Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784
educational, natural and social sciences 5(3), March, 2025
Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz
'O'ZBEKISTON - 2030" STRATEGIYASIDA YOSHLAR TARBIYASI
MASALALARI
Habibullayev Orif Muhiddin o'g'li
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti "Ijtimoiy-gumamtar fanlar va tarix" kafedrasi katta o'qituvchisi
Tel.: +998932314959
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola "O 'zbekiston- 2030 " strategiyasining mamlakatimizda mavjud ta 'lim tizimini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berishga qaratilgan. Maqolada, "O'zbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirishga oid masalalar, xususan, strategiya asosida yoshlar tarbiyasiga e'tibor berilishi lozim bo'lgan jihatlar, axborot va mediamakonning yoshlar tarbiyasiga ta'siri yangi zamonaviy ta'lim muassasalari va platformalarini ishga tushirishga qaratilgan chora-tadbirlarning huquqiy asoslari sharhlab berilgan.
Kalit so'zlar: "O'zbekiston- 2030" strategiyasi, islohotlar, ta'lim tizimi, globallashuv, ma'naviyat, milliy mafkura, ta'lim, tarbiya, allomalar, axloq, odob, xulq, qadriyat, jamiyat, ijtimoiy, Vatan, Davlat, siyosat, qonun, Milliy dastur, Prezident, xalq, inson, taraqqiyot.
АННОТАЦИЯ
В данной статьи рассматривается значение реформ образовательно -воспитательной системы Республики Узбекистан на основе стратегии "Узбекистан- 2030". В том числе рассмотрены вопросы, касающиеся реализации стратегии" Узбекистан - 2030', в частности, аспекты, на которые следует обратить внимание при воспитании молодежи на основе стратегии, влияние информации и медиамакона на воспитание молодежи, правовые основы мер, направленных на запуск новых современных образовательных учреждений и платформ.
Ключевые слова: Стратегия Узбекистан-2030, реформы, система образования, глобализация, духовность, национальная идеология, образование, воспитание, ученые, этика, этикет, поведение, ценности, общество, социальное, Отечество, государство, политика, закон, национальная программа, президент, народ, человек, развитие.
ABSTRACT
This article examines the importance of reforms of the educational system of the Republic of Uzbekistan based on the strategy "Uzbekistan- 2030'. Among other things, issues related to the implementation of the strategy were considered"
Research BIB / Index Copernicus
Uzbekistan - 2030', in particular, the aspects that should be paid attention to when educating young people based on strategy, the impact of information and media law on youth education, the legal basis of measures aimed at launching new modern educational institutions and platforms.
Keywords: Strategy of Uzbekistan-2030, reforms, education system, globalization, spirituality, national ideology, education, upbringing, scientists, ethics, etiquette, behavior, values, society, social, Fatherland, state, politics, law, national program, president, people, man, development
Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi va jamiyatning barcha sohalarida tub islohotlar o'tkazildi. Hukumat tomonidan alohida e'tibor qaratilgan sohalardan biri ta'lim tizimi bo„lib, bu borada qator tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Istiqlolning dastlabki yillaridayoq qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekistonRespublikasi Qonuni hamda uning asosida amaliyotga joriy etilgan "Kadrlar tayyorlash davlat Dasturi"ning bosqichma bosqich amalga oshirilishi, bu borada olib borilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida jamiyatning turli sohalarida kuzatilgan yutuq va kamchiliklar shular jumlasidandir. Ushbu chora-tadbirlarni davom ettirish, sohalar rivojini jadallashtirish maqsadida qabul qilingan Prezident farmonlari va hukumat qarorlari fikrimizga dalil bo'ladi.
2023-yil 11-sentyabrda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 'O'zbekiston - 2030' strategiyasi Yangi O'zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini qurishdek ezgu maqsad sari tashlangan muhim qadam bo'ldi.
'O'zbekiston - 2030' strategiyasini ko'pchilik tahlilchilar Xalq strategiyasi deb atamoqdalar. Beshta yo'nalish, yuzta asosiy maqsadni birlashtirgan mazkur normativ-huquqiy hujjatda mamlakatimiz kelajagi bilan bog'liq bo'lgan ta'lim tizimi islohotlariga asosiy e'tibor qaratilgan. Zotan, jadid mutafakkiri Abdulla Avloniy ta'kidlaganlaridek, 'Ilm dunyoning izzati. Ilm inson uchun g'oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o'z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko'rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o'tkir qilur'.
Ilm-ma'rifat, ta'lim-tarbiya, ma'naviyat insonni kamolotga yetaklovchi, unga najot, kuch beruvchi buyuk ne'mat ekani, bugungi tezkor va shiddatli dunyoda yanada yaqqolroq namoyon bo'lyapti.
Materiallar va tadqiqot usullari.
Insoniyat axborot oqimi tobora tezlashgan,yer shari aholisi kayfiyatini, ruhiyatini,maqsad va intilishlarini qolaversa, butun tafakkur tarzini o'zgartirishga
KIRISH
Research BIB / Index Copernicus
qodir bo'lgan axborot texnologiyalari vujudga kelgan bir davrda yashamoqda. Bu hozirgi zamon sivilizatsiyasining o'ziga xos yutug'i. Xalqlar, mamlakatlar, davlatlar o'zaro munosabatlarni tobora yaqinlashtirishga, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini boshqarishga, dunyoviy kayfiyat, dunyoviy ruhiyat va maslakning vujudga kelishiga xizmat qiladigan mo'jizakor hodisa.
Biroq tamaddunning ana shunday ulkan, keng miqyosli va serqirra yutug'idan kim qanday maqsadlarda foydalanyapti? Uning beqiyos va qudratli kuchini nimalarga ishlayapti? - degan xaqli savollar ham o'z javobini qidirmoqda. Insoniyat tafakkuri kengayib, fan-texnika taraqqiyoti jadallashgan sayin insoniyat o'zining buyuk yaratuvchilik qudratini namoyon etmoqda. Shu bilan birga inson o'zining boshini o'zi og'ritadigan,o'z hayotiga o'zi tahdid soladigan,o'z istiqbolini mavhumlashtiradigan holatlarga ham duch kelmoqda. Bu kabi holatlarni oldini olish, ularga barham berishning yagona yo'li - ilm ekani bugungi kunning haqiqati. Aynan, shuning uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida quyidagi fikrlarni ko'rishi mumkin: "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilmfan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim. Ushbu maqsad yo'lida yoshlarimiz o'z oldiga katta marralarni qo'yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko'mak berish - barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo'lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro'yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi. Shu maqsadda "Yangi O'zbekiston - maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi", degan g'oya asosida keng ko'lamli islohotlarni amalga oshiramiz" [1]
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan fikrlar XX asr boshida yashab ijod etgan millatimiz ma'rifatparvarlari tomonidan ilgari surilgan g'oyalarn ing mantiqiy davomi sanalib, millatni g'oyaviy hurujlardan asrashda ilmning kuchi naqadar be qiyos ekanidan dalolat beradi. Jumladan, buyuk ma'rifatparvar Abdulla Avloniy 'Turkiy guliston yohud axloq' asarida axloq 'insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur', - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma'lumot beruvchi mazkur manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to'xtalib o'tadi.[2].
Bugungi kunda tezkor usullar yordamida U yoki bu voqea, hodisa haqidagi habar bir zumda yer yuzining barcha nuqtalariga yetkazib berilmoqda. Ta'kidlash
Research BIB / Index Copernicus
joizki, axborot huruji g'arazli geosiyosiy manfaatlarni amalga oshirish yo'lida turli kuchlar tomonidan keng qo'llanmoqda. Bunday holat geosiyosiy kuchlarning dunyoning yirik tele va radiokanallariga, Internet saytlariga turli siyosiy kuchlarning bosim o'tkazishga intilayotganini,ulardan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishga urinayotganini ko'rsatadi.
Shunday sharoitda, axborot uzatish jarayoni dunyo miqyosida demokratik qoidalar asosida amalga oshirilishi lozim. Shu ma'noda O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov "xalqimiz, avvalambor yosh avlodimiz ma'naviy olamning daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga tayanib-suyanib ish olib borishimiz kerak,degan savol barchamizni o'ylantirishi tabiiy', dep yozgan edi. [3].
Natijalar va ularni muhokama qilish.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni ko'pincha sof texnologik jarayon sifatida baholanishiga qaramay, mazmun-mohiyatiga ko'ra chuqur ijtimoiy taraqqiyotning yanada yuqoriroq darajasiga ega bo'lgan shakliga o'tishni anglatadi, hamda jamiyatning istiqboldagi xususiylashtirish belgilab beradi.
Har qanday jarayonning yaxshi va yomon tomonlari bo'lganidek, jamiyatni axborotlashtirishning ham ijobiy hamda salbiy jihatlari mavjud. Xususan, axborotlashtirish va istiqbolli axborot texnologiyalari ishlab chiqarish samaradorligi hamda mehnat tejamkorligini oshirishini, ilmiy bilimlar va ilg'or texnologiyalar jamiyatda jadal tarqalishini,jamiyat intellektuallashuvi umumiy darajasini oshirishni ta'minlashi kabi ijobiy tomonlar bilan bir qatorda axborot axborot makoni uchun kurash va insonga axborot-psixologik ta'sir ko'rsatishning avj olishi kabi alohida xavfni ham yuzaga keltiradi.
Bundan ko'rinib turibdiki, ushbu nazariya G'arbning demokratiya erkinliklarini targ'ib etib boshqa g'oyalar tarqatilishini imkon qadar cheklash nazarda tutadi. Hozirgi kunda konsepsiyaning mazmun mohiyati o'zgarishsiz qolganligini va u yoshlarimizni chalg'itish,ularning qalbiga ta'lim tarbiyasi va dunyoqarashiga ta'sir o'tkazish niyatida keng foydalanilayotganini alohida ta'kidlash zarur. Axborot uzatish,almashinish va qabul qilish jarayonida tezkorlik, aniqlik, sifat va ta'sirchanlikni ta'minlash, axborotning dunyo bo'ylab keng yoyilishi imkoniyatini yaratishda Butunjahon o'rgimchak to'ri'ning ahamiyati katta va aynan mana shu omil undan foydalanish ehtiyojini tobora orttirmoqda.
Yangi yuz yillikda O'zbekistonga ham internet shiddat bilan kirib keldi va kundalik hayotda o'z o'rnini egallashga harakat qilmoqda. 2024-yilga kelib mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 15 mln kishidan oshib ketdi. Fan-texnika yutuqlari inson manfaatlari, ezgu maqsadlar yo'lida xizmat qilishi lozim, albatta. Biroq ayrim kuchlar virtual olamdan g'arazli niyatlari yo'lida
Research BIB / Index Copernicus
foydalanayotgani ham ayni haqiqatdir. Mutaxassis olimlarning fikriga ko'ra, aholining faqat 15-25 foizi axborotni tanqidiy nuqtai nazardan o'zgartirishga qodir,qolgan 75 foiz odamlar esa olingan axborotning hozirgi zamon vositalari va usullari jamiyat boshqaruvchanligini ta'minlaydi.
Bugungi kunda kelib dunyoning mafkuraviy manzarasi juda murakkablashmoqda. Unda kuchli ta'sirga ega bo'lishning eng maqbul yo'li, har qancha mablag' talab etilishidan qat'iy nazar,yirik axborot tarqatuvchi mavqeini egallash ekani ayon bo'lib qolmoqda. Jahonda 'axborot urushi'ketayotganini xatto oddiy odamlar ham payqashi qiyin emas. Masalan, biror-bir horijiy mamlakatning turmush tarzi, qadriyatlar tizimini ulug'lovchi risolalar, kinofilmlar tarqatilmoqda. Tabiiyki,bunday axborotlar jamiyatda ma'lum ijtimoiy fikr shakllanishiga, millatimiz mentaliteti ha ta'sir etmasdan qolmaydi
Axborotlashuv va globallashuv jarayonlari, faqat moddiy manfaat va ehtiyojlarini qondirishga intiladigan, milliy qiyofasini qariyb yo'qotgan,o'z maqsadi yo'lida har qanday g'oyani qo'llashga tayyor toifalarni ham vujudga keltirmoqda. Bunday salbiy holat mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarimizga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi. Ana shu tahdidni bartaraf etish uchun bor imkoniyatlarini ishga solgan holda izchil kurashmoq zarur. Davlatimiz rahbari 'Yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch' asarida yozadiki, ' Bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. [4].
Hozirda har bir axborot chegara bilmaslik xususiyatiga ega ekan, ongi va dunyoqarashi endigina shakllanayotgan yosh avlodning ma'naviy olami daxlsizligini asrash ko'pchilikni o'ylantirishi darkor. Internetni cheklab qo'yishi yoki axborot olishni taqiqlash bilan muammo hal bo'lmaydi. Hayotni ham ommaviy axborot vositalarsiz tasavvur qilish qiyin bo'lgan hozirgi sharoitda internet yoshlar uchun asosiy axborot manbaiga aylanmoqda.
Ammo G'arb madaniyatiga taalluqli ba'zi ko'rsatuv va saytlar borki, ular mutloqo tarbiyaga ziddir. Bunday axborotlar yoshlarimiz xulqi va dunyoqarashiga salbiy ta'sir qilishi aniq. Ayni o'rinda yana bir fikrni aytib o'tishimiz joiz. 'Olim jahon' seriallar bilan to'lib toshgani bizning-cha, ijobiy hol emas. Chunki yoshlar asosiy vaqtini shu seriallarni ko'rishga sarflashi ta'lim sifatiga ta'sir qilmay qolmaydi. Darvoqe, gazeta va jurnallar sahifalarida chop etilayotgan axborot hamda ma'lumotlarning mazmunan sayozligi ham yoshlarimiz tafakkuriga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
XXI asrda boshida hayot suratlarning beqiyos darajada tezlashuvi, axborot oqimining kuchayishi oqibatida avtoritet nufuz masalasi ham yangicha ma'no kasb etayotir. Ba'zi yoshlar o'zining bilim olish va hayotga munosabatini belgilashda ota-ona, ustoz-murabbiyni emas, OAV hamda internetni avtoritet sifatida e'tirof etishi, ulardagi axborot va ma'lumotlarni mutlaq chin dep ishonishi tashvishlanarli holdir.
Tajribasi kam bo'lgan yoshlarning hayotiy tushuncha va tasavvurlarini, asosan, OAV hamda internet shakllantirmoqda. Bu esa ta'lim-tarbiya muassasalarining ish faoliyatini qiyinlashtirib qo'ymoqda. Axborotning katta oqimi sharoitida inson o'zini erkin his eta olishi uchun axborot madaniyatiga ega bo'lishi kerak. Bu o'rinda axborot madaniyati deyilganda, ta'lim, ilmiy bilish va faoliyatning boshqa turlari davomida yuzaga keladigan axborotga bo'lgan ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bilimlar o'quv va ko'nikmalarning tizimlashtirilgan yig'indisi tushuniladi.
Yosh avlodning ma'naviy olamini buzg'unchi ta'sirlardan asrash uchun ta'lim-tarbiya jarayonida qanday tamoyillarga asoslanish va qanday jihatlarga e'tibor qaratish kerak, degan masala faylasuflar, gumanitar fan olimlarining diqqat markazida turibdi,Fikrimizcha, yoshlarning tafakkur tarbiyasiga ko'proq e'tibor,ularni boy o'tmishimiz va milliy an'analarimiz ruhida tarbiyalashga qaratish, o'sib kelayotgan avlod ma'naviy olamining daxlsizligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Chunki davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, "...qayerda yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo'lsa,o'sha yerda ma'naviyat qudratli kuchga aylanadi"[5].
Yoshlarning axborot oqumiga munosabatini shakllanish aql-idrok, tafakkur tarbiyasining bir yo'nalishidir. Ota-onalar, ustoz va murabbiylar ta'lim-tarbiya berish jarayonida yoshlarga fikr va bilib o'rtasidagi farqni tushuntirishi, fikrlarni o'zaro taqqoslashga,turlarga ajratishga o'rgatishi lozim.
Axborot madaniyatini shakllantirish masalasi jamiyat rivoji bilan bevosita bog'liq bo'lganligi sababli U mamlakat miqyosida ijtimoiy ahamiyatga molik masaladir. Shu sababli, axborotlashgan jamiyat shakllanishi sharoitida axborotlashtirish jarayonining barcha sohada oid jinoyatlarni o'rganish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
XULOSA
Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan strategik ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar quruq raqamlardan yoki asossiz dasturlardan iborat emas. "O'zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan har bir yo'nalish va vazifalarning moliyaviy manbalari hal etilib, shu kunlarda ularning ijrosi ta'minlanishi aniq belgilangan. Belgilangan vazifalar yanada samarali bo'lishi uchun esa Davlat rahbari tomonidan ta'kidlanganidek, vaqtni - imkoniyatga, imkoniyatni - yutuqqa, yutuqni
Research BIB / Index Copernicus
taraqqiyot poydevoriga aylantirishimiz kerak. Zero, yagona maqsadimiz Vatanimizni kuchli huquqiy davlat va farovon fuqarolik jamiyatiga aylantirishdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Mirziyoev Sh.M. Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so'zi. № 276. 30.12.2020.
2. Sh.M.Mirziyoev. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. Toshkent - O'zbekiston, 2019 y.
3. Karimov I.A.. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. T., Ma'naviyat. 2008.
4. Prezident Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 7 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi.
5. Jahongirov Burxon Bo'ronovich. O'zbekistonda ilm-fan holati, taraqqiyot yo'nalishlari (1980-2010 yillar). Monografiya."Qaqnus media" nashriyoti, Toshkent. 2020. -b.584.
6. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. - Toshkent: O'qituvchi, 1992. -
b.35.