www.scientificprogress.uz
O'ZBEKISTONDA BALIQCHILIKNING XALQ XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI VA UNI TASHKIL ETISH MASALALARI
Lobar Djo'rayeva
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Geografiya kafedrasi
o'qituvchisi l.djurayeva@cspi.uz
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada baliqchilik xo'jaligining xalq xo'jaligida tutgan o'rni, undan olinadigan mahsulotlarning ahamiyat hamda ushbu tarmoqni qanday tashkil etish va uning rivoji uchun bir qator misollar keltirilgan.
Tayanch so'zlar: baliq moyi, baliq uni, suv o'simliklari-baliq integratsiyasi, baliq - o'rdak hovuzlari, sholipoyalarda baliq yetishtirish.
THE ROLE OF FISHERIES IN THE NATIONAL ECONOMY AND ISSUES OF
ITS ORGANIZATION IN UZBEKISTAN
Lobar Djuraeva
Teacher of the Department of Geography, Chirchik State Pedagogical
Institute, Tashkent region l.djurayeva@cspi.uz
ABSTRACT
This article provides a number of examples of the role of fisheries in the national economy, the importance of its products and how to organize and develop this industry.
Keywords: fish oil, fish meal, aquatic plant-fish integration, fish duck ponds, fish farming on rice fields.
KIRISH
Inson hayotida organizmni to'liq qiymatli oziq moddalar bilan ta'minlashda oqsil, uglevod, yog', vitaminlar, minerallardan fosfor, temir, kalsiy, mikroelementlar muhim hisoblanadi. Bu moddalar baliq mahsulotlarida yetarlicha mavjud. Baliq go'shti yuqori biologik qiymatga ega bo'lib, parhez xususiyati afzalliklariga ega bo'lganligi uchun oziqa hisoblanadi.
Dunyo aholisining bir kishi hisobiga bir yilda istemol qiladigan baliq go'shti o'rtacha 16,5 kg ni tashkil etadi. Baliq oziq-ovqat mahsulotida juda muhim bo'lganligi uchun sog'liqni saqlash tibbiyoti eng kamida bir kishi bir yilda o'rtacha 12 kg baliq
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1
go'shtini iste'mol qilishni tavsiya qiladi. Hozirgi davrda mamlakatimiz aholisining har bir jon hisobiga bir yilada 0,5- 2 kg baliq go'shti to'g'ri kelmoqda. Bu ko'rsatkich o'tgan asrning 50 - 60 yillarida (Orol dengizining to'lin davrida) 25- 35 kg ga yetar edi.
Shu sababdan ham bugungi kunda baliqchilik xo'jaligining ahamiyati kundan kunga oshib bormoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Maqolaning maqsadi: Baliqchilik xo'jaliklarini samarali tashkil qilishning amaliy jihatlarini asoslab berish hamda uning xalq xo'jaligida tutgan o'rnini baholash.
Vazifasi: Yurtimizda oziq - ovqatga, xususan sifatli va arzon baliq va baliq mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirish.
Baliqchilik xo'jaligi - xalq xo'jaligida juda beqiyos ahamiyatga ega. Binobarin undan olinadigan maxsulotlar inson salomatligi uchun muhum elementlardan tarkib topgan. Xususan insonlarning hayvonot dunyosi hisobiga qabul qiladigan oqsillarning 18—20 foizi suvda yashovchi organizmlarga, asosan, baliqlarga to'g'ri keladi. Baliq go'shti tarkibida to'yimli moddalar mavjud bo'lgan holda ularning odam organizmida hazm bo'lish darajasi yuqoridir. Baliq go'shti va ayniqsa, yog'i «D» vitaminiga o'ta boy bo'lib, uni yetarli darajada iste'mol qilish moddalar almashinuvini me'yorida saqlab turadi. Ayniqsa, yosh bolalarda kech kuz va qish oylarida quyosh kam bo'lganda kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Quyida baliqlardan olinadigan asossiy ikkita mahsulotni keltirib o'tamiz:
1. Baliq moyi (yog'i).
Baliq moyi - baliqlarning teri osti yog' qatlamidan olinadigan moy. Raxit, sil va shabko'rlikning oldini olish va davolashda, singan suyakning bitishini tezlashtirish maqsadida ishlatilinadi.
2. Baliq uni.
Baliq uni - baliqdan yoki baliqni konservalash chiqitlaridan tayyorlanadigan un. baliq uni asosan chorva mollariga va parrandalarga ozuqa sifatida beriladi.
1-rasm. Baliq uni va baliq yog'i
Ko'rinib turibdiki, baliqchilik xo'jaligidan olinadigan maxsulotlar yordamida nafaqat insonlarga balki chorva mollariga ham anchayin foydasi bor.
MUHOKAMA VA NATIJA
Hozirda baliqchilik tarmoqlarni samarali rivojlantirish muhum vazifalardan biri xisoblanadi. Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2003 va 2009 - yillarda "Baliqchilik tarmog'ini monopoliyadan chiqrish hamda ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish" to'g'risida bir qator qarorlar imzolangan. Ammo hali -hanuzgacha eskidan qolib ketga usullar bilan bu sohada ish olib borilmoqda. Quyida dunyo tajribasidan o'tgan bir qator ushbu sohani tashkil etish va rivojlantirish uchun maqsadga muofiq bo'lgan misollarni keltirib o'tamiz.
a) "Suv o'simliklari-baliq integratsiyasi" tizimi asosida mahsulot yetishtirish. Bunda alohida bir suv havzasida o'txo'r baliqlar soniga qarab, ular iste'mol qiladigan suv o'simliklari — azolla, suv giatsinti va pis-tsiya-lari yetishtirladi. Mazkur texnologiyani qo'llash natijasida bir gektar suv havzada 18-20 sentnergacha baliq yetishtirish mumkinligi amalda sinab ko'-rilgan.
b) Sholi o'stiriladigan (sholipoya) suvliklarda baliq yetishtirish. Sholipoyalardan kompleks ravishda foydalanish maqsadida, uzoq yillardan buyon baliq o'stirilmoqda. Sholipoyalarda baliq o'stirish - Janubi Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan va birinchi bo'lib amaliyotda qo'llanilgan. Bunda asosan sholipoyalarga karp segoletkalari tashlanib, sholipoyalardagi begona suv o'tlari kamaytirilgan. Bundan tashqari karp balig'i yerni 10 - 15 smgacha kavlab sholining rivojlanishiga ham kata xissa qo'shadi.
c) Baliq-o'rdak hovuzlari.
Suvliklardan kompleks ravishda foydalanish usullaridan biri baliq bilan birgalikda suv qushlari — o'rdakni birga o'stirishdir. Baliq o'stirish qoidalariga amal qilgan holda bu usulni qo'llash, ya'ni qo'shimcha ravishda o'rdak o'stirishni yo'lga qo'yish amaliy va iqtisodiy ahamiyatga ega. Bu esa aholini sifatli o'rdak go'shti bilan ta'minlash imkoniyatini yaratadi. Natijada ya'ni baliq bilan o'rdakni birga boqishda bularni yakka -yakka boqishdan ko'ra, mahsuldorlik ancha yuqori bo'ladi.
XULOSA
Xulos qilib shuni aytish mumkinki yuqorida keltirilgan manbalardan baliqchilik sohasini rivojlantirishda chuqur va keng foydalanilsa yurtdoshlarimizning baliq va baliq mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish, ularning tannarxini arzonlashtirish, aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR
1. Rajabov Furkat Turakulovich, Sattarov Abdisamat Umirkulovich (2020) FARMS OF UZBEKISTAN: DEVELOPMENT, SPECIALIZATION, GEOGRAPHY. Journal of Critical Reviews, 7 (6), 1189-1196.
2. Radjabov, F. (2020). Describe the Individual Food Industry Contents and their Role in the Delivery of Agricultural Products. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 19(1), 292-294.
3. Туракулович, РФ (2020). Динамика и региональные особенности сельскохозяйственного производства. В Республике
4. Xolmirzayeva, P.S. Haqberdiyev, D.R. Shohimardonov, E.S. Shapdaqov "Baliqchilik Asoslari" Toshkent - "ILM ZIYO" 2016-yil.
5. S.Q. Husenov, D.S. Niyazov "Baliqchilik" Toshkent - "O'zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashryoti" 2013-yil.
6. Juraeva, N. V. (2020). The Formal model of the grammar of the uzbek languge.
European Journal of Research and Reflection in Edicational Sciences, 129-132.
7. Джураева, Л. В. (2020). Географияни укитиш жараёнида дидактик уйинли дарслардан фойдаланиш йуллари. Замонавий узлуксиз таълим сифатини ошириш, 125-129.
8. Джураева, Л. В. (2020). География дарсларида ахборот-коммуникация техналогияларидан фойдаланиш. Узбекистонда илм-фан ва таълим, (5), 473-475.
9. Джураева, Л. В. (2020). География фанини укитишда локал ва хусусий методик даражада фойдаланиладиган техналогиялар (интерфаол методлар методлар). Интернаука, 18(147), 54-56.
REFERENCES