHDA "OILA" VA "JAMIYATNING" AXAMIYATI . World Scientific Research Journal, 4(2), 96-101. Retrieved from http : //www.wsrj ournal .com/index. php/wsrj /article/view/1445

8. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

9. Baratov, Rashid, and Sadokat Uzbekova. "INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING." World scientific research journal 4.2 (2022): 7-11.

10. Ramatov, J., Baratov, R., Jurabayev, N., Umarova, R., & Mamajanova, G. (2022, June). Evolution of railway construction development in Uzbekistan: Past and prospects. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030011). AIP Publishing LLC.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

11. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Khasanov, M., Sultonov, S., & Kushakov, F. (2022). PROBLEMS OF INFLUENCE OF ISLAM ON CONSCIOUSNESS TRANSFORMATION. Academic research in educational sciences, 3(10), 591-597.

12. Baratov, R., Nuriddinov, S., Tokhtaboev, E., & Achilova, G. (2022, June). " One belt-one road" initiative-as a modern transport logistics. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030058). AIP Publishing LLC.11. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. X,., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ВА КАДРИЯТЛАР ПЛЮРАЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

13. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ МАДАНИЙ КИЁФАСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

14. Hasanov, M., & Tuhtaboev, E. (2021). THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS). Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(05), 1-6.

15. Hasanov M., Tuhtaboev E. THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS) //Innovative Technologica: Methodical Research Journal. - 2021. - Т. 2. - №. 05. -С. 1-6.

16. М.Н.Хасанов, Д.А.Хафизов, Р.Х.Тоиров, & Х.К.Болтабоев. (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙ ЯШАГАН ДАВРДАГИ ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ . JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 4(3), 137-140. Retrieved from http: //www.wsrj ournal .com/index. php/new/articl e/view/62 7

17. Jumaniyoz Ramatov, Rozigul Umarova, Rashid Baratov, Mirshod Khasanov, Siroj Sultonov, & Fayzulla Kushakov (2022). MODERN REQUIREMENTS FOR THE SPIRITUAL IMAGE OF YOUNG PEOPLE AND ITS MANIFESTATION IN PRACTICE. Academic research in educational sciences, 3 (10), 582-586.

18. Ramatov, J.S., & Khasanov, M.N. (2022). SOCIAL ASPECTS OF PROFESSIONAL QUALITY IMPROVEMENT (ON THE EXAMPLE OF THE RAILWAY SECTOR). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 969-976.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

19. Раматов, Ж.С., Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). XIX АСРДА ХИНДИСТОНДАГИ ИЖТИМОИЙ - ФАЛСАФИЙ ЖАРАЁНЛАР. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 1070-1078.

20. Журабоев, Н. Ю., Кушаков, Ф. А., Султанов, С. Х., & Хасанов, М. Н. (2022). КОНФУЦИЙЛИК ХУСУСИЯТЛАРИДАН ХИТОЙ ФАЛСАФАСИНИНГ КЕНГАЙИШИ. World scientific research journal, 9(2), 3742.

21. Ruzigul, U., Nasirjan, J., Dilmurodkhakim, A., Mirshod, H., & Urozboy, E. (2020). Rationale and history of human reflections in the muslim philosophy. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1453-1458.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.