Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLARDA TABIIY FANLAR MASALASI'

O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLARDA TABIIY FANLAR MASALASI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
428
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim islohotlari / SCIENCE / tabiiyot va geografiya / amaliy geografiya / uchinchi RENESANNS poydevori / normativ-huquqiy hujjat / kompetensiyaviy talablar.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Mavluda Mo‘minjon Qizi Ibroximova

Maqolada ta’lim tizimimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tabiiy fanlar bilan bog‘liq masalalari, ularning ahamiyati, ko‘zlangan maqsadlar tahlil qilingan. Mazkur islohotlar samaradorligida tabiiy fanlar o‘qituvchilariga qo‘yilayotgan kompetensiyaviy talablar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLARDA TABIIY FANLAR MASALASI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'ZBEKISTON TA'LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLARDA TABIIY FANLAR

MASALASI

Mavluda Mo'minjon qizi Ibroximova

CHDPU Tabiiy fanlar fakulteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada ta'lim tizimimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tabiiy fanlar bilan bog'liq masalalari, ularning ahamiyati, ko'zlangan maqsadlar tahlil qilingan. Mazkur islohotlar samaradorligida tabiiy fanlar o'qituvchilariga qo'yilayotgan kompetensiyaviy talablar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: ta'lim islohotlari, SCIENCE, tabiiyot va geografiya, amaliy geografiya, uchinchi RENESANNS poydevori, normativ-huquqiy hujjat, kompetensiyaviy talablar.

KIRISH

Tarixdan ma'lumki, yurtimizdan ko'plab ilm-fan rivoji uchun ulkan ishlar qilgan shaxslar yetishib chiqqan. Buyuk allomalarimizning yaratgan ilmiy merosi butun jahon hamjamiyati taraqqiyoti uchun ulkan ahamiyat kasb etib kelgan. Buning asosiy sababi esa ta'lim-tarbiya tizimiga munosib yondashilganligi hisoblanadi. Ta'lim-tarbiya jamiyatni barqaror rivojlantiruvchi asosiy mezon hisoblanadi. Zero, "Ta'lim sifatini oshirish - Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to'g'ri yo'lidir."[1] Ayni vaqtda mamlakatimiz ta'lim-tarbiya tizimida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sog'lom raqobatni yaratish maqsadida bu sohaga xususiy tarmoqni kirib kelishiga ham keng sharoit yaratildi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi xususiy maktablar soni 194 tani tashkil etib, ularda 46 mingga yaqin yoshlar taxsil olmoqda. Shuningdek ayni vaqtda 65 ta nodavlat oliygohlar ham faoliyat yuritmoqda.

Muso Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi buyuk allomalarimiz tabiiy fanlar rivojiga ulkan hissa qo'shganlar. Nobel mukofoti soxiblari bo'lgan ko'plab G'arb olimlari o'z g'oyalarini o'rta asr allomalari asarlaridan olganliklarini alohida ta'kidlaganlar. Masalan, 1927-yilda tibbiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan avstriyalik psixiatr Yu. Vagner-Yaureg o'z g'oyasini Ibn Sinoning qarashlaridan olganligini[2] aytadi. "2015-yilda menga kimyo va biokimyo fanlari bo'yicha Nobel mukofoti berilganida bu nufuzli mukofotni mazkur fanlarga asos solgan al-Beruniy va ibn Sinolarning avlodi sifatida qabul qilib oldim," -deb fikr bildirgan Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjar[3].

Mamlakatimiz ta'lim tizimida ham 2021-2022 o'quv yilidan boshlab 1-6-sinflarda tabiiy fanlarni o'zida jamlagan Tabiiy fani (SCIENCE) joriy etililishi

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

belgilandi. Bu masalalar O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2021-yil 24-dekabrdagi 414-son buyrug'ida keltirilgan.

ASOSIY QISM

Tabiiy fan (SCIENCE) amalga kiritilishidan oldin xalqaro amaliyot, O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan xususiy va xorijiy maktablar tajribasi o'rganildi. Bir qator rivojlangan xorijiy davlatlar ta'lim tizimida tabiiy fanlar (biologiya, geografiya, kimyo, fizika) 1-6 sinflarda SCIENCE dasturi asosida o'qitiladi. Tabiiy fani ayni vaqtda o'qitilib kelinayotgan 1-2-sinfda "Atrofimizdagi olam", 3-4 sinflarda "Tabiatshunoslik", yuqori sinflarda esa 4 ta alohida fanlar, ya'ni geografiya, biologiya, fizika (6-sinfdan boshlab), kimyo (7 sinfdan boshlab) fanlarini o'zida birlashtiradi. Bu fanni joriy etishdan ko'zlangan maqsad va uning ahamiyati shundan iboratki, fan orqali o'quvchi olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglaydi, ilmiy dunyoqarashi shakllanadi, tadqiqotchilik ko'nikmalari, kreativ fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Mazkur fan o'quvchi-yoshlarni kichik yoshdan boshlab tabiiy fanlarni o'qishga qiziqtirish, ularda atrof-olam haqida yaxlit tasavvur paydo qilishga yordam beradi. Bu bilan bola tabiiy fanlar, jumladan fizika va kimyo qiyin emas, aksincha qiziq fanlar ekanligini tushunadi, uni o'rganishga o'zida rag'bat sezadi. Ta'lim tizimida shunday gap bor: "Keraksiz va zerikarli fan bo'lmaydi, balki fanni o'qitishning keraksiz va zerikarli usullari bo'ladi" Masalan, tabiatda yuz berayotgan hodisalarni, aytaylik, yomg'ir hodisasini o'rganish jarayonida bola uning tarkibi (biologiyaga oid tushunchalar), fizik xususiyatlari, qaysi fasllarda va qayerlarda ko'proq yog'ishi (geografik xususiyati), yomg'ir ta'sirida Yerda qanday o'zgarishlar bo'lishi, o'simliklar uchun foydasi haqida ma'lumotga ega bo'ladi, barcha fanlarga integrativ yondashadi. Natijada, PISA, TIMSS, PIRLS kabi xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyati kengayadi. "Yangi tartibning joriy qilinishi 5 yilgacha muddatni oladi". Tabiiy fan (SCIENCE) bosqichma-bosqich tarzda joriy qilinadi. Birinchi bosqich 2021/22 o'quv yilida 1-2-sinflarda, keyin boshqa sinflarda joriy qilinadi.

"Tabiiy fan boshqa fanlarni qisqartirmaydi". Ayni paytda 1-2-sinfda "Atrofimizdagi olam" - 1 soat, 3-4-sinfda tabiatshunoslik - 1 soat, 5-sinfda biologiya - 1 soat, geografiya - 1 soat, 6-sinfda fizika - 2 soat, biologiya - 2 soat, geografiya va iqtisod - 2 soatdan o'qitilib, 1-5-sinflarda jami 12 soatni tashkil qiladi.

Hozirgi takliflarga ko'ra, tabiiy fan 1-sinfda bir soat, 2-4-sinflarda ikki soatdan, 5-6-sinfda esa 3 soatdan, jami 13 soat o'qitilishi tavsiya etilmoqda. Bu - hali taklif, albatta. Soha mutaxassislarining bergan taklif-mulohazalari albatta inobatga olinishi lozim. Tabiiy fanlarni o'qitishda quyidagi xususiyatlarni inobatga olish lozim: - Universiallik - insoniyatga zarur bo'lgan bilimni fan ishlab chiqadi. Uni bilish hamma insonga foyda keltiradi va uning tili bir xil.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

- Haqiqiy va ishonchli - fandagi ma'lum ilmiy xulosalarga asoslangan talablarni, ratsional usullarni va fikrlash qonunlarini joriy qilish asosida bilim oladi.

- Tizimlilik - bilimlar alohida tizim asosida, idrok qilish strukturasiga asoslangan.

- Qabul qiluvchi - yangi bilimlar avvalgi bilimlar bazasidan shakllanadi. Fizikaning bir qonuniyati bor: "bordan yo'q bo'lmaydi va yo'qdan bor bo'lmaydi". Har bir yangilik uchun albatta asos bo'lishi talab etiladi.

- Tugallangamagnlik - ilmiy bilimlar to'xtovsiz o'sib borgani bilan, mutloq tugal xulosaga kela olmaydi yoki shu xulosadan keyin bu borada bironta kuzatuv o'tkazilmasin deb aytmaydi.

- Tanqidga moyillik - fan doimo eng asosiy nazariyalarni ham qayta ko'rib chiqishga moyil bo'lishi kerak. Shu jixatdan bugungi ta'lim tizimimizda tabiiy fanlarni o'qitish masalasi qayta ko'rib chiqilmoqda.

So'nggi 4 yil ichida Respublikamizda geografiya fanining turli tarmoqlariga oid qabul qilingan 80 dan ortiq O'zbekis-ton Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Respublika hukumati-ning farmon va qarorlari hamda boshqa qonunosti hujjatlari (jumladan, geodeziya, kartografiya va kadastr sohasiga oid 20 ga yaqin, gidrometeorologiya sohasiga oid 5 ta, geografik obyektlarning nomlariga oid 3 ta, tabiatni va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid 20 ga yaqin, geologiyaga oid 20 dan ortiq, tuproq unumdorligini oshirish va yer-suv resurslaridan oqilona foydalanishga oid 10 dan ortiq) qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF - 5847-son Farmonida ko'plab sohalar qatorida Tabiiy sohada ham kadrlar tayyorlashni kengaytirish masalasi belgilangan.[4] Mazkur islohotlardan oliy ta'lim tizimida tabiiy fanlar doirasida keng ilmiy dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo'lgan kadrlarni tayorlash maqsad qilingan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi "Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida Geologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish, o'qitishning zamonaviy uslublaridan keng foydalanish, geologiya sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, ta'lim jarayonining moddiy-texnika bazasini ilg'or xorijiy texnologiyalar asosida mustahkamlash vazifasi belgilab berildi. [5]

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrda tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4896-son qarorida 2021/2022 o'quv yilidan boshlab Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti va boshqa xorijiy ta'lim

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

muassasalari bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha gidrometeorologiya yo'nalishida kadrlar tayyorlashni tashkil etish vazifasi belgilangan.(6)

Geografiya juda qadimgi va ayni paytda navqiron fan bo'lib, hisobni shu fan asoschisi Eratosfendan boshlaydigan bo'lsak, vujudga kelganiga 24 asr bo'lgan. Shu davr mobaynida geografiya fani takomillashib, rivojlanib, unda yangi tarmoq-lar shakllandi. Azaldan - o'rta asrlarda ham, temuriylar davrida ham, jadidlar davrida ham, undan keyin ham bu fan madrasalar, maktablarda o'qitib kelindi. Demak, bu fanga insoniyat ehtiyoji qadimdan mavjud bo'lgan va hozir ham bu zaruriyat aslo kamaygani yo'q.Ayni vaqtda ta'limini dastlabki bosqichlarida Tabiiy-geografiya fanini o'zlashtirishga standartlar belgilangan[7].

Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida tabiiyot va geografiya, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida amaliy geografiya o'quv fanini o'rganish bosqichlari

Ta'lim bosqichi Standart darajasi

Bitiruvchilar Daraja nomlanishi

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining Tabiiyot fanini

boshlang'ich 4-sinf bitiruvchilari A1 o'rganishning

boshlang'ich darajasi

Tabiiyot fani chuqur o'rganiladigan Tabiiyot fanini

ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta A1+ o'rganishning

ta'lim maktablarining 4-sinf kuchaytirilgan

Umumiy o'rta ta'lim bitiruvchilari boshlang'ich darajasi

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining Geografiya fanini

9-sinf bitiruvchilari A2 o'rganishning tayanch darajasi

Geografiya fani chuqur Geografiya fanini

o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan A2+ o'rganishning

umumiy o'rta ta'lim maktablarining kuchaytirilgan tayanch

9-sinf bitiruvchilari darajasi

O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Amaliy geografiya faniga chuqurlashtirilmagan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilari V1 Amaliy geografiya fanini o'rganishning umumiy darajasi

Amaliy geografiya faniga chuqurlashtirilgan o'rta maxsus, V1+ Amaliy geografiya fanini o'rganishning

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

kasb-hunar ta'limi muassasalari kuchaytirilgan umumiy

bitiruvchilari darajasi

XULOSA

Yurtimizda ta'lim tizimidagi islohotlar, xususan tabiiy fanlar tizimidagi islohtlardan ko'zlangan asosiy maqsad - sohada xalqimizning farovon hayoti hamda mamlakatimizning baraqaror taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yetuk kadrlar tayorlash, shuningdek, uchinchi RENESANNS poydevorini yaratishda buyuk allomalarimizning tabiiy sohalarda qoldirgan katta ilmiy merosini chuqur o'rganib, munosib davom ettira oladigan yoshlarni tarbiyalash hisoblanadi. Bu maqsadga erishishimizda har birimizdan ta'lim-tarbiya tizimiga sidqidildan yoshdashishni, shuningdek, o'zimizda zamonaviy kasbiy-ilmiy kompetensiyalarni shakllantirishimiz talab etadi. Buyuk ma'rifatparvar bobmiz ta'kidlaganlaridek, "Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur!"

REFERENCES

1. Sh.Mirziyoyev. Oliy Majlisga yo'llagna murojaatnomasi. Xalq so'zi gazetasi 2022-yil 21-dekabr soni.

2. Milliylik - millat oynasi. Ibn Sino. https://milliycha.uz/ru/ibn-sino/

3. Xabar.uz (Nobel mukofoti laureat - O'zbekistonni ko'rish 40 yillik orzuim" maqolasidan)

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni(https://lex.uz/docs/-4545884)

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori(https://lex.uz/docs/-4849613)

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori(https://lex.uz/docs/-5108961)

7. Geografiya fanini o'rganish bosqichlari (geografiya.uz)

8. Z.N Tojiyeva. O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ijtimoiy-demografik masalalari. O'zbekistonda ijtimoiy fanlar, 59

9. Ibroximova M.M. O'zbekistonda rayonlashtirish masalalari va istiqbolli imkoniyatlari. SCIENTIFIC PROGRESS. VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 ISSN: 21811601

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.