Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATIDAGI INGLIZCHA SO‘ZLARNING MAVZUIY GURUHLARI'

O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATIDAGI INGLIZCHA SO‘ZLARNING MAVZUIY GURUHLARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Integral sema / differensial sema / korpus lingvistikasi / linvistik “mahsulot” / markaz sema / periferik sema / ifoda plani / mazmun plani / mavzuiy guruh / Integral schema / differential schema / corpus linguistics / linguistic "product" / central schema / peripheral schema / expression plan / content plan / thematic group

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Tojiboyeva Mushtariy

Ushbu maqoladamustaqillik davrida ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan leksemalarning differensial va integral semalarini ma’lum metodologiya asosidatizimiy munosabatlarda tartiblashyo‘li bilan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi leksemalar bir qancha mavzuiy guruhlarga ajratilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEMATIC GROUPS OF ENGLISH WORDS IN THE EXPLANATORY DICTIONARY OF THE UZBEK LANGUAGE

In this article, the lexemes in the "Explanatory Dictionary of the Uzbek Language" are divided into several thematic groups by sorting the differential and integral symbols of the lexemes that have been assimilated from the English language into the Uzbek language in the system relations based on a certain methodology

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATIDAGI INGLIZCHA SO‘ZLARNING MAVZUIY GURUHLARI»

www.in-academy.uz

''-У f"'i

^é'M

THEMATIC GROUPS OF ENGLISH WORDS IN THE EXPLANATORY DICTIONARY OF THE UZBEK LANGUAGE

Tojiboyeva Mushtariy

NavDPI is a student of the Faculty of Uzbek Language and Literature

EURASIAN JOURNAL OF TECHNOLOGY AND INNOVATION

ARTICLE INFO

Received: 24th September 2024 Accepted: 29th September 2024 Online: 30th September 2024 KEY WORDS

Integral

schema,

linguistic

schema,

expression

schema, differential corpus linguistics, "product", central peripheral schema, plan, content plan,

thematic group.

ABSTRACT

In this article, the lexemes in the "Explanatory Dictionary of the Uzbek Language" are divided into several thematic groups by sorting the differential and integral symbols of the lexemes that have been assimilated from the English language into the Uzbek language in the system relations based on a certain methodology.

ТЕМАТИЧЕСКИЕ ГРУППЫ АНГЛИИСКИХ СЛОВ В ТОЛКОВОМ СЛОВАРЕ

УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА Тожибоева Муштари

НавДПИ - студентка факультета узбекского языка и литературы

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 24th September 2024 Accepted: 29th September 2024 Online: 30th September 2024 KEY WORDS

Интегральная сема,

дифференциальная сема, корпусная лингвистика,

лингвистический «продукт», центральная сема,

периферийная сема, план выражения, план содержания, тематическая группа.

В данной статье лексемы в «Толковом словаре узбекского языка» разделены на несколько тематических групп путем сортировки дифференциальных и интегральных символов лексем, усвоенных из английского языка в узбекский язык в системных отношениях. на основе определенной методологии.

OZBEK TILINING IZOHLI LUGATIDAGI INGLIZCHA SOZLARNING MAVZUIY

GURUHLARI

Tojiboyeva Mushtariy

NavDPI O'zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi ARTICLE INFO ABSTRACT

Open access journal

www.in-academy.uz

Ushbu maqolada mustaqillik davrida ingliz tilidan o'zbek tiliga o'zlashgan leksemalarning differensial va integral semalarini malum metodologiya asosida tizimiy munosabatlarda tartiblash yo'li bilan "O'zbek tilining izohli lug'ati"dagi leksemalar bir qancha mavzuiy guruhlarga ajratilgan.

"O'zbek tilining izohli lug'ati"dagi leksik baza uchun "lug'at birliklari" atamasi qo'llanadi. Ushbu birliklar leksema shaklida lug'atdan o'rin olsa-da, leksemalarning farqlovchi semalari va birlashtiruvchi semalari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Mazkur semalar lug'atdagi turli ma'noni anglatuvchi leksemalarni turli mavzuiy guruhlarga taalluqli ekanligini hamda lug'at tarkibidagi boshqa leksemadan farqlash maqsadida differensial semalar chegarani aniqlab beradi. "Leksik ma'noning differensial formasi ma'lum miqdordagi differensial usullarni o'z ichiga oladi. Masalan, leksemalar ma'nosining qiyoslanishi, zidlanishi, tasniflanishi, ta'riflash, tizimlashtirilishi natijasida differensial semalar yuzaga keladi"1. Shuning natijasida lug'atdagi turli leksemalarning semalari uning turli mavzuga oidligidan darak beradi.

Ayrim tilshunoslar "differensial xususiyat yoki semema shu yo'nalishdagi tilshunoslar tushunchasida diskret birlik sifatida sememaning elementar bo'linmas qismi ekanini, shu tufayli u ma'lum ma'no uchun muhim bo'lib ajralib turishini, bu boshqa so'z va bir necha so'zlarga ma'lum paradigmatik qarama-qarshilik tufayli yuzaga kelishini"2 ta'kidlaydilar. Shuni qayd etish lozimki, ushbu xususiyatlar bitta mavzui guruh yoki ma'noviy uya ichida yuz beradi, ya'ni ma'noviy uya va mavzui guruhdagi leksemalarning bog'liq va farqli tomonlari nutq jarayonida ma'noviy muvofiqlik va ma'noviy zidlanish natijasida namoyon bo'ladi.

"O'zbek tilining izohli lug'ati"dagi inglizcha leksemalarning differensial va integral semalari asosida tizimiy munosabatlarda tartiblash asosiy maqsad hisoblanadi. Ushbu lug'atni tuzishda ma'lum bir integral semantik xususiyat bilan birlashgan til birliklari yig'indisi alohida mavzui guruhlarga ajratildi, shu boisdan asosiy e'tibor leksemalarning umumiy semasiga qaratildi.

Tilshunoslikda ma'lum bir integral semantik xususiyat bilan birlashgan til birliklari yig'indisi uchun qo'llanadigan atamalardan biri - leksik-semantik kategoriya termini. Dastlab bunday leksik birliklarning ahamiyati, til tizimidagi o'rni so'zlar misolida o'rganilgan, keyinchalik lingvistik tadqiqotlarda so'z, sodda birikma hamda murakkab birikmalar ham lingvistik tadqiq markaziga aylana boshlagan. Ushbu semantik tadqiqotlarning dastlabki samarasi ingliz tilidagi leksemalarning o'zbek tiliga kirib kelishi va turli sohalarni qamrab olishi, ularning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, fan va san'at sohalariga kirib kelishi bilan baholanadi. Ushbu ilmiy mulohazalar va tadqiqotlar o'rganilayotgan leksik-semantik kategoriya uchun lingvistik baza vazifasini bajaradi. Yaratilgan lingvistik bazalar korpus

Received: 24th September 2024 Accepted: 29th September 2024 Online: 30th September 2024

KEY WORDS Integral sema, differensial sema, korpus lingvistikasi, linvistik "mahsulot", markaz sema, periferik sema, ifoda plani, mazmun plani, mavzuiy guruh.

1 Шмелев Д.Н. Проблемы семантического анализа лексики. М., 1973. С. 108

2 Шмелев Д.Н. Проблемы семантического анализа лексики. М., 1973. С. 108

www.in-academy.uz

lingvistikasi uchun lingvistik "mahsulot" vazifasini o'taydi. Shu boisdan mazkur lug'atdagi leksemalarning ma'noviy uyalarga birikishi quyidagi metodalogiyaning mahsuli hisoblanadi.

"Metodologiya ("metod" va "logos" so'zlaridan) — tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi ta'limot. Metodologiya metodlar haqidagi ta'limot yoki yalpi-umumiy bilish metodi, deb ham ta'riflanadi"3. O'TILdagi leksemalarni mavzuiy guruhlarga ajratishda quyidagi metadologiyaga asoslanib amalga oshirilgan:

1. "Ma'noviy birlashish" - integral semalar asosida;

2. "Ma'noviy zidlanish" - differensial sema asosida;

3. "Bevosita aloqador" - to'g'ridan-to'g'ri birikish;

4. "Bilvosita birlashish" - ma'lum semalariga tayanish;

5. "Markaz sema" - mavzuiy guruhga bevosita aloqador;

6. "Periferik sema" - mavzuiy guruhga bilvosita aloqador;

7. "Ifoda planiga asosan" - shaklga qarab(nomga asoslanib);

8. "Mazmun planiga asosan" - leksema ma'nosiga asoslanib mavzuiy guruhlarga ajratildi;

9. Arxisema - barcha ma'nolar shu sema atrofida birlashib guruhlarga ajraladi;

10. Periferiya - ma'noviy guruhning chekka qismidan o'rin olib, ma'noviy va mavzuiy guruhni kengaytiradi.

Ushbu lug'atda o'zbek tiliga ingliz tilidan o'zlashgan leksemalar iqtisod, siyosat, madaniyat, fan va texnologiyalar, tibbiyot, san'at va bir qator mavzularni qamrab olgan. Shu asosida mavzuiy guruh nomlari shakllantirilgan, ularga tegishli leksamalar mazkur guruhga kiritilgan. Albatta, bu leksemalar mustaqillik davri bilan bog'liq. Chunki har bir davlat iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy rivojlanish davrida bevosita hamkorlik aloqalari bilan bog'lanadi. Ushbu leksemalarning ko'pchiligi dastlab rus tili orqali kirib kelgan bo'lsa, keyinchalik mustaqillik davrida ushbu aloqalar kuchayib, tog'ridan-to'g'ri kirib kela boshlagan. Bu barchasi hamkorlik aloqalarining turli sohada rivojlanishi bilan bog'liq. Biz quyida ingliz tilidan o'zlashgan turli mavzudagi leksemalarni mavzui guruhlar misolida tasniflab chiqdik, ular o'ttizga yaqin mavzui guruhlarni tashkil etdi.

Ular quyidagi ketma-ketlikda lug'atdan joy olgan.

1. Davlat boshqaruviga oid atamalarning mavzuiy guruhi;

2. Uy-ro'zg'or buyumlari va jihozlariga oid atamalarning mavzuiy guruhi;

3. Madaniy-ma'naviy sohaga oid atamalarning mavzuiy guruhi;

4. O'lchov-miqdorga oid atamalarning mavzuiy guruhi;

5. Musiqa asboblariga oid atamalarning mavzuiy guruhi;

6. Texnikaga oid atamalarning mavzuiy guruhi;

7. Oziq-ovqatga oid atamalarning mavzuiy guruhi;

8. Hayvonot olamiga oid atamalarning mavzuiy guruhi;

9. O'rin-joyni bildiruvchi atamalarning mavzuiy guruhi;

10. Zebu-ziynatga oid atamalarning mavzuiy guruhi;

11. Harbiy sohaga oid atamalarning mavzuiy guruhi;

12. Aviatsiyaga oid atamalarning mavzuiy guruhlari;

3 https://uz.wikipedia.org/wiki/Metodologiya

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20. 21. 22.

23.

24.

25.

26.

27.

28. 29.

www.in-academy.uz

Lingvistikaga oid atamalarning mavzuiy guruhlari; Adabiyotga oid atamalarning mavzuiy guruhlari; Meditsinaga oid atamalarning mavzuiy guruhlari; Astronomiyaga oid atamalarning mavzuiy guruhlari; Ish qog'ozlariga oid atamalarning mavzuiy guruhlari; Televidiniyaga oid atamalarning mavzuiy guruhlari; Davlat tuzulmalariga oid atamalarning mavzuiy guruhlari; Kasbga oid atamalarning mavzuiy guruhlari; Kiyim-kechakka oid atamalarning mavzuiy guruhlari; Teatr aktyorligi sohasiga oid atamalarning mavzuiy guruhi; Tabiat hodisalari bilan bog'liq atamalarning mavzuiy guruhi; Qurilishga oid atamalarning mavzuiy guruhi; O'simliklar dunyosiga oid atamalarning mavzuiy guruhi; Falsafaga oid atamalarning ma'noviy guruhi; Kemasozlikka oid atamalarning ma'noviy guruhi;

Kompyuter va axborot texnologiyalariga oid atamalarning mavzuiy guruhi; Ta'limga oid atamalarning mavzuiy guruhi.

Bundan ko'rinadiki, har bir mavzuiy guruhga oid leksemalar o'zining maxsus semalari bilan shu guruhga taalluqli bo'ladi. Masalan, O'TILda "KEYK [ingl. cake (ko'pl. cakes)] Sut, yog' qo'shib oshirilgan xamirdan ko'pincha mayiz qo'shib pishirilgan shirinlik (odatda kulcha yoki pirog shaklida bo'ladi)4" ma'nosini anglatib, "tanovul qilinadigan", "shirinlik xususiyatiga ega", "oziq-ovqat mahsuloti" kabi ma'nolari bilan "Oziq-ovqatga oid atamalarning mavzuiy guruhi"ni shakllantiradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, har bir leksemaning mavzuiy guruhi umumiy va xususiy semalariga asoslanib tasniflanadi.

References:

1. Шмелев Д.Н. Проблемы семантического анализа лексики. М., 1973. С. 108

2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Metodologiya

3. O'zbek tilining izohli lug'ati: 80 000 dan ortiq so'z va so'z birikmasi. 6 jild. 2022-y.

4

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.