Научная статья на тему 'O‘ZBEK OPERA DRAMATURGIYASIDA XOR SAHNALARI'

O‘ZBEK OPERA DRAMATURGIYASIDA XOR SAHNALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
14
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
opera / xor musiqasi / sahna / dramaturgiya. / опера / xoровая музыка / сцена / драматургия.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G.A. Xaydarova

operadagi dramaturgiya – bu opera asarida dramatik harakatni yaratish va qurish san’ati bo‘lib, unda musiqa va matn (libretto) his-tuyg‘ularni ifodalash, syujetni rivojlantirish va muhitni yaratish uchun o‘zaro ta’sir qiladi. Operadagi dramaturgiya asar strukturasini yaratishni ham, musiqa harakat va xarakterlarni qanday kuchaytirishi va ochib berishini ham o‘z ichiga oladi, bu operani boshqa teatr shakllaridan ajratib turadi. Xor sahnalari opera dramaturgiyasining rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi, chunki ular nafaqat asarning hissiy muhitini kuchaytiradi, balki syujetning rivojlanishida, qahramonlarni ochib berishda va jamoatchilik fikrini ifodalashda faol ishtirok etadi. Operadagi xor yakkaxon nomerlar uchun fondan tortib, dramatik harakatning markaziy elementigacha bo‘lgan ko‘plab funksiyalarni bajarishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHORAL SCENES IN UZBEK OPERA DRAMATURGY

драматургия в опере это искусство создания и построения драматического действия в оперном произведении, в котором музыка и текст (либретто) взаимодействуют для выражения эмоций, развития сюжета и создания атмосферы. Драматургия в опере включает в себя как создание структуры произведения, так и то, как музыка усиливает и раскрывает действия и характеры, что отличает оперу от других театральных форм. Хорные сцены играют ключевую роль в развитии оперной драматургии, так как они не только усиливают эмоциональную атмосферу произведения, но и активно участвуют в развитии сюжета, раскрытии героев и выражении общественного мнения. Хор в опере может выполнять множество функций для сольных номеров, от фона до центрального элемента драматического действия.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK OPERA DRAMATURGIYASIDA XOR SAHNALARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© G.A. Xaydarova1H_

Uzbekistan davlat konservatoriyasi, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: operadagi dramaturgiya - bu opera asarida dramatik harakatni yaratish va qurish san'ati bo'lib, unda musiqa va matn (libretto) his-tuyg'ularni ifodalash, syujetni rivojlantirish va muhitni yaratish uchun o'zaro ta'sir qiladi. Operadagi dramaturgiya asar strukturasini yaratishni ham, musiqa harakat va xarakterlarni qanday kuchaytirishi va ochib berishini ham o'z ichiga oladi, bu operani boshqa teatr shakllaridan ajratib turadi. Xor sahnalari opera dramaturgiyasining rivojlanishida asosiy rol o'ynaydi, chunki ular nafa qat asarning hissiy muhitini kuchaytiradi, balki syujetning rivojlanishida, qahramonlarni ochib berishda va jamoatchilik fikrini ifodalashda faol ishtirok etadi. Operadagi xor yakkaxon nomerlar uchun fondan tortib, dramatik harakatning markaziy elementigacha bo'lgan ko'plab funksiyalarni bajarishi mumkin.

MAQSAD: ushbu maqolaning maqsadi o'zbek opera dramaturgiyasida xor sahnalarining o'rni, ahamiyatini yoritish. Xususan, kompozitor Muhtor Ashrafiy va S. Vasilenkolarning ilk o'zbek operasi "Bo'ron" operasi hamda Muhtor Ashrafiyning "Dilorom" operasidagi xor sahnalarining yoritilishi, qanday obrazlarda qo'llanilganligi, yozuv uslubi va boshqalar haqida batafsil yoritish.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda musiqiy tahlil, tarixiy tadqiqotlar va manbaalardan foydalangan holda sifatli tadqiqot usuli qo'llaniladi. Materiallar orasida Muhtor Ashrafiyning operalarida xor sahnalaridan qay tarzda foydalanganligi haqida batafsil tahlil etilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: operada xorning vazifalari muhim va ko'p qirrali bo'lib, ba'zan u sahnada ro'y berayotgan voqealarning faol ishtirokchisiga, dramatik harakatning rivojlanishida asosiy rol o'ynaydigan o'ziga xos "jamoaviy shaxs"ga (Musorgskiyning ta'biri bilan aytganda) aylanadi. Tahlil shuni ko'rsatadiki, o'zbek kompozitorlari operlarda xor sahnalariga ko'p murojaat etishganligi hamda xalq kuylarini aynan xor sahnalari uchun moslashtirilganligiga guvoh bo'lamiz. Ushbu yondashuvlar xor musiqasi xususan o'zbek xor san'atini boyishida xizmat qilishini kuzatishimiz mumkin.

XULOSA: tadqiqot xulosasiga ko'ra, o'zbek kompozitorlar operalarida xor sahnalaridan foydalanishi xor musiqasi sohasidagi salmoqli va madaniy juhatdan boyituvchi taraqqiyotni ifodalaydi. Bu moslashuvlar an'anaviy o 'zbek musiqasining mazmun -mohiyatini saqlab qolgan holda uning badiiy chegaralarini kengaytiradi.

Kalit so'zlar: opera, xor musiqasi, sahna, dramaturgiya.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №10

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: G.A. Xaydarova. O'zbek opera dramaturgiyasida xor sahnalari. // Inter education & global study. 2024. №10 B.515-521

ХОРОВЫЕ СЦЕНЫ В УЗБЕКСКОЙ ОПЕРНОЙ ДРАМАТУРГИИ

© Г.А. Хайдарова1И

1 Государственная консерватория Узбекистана, Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: драматургия в опере - это искусство создания и построения драматического действия в оперном произведении, в котором музыка и текст (либретто) взаимодействуют для выражения эмоций, развития сюжета и создания атмосферы. Драматургия в опере включает в себя как создание структуры произведения, так и то, как музыка усиливает и раскрывает действия и характеры, что отличает оперу от других театральных форм. Хорные сцены играют ключевую роль в развитии оперной драматургии, так как они не только усиливают эмоциональную атмосферу произведения, но и активно участвуют в развитии сюжета, раскрытии героев и выражении общественного мнения. Хор в опере может выполнять множество функций для сольных номеров, от фона до центрального элемента драматического действия.

ЦЕЛЬ: целью данной статьи является освещение роли и значения хоровых сцен в узбекской оперной драматургии. В частности, подробное освещение первой узбекской оперы композиторов Мухтара Ашрафи и С. Василенко - оперы "Буран" и хоровых сцен в опере Мухтара Ашрафи "Дилором," в каких образах они были использованы, стиль письма и т.д.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: В исследовании используется качественный метод исследования с использованием музыкального анализа, исторических исследований и источников. Среди материалов подробно проанализировано, как Мухтар Ашрафи использовал хоровые сцены в своих операх.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: В опере функции хора являются важными и многогранными, иногда он становится активным участником событий, происходящих на сцене, своеобразной "коллективной личностью" (по выражению Мусоргского), играющей ключевую роль в развитии драматического действия. Анализ показывает, что узбекские композиторы часто обращались к хоровым сценам в операх и народные мелодии были адаптированы именно для хоровых сцен. Мы можем наблюдать, что эти подходы служат обогащению хоровой музыки, в частности, узбекского хорового искусства.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: согласно заключению исследования, использование хоровых сцен в оперы узбекских композиторов представляет собой значительный и культурно обогащающий прогресс в области хоровой музыки. Эти адаптации расширяют художественные границы традиционной узбекской музыки, сохраняя ее содержание.

Ключевые слова: опера, xoровая музыка, сцена, драматургия.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №10

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Для цитирования: Хайдарова Г.А. Хоровые сцены в узбекской оперной драматургии. // Inter education & global study. 2024. №10. С. 515-521.

CHORAL SCENES IN UZBEK OPERA DRAMATURGY

© Gavhar A. Xaydarova1®

1 State conservatory of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: opera dramaturgy is the art of creating and constructing a dramatic action in an opera work, in which music and text (libretto) interact to express emotions, develop the plot, and create an atmosphere. Dramaturgy in the opera includes both the creation of the structure of the work and how the music strengthens and reveals actions and characters, which distinguishes the opera from other theatrical forms. Choral scenes play a key role in the development of operatic drama, as they not only enhance the emotional atmosphere of the work, but also actively participate in the development of the plot, the revelation of the characters, and the expression of public opinion. The choir in the opera can perform many functions for solo numbers, from the background to the central element of the dramatic action.

AIM: the purpose of this article is to shed light on the role and significance of choral scenes in uzbek opera drama. In particular, a detailed coverage of the first Uzbek opera by composers Mukhtar Ashrafi and S. Vasilenko - the "Buran" opera and the choral scenes in Mukhtar Ashrafi's "Dilorom" opera, in which images they were used, writing style, etc.

MATERIALS AND METHODS: The research employs a qualitative method of research using musical analysis, historical research, and sources. Among the materials, Mukhtar Ashrafi's use of choral scenes in his operas was analyzed in detail.

DISCUSSION AND RESULTS: In the opera, the functions of the choir are important and multifaceted, sometimes he becomes an active participant in the events taking place on the stage, a kind of "collective personality" (Musorgsky's expression), which plays a key role in the development of the dramatic action. Analysis shows that Uzbek composers often resorted to choral scenes in operas, and folk melodies were adapted specifically for choral scenes. We can observe that these approaches serve to enrich choral music, in particular, Uzbek choral art.

CONCLUSION: according to the research, the use of choral scenes in the operas of Uzbek composers is a significant and culturally enriching progress in the field of choral music. These adaptations expand the artistic boundaries of traditional Uzbek music while preserving its content.

Key words: opera, choral music, stage, dramaturgy.

For citation: Gavhar A. Xaydarova. (2024) 'Choral scenes in uzbek opera dramaturgy', Inter education & global study, (10), pp. 515-521. (In Uzbek).

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Opera janri mavzusini yoritishda asarning dramaturgiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. "Musiqiy dramaturgiya - musiqali-teatr janridagi (opera, balet, operetta va b.) asarlarda dramatik harakatni gavdalantirishning ifoda vositalari va usullari tizimidir"[1 ;33]. Opera dramaturgiyasi - musiqiy teatr doirasida syujet, voqeylini aks ettirish va qahramonlarni rivojlantirish san'atidir. U adabiyot, musiqa va teatr unsurlarini uyg'unlashtirib, yaxlit badiiy asarni vujudga keltiradi. Opera dramaturgiyasining asosiy jihatlari quyidagilar: Syujet va tuzilishi, libretto, qahramonlar, musiqa va dramaturgiya (musiqiy shakllar: ariya, duet, ansambl va xor kabi turli xil musiqiy shakllar turli dramatik funksiyalarni bajaradi), sahnaviy talqin, dramaturgik dinamika. Operada ushbu tamoyillarning barchasi birlashib, janr sifatida boy va serqirra badiiy asar yuzaga keladiki, unda musiqa hamda drama birgalikda hissiy-estetik ta'sir uchun xizmat qiladi.

Operada xorning vazifalari muhim va ko'p qirrali bo'lib, ba'zan u sahnada ro'y berayotgan voqealarning faol ishtirokchisiga, dramatik harakatning rivojlanishida asosiy rol o'ynaydigan o'ziga xos "jamoaviy shaxs"ga (Musorgskiyning ta'biri bilan aytganda) aylanadi[1;33]. Ba'zida esa xalq ommasining his-tuyg'ulari va kechinmalarini passiv tarzda ifodalovchi vositaga aylanadi. "Kompozitorlar ko'pincha xorni yaxlit ijrochilar jamoasi sifatida talqin etib, xor epizodlarini "yopiq" shakllarda bayon etadilar. Bunday hollarda turli qo'shiq shakllari, ayniqsa, o'zgaruvchan strofik va rondo shakllari ustunlik qiladi"[3;88]. Biroq, g'oyaviy maqsad, dramaturgik talablar va sahna vaziyatiga qarab xor ba'zan alohida guruhlarga bo'linadi, harakatchan bo'ladi.

O'zbekiston kompozitorlari ijodida opera janri alohida o'rin tutadi. XX asrda ko'plab o'zbek kompozitorlari tomonidan turli mavzularda operalar yozilgan. Ular orasida o 'zining dramaturgik rivojlanish tamoyillari bilan alohida e'tiborga loyiq operalardan biri bu Muxtor Ashrafiy va S. Vasilenkolarning "Bo'ron" operasidir. M.Ashrafiy ijodi davomida opera musiqasi, opera mavzusini yoritishdagi dramaturgiyaga alohida e'tibor qaratgan. "Bo'ron" operasi musiqiy — dramatik jihatdan o'ziga xos asar bo'lib, unda musiqaning dramaturgik asosi muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Libretto K.Yashin tomonidan yozilgan bo'lib, unda Bo'ron ismli kambag'al dehqon yetakchiligidagi qo'zg'olon haqida hikoya qilinadi. Librettoning keskin rivojlanishi va dramatizmi xorning keng qo'llanilishiga, xor sahnalarini tashkil etilishiga katta imkoniyat bergan. Shuningdek, ommaviy sahnalarda xorlar, asosan alohida tugallangan nomerlar shaklida keng o'rin egallagan. Bu operada xor sahnalari juda katta ahamiyatga ega bo'lib, I, II, IV va V pardalarining yakunida hamda IV va V pardalarni ochib berishda keng qo'llanilgan. Ayniqsa, II pardadagi to'y marosimlari sahnasida xorning ifodaviyligi yanada kuchaytirilgan. Bu sahnalarda erkak va ayollar o 'rtasidagi kelinni kutib olish, kuyov marosimlari kabilarni kuzatishimiz mumkin. Erkaklar to 'y ashulalari sahnasi asosan yakkaxonlarning replikalari va erkaklar xori ko'rinishida keladi. "Kelinni kutib olish" sahnasida 4 ovozli aralash xor yangraydi, keyinchalik ikki guruhga bo'linib, ayollar va erkaklar o'rtasida hazilomuz xarakterdagi aytishuv ifodalanadi. II pardadagi bu sahnalarda "Soqiyo", "Jar - jar", "Chamannor", "Gullola", "Chamanda gul" kabi o'zbek xalq kuylarining qo'llanilishi xor musiqasini boyitadi. "Bu sahnalardagi musiqa so'z, raqs va mimika

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

uyg'unligi natijasida ohangning jozibali samimiyligi va yangiligi, o'zgaruvchan ritmlarning moslashuvchanligi hamda yorqin kontrasti va nihoyat, ifodali obrazliligiga olib kelgan"[5;83]. Kompozitorlar tomonidan operada xorlarni yaratishda asos qilib olingan bosh tamoyil ko'p ovozli ohangda kuy chizig'ini aniq ajratib ko'rsatish edi. Bunga Yevropa operasining boy repertuaridan olingan bir qator usullar bilan erishilgan. Mustaqil ahamiyatga ega bo'lgan xorlar opera dramaturgiyasida, masalan, IV parda (Daradagilar xori) da yetakchi ahamiyat kasb etgan. Xorning g'amgin mavzusi xalqning taqdiridan norozi, qayg'uli xarakterini ifodalagan. Bu xorda ilk marotaba polifonik yozuv uslubi qo'llanilganligi bilan boshqa xor sahnalardan farq qiladi. Erkaklar xori fugato shaklida yozilgan bo'lib, mavzu har bir partiyalarda ketma - ket o'tib boradi. Mavzuning har o'tishida dinamika ham kuchaytirilib boriladi va kulminatsiya ff ga olib kelinadi. Bu xor sahnasida dinamikaning ustuvorligi yaqqol namoyon bo'lgan. Xorning milliyligi lad tomonlama ko'rsatib berilgan. Garmonik yozuvi boshqa xorlarga nisbatan murakkabligi septakkordlar va ularning aylanmalarini, orttirilgan uchtovushliklarning qo'llanilishi bilan ifodalangan.

V parda final xori. Ovozning ifodaliligi va ko'p ovozlikdan foydalanish darajasi jihatidan yorqin bo'lgan xorlardan biri bu operaning yakuniy xordir. Uning o'ziga xosligi shundaki, musiqaning asosi folklor emas, balki kompozitorlar tomonidan yozilgan va o'zbek xalq kuyi hamda zamonaviy ommaviy qo'shiqlar intonatsiyasi uyg'unligini ifodalaydi. Ohangning ritmik tuzilishi (sinkopalarning tez - tez ishlatilishi) va tabiiy minor ladining qo'llanilishi o'ziga xos milliy bo'yoqlar beradi. Opera finalida kulminatsiyaga quyidagi usullar bilan erishiladi: xorda, so'ngra orkestrda yuqoriga ko'tariluvchi sekvensiyalar, minordan majorga o'tish tufayli xorning yakunlovchi taktlarida ovozning kontrastlik jihati ortadi, yakkaxon partiyalarning kuchli ovozi va xorning tutti ovozi.

Ushbu operaning psixologik g'oyasidan kelib chiqqan holda shuni aytishimiz mumkinki, xor xalqning turli ko'rinishlari (boylar, do'stlar, dehqonlar, dugonalar va h.k.) da namoyon bo'lib, voqealarga o'zlarining munosabatlari: qayg'ularini va qahramonlarni qo'llab - quvvatlash vazifalarida kelayotganini ko'rishimiz mumkin. Kompozitorlar, asosan, xor ovozlarining o'rta registrlaridan foydalanadilar, kulminatsion qismlarida esa yuqoridagi registrlarga murojaat qiladilar. Bu orqali har bir pardaning voqealar rivojini yorqin ko'rsatib berishda xordan unumli foydalanganliklarini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Erkaklar, ayollar va aralash xorlarning navbatma-navbat kuylashida vokal-tembr bo'yoqlarini mohirona foydalanganligi xorning operadagi o 'rni muhim darajada ekanligidan dalolat beradi.

M.Ashrafiy o'zining "Dilorom" operasi dramaturgiyasini yoritishda xor sahnalaridan keng foydalanadi. Kompozitorning ushbu operasi o'zining ommaviy xor sahnalariga boyligi bilan ham ajralib turadi. M.Ashrafiy librettochi K.Yashin va M.Muxamedovlar bilan birgalikda asarning dramaturgiyasida xor musiqasiga alohida ahamiyat berishgan. Ular dramaturgiyaning asosiy chizgilaridan biri bo'lgan ijtimoiy kelishmovchilikni xor orqali yoritib berishga muvaffaq bo'lishgan. Shuning uchun ushbu operada xor sahnalarining turli ko'rinishlarini uchratish mumkin. Jumladan: mustaqil tugallangan xorlar, xor ansambllari, murakkab ommaviy sahnalar va boshqalar. Operada aralash xor (soprano, alt, tenor, bas)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ko'rinishi bilan birgalikda alohida ayollar xori (soprano, alt) va erkaklar xori (tenor, bas), ikki ovozli, ba'zida to'rt ovoz (partiyalar bo'linishi)lari mavjud. Kompozitor xor yozuv uslubining eng ko'p qo'llaniladigan uslublaridan biri gomofon - garmonik yozuvidan foydalanish bilan bir qatorda polifonik (ovoz osti, imitatsiya) yozuvga ham murojaat qilgan. Xor sahnalari ichida o'ziga xos eng yorqin xarakterga ega bo'lgan sahnalaridan biri bu II pardadagi "Bozor" xori hisoblanadi. U to'rtta variatsion epizodlarni o'z ichiga oladi. Orkestr muqaddimasida organ-punkti fonida o'zbek xalq cholg'usi nog'ora o'ziga xos tarzda 5/8 o'lchovida qo'shiladi. Mazkur qismda xor yetakchi rol o'ynaydi. Bu yerda xor savdogarlar va xaridorlar obrazlarida namoyon bo'ladi, bu obraz orqali bozorni tasvirlashda va uni muhitiga olib kirishda eng katta ahamiyatga ega. Xorning yozuv uslubi gomofon-garmonik hamda polifonik element (ovoz osti)larda yozilgan. Xor asosan 4 ovozli bo'lishiga qaramasdan, 8 ovozli (xar bir partiyaning o'zaro bo'linishi natijasida) yoki 3 ovozga bo'linganligini kuzatishimiz mumkin. Bu sahnada musiqiy ifoda vositalar (kontrast dinamika, shtrixlarning xilma - xilligi, glissandoning ko'p ishlatilishi)dan unumli foydalanganligi natijasida ushbu xor sahnasi operaning eng yorqin qismlaridan biriga aylangan.

Keyingi xor sahnalaridan biri "Zindonda" sahnasi bo'lib, "Dilorom" operasining III parda 5-ko'rinishidagi voqealar zindonda bo'lib o'tadi. Bu yerda asirlar saqlanadi va ularning orasida Diloromning sevgilisi Moni ham bo'ladi. Ushbu sahna xori oddiy ikki qismli reprizasiz shaklda yozilgan. Orkestr kirish qismining birinchi taktlaridan tinglovchini zindon atmosferasiga olib kiradi. Melodik mavzu sekin - asta rivojlanib boradi, unda sinkopalar hamda triollarning qo'llanilishi "nido"larni tasvirlanishiga olib keladi. G'amgin, qayg'uli xarakterga ega bo'lgan mavzu bas partiyasida o'tadi. Zindondagi qorong'u ko'rinishni ifodalashda og'izni yumuq holati qo'llanilgan. Bundan tashqari tembr (bas solosi), minor ladining og'ishmalari kabi unsurlardan zindondagi dahshatni tasvirlashda foydalanilgan. Sahnaning jarayoniga ahamiyat bersak, bu yerda erkaklar sahnada joylashgan va zindonda faqat ular ko'rsatilgan bo'lsa, ayollar sahna ortida o'zining yaqin insonlaridan xabarni kutuvchi tosh devorlarda tutqunlikda saqlanuvchi asiralar bo'lib ko'rsatiladi. Bu sahnaning oxirida yuqori xor tessiturasidan foydalanish dramaturgik jihatdan oqlanadi. Ushbu xor kompozitsiyalarining xilma-xilligi turli xor guruhlarning vokal va tembr tovushlari rang- barangligiga yordam beradi. Bundan tashqari dinamik (ff va p kontrastligi) rejaning xususiyatlari bilan birgalikda zindonning ta'sirli manzarasini hosil qiladi. Ushbu xor sahnasida xorning o'rni nihoyatda katta. Birinchidan; voqea tasvirlanayotgan manzarani ochib berishda foydalanilgan. Shuni aytib o'tish joizki bu yerda ikki manzara ko'rsatilgan: ya'ni, zindondagi asirlar hamda tutqunlikdagi qizlar (sahna ortida). Xor shu ikki obrazlarida namoyon bo'ladi. Ikkinchidan; bu qismda asosan polifonik yozuv (ovoz osti) uslubidan foydalanish natijasida yuqorida aytib o'tilgan ikki obrazni ochib berib shu davr muhitini aks etgan. Uchinchidan; ushbu qismda murakkab ritmik ko'rinish qo'llanilgan, ya'ni 3/4 o'lchovida sinkopalardan foydalanilgan.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Mazkur opera kompozitor M.Ashrafiyning boshqa operalari orasida o'zining epik(doston) opera janriga mansubligi, o'ziga xos dramaturgiyasi bilan ajralib turadi. Shuningdek, operaning xor sahnalari, ansambllariga alohida ahamiyat berilgan. Har bir voqealar rivojini yoritib berishda, uni atmosferasiga olib kirishda xor tarkibidan unumli foydalanilgan. Bundan tashqari xor yozuv uslublariga xos eng murakkab polifonik (III parda "Zindon"), garmonik (II parda saroydagilar xori, IV parda "Bayram" xori) usullardan, turli xil fakturalardan, oddiy (II parda "Bozor") va murakkab (IV parda "Bayram" xori) shakllardan foydalanilgan. Xor turlari: ayollar (I parda "Dilorom va qizlar"), erkaklar(II va III parda "Kambag'al dehqonlar"), aralash xori turi hamda ikkita xor (aralash va alohida erkaklar xori (II parda "Kambag'al dehqonlar" xori va sahna)ning birgalikdagi ansamblidan foydalangan. Tembrlarning o'rtasidagi rang - baranglikni hamda o'zbek xalq qo'shiqchilik san'atiga xos bo'lgan yalla, lapar (II parda "Bozor" sahnasi) ko'rinishlarini xor ijrosida aks ettirgan. "Dilorom" operasida xor turli obrazlarda keltirilgan: savdogarlar va xaridorlar (II parda "Bozor" sahnasi), zindonidagi asirlar (III parda "Zindon"), kambag'al dehqonlar (II parda "Kambag'al dehqonlar" xori), ovchilar(III parda), saroydagilar (IV parda "Bayram" xori). Shuningdek har birining o'ziga xos mavzusi aks ettirilgan. "Dilorom" operasida xor sahnalari alohida mustaqil tugallangan hamda epizod sahnalaridan iborat xorlar mavjud.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, sahnaviy asarlar ifodaviyligi va uning g'oyalarini tizimlashtirilgan ko'rinishda aks etishi dramaturgiyaning muhim tamoyillaridan biridir. Operalar dramaturgiyasining ahamiyati esa sahnada aks etayotgan voqealarni tomoshabinlarga yetkazish ta'sir doirasini kuchaytirishi bilan ifodalanadi. Opera dramaturgiyasining asar davomida rivojlanib borishida esa xor musiqasining o'rni alohida e'tiborga loyiqdir. M.Ashrafiy o'zining "Bo'ron" va "Dilorom" operalarida xor musiqasining ushbu tamoyillardan keng foydalanganligining guvohi bo'lishimiz mumkin.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Вайнкоп Ю. Что надо знать об опере. Москва, Ленинград, Изд. «Музыка» 1967. 33

2. Джумаева Л.Х., Бахретдинова Н.А. Узбекская хорова литература. Т., Изд., «Гафур Гулям» 1987

3. Гудкова Е. Узбекская хорова литература. Изд., «Укитувчи». 1974

4. Корсакова А. Узбекский оперный театр. 1961.

5. Пеккер Я. Узбекская опера. М., Сов. композиторов, 1984.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Xaydarova Gavhar Abduvahob qizi, O'zbekiston davlat konservatoriyasi o'qituvchisi, mustaqil izlanuvchi (PhD) [Хайдарова Гавхар Абдувахоб цизи, преподаватель Государственной консерватории Узбекистана, самостоятельный соискатель (PhD)], [Gavhar A. Xaydarova, Teacher of State Conservatory of Uzbekistan, independent seeker]; manzil: O'zbekiston, Toshkent sh., Sebzor ko'chasi, 2B-uy [адрес: Узбекистан, Ташкент, ул.Себзар, 2Б], [address: Uzbekistan, 2B, Sebzor st., Tashkent city].

bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.