Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SAYLOV VA ARALASH SAYLOV TIZIMI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SAYLOV VA ARALASH SAYLOV TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

7
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Saylov kodeksi / saylov tizimi / mojaritar saylov / proportsional saylov / qonun / vakillik organlari / parlament / siyosiy partiyalar / gender kvotasi / modda / axborotlashtirish.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Jaloliddin Xolbobo O’g’li Saparov

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida 2024 yil 27-oktyabr kuni bo'lib o'tgan qonunchilik palatasiga saylovlar va saylovni aralash saylov tizimida o‘tkazilganligi haqida ko‘rsatib o‘tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SAYLOV VA ARALASH SAYLOV TIZIMI»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SAYLOV VA ARALASH SAYLOV

TIZIMI

Jaloliddin Xolbobo o'g'li Saparov

Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura Muxtarxanova

Inagamova

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida 2024 yil 27-oktyabr kuni bo'lib o'tgan qonunchilik palatasiga saylovlar va saylovni aralash saylov tizimida o'tkazilganligi haqida ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Saylov kodeksi, saylov tizimi, mojaritar saylov, proportsional saylov, qonun, vakillik organlari, parlament, siyosiy partiyalar, gender kvotasi, modda, axborotlashtirish.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasida 2024 yil 27-oktyabr kuni bo'lib o'tgan qonunchilik palatasiga saylovlar muhim voqea hisoblandi. Ushbu saylovlar mamlakatning kelgusi siyosiy yo'nalishini belgilashda katta ahamiyatga ega. Bu yilgi saylovlar mojaritar, proportsional va aralash tizimlar orqali amalga oshirildi, bu esa saylov jarayonining yanada demokratik va adolatli bo'lishini ta'minlashga qaratilgan edi. Eslaylik, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bundan besh yil avval milliy saylov qonunchiligiga oid beshta qonun va o'nlab qonunosti hujjatlarini o'zida mujassam etgan Saylov kodeksining qabul qilinishini saylov jarayoni ishtirokchilari ham, xalqaro ekspertlar ham qanday qizg'in xayrixohlik bilan kutib olgan edi. Loyihasi samarali muhokamalardan so'ng qabul qilingan Kodeks parlamentimiz qo'yi palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlarda 2019-yili ilk bor sinovdan muvaffaqiyatli o'tgani ham yodimizda.

Bunday muvaffaqiyatlarning bosh omili - avvalo jamoatchilik fikri inobatga olinib, xalqimiz bilan birgalikda, maslahatlashib qabul qilinayotgan qonunlar va qarorlardadir. Bu o'tgan yili yangi tahrirdagi milliy Konstitutsiyamizni ishlab chiqish va umumxalq referendumida qabul qilish jarayonida yanada yorqin namoyon bo'ldi. Konstitutsiya tom ma'nodagi xalq muallifligidagi tarixiy hujjat bo'lganini ahli dunyo keng e'tirof etdi.1 Hamyurtlarimiz, ayniqsa, yoshlarning bu jarayonlarda faol ishtiroki

1 O zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: // O'zbekiston Respublikasi qonuni. O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahri 01.05.2023 19-modda Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.

2024-yil, 7-dekabr

222

ularda Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg'usi baland va sobit ekanini ko'rsatdi 2024-yil 27-oktabr kuni yangi Saylov kodeksi asosida 2- marotaba O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo'lib o'tdi. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda - oktabr oyi uchinchi o'n kunligining birinchi yakshanbasida o'tkazilishi belgilab qo'yilgan.

Mojaritar saylov tizimi. Mojaritar saylov tizimi, shuningdek, ko'pchilik ovoz olish tizimi deb ham ataladi, bunda har bir saylov okrugida eng ko'p ovoz olgan nomzod g'olib bo'ladi. Bu tizimning asosiy afzalligi saylovchilar o'z vakillarini bevosita tanlash imkoniyatiga ega bo'lishidir. Mojaritar tizim mahalliy vakilliknii kuchaytiradi, chunki har bir nomzod o'z hududining muammolarini va ehtiyojlarini yaxshi bilishi kerak.Mojaritar tizimda:Har bir saylov okrugi bitta vakilni saylaydi.Saylovchilar to'g'ridan-to'g'ri nomzodlarga ovoz beradilar.Eng ko'p ovoz olgan nomzod saylanadi.

Proportsional saylov tizimi. Proportsional saylov tizimi siyosiy partiyalarga ovoz berish orqali amalga oshiriladi. Bu tizim saylovchilarning ovozlarini teng taqsimlashni va har bir partiyaning parlamentdagi o'rinlar soni olingan ovozlar ulushiga mos kelishini ta'minlaydi. Proportsional tizim siyosiy plyuralizmni va turli siyosiy kuchlarning parlamentda ishtirokini rag'batlantiradi.Proportsional tizimda:Saylovchilar siyosiy partiyalarga ovoz beradilar.Har bir partiyaning olingan ovozlar ulushiga qarab parlamentdagi o'rinlari taqsimlanadi.Partiyalar o'z nomzodlarini partiya ro'yxati orqali taqdim etadilar. Aralash saylov tizimi. Aralash saylov tizimi mojaritar va proportsional tizimlarning kombinatsiyasi hisoblanadi. Bu tizimda saylovchilarga ikki xil usulda ovoz berish imkoniyati taqdim etiladi: biri mojaritar tizim asosida individual nomzodlarga, ikkinchisi esa proportsional tizim asosida siyosiy partiyalarga. Aralash tizim demokratik jarayonni yanada kuchaytirish va saylovchilarning ovozlarini yanada adolatli taqsimlashga qaratilgan.

Aralash tizimda: Saylovchilarga ikki xil ovoz berish imkoniyati taqdim etiladi. Mojaritar tizim orqali har bir saylov okrugida vakil saylanadi. Proportsional tizim orqali siyosiy partiyalarga ovoz berilib, ularning o'rinlari taqsimlanadi.

Saylovoldi kampaniyalari va nomzodlar. 2024 yilgi saylovlarda oldi yillardagi saylovlarga qaraganda 5 ta siyosiy partiyalar va nomzodlar o'z saylovoldi

223

2024-yil, 7-dekabr

kampaniyalarini faol olib borishdi. Har bir nomzod va partiya o'z dasturlarini taqdim etib, saylovchilarni o'z taraflariga tortishga harakat qilishdi. Ommaviy axborot vositalarida nomzodlarning chiqishlarini va nomzodlarning saylovoldi uchrashuvlarini va boshqa tashviqot tadbirlari muntazam ravishda yoritib borishdi

Saylovlarning shaffofligi va adolatliligi. Saylovlaming shaffof va adolatli o'tishini ta'minlash uchun qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Saylov jarayonida xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar ishtirok etib, saylovlarning qonuniyligini nazorat qiladilar2 Ilk marotaba respublikamizda har bir volatdan tanlab olingan saylov uchastkalarida videokuzatuv tizimlari o'rnatilib, ovoz berish jarayoni onlayn tarzda kuzatilish imkoniyati yaratildi. Joriy yildagi saylovlar yangilangan Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo'yilgan kuchli parlamentarizm va joylarda vakillik organlarining vakolatlari sezilarli darajada kuchaytirilgan sharoitda o'tdi.

Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari amaldagi beshtadan o'n ikkitaga, Oliy Majlis Senatiniki esa, o'n ikkitadan o'n sakkiztaga ko'paytirildi. Parlamentning ijro etuvchi, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus xizmatlar faoliyati ustidan nazorat funksiyalari kengaytirildi. [6]

Hokimlarning xalq deputatlari kengashlariga rahbarlik qilishi bekor qilindi. Davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida avval hokimlar vakolatida bo'lgan o'ttiz uchta vakolat mahalliy kengashlarga o'tkazildi. Bu esa siyosiy partiyalar va nomzodlar o'rtasida faol raqobat muhitining shakllanishiga xizmat qiladi. Qayd etish zarurki, Konstitutsiyaviy qonun talablaridan kelib chiqib, Markaziy saylov komissiyasining barcha normativ-huquqiy hujjatlari to'la xatlovdan o'tkazildi. O'nga yaqin nizom, yo'riqnoma va boshqa hujjatlar yangidan ishlab chiqildi va qabul qilindi, ayrimlariga zarur o'zgartirishlar kiritildi.

Erishilgan natija. 2024 yil 27-oktyabr kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha qonunchilik palatasiga saylovlar O'zbekiston siyosiy hayotida muhim voqea bo'lib, mamlakatning kelgusi rivojlanish yo'nalishini belgilab bermoqda. Mojaritar, proportsional va aralash saylov tizimlarining qo'llanilishi saylov jarayonining yanada demokratik va adolatli bo'lishini

2 O'zbekiston Respublikasi yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyada "Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash" (tahliliy strategiya asosida) 25.07.2022 PF - 175 - son Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son; 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son.

224

2024-yil, 7-dekabr

ta'minlamoqda.3 Fuqarolar saylovlarda faol ishtirok etib, o'z tanlovlarini amalga oshirdilar va mamlakat kelajagini belgilashga bevosita va bilvosita ishtirok etishdi. Bu saylovlar O'zbekistonda demokratik tamoyillarni mustahkamlash va davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Saylov natijalariga ko'ra 15 million 27 ming 529 nafar saylovchi yoki jami saylovchilarning 74,72 foizi ovoz berishda ishtirok etdi. Proporsional saylov tizimi bo'yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi — 5 milllion 194 ming 41 ta ovoz bilan 26 ta deputatlik o'rni, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi — 2 million 812 ming 493 ta ovoz bilan 14 deputatlik o'rni, O'zbekiston Ekologik partiyasi — 1 million 960 ming 764 ta ovoz bilan 10 ta deputatlik o'rni, Xalq demokratik partiyasi — 2 million 558 ming 16 ta ovoz bilan 13 ta deputatlik o'rni, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi — 2 million 420 ming 857 ta ovoz bilan 12 ta deputatlik o'rniga ega bo'ldi. Majoritar tizim bo'yicha esa Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi

— 38 ta, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi — 15, O'zbekiston Ekologik partiyasi — 6, Xalq demokratik partiyasi — 7, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi

— 9 ta deputat saylangan. Umumiy hisobda Qonunchilik palatasiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 64 nafar, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 29 ta, "Adolat" SDP jami 21 ta, XDP 20 ta, Ekologiya partiyasidan 16 ta deputat saylandi.[3] Ilgari deputatlikka nomzodlar orasida ayollar kamida 30 foiz bo'lishi kerak degan gender kvotasi, endilikda 40 foizgacha ko'tarildi. Siyosiy partiya ro'yxatidagi ketma-ketlikda esa kamida har besh nomzodning ikki nafari ayol kishi bo'lishi lozim.

Xulosa. Majoritar tizimda siyosiy partiyalar tomonidan ko'rsatilgan nomzodlarning hech biri saylovchilarning yarmidan ko'pining ovozini ololmasligi mumkin edi. Bu esa takroriy ovoz berishni o'tkazish, qo'shimcha tashvish va xarajat demakdir. Jumladan, 2019-yilda o'tkazilgan parlament saylovlarida yigirma beshta saylov okrugida takroriy ovoz berish o'tkazilgan.

Bundan tashqari, bo'shab qolgan deputatlar o'rnini to'ldirish uchun saylov komissiyalari faoliyatini qaytadan tiklash zarur. Bu esa minglab odamlarni yana saylov komissiyalari ishiga jalb etish, saylovchilarni yana ovoz berishga da'vat qilish bilan bog'liqdir. Proporsional saylov tizimining afzalligi - bunday holatlarda partiya tomonidan ko'rsatilgan ro'yxat bo'yicha navbatdagi nomzod deputatlik o'rnini

3 O'zbekiston Respublikasi Savlov to'g'risida // qonun / Senat tomonidan 04.09.2019 O'RQ-563-son Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 18.11.2024-y., 03/24/1002/0936-son.

2024-yil, 7-dekabr

225

egallaydi. Partiyalar tomonidan shakllantirilgan ro'yxatlar jamoatchilik e'tiboriga havola qilinadi.

REFERENCES

1. Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.

2. Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истикболлар//International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112

3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. Туркистонлик аёлларнинг сиёсий макоми//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90

4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари/ZYangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55

5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.

6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б. 121-125.

7. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.

8. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil.

226

2024-yil, 7-dekabr

9. O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi.

10. https://saylov.uz/oz/article/saylov-huquqi-inson-qadriga-yuksak-e-tibor#!

11. https://kun.uz/news/2024/07/26/ozbekistonda-parlament-saylovlari-27-oktyabr-kuniga-belgilandi

12. http s : //sayl ov.uza.uz/uz?stats=1

13. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.

14. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.

15. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.

16. Дадашева А.А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.

17. Дадашева А.А. Махаллий ижро хокимияти фаолияти устидан жамоатчилик назоратини натижадорлигини оширишнинг илмий-назарий ечимлари// Хукукий тадкикотлар журнали. 2-махсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232

227

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.