Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON TARIXI FANINING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARINI ISHLAB CHIQISHDA TARIXIY MANBALARNING O‘RNI (AHMAD DONISHNING “RISOLA YOHUD MANG‘ITLAR XONADONI SALTANATINING QISQACHA TARIXI” ASARI MISOLIDA)'

O‘ZBEKISTON TARIXI FANINING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARINI ISHLAB CHIQISHDA TARIXIY MANBALARNING O‘RNI (AHMAD DONISHNING “RISOLA YOHUD MANG‘ITLAR XONADONI SALTANATINING QISQACHA TARIXI” ASARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
61
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Tarix” / metodologiya / demografiya.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Muxammadjonov Manguberdi Muzaffar O‘g‘li

Ushbu maqolada O'zbekiston tarixi fanining nazariy-uslubiy asoslari, ishlab chiqishda tarixiy manbaalarning o’rni haqida fikir yuritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON TARIXI FANINING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARINI ISHLAB CHIQISHDA TARIXIY MANBALARNING O‘RNI (AHMAD DONISHNING “RISOLA YOHUD MANG‘ITLAR XONADONI SALTANATINING QISQACHA TARIXI” ASARI MISOLIDA)»

PRACTICAL PROBLEMS ANO SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

O'ZBEKISTON TARIXI FANINING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARINI ISHLAB CHIQISHDA TARIXIY MANBALARNING O'RNI (AHMAD DONISHNING "RISOLA YOHUD MANG'ITLAR XONADONI SALTANATINING QISQACHA TARIXI" ASARI MISOLIDA)

Muxammadjonov Manguberdi Muzaffar o'g'li

Toshkent amaliy fanlar universiteti Tarix fakulteti 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.13304017 Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston tarixi fanining nazariy-uslubiy asoslari, ishlab chiqishda tarixiy manbaalarning o'rni haqida fikir yuritildi.

Kalit so'zlar: "Tarix", metodologiya, demografiya.

KIRISH

Har qanday fan kabi O'zbekiston tarixi fani ham o'zining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O'zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uning rivojlanishi, jamiyat va xalq manfaati yo'lidagi nufuzining ortib borishi uchun o'ta muhim ahamiyatga ega. Ilmiy- nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishiga xizmat qiladi.

Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma'naviy-ma'rifiy ehtiyoj bo'lsa, tarix fani esa bu ehtiyojlarning ro'yobga chiqishi uchun mas'ul bo'lgan yuksak intellektual, ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning samarali bo'lishi, ya'ni tarix fani rivojlanishida uslubiy ilmiy g'oya va nazariyalarning tamoyillari tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasi to'laroq ro'yobga chiqishiga bevosita yordam beradi.

O'zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, g'oya va ta'limotlari nimalardan iborat bo'lishi o'ta muhim masala hisoblanadi.

"Tarix" moziyni o'rganish haqidagi fan bo'lib, ilmiy atama sifatida ikki o'zaro aloqadorlikdagi tushunchani ifodalaydi. Birinchidan, tarix jamiyat taraqqiyoti to'g'risidagi fan. Uning mavzusi kishilik jamiyati o'tmishining, turli-tuman sohalardagi taraqqiyoti va o'zgarib borish jarayonini o'rganadigan fandir. Ikkinchidan, tarix bu insoniyat to'g'risidagi fan bo'lib, jamiyatning o'tmishini tadqiqot yo'li bilan aniqlab, o'tmishda inson tomonidan yaratilgan, uning zakovati natijalari bo'lgan jarayonlarini tadqiq etish va bizgacha bo'lgan davrni o'rganib, kelajak avlodga yetkazadigan fandir.

Tarixshunoslikdan ma'lumki, tarixiy jarayon tarix qonunlari bilan asoslanadi. Tarix fanining asosiy tayanch tushunchasini tarixiy asos, tarixiy manba, tarixiy makon va tarixiy zamon tashkil etadi. Tarix fanini o'rganishdagi eng dolzarb muammo - bu tarixiy voqelik va tarixiy manbalar bo'lib, mana shu ikki muammoga tom ma'noda ilmiy yondashish tarix fanining nazariyasi va metodologiyasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Avvalo, metodologiya haqida to'xtalsak, uning lug'aviy ma nosi yunoncha "métodos" va "logos" degan ikki so'z birikmasidan iborat bo'lib, metod, ya'ni usul -

tadqiqot olib borish usuli (yo'li), nazariya va ta'limot, logiya esa fan deganidir. Metodologiya, ya'ni uslubiyat ilmiy tadqiqot olib borish yoki biror-bir masalani ilmiy o'rganishning eng qulay usullari, eng to'g'ri va mukammal g'oyasi, nazariyasi va ta'limotlari majmuidan iborat bir butun fandir.

Tarixiy-tanqidivlik va qiyosiy tahlil tamoyili eng qulay usul hisoblanadi. Bu usul tarixiy voqea va hodisalarning nechog'liq to'g'ri hamda noto'g'riligini aniqlashga, tarixning haqqoniy va to'g'ri yozilishiga yaqindan yordam beradi.

Tarixni yoritishda turli tarixiy davrlarda yaratilgan manbalarning beqiyos o'rni bor. Insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyoti davomida yaratilgan turli xildagi manbalar muayyan tarixiy davrlardan saqlanib qolgan yodgorlik bo'lib, o'zida ushbu vaqtlarda sodir bo'lgan voqealar haqida ma'lumotlarni aks ettiradi. Tarixiy manbalarni o'rganish orqali o'tmishda kechgan jarayonlarni asosli tarzda yoritish imkoniyati paydo bo'ladi. Manbalarni haqqoniy tarzda o'rganish, tahlil qilish masalasiga O'zbekistonning mustaqil taraqqiyotining zamonaviy bosqichida ilm-fan, ta'lim, texnika sohalarining integratsiyasi sifatida katta e'tibor qaratildi. Jumladan, ta'lim jarayonida qo'llaniladigan o'quv adabiyotlarini yaratishda ta'lim va fan integratsiyasini e'tiborga olish zarur. O'zbekiston Respubliaksi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorida "yangi avlod o'quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta'lim muassasalarining ta'lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy o'quv, o'quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlash" hamda "oliy ta'lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta'limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish" ishlari oliy ta'lim sifatini rivojlantirishdagi muhim vazifalar qatorida belgilangan. Shularni hisobga olgan holda tarixchi mutaxassis, tadqiqotchilar hamkorlikda manbalarni xolis o'rganish natijasida o'quv adabiyotlarini yaratish bugungi kun tartibiga qo'yilgan dolzarb masalalardan biridir. Bevosita manbalarning o'rni haqida shuni ta'kidlash joziki, tarixchi u yoki bu mavzuni tadqiq qilishga kirishar ekan, eng avvalo o'tmish hodisalari haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lgan manbalarga murojaat qiladi.

. . .E.jí.l PRACTICAL PROBLEMS AND SOU/TIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I ™ ^^ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

Ulardan tartibsiz ravishda foydalanilganda o'tmishning haqqoniy manzarasi yanglishib qolishi mumkin Shuning uchun ham tarixchi manbalardan foydalanishning vosita va usullarini o'zlashtirishi zarur. Bu masala alohida mavzu va tadqiq etiladigan jarayondir. Biror bir tarixiy mavzuni o'rganayotgan tarixchi hujjat (manba) dan o'ziga faqat kerakli axborotni oladi. Manbashunos uchun esa manba o'zining bir butunligicha muhimdir. Manbashunos o'tmishga manbaning tarixiy jarayondagi o'rni va vazifasini aniqlash uchun murojaat qiladi. Bunda mutaxassis manbadagi ma'lumotning haqqoniyligidan kelib chiqadi. Shu nuqtayi nazardan "O'zbekiston tarixining biror tarixiy mavzu va davri bo'yicha nazariyalarni ilmiy asosda ishlab chiqish uchun manbashunos tadqiqotchining bilimlari kerak bo'ladi. Manbalar bevosita tarixiy jarayonlarni aks ettiradi va jamiyat o'tmishini o'rganishda vosita bo'ladi. Xalqlarning urf-odatlari, tili va insonlar tomonidan yaratilgan va bizgacha yetib kelgan barcha moddiy madaniyat buyumlari, yozma yodgorliklar bunga imkon beradi. Manbalar har qanday tarixiy tadqiqotning asosi hisoblanadi. Ularning shakli va mazmunini chuqur dialektik birlikda o'rganmay turib, jamiyat rivoji tarixini ilmiy jihatdan anglash mushkul.

Masalan: Ahmad Donishning "Risola Yohud Mang'itlar Honadoni Saltanatining Qisqacha Tarixi" risolasiga nazar tashlaydigan bo'lsak Buxoro amirligini boshqargan mang'itlar sulolasi tarixi haqida qisqacha bayon etilgan. Risolada Mang'itlar amirlarining maishiy buzuqligi, saroy a'yonlarining laganbardorligi, uquvsizligi, mansablarini suvistemol qilishlarini, oddiy xalqqa nisbatan zo'ravonlik siyosati yurgizganlari haqida tanqidiy fikirlarini bayon qilgan.

Ushbu asar haqida to'xtalib o'tsak. XIX asirning ikkinchi yarmi Turkiston xalqlari uchun tarixan murakkab davr bo'lib Ahmad Donishning "Risola Yohud Mang'itlar Honadoni Saltanatining Qisqacha Tarixi" asari yurt hukumdorlaringni jaholat va g'aflat botqog'iga botib ketishi, ma'sulyat va hushyorliklarini yoqotishlari, shu bilan birgalikda umrini o'tab bo'lgan aqidalarga o'ralashib yashashlari oqibatida mamlakat o'z mustaqilligidan maxrum bo'lishiga bag'ishlanganligiga guvoh bo'lishmiz mumkin. Ushbu asarda keltirilgan tarixiy dalillarga asoslanadigan bo'lsak Ahmad Donish umringing oxirgi yillarida yani 1895-1897 yillarda yozilgan degan xulosaga kelishmiz mumkin.

Ahmad Donish "Risola Yohud Mang'itlar Honadoni Saltanatining Qisqacha Tarixi" asarida Mang'itlar sulolasidan amir Muzaffar (1860-1885), amir Abdullaxad (1885-1910) hukumronlik qilgan davirning bevosita shoxidi bo'lgani bois batafsil bayon qilib, ularga xalq baxtsizligining, Turkiston mustamlakaga aylanib qolishing, ikki tomonlama asoratga solinishining asosiy sababchilari sifatida qaraydi.

Ahmad Donish o'z asarida XIX asirda halqimiz o'ta ayanchli axvolda yashaganini, boshidan tom ma'noda "qora kunlar"ni kechirganini, el yurtimiz qanday qilib mustamlakaga aylanib qolganini aniq faktlar bilan bayon qiladi hamda "bu axvolni tuzatiz lozim" degan xulosagag kelgan.

Ahmad Donish amirlik tuzumida islohatlar o'tkazish dasturini ishlab chiqqan mutafakkir desak mubolag'a bo'lmaydi. Masalan "Novodir ul-vaqoe (Nodir voqealar) asarining "Risolai dar nazmi tamaddun va taovun"(Mamlakatni boshqarish va xalqni ma'rifatli qilish haqida risola) bobida << Podshoning odil bo'lishi va saltanatni mashvarat, maslahat yo'li bilan boshqarish >> lozimligi to'grisida goyalarni ilgari surilganini ko'rishimiz mumkin. Mang'itlar saltanati tarixiga bag'ishlangan ushbu risolada Ahmad Donish bir qanch islohatlar o'tkazish taklifi bilan chiqqan.

Bular: 1 Zarafshon daryosi suvuni Buxoro va Samarqand viloyatlari o'rtasida adolatli taqsimlash, 2 Buxoroda Movut fabrikasi va konserva zavodlari qurish, 3 Yer osti boyliklarini o'zlashtirish va boshqalardan iborat bo'lgan.

Ahmad Donishning saroy tarixchilaridan tubdan farq qilishi, unda riyokorlik va ikkiyuzlamachilik yo'qligiga guvox bo'lishimiz mumkin. Yani ushbu risolada o'zi haqida shunday fikir yuritgan "Men o 'zimni tanigandan beri erkin yurganman, hech qachon, hech mavretda asoratga tushmaganman, saroyga mansub bo 'lib,ma 'mur va mashxur bo 'lgan vaqtlarda ham erkinligimni qo 'ldan bermay asoratni tan olgan emasman. Podshoga yozgan maktub va arizalarim ham riyokorlik va xushomadgo 'ylikdan holi edi" deya fikir bildirib o'tadi.

Ushbu asarda keltirilgan ta'riflar va mu'lumotlarga tayanadigan bo'lsak biz shunday tarixiy-tanqidivlikka asoslangan asarlarni ko'roq o'rganishmiz tariximizning yangi qirralarini ochib berishda hamda shu kungacha javobsiz qolayotgan bir qancha savollarga qisman bo'lsada to'htamga kelishda o'rini katta deb hisoblayman.

Ahmad Donish komil ishonch bilan dunyoda katta o'zgarishlar ro'y berishi, eski davlat sulolalari yangi davlat va yangi millat paydo bo'lishni bashorat qilgan.

Mustaqillik sharofati bilan ozodlik, erkinlikka erishgan xalqimiz, ayniqsa, biz yoshlar o'tgan "Qora kunlar"ni anglamasak, bilmasak istiqlolga azobu iztiroblarsiz, kurashsiz erishilmaganligini teran tushunub yeta olmaymiz. Biz mustaqillik osmondan tushmaganligini bilishimiz uchun, rivojlanish, yuksalish, farovonlik yo'lida olg'a qadamlar tashlab kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o'tilayotganini qadirlay bilishimiz uchun ham shu kabi tarixiy asarlarni o'rganishimiz zarur. Shunda "Biz kim edigu kim bo'ldik" degan savolga aniq javob bergan bo'lar edik.

Istiqlol tufayli o'z tariximizni o'zimiz yozish va tarix fani metodologiyasini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo'ldik. O'tgan davr ichida O'zbekistonning yangi tarixi yozildi va tarix fani jadal rivojlanmoqda. Butunlay yangi ruh va mazmundagi ilmiy qarashlar paydo bo'ldi, o'quv qo'llanma va darsliklari, tarixiy asarlar chop etildi.

Tarixiy muammolar bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlarning fidokorona mehnatlarini inkor etmagan holda, "O'zbekiston tarixi"ning dolzarb muammolari, yechimini kutayotgan mavzular, bahs-munozarali masalalar ham mavjud ekanligini ta'kidlash maqsadga muvofiqdir. Bungungi kunga qadar olib

. . .E.jíl PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

borilgan tarixiy tadqiqotlar haqida ko'p gapirish mumkin. Ammo, O'zbekiston tarixining tarkibiy hamda yordamchi qismlari bo'lgan arxeologiya, etnologiya, numizmatika, san'atshunoslik, tarixshunoslik, manbashunoslik va muzeyshunoslik, tarixiy demografiya, tarixiy geografiya, fan tarixi, kabi sohalarda, tadqiqotlarga muhtoj bo'lgan mavzular, bahs-munozaralarga sabab bo'layotgan muammolar ham talaygina.

O'zbekiston tarixi fanining tarkibiy qismlari bo'lgan arxeologiya, numizmatika, muzeyshunoslik, san'atshunoslik, tarixshunoslik kabi fanlardan ham mutaxassis talabalar uchun tavsiya etiladigan darsliklar va o'quv qo'llanmalari yaratish O'zbekiston tarixini o'rganish samaradorligiga juda katta ijobiy ta'sir ko'rsatishi shubhasizdir.

Yana bir jihatga e'tibor qaratadigan bo'lsak o'quv adabiyotlari orasida fanlararo yondashuv asosida yaratilgan «Новейшая история Узбекистана» darsligini alohida qayd etish zarur. MDH mamlakatlari orasida birinchilardan bo'lib, u eng yangi tarix bo 'yicha yozilgan darslik hisoblanadi. Ishlash jarayonida o'quv adabiyotlarini yaratishning dunyo tajribasi o'rganilganligiga qaramasdan, O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tomonidan tayyorlangan "Arxivshunoslik" darsligi, "Muzeyshunoslik" o'quv qo'llanmasining ahamiyati mustaqillik yillarida aynan tarix yo 'nalishi bo 'yicha bu borada maxsus darslik, o'quv qo'llanma yaratilmaganligi bilan belgilash joiz.

Yurtimiz tarixining davrlari, taraqqiyot bosqichlari va madaniy yuksalish jarayonlari rang-barangdir. Har bir muayyan tarixiy davr o'z navbatida ko'plab tarixiy madaniy jarayonlar bilan bog'liq holda kechgan. Xususan, qadimgi davrdan boshlab yuz bergan ilk davlatchilik va shaharsozlik madaniyatining taraqqiyot bosqichlari, ijtimoiy-siyosiy tizim va davlat boshqaruvi etnomadaniy va iqtisodiy aloqalar, migratsiya jarayonlari, ko'chmanchi va o'troq aholi o'rtasidagi munosabatlar, moddiy va ma'naviy madaniyatning rivojlanishi kabi ko'plab jarayonlar bevosita bir-biri bilan bog'liq holda bo'lib o'tgan. Ulardagi o'zaro bog'liqlik va o'ziga xoslikni ko'rsatib berish ham fandagi muammolardan biri hisoblanadi.

O'zbekiston tarixi fanining qadimgi va o'rta asrlar davri bo'yicha ilk davlatchilikning shakllari va turlari, boshqaruv shakllari, unvonlar va mansablar, etnogenez masalalari, turli davrlardagi migratsiya jarayonlari, o'rta asrlar shaharlari va boshqa masalalar hali ko'plab tadqiqotlar talab etadi.

Masalaning yana bir e'tiborli tomoni shundaki, tarixning turli davrlari bo'yicha mavjud bo'lgan dolzarb muammolar yuzasidan tadqiqot ishlari olib borilib, ularning natijalarini darsliklar va o'quv qo'llanmalar orqali o'quv jarayoniga joriy etish "O'zbekiston tarixi" bo'yicha ta'lim olayotgan mutaxassis talabalarning bu fanni yanada chuqurroq va teranroq o'zlashtirishlari uchun katta imkoniyatlar yaratishi shubhasizdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

[1] "O'zbekiston Tarixi" 1-kitob A.S.Sagdullayev Toshkent "Vneshinvesttprom" 2019

[2] "Risola Yohud Mang'itlar Honadoni Saltanatining Qisqacha Tarixi" Ahmad Donish O'zbekiston milliy entsiklopediyasi" Davlat ilmiy nashiryoti Toshkent 2014

[3] "Tarix faninign metodologik asoslari" R.Rajabov Toshkent "Istiqlol" 2013

[4] "Manbashunoslik" D.Alimova Toshkent "Turon-Iqbol" 2019

[5] "O'rta osiyo xalqlarining tarixining tarixshunosligidan lavhalar" T.S.Saidqulov Toshkent "O'qituvchi" 1993

[6] "O'zbekiston Tarixi" 1-jild B.J.Eshov, A.A. Odilov Toshkent 2014

[7] "Markaziy Osiyo tarixi zamonaviy tarixshunosligidagi yondashuvlar" kitobi Kamoliddin Shamsiddin Sirojiddin o'g'li Toshkent 2023 "Fan Ziyosi" Nashiryoti

[8] O'zbekiston tarixi" 3-kitob N Jo'rayev «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent - 2011

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.