INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© S.N. Bekmuradova1H_
1 O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: ushbu maqolada o'zbek kinematografiyasi shakllanishi va rivojlanishi davomida bolalar mavzusidagi filmlarning vujudga kelishi, bolalar kinosining shakllanish bosqichlari haqida so'z boradi.
MAQSAD: o'zbek kinematografiyasida bolalar kinosining vujudga kelishi va shakllanishini o'rganishning asosiy maqsadi - yosh avlodni milliy qadriyatlar, madaniy meros va axloqiy tarbiyaga yo'naltirilgan filmlar orqali tarbiyalashdir. Bu filmlar orqali nafaqat o'zbek xalqining boy madaniyati va tarixi targ'ib qilinadi, balki bolalarning ma'naviy dunyosini boyitishga va ularni yaxshi insoniy fazilatlar egasi bo'lib ulg'ayishlariga xizmat qiladi. Maqsad shuningdek, o'zbek bolalar kinosining rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo'llarini izlashdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: bo'limi O'zbek kinematografiyasida bolalar kinosining vujudga kelishi va shakllanishini o'rganishda foydalaniladigan ilmiy va tadqiqot manbalarini aniqlash, shuningdek, tahlil qilish usullarini belgilash uchun muhim ahamiyatga ega.
Tarixiy hujjatlar va arxivlar:
O'zbekiston milliy arxivlarida saqlanayotgan sovet davridan boshlab hozirgi
kungacha yaratilgan bolalar filmlari va kinosenariylari hujjatlari.
O'zbekiston kinostudiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan bolalar filmlari, ularning
texnik tafsilotlari va ijodiy jarayonlar haqidagi ma'lumotlar.
Tarixiy-tahliliy metod: Bolalar kinosining vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonini tarixiy nuqtai nazardan o'rganish. O'zbek kinematografiyasining rivojlanish bosqichlarini aniqlash va bu yo'nalishdagi asosiy qadamlarni tahlil qilish.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: o'zbek kinematografiyasida bolalar kinolari janri shakllanishi va rivojlanishi mamlakat madaniy hayotining muhim qismi hisoblanadi. Tarixiy jihatdan, bu janrning vujudga kelishi O'zbekistonda ijtimoiy hayot, madaniy meros va yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan keng qamrovli davlat siyosati bilan uzviy bog'liqdir. Bolalar kinolari dastlab sovet davrida shakllangan bo'lib, bu filmlar yosh tomoshabinlarning estetik, axloqiy va madaniy tarbiyasiga katta ta'sir ko'rsatgan. O'sha davrda bolalar kinolarida ko'pincha sovet g'oyalari targ'ib qilingan, lekin ular orasida milliy urf-odatlar va qadriyatlarni ifodalovchi filmlar ham bor edi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng, bolalar kinolarida milliy qadriyatlar, urf-odatlar va madaniy merosni aks ettiruvchi motivlar kuchaya boshladi. Mustaqillik davrida ishlab chiqarilgan filmlarda bolalarga milliy tarbiya berish, ma'naviyatni shakllantirish, madaniy xotira va o'zlikni anglash masalalariga katta e'tibor qaratildi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va yangi narativ usullarni qo'llagan holda ishlab chiqarilgan bolalar filmlari yosh tomoshabinlarga yangicha tarzda yetkazilmoqda. Bu holat, o'z navbatida, bolalar kinomatografiyasining rivojlanishiga katta turtki berdi. Muhokama qilinishi lozim bo'lgan muhim masalalardan biri — bolalar kinolari uchun mavzu va zamon qahormanini tanlashdagi yondashuvlar. Shu bilan birga, globalizatsiya va internet texnologiyalarining rivojlanishi o'zbek bolalar kinomatografiyasiga yangi imkoniyatlar ochdi. Endi yosh tomoshabinlar dunyo bo'ylab tarqalgan turli mavzularni o'z ichiga olgan filmlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega. O'zbek kinorejissyorlari esa bu tendensiyadan foydalanib, xalqaro miqyosda bolalar uchun qiziqarli bo'ladigan va shu bilan birga, milliy xususiyatlarni saqlaydigan yangi filmlar yaratishga urinmoqdalar.
XULOSA: o'zbek bolalar kinomotografiyasi rivojlanishi o'ziga xos tarixiy jarayon bo'lib, u milliy qadriyatlar va tarbiya bilan uzviy bog'liqdir. Mustaqillik davrida bolalar kinolari yanada milliy ruhda boyitilib, yosh avlodni tarbiyalashda katta rol o'ynashda davom etmoqda. Zamonaviy texnologiyalar va xalqaro ta'sirlar natijasida bolalar filmlari ko'proq interfaol va global bo'lib bormoqda, bu esa bolalarga milliy madaniyatni ommaviylashtirish va xalqaro miqyosda o'ziga xoslikni saqlash imkonini bermoqda. Mavzularni boyitish va yangi yondashuvlarni ishlab chiqish orqali bolalar kinomatografiyasining kelajagi yanada yorqin bo'lishi mumkin.
Kalit so'zlar: bolalar kinosi, bolalar adabiyoti, kinematografiya, janr, sifat, uslub.
ВОЗНИКНОВЕНИЕ И ФОРМИРОВАНИЕ ДЕТСКОГО КИНО В УЗБЕКСКОЙ КИНЕМАТОГРАФИИ_
© С.Н. Бекмурадов1И
1 Узбекский государственный институт искусств и культуры, Ташкент, Узбекистан Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье говорится о возникновении детского кино в период становления и развития узбекского кинематографа, этапах становления детского кино.
ЦЕЛЬ: основной целью изучения возникновения и становления детского кино в узбекском кинематографе является воспитание подрастающего поколения через фильмы, ориентированные на национальные ценности, культурное наследие и нравственное воспитание. Эти фильмы не только пропагандируют богатую культуру и историю узбекского народа, но и служат обогащению духовного мира
Iqtibos uchun: Bekmuradova S.N. O'zbek kinematografiyasida bolalar kinosining vujudga kelishi va shakllanishi // Inter education & global study. 2024. №8. B.423-430.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
детей и воспитанию их как обладателей хороших человеческих качеств. Целью также является выявление проблем, препятствующих развитию узбекского детского кино, и поиск путей их преодоления.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: раздел имеет важное значение для определения научных и исследовательских источников, используемых при изучении возникновения и становления детского кино в Узбекской кинематографии, а также для определения методов анализа.
Исторические документы и архивы:
документы детских фильмов и киносценариев, созданные с советских времен и до наших дней, хранятся в Национальном архиве Узбекистана.
информация о детских фильмах, производимых киностудиями Узбекистана, их технические детали и творческие процессы.
Историко-аналитический метод: исследование процесса возникновения и развития детского кино с исторической точки зрения. Выявление этапов развития узбекского кинематографа и анализ основных шагов в этом направлении.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: становление и развитие жанра детского кино в узбекском кинематографе является важной частью культурной жизни страны. Исторически возникновение этого жанра неразрывно связано с комплексной государственной политикой, направленной на общественную жизнь, культурное наследие и воспитание молодого поколения в Узбекистане. Детские фильмы впервые были созданы в советское время и оказали большое влияние на эстетическое, нравственное и культурное воспитание юных зрителей. В то время детские фильмы часто пропагандировали советские идеи, но были и фильмы, выражающие национальные традиции и ценности.
После обретения Узбекистаном независимости в детских фильмах стали увеличиваться мотивы, отражающие национальные ценности, традиции и культурное наследие. В фильмах, снятых в период независимости, большое внимание уделялось вопросам национального воспитания, формирования духовности, культурной памяти и самосознания. Кроме того, по-новому доносятся до юной аудитории детские фильмы, созданные с использованием современных технологий и новых методов повествования. Эта ситуация, в свою очередь, дала большой толчок развитию детского кинематографа. Одним из важных вопросов, который следует обсудить, является подход к выбору сюжета и характера времени для детских фильмов. В то же время глобализация и развитие интернет-технологий открыли новые возможности для детского кинематографа Узбекистана. Теперь у юных зрителей есть возможность смотреть фильмы, охватывающие широкий спектр тем со всего мира. Узбекские кинематографисты используют эту тенденцию для создания новых фильмов, которые будут интересны детям на международном уровне и при этом сохранят национальные особенности.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: развитие детского кинематографа Узбекистана - уникальный исторический процесс, неразрывно связанный с национальными ценностями и
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
воспитанием. В период независимости детские фильмы обогатились национальным духом и продолжают играть важную роль в воспитании подрастающего поколения. В результате современных технологий и международного влияния детские фильмы становятся более интерактивными и глобальными, что позволяет детям популяризировать национальную культуру и сохранять свою идентичность в международном масштабе. Обогащая темы и развивая новые подходы, будущее детской кинематографии может стать еще ярче.
Ключевые слова: детского кино, детская литература, кинематограф, жанр, качество, стиль.
Для цитирования: Бекмурадов С.Н. Возникновение и формирование детского кино в узбекской кинематографии. // Inter education & global study. 2024. №8. С. 423-430.
THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF CHILDREN'S CINEMA IN UZBEK CINEMATOGRAPHY_
© Sevara N. Bekmuradova1®
1 Uzbek State Institute of Arts and Culture, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: this article talks about the emergence of children's cinema during the formation and development of Uzbek cinema, the stages of he formation of children's cinema.
AIM: the main purpose of studying the emergence and formation of children's cinema in Uzbek cinema is to educate the younger generation through films focused on national values, cultural heritage and moral education. These films not only promote the rich culture and history of the Uzbek people, but also serve to enrich the spiritual world of children and educate them as owners of good human qualities. The aim is also to identify the problems hindering the development of Uzbek children's cinema and to find ways to overcome them.
MATERIALS AND METHODS: this section is important for identifying scientific and research sources used in the study of the emergence and formation of children's cinema in Uzbek cinematography, as well as for determining methods of analysis.
Historical documents and archives:
Documents of children's films and screenplays created from Soviet times to the
present day are kept in the National Archive of Uzbekistan.
nformation about children's films produced by Uzbek film studios, their technical
details and creative processes.
Historical and analytical method: the study of the process of the emergence and development of children's cinema from a historical point of view. Identification of the stages of development of Uzbek cinema and analysis of the main steps in this direction.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 8
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
DISCUSSION AND RESULTS: the formation and development of the genre of children's films in Uzbek cinematography is an important part of the country's cultural life. Historically, the emergence of this genre is inextricably linked with the comprehensive state policy aimed at social life, cultural heritage and education of the young generation in Uzbekistan. Children's films were first created in the Soviet era, and these films had a great impact on the aesthetic, moral and cultural education of young viewers. At that time, children's films often promoted Soviet ideas, but there were also films expressing national traditions and values.
After the independence of Uzbekistan, motifs reflecting national values, traditions and cultural heritage began to increase in children's films. In the films produced during the period of independence, great attention was paid to the issues of national education, formation of spirituality, cultural memory and self-awareness. Also, children's films produced using modern technologies and new narrative methods are being delivered to young audiences in a new way. This situation, in turn, gave a great impetus to the development of children's cinematography. One of the important issues that should be discussed is the approach to choosing the subject and character of the time for children's films. At the same time, globalization and the development of Internet technologies have opened up new opportunities for Uzbek children's cinematography. Now, young viewers have the opportunity to watch films that cover a wide range of topics from around the world. Uzbek filmmakers are using this trend to create new films that will be interesting for children at the international level and at the same time preserve national characteristics.
CONCLUSION: the development of Uzbek children's cinematography is a unique historical process, which is inextricably linked with national values and education. In the period of independence, children's films were enriched with a national spirit and continue to play a major role in educating the young generation. As a result of modern technology and international influences, children's films are becoming more interactive and global, which allows children to popularize national culture and maintain their identity on an international scale. By enriching themes and developing new approaches, the future of children's cinematography can be even brighter.
Key words: children's cinema, children's literature, cinema, genre, quality, style.
Jamiyatning ma'lum bir auditoriyasiga ma'naviy-axloqiy, estetik g'oyaviy ta'sir ko'rsatish va vatanparvarlik tarbiyasini singdirishda muhim vositalardan biri bu - kino. Xususan, yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs sifatida tarbiyalash jarayonida kino san'atining muhim o'rni, uning, shaxsga ta'sirining ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari bilan bog'liq. Ekran san'ati mahsulotlarini tomosha qilish va muhokama qilish - bu ma'naviy
For citation: Sevara N. Bekmuradova. (2024) 'The emergence and development of children's cinema in uzbek cinematography, Inter education & global study, (8), pp. 423-430. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
xordiq chiqarish bilan bir qatorda insonning o'z-o'zini tarbiyalash usuli hamdir. Yuqori sifatli va "aqlli" kino tomoshabinga eng yuksak umuminsoniy qadriyatlarni etkazishning ajoyib usulidir.
Har bir inson o'z hayotining oltin davri - bolaligi haqida ko'p xotiralarga ega bo'ladi. Ushbu xotiralarning yoqimli taassurotlari o'sha davrlarda ko'rilgan yaxshi filmlar va o'qilgan sehrli ertaklarga bo'lgan muhabbat bilan bog'liq. Bolalikdagi har bir film va ertaklar har birimiz uchun o'rnak bo'lgan. Qahramonlar o'zlarining mehr-muxabbat, sadoqat, topqirlik, adolat kabi insoniy fazilatlari bilan ajralib turgan.
Bolalar filmlarida har doim o'ziga hoslik, sehr, biroz soddalik, yorqinlik aks etadi, yaxshilik va adolat doimo g'alaba qozonadi, do'st hamisha yordam qo'lini cho'zadi. Bular sizni sezgir, mehnatsevar bo'lishga, do'stlaringizga va vataningizga sadoqatli bo'lishga o'rgatadi. Filmda qahramonlar ma'lum bir xatolarga yo'l qo'yadi, bunday hayotiy vaziyatlarda qaxramonlar o'z aql va idroklari bilan vaziyatni o'zgartirishadi, bu bilan yosh tomoshabinlarga kelajakda turli xil hayotiy vaziyatlarda qanday qilib to'g'ri harakat qilish kerakligi haqida yo'l ko'rsatadi. Bolalar filmlarida ularga chuqur o'ylash uchun mavzu taklif qilinadi va jiddiy muammolar ko'tariladi. Insonning illatlari oqlanmaydi, balki qoralanadi, bola tashqaridan u yoki bu salbiy sifat qanday ko'rinishini ko'ra olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Bolalar kinosi janr bo'yicha turli, masalan: badiiy, multiplikatsion, hujjatli, ilmiy publitsistik bo'lishi mumkin. Bu yo'nalishdagi ijod namunalari ko'pchilikka yaxshi tanish. Bolalar kinosini yaratishda ko'plab ijodkorlar bolalarning hayoti, ularning orzulari, intilishlari, qiziqishlari kabi mavzularga yondashgan holda ijod mahsulotlarini yaratishgan.
Dunyo kinematografiyasining shakllanish bosqichlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, hususan, AQSH va Yevropada aynan oilaviy tomosha qilish yoki aynan bolalar uchun maxsus filmlar yaratish g'oyasi 1930-yillarda rivojlana boshlagan.
Dramaturg Baslgett va Staplesning ta'kidlashicha, "oilaviy film" atamasi, asosan, amerikaliklar tomonidan, "bolalar filmi" atamasi yesa Yevropada qo'llanilgan. Bu filmlardagi bosh qahramonlarni tanlashda yondashuvning ham o'ziga hos uslubi mavjud. Amerika filmlarida qahramon uchun tashqi ko'rinishi maxsus talablarga javob beradigan bolalar tanlansa, yevropaliklar yesa filmlaridagi rollar uchun "oddiy" bolalarni tanlashni avzal ko'rishadi. Amerika filmlarida kattalar obrazi uchun kengroq auditoriyani jalb qilish maqsadida taniqli aktyor va aktrisalar taklif yetiladi. Ushbu yondashuv aktyorlarni jalb qilish, syujet qurilishiga va film voqeligiga ta'sir qiladi.
O'zbekistonda bolalar kinosining vujudga kelishi ham o'tgan asrning 30-yillariga to'g'ri keladi. Birinchi o'zbek bolalar filmi 1935-yilda rejissyor Yo'ldosh Agzamov tomonidan suratga olingan "Qilich" filmi hisoblanadi. Filmda bosh qaxramon - kichkina Qilichning bog'chadagilar bilan birga paxta dalasiga qilgan ekskursiyasi haqida hikoya qilinadi. Uzoq muddatli tanaffusdan so'ng 1952-yilga kelibgina navbatdagi bolalar filmi -"Paxtaoy" rejissyor Komil Yormatov tomonidan suratga olinadi. Unda paxtaning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o'rni, uning foydali jihatlari va paxta dalalaridagi yig'im -terim haqida kichik yoshdagi tomoshabinlar uchun bolalar tilida ma'lumot beriladi. 1957 -
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
yilda rejissyor Z.Sobitov tomonidan suratga olingan "Sahrodagi hodisa" filmida planerda uchish bo'yicha musobaqada qatnashayotgan uch bolaning tasodifan sahroga tushib qolganlari va boshdan kechirganlari haqidagi hodisalar tasvirlangan.
60-yillar o'zbek kinosi rivojidagi muhim yillar hisoblanadi. Ushbu yillarda o'zbek kino ijodkorlari tomonidan turli hil mavzularda, hususan, bolalar mavzusida ham ko'plab sifatli filmlar yaratildi. Sh.Abbosov, E.Eshmuhamedov, R.Batirov, D.Salimov singari rejissyorlar o'zbek kinosida bolalar mavzusining rivojida katta o'rin egallaydigan ijodkorlardir. Ushbu yillarda Sh.Abbosov o'zining "Sen yetim emassan" (1962 yil) va "Toshkent - non shahri" (1967 yil) singari durdona asarlarini yaratdi. Shuningdek, D.Salimovning "Olmaz" (1966 yil), E.Eshmuhamedovning "Nafosat" (1966 yil) kabi filmlarining yaratilishi ham o'smirlar va bolalar mavzusidagi filmlar safini kengaytirdi.
1970-yillar bolalar kinosi rivojida yangi davr bo'ldi. Sahnaga yosh, yangicha fikrlaydigan kino ijodkorlarning kirib kelishiga qaramasdan, eski an'analar saqlab qolindi. D.Salimov, K.Kamalova, H.Fayziyev, X.Axmar, A.Akbarxo'jayev, M.Og'amirzayev kabi yosh kinoijodkorlar bolalar mavzusida bir qancha filmlar yaratishdi: "Qaldirg'ochlar bahorda keladi" (1974-yil, X.Axmar), "Achchiq danak" (1975-yil, K.Kamalova), "Yettinchi jin" (1975-yil, M.Og'amirzayev), "Poyga avtomobilidagi dovyurak bolalar" (1975-yil, D.Salimov), "Shum bola" (1977-yil, D.Salimov), "Ertaga chiqasanmi" (1980-yil, K.Kamalova), "Akmal, ajdar va malika" (1981-yil, Yu.Stepchuk), "Akmalning yangi srguzashtlari" (1983-yil, Yu.Stepchuk), "Kamila" (1981-yil, M.Og'amirzayev), "Buvimni qaytaringlar" (1986-yil, M.Og'amirzayev) va h.k.
Ushbu yillar davomida o'zbek kinosida tarixiy va zamonaviy mavzudagi turli ijod mahsullarining yaratilishi natijasida milliy kinematografiyada umumiy ko'lamda falsafiy izlanishlar, tah liliy tendensiyalar vujudga keldi va bu kinoni yuksalishga yetakladi. Bolalar kinosi ham bundan chetda qolmadi, albatta.
Mustaqillik yillariga kelib bolalar va o'smirlar mavzusi yoritilgan filmlarning ko'lami kengaymagan bo'lsada, ammo sifat jihatidan ancha puxta ishlangan ijod mahsullari yaratildi. Masalan, mustaqillikning dastlabki yillarida "Abdullajon" (1991 -yil, Z.Musoqov), "Tangalik bolalar" (1992-yil, T.Yunusov), "Atrof oppoq qorga burkangan" (1996-yil Q.Kamalova), "Kichkina tabib" (1998-yil, Z.Musaqov) kabi filmlar nafaqat bolalar balki katta yoshli tomoshabinlar tomonidan xam birday ijobiy qabul qilingan.
Bugungi kunda, har qachongidan ham, umuminsoniy va milliy g'oyalar singdirilgan bolalar filmlarini qayta tiklash mavzusi juda dolzarb. Bolalarga vatanparvarlik, mo'jizalarga ishonish, do'stlik qadri, odamlar bilan munosabatda o'zaro hurmat va iliqlik kabi muhim tushunchalarni filmlar orqali eslatib turish kerak. Ushbu filmlar sodda va tushunarli bo'lishi kerak. Bolalar film qahramonlar misolida, yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalanadilar. Bolalar o'zlari tomosha qilgan filmlar haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashishni yaxshi ko'radilar, lekin, ularning ko'pchiligi o'z hisiyotlari tufayli filmning asosiy mazmunini anglashga va uni atrofdagilarga yetkazib berishga qiynaladilar. Shu sababli, bolalar uchun, avvalo, to'g'ri film tanlash, o'sha filmni ular bilan birga tomosha qilish va undan so'ng film mazmuni haqida bolalar bilan suhbatlashish bu borada yaxshi
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
natija beradi. Yaxshi film ko'rish va u haqida suhbatlashish orqali bolalarda atrofda sodir bo'layotgan voqealarga nisbatan shaxsiy munosabat yuzaga keladi, ular o'z fikrlarini harakatlarida ifoda etishni o'rganadilar.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Ahmedov.B. Teatr... Kino... Televideniye. - Toshkent.: Lesson press. 2022.
2. Bazalgette Cary. In front of the children. Britanskiy institut kino 232 p.
3. Григорьева Н. Великий сказочник Александр Роу. Музей истории города Новокуйбышевска, 2021.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Bekmuradova Sevara Najmiddin qizi, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti doktoranti, [Бекмурадова Севара Нажмиддиновна, докторант Государственного института искусства и культуры Узбекистана], [Sevara N. Bekmuradova, PhD student State Institute of Art and Culture of Uzbekistan]; manzil: 190111, O'zbekiston, Toshkent, [адрес: 190111, Узбекистан, Ташкент,], [address: 190111, Uzbekistan, Tashkent,] [email protected] +99891 222 20 33