Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILIGA NEOLOGIZMLARNING KIRIB KRLISHI HAMDA QO‘LLANILISHIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR'

O‘ZBEK TILIGA NEOLOGIZMLARNING KIRIB KRLISHI HAMDA QO‘LLANILISHIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Neologizmlar / atamalar / oʻzlashma soʻzlar / uzbekinvest / tok – shou / fan-texnika.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Sobirova Sohiba

Ushbu maqolada oʻzbek tiliga chet tilidan kelib oʻzlashgan atama va terminlarning foydalanilishi va ularning hozirgi kunda qanchalik isteʼmolda ekanligi haqida maʼlumotlar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILIGA NEOLOGIZMLARNING KIRIB KRLISHI HAMDA QO‘LLANILISHIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR»

O'ZBEK TILIGA NEOLOGIZMLARNING KIRIB KRLISHI HAMDA QO'LLANILISHIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR

Sobirova Sohiba Yo'ldash qizi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 1-bosqich talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek tiliga chet tilidan kelib o'zlashgan atama va terminlarning foydalanilishi va ularning hozirgi kunda qanchalik iste'molda ekanligi haqida ma'lumotlar keltiriladi.

Kalit so'zlar: Neologizmlar, atamalar, o'zlashma so'zlar, uzbekinvest, tok -shou, fan-texnika.

Hozirgi kunda texnologiya borgan sari rivojlanib bormoqda shu boisdan ham tilimizga yangi so'zlar, atamalar, neologizmlar kirib kelmoqda. Neologizmlarning yaratilishi va tarqalishi asosan fan-texnikaning rivojlanib borganligi bilan bog'liq. Hozirgi kunda nafaqat fan-texnika balki iqtisodiy sohada ham biz ko'plab neologizmlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, hozirgi kunda ko'p foydalaniladigan "uzbekinvest" so'zini olsak bo'ladi. Bu borada Toshkent moliya instituti talabalarga milliy eksport-import sug'urta kompaniyasi o'zbek investitsiyasining tashabbuskorligi haqida seminar ham o'tkazdi. "Uzbekinvest" so'zi o'zbek so'zi va investitsiya so'zlarining qo'shilishi orqali o'zbek investitsiya so'zi yasalgan. Agar biz bu so'zni tarjima qiladigan bo'lsak yangi so'z yoki ibora yuzaga kelishi mumkin.

Shu jumladan teleradio kompaniyalarining deyarli hammasi foydalanadigan "shou" so'zini olsak. "Shou" so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib - ko'rsatish, namoyon qilish, tomosha degan ma'nolarni bildiradi. Shou leksemasi ommaviy tomoshabinlar, tinglovchilarga mo'ljallangan televizion yoki konsert tomoshasi ma'nosiga ega. Masalan shou tashkil etish, shou tashkil etish orqali daromad topish ma'nosini "shou business" so'zi orqali, ashula, suhbat asosida tashkil etiladigan ko'ngilochar ko'rsatuv ma'nosiga esa "tok - shou" (ya'ni inglizcha "talk shou ") leksemalari juft

holatida shakllanib o'zlashib qolgan. Yana yuqoridagi so'zlardan tashqari barmen, sportsmen, biznesmen, yaxtsmen, kabi so'zlar ham mavjud ular inglizcha qo'shma yasama so'zlar bo'lib shaxs oti yasashdan hosil bo'ladi. Barmen so'zini oladigan bo'lsak inglizcha so'zdan olingan bo'lib "barda ishlovchi erkak" ma'nosini anglatadi.

Lekin hozirgi kunda barda ishlovchi erkak deb emas balki bar egasi deb ko'proq foydalaniladi. Sportsmen so'zi esa sportchi, biznesmen esa bizneschi, yaxtsmen esa yaxtachi deb ishlatiladi. O'zlashma so'zlar ko'pincha sportga qiziquvchilar orqali kirib keladi. Masalan vindserfing, armrestling, fristyle, skeybord, kikboksing va boshqalar. Undan tashqari kompyuter texnologiyalari sohasiga qiziquvchilar tomonidan ham bizga juda ko'plab yangi so'zlar kirib kelgan. Misol tariqasida komputer, fayl, printer, skayner va shu kabi so'zlarni misol qilsak xato bo'lmaydi. Agar o'zlashma so'zlar faollasha boshlasa ular o'z atrofida bir necha yangi tushunchalarni ham olib kirishi mumkin jumladan: prezentatsiya, nominatsiya, videofayl, videosolon, triller, videokasseta, xit, diskoteka, disk-jokey. Aytish mumkinki hozirgi kunda ingliz tili tobora rivojlanib bormoqda va xalqaro til sifatida o'z mavqeini mustahkamlamoqda va ilmiy tadqiqotlar tiliga ham aylanmoqda. Shu boisdan ham internet tarmoqlaridan ilmiy manbalarda ilmiy so'zlarning turlari kengaymoqda. Shu tufayli ham chet tilidan so'zlar kirib kelib jamiyat o'rtasida ko'proq foydalanilmoqda.

Biz xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki kundan kunga fan-texnika, iqtisodiyot sohalari rivojlanib bormoqda va shu orqali yangi so'zlar ya'ni neologizmlar kirib kelmoqda. Bu sohalar rivojlanib borar ekan yangi so'zlar soni ham oshib boraveradi. Shu sababdan ham biz bu sohani o'rganishni to'xtamasligimiz va har bir kirib kelgan yangi so'zlarni o'rganib boraverishimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Mahmudov N. "O'zbek tilida o'zlashma so'zlar: me'yor va milliylik". "O'zbek tili va adabiyoti jurnali" 2010, 6-son, 5-bet.

2.Suyunova R. "A.Oripov she'riyatida metanimiyaning ayrim xusiyatlari" O'zbek tili va adabiyoti jurnali. 2010, 4-son.

3.Saidxonov M. "Badiiy matn kommunikativ vosita". O'zbek tili va adabiyoti jurnali. 2009, 5-son, -B.77.

4.Yusupova R. "A.Oripov she'riyatida semantik pleonazm" O'zbek tili va adabiyoti jurnali, 2009, 3-son, -B.83.

5.Yo'ldoshev M., Isoqov Z., Haydarov Sh. "Badiiy matning lisoniy tahlili" -T.: A.Navoiy nomidagi O 'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010.

6. Yo'ldoshev M., Isoqov Z., Haydarov Sh. "Badiiy matnning lisoniy tahlili". Toshkent, 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.