INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
SCIENCE SHINE
O'ZBEK MILLIY LEKSIKOGRAFIYASI TARIXIDA MAXMUD KOSHG'ARIYNING "DEVONU LUG'ATUT TURK" ASARINING TUTGAN
O'RNI
Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek milliy lug'atchilik tarixi, uning hozirgi zamon leksikalogiyasidagi ahamiyati, qadimgi lug'at tuzish an'analarining o'ziga hos uslublari, Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asari, asar o'rganilishidagi olib borilgan ilmiy izlanishlar, devonning tuzishi, uslubi, lug'atdagi so'zlarning fonetik, morfologik til sathlaridagi qiyosiy tahlili, Mahmud Koshg'ariyning devonining o'zbek tilshunosligidagi o'ziga hos o'rni va zamonaviy tilshunoslikdagi bir nechta yangi yo'nalishlarga asos bo'lganligi yoritiladi.
Kalit so'zlar: so'z, lingvistika, leksikografiya, lug'at, turkiy tillar, qiyosiy tilshunoslik, lingvogeografiya, shog'ishtirish, leksik sath, devon, lug'atshunoslik.
Annotation: This article illustrates the history of Uzbek national lexicography, its importance in modern lexicology, the remarkable styles of ancient dictionary compiling traditions, Mahmud Koshgari's work "Devonu lugotit turk", scientific researches in the study of the work, Devon's structure, style, comparative analysis of words on phonetic and morphological language levels, Mahmud Koshgari's significance role in Uzbek linguistics and the foundation of several new directions in modern linguistics.
Keywords: vocabulary, linguistics, lexicography, dictionary, Turkic languages, comparative linguistics, linguogeography, comparing, lexical level, lexicography.
Aннотация: Данная статья иллюстрирует историю узбекской национальной лексикографии, ее значение в современной лексикологии,
Turgunova Buxalicha Abdumutalib qizi buxalicha1993@gmail.com
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
замечательные стили древних традиций составления словарей, работу Махмуда Кошгари "Девону луготит тюрк", научные исследования по изучению этой работы, структуру, стиль языка Девон, сравнительный анализ слов на фонетическом и морфологическом уровнях языка, значительная роль Махмуда Кошгари в узбекском языкознании и основание нескольких новых направлений в современной лингвистике.
Ключевые слова: лексика, лингвистика, лексикография, словарь, тюркские языки, сравнительное языкознание, лингвогеография, сопоставление, лексический уровень, лексикография.
KIRISH
Insoniyat yaralibdiki muloqot bilan ish tutadi, so'zlardan foydalanib o'z ehtiyojlarini ifodalaydi. Kishilar bir-biri bilan muloqotga kirishar ekan, tildan foydalanish jarayonida ularda turli ehtiyoj paydo bo'ladi. Bu ehtiyojlar lug'at yaratishni taqozo etadi. Lug'atlar qadim zamonlardan ehtiyojlardan kelib chiqib turli tillarda, turli uslub hamda ko'rinishda tuzilib keladi. Tilshunoslik yo'nalishida faoliyat olib borayotgan har bir tadqiqotchi O'zbek milliy lug'atshunosligi tarixi, milliy leksikografiyamizda lug'atshunoslik an'analari va hozirgi kunga qadar qanday lug'atlar yaratilganligidan bohabar bo'lmoqligi va qanday lug'atlarga ehtiyoj borligini aniqlash zaruriy masalalardan biridir.
ASOSIY QISM
O'zbek milliy leksikografiyasi X asrdan ziyodroq tarix va tajribaga ega. Ayniqsa, o'tmish lug'atshunoslari o'ziga xos lug'at tuzish usullari, tamoyillari, so'zlarni sharhlash uslublari jihatidan ajralib turadi. Ushbu lug'atlar so'z tanlash mezonlari, so'zning semantik tarkibiga munosabat bildirish, so'zning ma'no qirralarini ochish kabi masalalarda hozirgi zamon lug'atshunoslari uchun nazariy va
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu lug'atlar davr nuqtayi nazaridan juda yuqori darajada baholangan.
Leksikografiya tarixi haqida so'z ochilganda Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" ("Turkiy so'zlar devoni") asarini yodga olmaslikning iloji yo'q. Devon turkiy tildagi nafaqat qiyosiy tilshunoslik, balki tarix, geografiya, madaniyatshunoslik, etnografiya, ariallingvistika kabi fanlar uchun nodir manbaa hisoblangan ensiklopedik lug'atdir. Hususan, devonda faqat so'zlar va ularning ma'nolarigina emas, balki, turkiy xalqlar tarixi, urf-odatlari, an'analari, geografik jihatdan joylashuvi, kundalik mashg'ulotlari kabi qimmatli ma'lumotlar berilgan. Misol uchun devondan keltirilgan parchada, jang manzaralari, xalqning kundalik mashg'uloti ov qilish ekanligi, turk shaharlaridan biri Qavzin shahri va uning tarixi, xalqda vafot etgan kishi ortidan majusiy-otashparastlarning har yili bir kun qabriga kelib, mollar so'yib, qurbonlik qilib, so'yilgan mol qonini mozor tepasiga to'kish odatlari borligi haqidagi ma'lumotlar keltiriladi.
Bugungi kunga qadar mamlakatimizda Mahmud Koshg'ariyning hayoti va faoliyati, ilmiy me'rosi keng miqyosda tadqiq etilganiga guvoh bo'ldik. Izlanishlarimizdan ma'lum bo'ldiki professor H.Hasanovning "Mahmud Koshg'ariy" nomli monografiyasida, professor A.Nurmonovning "O'zbek tilshunosligi tarixi" kitobida, professor E.Fozilovning "Sharqning mashhur filologlari", X.Jabborovning "Buyuk tilshunoslar" kitobi va boshqa o'nlab ilmiy maqola va tezislarda Koshg'ariyning biografiyasi, ilmiy merosiga oid salmoqli ma'lumotlarga ega bo'lishimiz mumkin.
"Devonu lug'otit turk" asari manbaalarga ko'ra, 1076-1077 yillarda yozilgan. Devon arab tilida yozilgan. Bizgacha bu asarning birgina qo'lyozmasi yetib kelgan, u Istanbulda saqlanadi. Asar sharqshunos olim Solih Mutallibov tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilinib, 1960-1963-yillarda Toshkentda nashr qilingan. Uning
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
to'ldirilgan, kamchiliklari tuzatilgan yangi nashri uch jildda professor Hamidulla Boltaboev tomonidan kirill yozuvida 2016-yili qayta nashr etilgan
Manbaalarga ko'ra, devonda 6,5 mingdan ortiq so'z izohlangan. Olim aslida 10 ming atrofidagi so'z bilan ishlagan. Bu so'zlar turkiy xalqlar hayotining deyarli barcha sohalarini qamraydi:
■ Moddiy madaniyat tusunchalari nomlari (kiyim-kechak, uy, ro'zg'or, bezaklar, muzika, qurol-yarog', asbob-uskuna, xo'jalik buyumlarining nomlari);
■ Etnonim va toponimlar;
■ Qarindoshlik nomlari;
■ Davlat tuzumiga oid terminlar;
■Taom nomlari;
■ Hayvonlar va o'simliklarning nomlari;
■ Kasallik va dorilarning nomlari;
■Ilmiy, diniy, etnografiya, geografik terminologiya;
■ Yil fasllari, oy va hafta kunlarining nomlari;
■Tarixiy va mifologik qahramonlarning nomlari va shu kabilar.
Yana bir e'tiborga molik jihatlaridan biri, asarda adabiy na'muna sifatida 163 to'rtlik va 57 ikkilik bayt keltirilgan. Xalq og'zaki ijodidan 318 ta maqol va hikmatli so'zlar o'rin olgan. Tabobatga oid 200 dan ortiq dori nomlari ham keltirilganligidir.
Asar tuzilishi jihatdan muqaddima va sakkiz bobdan iborat. Uslub jihatidan arab lug'atshunoslik an'analariga tayangan bo'lsada, aynan bo'ysunilmagan. Muallif lug'at tuzishda mashhur arab tilshunosi Halil ibn Ahmadning "Kitob- ul-Ayn" lug'atiga asoslanganini alohida ta'kidlaydi. Lekin Halil ibn-Ahmadning lug'at tuzish printsipiga to'la ergashmaydi, uning ayrimlarini rad etdi. Bu haqda u shunday deb yozadi: "Kitobni tuzish oldida Halil ibn-Ahmadning "Kitob-ul-Ayn" asarida tutgan tartibni qo'llash, iste'moldan chiqqan so'zlarni ham bera borish fikri menda tug'ilgan edi. Bu tartib arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib o'zib borayotgan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
SCIENCE SHINE
turk tilini yoritish jihatidan ham yaxshi edi. Lekin men o'quvchilarning foydalanishi masalasiga asoslandim. Iste'moldagi so'zlarnigina berdim, iste'moldan chiqqanlarini tashladim. Men tutgan tartib to'g'riroq..." ("Devon", I, 45-46).
Asarda Koshg'ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy metoddan foydalandi. U turkiy tillar leksikasi, morfologiyasi va fonetikasini bir-biriga qiyoslab, ular orasidagi o'xshash va farqli tomonlarni izohlaydi. O'zi bu haqda shunday deydi: "Puxta qo'llanma bo'lsin deb, har bir qabilaning o'ziga xos
xususiyatlariga qiyosiy qoidalar tuzdim... Bu masalaga qiziqqan mutaxassislarga asarni qo'llanma qildim..." ("Devon", I, 47). Mahmud Koshg'ariy o'z devonida barcha til sathlar bo'yicha turkiy tillarni o'zaro qiyoslab, umumiy va farqli jihatlarini ajrata olgan. Avvalo, olim turkiy tillarni farqli belgilariga ko'ra ikki guruhga ajratadi:
Chigil
koshg'ar
arg'u
barsag'on
uyg'ur
Turklarning tillari doimo qiyosga asos rolini o'ynaydi va qiyosga asos bo'lgan lingvistik fakt o'g'uz va qipchoq qabilalari tillariga qiyoslanadi. Shuningdek, leksik bilriklar fonetik va morfologik jihatdan chog'ishtirilib turkiy tillar doirasida gi turklar va o'g'uz va qipchoq tillarining o'xshash va o'ziga hos xususiyatlarini aniq misollar asosida ma'lumot beradi.
Turkiy tillar
Turklar
O'g'uz va qipchoq
F61
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Masalan, Fonetik jihatdan turk tillarini o'g'uz va qipchoq tillariga qiyoslab, so'z boshidagi undoshlarning almashinuvi haqida quyidagi farqlar aniqlanadi va misollar beriladi :
So'z boshida kelgan quyidagi undosh harflarning farqlari:
Turklar O'g'uz va qipchoqlarda
y"
V'nol" yoki "j"
"m"
"d"
"t"
yelkin elkin (musofir) yinju jinju (marvarid) men ben (men) mun (sho 'rva) bun ot (teshik) od bugda (hanjar) bukta yigda (jiyda) yikta
Muallif morfemik birliklarni ham turkiy tillar bo'yicha qiyoslaydi va ular o'rtasidagi farqli xususiyatlarni belgilaydi. Xususan, buyruq maylidagi fe'lda ko'plikning ifodalanishi haqida fikr yuritar ekan, shunday yozadi: "Buyruq oxiriga -g'il, -qil, -gil qo'shish tinglovchi birlikda bo'lgandagina mumkin. Tinglovchi ikkita yoki ortiq bo'lsa, bu qo'shimchalarni qo'shib bo'lmaydi. Ikkitalik va ko'plik farqsiz bir xil... Birlik uchun bar, ikkitalik uchun baringlar ikkigu, ko'plik uchun baringlar deydilar. Tinglovchi yoshi katta, hurmatli bo'lsa (yolg'iz bo'lsa ham), hurmat yuzasidan ko'plik shakli qo'llanadi: baring deyiladi. Aslida buning ma'nosi baringlar demak. O'g'uz va qipchoqlar birlikda bar, ko'plikda baring deydilar. Ular
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ko'plik qo'shimchasi -lar ni tushirib qoldiradilar, -lar o'miga -ngiz qo'llaydilar" ( "Devon", II, 50-51-betlar).
Mahmud Koshg'ariy o'zlashma so'zlarni ham e'tibordan chetda qoldirmaydi. Misol uchun, qarit (o'g'irlash, talash) so'zini u turkman tiliga arab tilidan o'zlashgan deb taxmin qiladi. Shu bilan birga, turkiy tillardan boshqa tilga o'zlashgan so'zlarni ham izohlaydi. "Paxtali to'n" ma'nosidagi yolma so'zi haqida u shunday deb yozadi: "Forslar buni turkiy xalqlardan olib yalma shaklida talaffuz qiladilar.Arablar forslardan olib yolmoq shaklida qo'llaydilar. Hech kim bu so'zni turklar forslardan olgan deb da'vo qila olmaydi. Chunki men bu so'zni eng qirg'oq chegaralarda yashovchi oddiy turk xalqlaridan ham eshitganman. Bular boshqa xalqlardan ko'ra, bu xil yomg'ir yelpig'ichiga muhtojroqdirlar. Chunki bularningyurtida qor, yomg'ir ko'p..." ("Devon", III, 41-42).
Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, Mahmud Koshg'ariy tilning barcha sathlari bo'yicha turkiy tillarni qiyoslab, o'xshash va farqli jihatlarini belgilaydi va shu belgi asnosida turkiy tillarni ma'lum guruhlarga tasnif etadi. shunga ko'ra, u qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning poydevorini yaratgan yirik alloma deb e'tirof etiladi.
Evropada XX asr boshlarida lingvogeografiyaning lingvistikaning alohida tarmog'I sifatida shakllandi. Aslida uning ildizlari Mahmud Koshg'ariyga borib taqaladi. U turkiy qabilalarning joylashishini maxsus kartaga tushiradi. Dunyoni shar shaklida tasvirlaydi va uni to'rt tomonga - ash-sharq, al-g'arb, ash-shimol, al-janub tomonlariga bo'ladi. Turklar asli yigirma qabiladan tashkil topganligini aytadi. Har bir qabilaning sanoqsiz urug'lari borligini bayon qiladi. Sharqdan boshlab har bir qabilaning joylashishi birin-ketin ko'rsatiladi. Har qaysi qabilaning tilidagi farqli xususiyatlar o'rni bilan bayon qilinadi. Bu esa Mahmud Koshg'ariyning lingvogeografiyaning ham asoschisi ekanligini ko'rsatadi.
Mahmud Koshg'ariy leksikografiya sohasida dunyo tilshunosligida yuksak
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
cho'qqiga ko'tarildi. U XI asrdayoq turkiy so'zlarning izohli lug'atini tuzdi. Mahmud Koshg'ariyga qadar arab tilshunosligida leksikografiya sohasida katta
muvaffaqiyatlarga erishilgan edi. Xususan, Xalil ibn Farohidiy ibn Ahmadning "Kitobul-ayn", Sibavayhiyning "Al Kitob" singari asarlari arab olamida shuhrat qozongandi. Mahmud Koshg'ariyning lug'ati so'zlarni joylashtirish tamoyili jihatidan ham, lug'at materiali tomonidan ham tamoman yangi hamda mavjud
arab tili lug'atlariga nisbatan bir necha barobar yuqori turuvchi lug'at edi. U turkiy tilning amaldagi leksik imkoniyatlarini ko'rsatmoq uchun turk qavmlari ichida birma-bir yurib, ularning tillaridagi umumiy va o'ziga xos tomonlarini aniqlashga harakat qildi va buning uddasidan chiqdi. Shu tariqa, tilshunoslikda yangi sahifa ocha oldi. U qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, lingvogeografiya singari tilshunoslik yo'nalishlariga asos soldi.
O'zbek milliy leksikografiyasi qariyb X asrlik tarixga, ilmiy me'rosga boy ekanligi albatta qalblarni faxrga to'ldiradi va o'z navbatida zamonaviy lug'atshunosligimizda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun dasturi amal bo'lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nurmonov A., (2002). O'zbek tilshunosligi tarixi. Toshkent: "O'zbekiston".
2.Fozilov E., (1971). Sharqning mashhur filologlari. Toshkent.
3.Fattahov.X., (1981). O'zbek leksikografiyasi tarixiga bir nazar. Toshkent.
4.Hasanov.H. (1973). Maxmud Qoshg'ariy. Toshkent.
5.Koshg'ariy, M. (1960-1963). Devonu Lug'atit turk I-II-III tomlar. Toshkent: "Fan".
6.Koshg'ariy, M. (2006). Devoni Lug'atit turk I-II-III tomlar. Toshkent: "Mumtoz so'z".
7.Normamatov.S. (Toshkent). Leksikografiya asoslari. 2020.
8.Qo'chqorov I., I. (Toshkent ). Turkiy filologiya kirish. 1984.
9.Jabborov X., (2003). Buyuk tilshunoslar. Qarshi.