Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
OSPIRINLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Karimjonov. A. p.f.n. dotsent, Ashurova Farida Xaydaraliyevna, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magstranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada o^spirinlik davrining psixologik xususiyatlari borasida, shuningdek, ilk o^spirinlar aql-idrokining xususiyatlari haqida atroflicha ma 'lumotlar berib o 'tildi.
Kalit so'zlar: O^spirin, aql-zakovat, ma'naviy-psixologik qiyofa, ahloqiy xislatlar-jamoatchilik, samimiylik, tashabbuskorlik, faollik, mehnatsevarlik, emotsional xislatlar-xushchakchaklik, tetiklik, xazilkashlik vayangilikni xis etish, o^z kuchiga ishonch, optimizm va boshqalar.
PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF ADOLESCENCE
Karimjonov. A. Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor Ashurova Farida Khaydaraliyevna, Master of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
Abstract: This article provides detailed information on the psychological characteristics of adolescence, as well as the characteristics of the cognition of early adolescents.
Keywords: Adolescence, intelligence, spiritual and psychological appearance, moral qualities - public, sincerity, initiative, activism, diligence, emotional qualities -cheerfulness, freshness, humor and a sense of novelty, in their own strength confidence, optimism, etc.
KIRISH
Ilk o'spirinning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari, maktab jamoasi, ta'lim jarayoni qo'yadigan talablar darajasining oshishi bilan u erishgan psixik kamolot o'rtasidagi ziddiyatlardir. Turli qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar o'spirinning ahloqiy, aqliy, estetik jihatdan tez o'sishi orqali bartaraf qilinadi.
Ilk o'spirinlik yoshidagi yetakchi omil yuqori sinf o'quvchisi faoliyatining xususiyati, mohiyati va mazmunidagi tub burilishdir.
Ospirinlarda avvalo o'zini anglashdagi siljish yaqqol ko'zga tashlanadi. Bu xol shunchaki o'sishni bildirmaydi. Ospirinda o'zining ruhiy dunyosini, shaxsiy fazilatlarini, aql-zakovatini, qobiliyati hamda imkoniyatini aniqlashga intilish kuchayadi. Bu yoshdagi o'quvchilarning o'zini anglashga aloqador xususiyatlari
mavjud. Ular avval, o'zlarining kuchli va zaif jihatlarini, yutuq va kamchiliklarini,
592
Scientific Journal Impact Factor
munosib va nomunosib qiliqlarini aniqroq baholash imkoniyatiga ega boladilar. Ospirin o'smirga qaraganda oz ma'naviyati va ruhiyatining xususiyatlarini tolaroq tasavvur eta olsa ham, ularni oqilona baholashda kamchiliklarga yol qo'yadi. Natijada u oz xususiyatlariga ortiqcha baho berib, manmanlik, takabburlik, kibrlanish illatiga duchor bo'ladi, sinf va pedagoglar jamoalarining a'zolariga g'ayritabiiy munosabatda bola boshlaydi. Shuningdek, ayrim o'spirinlar oz hatti-harakatlari, aqliy imkoniyatlari va qiziqishlariga past baho beradilar va ozlarini kamtarona tutishga intiladilar. Osmirlik yoshidagi boladan yana bir xususiyat-murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon xissi, oz kadr-qimmatini e'zozlash, sezish va faxmlashga moyillikdir. Masalan, o'spirin yigit va qiz sezgirlik deganda nozik, nafis xolatlarning farqiga borish, zaruratni anglash, xolisona yordam uyushtirishni, shaxsning nafsoniyatiga tegmasdan amalga oshirishni tushunadi. Ospirin o'zining ezgu niyatini baholashda jamoada oz o'rnini belgilash nuqtai-nazaridan yondoshadi, chunonchi, «o'zim tanlagan mutaxassislikka yaroqlimanmi?», «Jonajon Respublikamga, ota-onamga munosib farzand bola olamanmi?», «Jamiyatning taraqqiyotiga oz ulushimni qo'sha olamanmi?» degan savollarga javob qidiradi. Oquvchida o'zining fazilati to'g'risida yaqqol tasavvur hosil qilish uchun o'qituvchi unga juda ustalik, ziyraklik bilan yordam berishi lozim. Shundagina jamoada ustozga, do'stlariga chuqur xurmat, minnatdorchilik tuyg'ulari uyg'onadi.
Mazkur maqolani yoritish jarayonida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning tarixi va ma'naviy merosini o'rganishga oid bergan uslubiy ko'rsatmalari hamda, R.Z. Asomovaning "Kasb tanlash motivasiyasi va uning dinamikasi" nomli kitobi tadqiqotning nazariy-uslubiy asosi bo'lib xizmat qiladi.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Ta'lim psixologiyasi va uning xususiyatlari haqida tahlil olib borildi.
Ospirin o'quvchida o'zini anglash zamirida o'z-o'zini tarbiyalash istagi tug'iladi va bu ishning yollarini topish, ularni kundalik turmushga tadbiq qilish ehtiyoji vujudga keladi. Ozlariga ma'qul ma'naviy-psixologik qiyofaga ega bolish uchun oqilona olcham, mezon, vazifalarni bajaruvchi barkamol, mukammal timsol, namuna, yuksak orzu tasvirini qidiradilar.
Ospirinda ideallar bir necha ko'rinishda namoyon bolishi va aks etishi mumkin. Masalan, ular taniqli kishilarning qiyofalari, badiiy asar qahramonlari timsolida
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
o'zlarida yuksak fazilatlarni gavdalantirishni orzu qiladilar. Bu orzular mazmun jihatidan o'spirin yigitlar va qizlarda farq qilishi mumkin. Masalan, qizlar ko'pincha mehnatkash ayolning, jozibali, nazokatli, iboli, iffatli jamoat arbobining, badiiy asar qahramonining xususiyatlari mujassamlashgan qiyofalarini ideal darajaga ko'taradilar. Ammo ayrim o'quvchilar tarixiy shaxslarning, masalan, baquvvat yo'lto'sar, xiylagar quv josus va boshqalarning salbiy sifatlariga taklid qilishga ham moyil bo'ladilar.
Kuzatishlar va hayot tajribalarining ko'rsatishicha, ba'zi xollarda ilk o'spirinlar o'zlarini qo'rqmas, jasur qilib ko'rsatishga, noo'rin harakatlarga moyil bo'ladilar.
Ilk o'spirinlar ma'naviy xislatlarga, ahloqiy mezonlar mohiyatiga jiddiy munosabatda bo'ladilar. Masalan, burch, vijdon, g'urur, qadr-qimmat, faxrlanish, ma'suliyat, or-nomus kabi tushunchalarni chuqur tahlil qila oladilar. Lekin hammalari emas. ahloqiy ma'naviy qarashlar, tasavvurlar shakllanishi uchun pedagoglar sog'lom muxit yaratish, barqaror shaxsni tarkib toptirish uchun doimo izlanishlari zarur. Ayrim munozarali tadbirlar puxta o'ylab tashkil qilinishi, ayrim chet el filmlari muxokamasi shular jumlasiga kiradi. Ijtimoiy hayotda uchraydigan yaramas yurish-turishlarga, illatlarga zarba berish pedagoglar jamoasining muhim vazifasi hisoblanadi. O'spirinlarda balog'atga etish tuyg'usi takomillashib borib o'zining o'rnini belgilash va ma'naviy dunyosini ifodalash tuyg'usiga aylanadi. Bu xol uning o'zini alohida shaxs ekanligi, o'ziga xos xislatini tan olinishini istashida aks etadi.
Bu yoshda shaxs sifatlari shakllanishida maktab muhiti, ayniqsa sinf jamoasi, rasmiy va norasmiy tengqurlar kuchli ta'sir etadi. Maktab va sinf jamoalari ta'sirida matonatlilik, jasurlik, sabr-toqatlilik, kamtarlik, intizomlilik, xalollik, hamdardlik kabi fazilatlar takomillashadi va xudbinlik, loqaydlik, munofiklik, laganbardorlik, dangasalik, g'ayirlik singari illatlarning barham topishi tezlashadi.
O'spirin har bir ishda etakchi, birinchi bo'lish istagi bilan yashaydi. Lekin har doim ham uddasidan chiqa olmaydi. L.A.Umanskiy fikricha buning uchun o'spirin quyidagi xislatlarga ega bo'lishi kerak.
a)ahloqiy xislatlar-jamoatchilik, samimiylik, tashabbuskorlik, faollik, mehnatsevarlik;
b)irodaviy xislatlar-matonat, qat'iyat, mustaqillik, tashabbus-korlik, batartiblik, intizomlilik;
v) emotsional xislatlar-xushchakchaklik, tetiklik, xazilkashlik va yangilikni xis etish, o'z kuchiga ishonch, optimizm va boshqalar.
O'spirinlarda mavjud bo'lgan yana bir muhim xislat ularda yuksak darajadagi do'stlik, o'rtoqlik, ulfatchilik, muxabbatning vujudga kelishidir. Shu sifatlarning kay darajada shakllanganligi tarbiyaviy ta'sir o'tkazish mezoni hisoblanadi.
Scientific Journal Impact Factor
O'spirin o'quvchilarda tabiat, san'at, adabiyot, madaniyat, ijtimoiy hayot go'zalliklarini payqash, idrok qilish, sevish, ulardan ta'sirlanish, ma'naviy ozuqa olish xislatlari paydo bo'ladi. Ularning psixologiyasida mayin sado, yoqimli nido, qalbni to'lqinlantiradigan musika, nozik xis-tuyg'u, ezgulik xislari, mayllari kuchayadi. Ayniqsa, estetik xislar ularning ma'naviyatidagi ko'pol, noxush, xunuk va yoqimsiz qiliqlarning yo'qolishiga yordam beradi. Shunga qaramay o'spirin yigit va qizlar orasida estetik tuyg'usi to'la shakllanmagan, noto'g'ri tasavvurga ega bo'lgan shaxslar ham uchraydi.
O'spirin o'quvchilarning fanlarga munosabatlari asosan har qaysi fanning inson duneqarashidagi roliga, bilish faoliyatidagi va ijtimoiy ahamiyatiga, amaliy xususiyatiga, o'zlashtirish imkoniyatiga va uni o'qitish metodikasiga bog'liq bo'ladi.
O'spirinlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik takomillashib boradi, mantiiqiy xotira, eslab qolishning yo'l va vositalari ta'lim jarayonida etakchi rol o'ynay boshlaydi. O'spirinlar topshiriqlarni bajarishda, ularning ma'nosi hamda mohiyatini to'la anglab ish tutadilar, eslab qolish, saqlash, esga tushirish jarayonlarining samarali usullaridan unumli foydalanadilar.
O'spirin barcha faoliyat bosqichida mustaqil fikr yurita olmasligi uning psixikasidagi jiddiy kamchilikdir. Bu kamchilikni bartaraf qilishda dars jarayoni katta imkoniyatlarga ega. Darsda o'quv materialini bayon qilishda mazmuni ixcham, mantiiqiy bog'langan bo'lishini ta'minlash, o'quvchining javobi albatta kitobdagiday, yodlab olingan qoidalardan iborat bo'lib qolmay, uning «o'z so'zi bilan» izohlanishini talab qilinishi kerak. Tinglangan yoki o'qilgan materialda mustaqil xulosa chiqarishni talab qiladigan xolatlar bo'lishiga alohida e'tibor berilishi kerak.
Ilk o'spirinlik yoshidagi o'quvchilarda nazariy tafakkurni shakllantirishda tugarak va fakultativ mashg'ulotlar muhim ahamiyatga ega. O'spirin o'quvchining mustaqil fikrlashini rivojlantirish uchun o'qituvchilar, sinf rahbarlarining siymolari muhim rol o'ynaydi. Buning uchun birinchidan, o'qituvchilar o'spirinlarda o'rganilayotgan narsa va xodisalarning ob'ektivligi, haqqoniyligi, to'g'riligiga ishonch hosil qilishlari, ulardan qanoatlanishlari va ularni isbotlashga o'rgatib borishlari zarur. Ikkinchidan, fan o'qituvchilari ularni narsa xodisalar to'g'risida original fikr yuritishga yo'llashlari kerak. Uchinchidan, o'quvchilarning mashg'ulotlarda qo'llanaverib ma'naviy eskirgan bir qolipdagi so'zlardan, iboralardan foydalanishlariga yo'l qo'ymasliklari kerak. To'rtinchidan, fan o'qituvchilari o' spirin yigit va qizlarga bilimlarini amaliyotga tadbiq qilishlari shart, buning uchun ularda amaliy malakalarni shakllantirishga harakat qilishlari lozim.
Scientific Journal Impact Factor
Tafakkur rivojlanishi bilan birga o'quvchining nutq faoliyati ham o'sadi. Bu esa o'quvchida oz fikrini to'g'ri, aniq ifodalash malakasini tarkib toptiradi. Nutqining tuzilishini takomillashtiradi va lug' at boyligini yanada oshiradi.
Ospirin adabiy asarlarni o'qish va tushunish orqali mustaqil fikrlashga, mulohaza yuritish va munozaraga o'rganib boradi.
Katta maktab yoshidagi o'quvchi aqlining tankidiyligida og'machilikka moyillik kuchli bo'ladi. Ogmachilikning eng asosiy sabablaridan biri-voqelikning mohiyatini ilmiy jihatdan to'g'ri tushunolmaslikdir. Aqlning va tafakkurning tankidiyligini tarbiyalashda o'qituvchi o'quvchining o'ziga xos tipologik xususiyatiga, aqliy kamolot darajasiga, bilimlari saviyasiga, muloxaza doirasining kengligiga, nutq qobiliyatiga, shaxsiy nuqtai-nazariga, o'qishga nisbatan munosabatiga, qiziqishining xususiyati va darajasiga, aqliy faoliyat operatsiyalarini qanchalik bo'lishiga, mavjud o'qish ko'nikmasi va malaklariga alohida e'tibor berishi lozim.
Aql tanqidiyligining rivojlanishi yuqori sinf o'quvchilari moddiy dunyoni, atrof-muhitni o'rganishga, o'quv materiallarini puxta o'zlashtirishga, ta'lim jarayonida tashabbuskorlikka, faollik da'vat etadi.
Ilk o'spirinlik tafakkurining sifatini uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, mustaqilligi, samaradorligi, tezligi tashkil qiladi. Tafakkurning mazmundorligi deganda, o'spirin ongida tevarak atrofdagi voqelik bo'yicha muloxazalar, muhokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligi nazarda tutiladi. Tafakkurning chuqurligi deganda, moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari o'zaro bog'lanishi va munosabatlari o'spirinning fikrlashida toliq aks ettirish tushuniladi. Tafakkurning kengligi esa o'zining mazmundorligi va chuqurligi bilan bogliq bo'ladi. Tafakkurning mustaqilligi deganda, o'spirin tashabbuskorlik bilan oz oldiga vazifalar qo'ya bilishi va ularni xech kimning yordamisiz oqilona usullar bilan bajara olishi tushuniladi. Aqlning tashabbuskorligi deganda o'spirining oz oldiga yangi g'oya, muammo va vazifalar qo'yishini, ularni amalga oshirishda samarador vositalarni topishga intilishni anglaymiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni bajarishda yangi usullarni tez izlab topish va qo'llay olishda eskirgan vositalardan qutulishda namoyon bo'ladi. Agar o'quvchi muayyan vaqt ichida ma'lum soha uchun qimmatli, yangi fikrlarni aytgan bo'lsa, nazariy va amaliy vazifalarni hal qilishda yordam bersa, buni samarador tafakkur deyiladi. Tafakkurning tezligi savolga to liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. Ospirin tafakkurining tezligi qator omillarga: birinchida, fikrlash uchun zarur materialning xotirada mustahkam saqlanganligiga, uni tez yodga tushira olishiga, muvakkat boglanishning tezligiga, turli xis-tuyg'ularning mavjudligiga, o'quvchining diqqati
Scientific Journal Impact Factor
va qiziqishiga; ikkinchidan, o'spirinning bilim saviyasiga, qobiliyatiga, egallagan konikma va malakalariga bog'liqdir. Ospirin qobiliyati, layoqati va iste'dodi ta'lim jarayonida va mehnat faoliyatida rivojlanadi. Uning qanchalik iste'dodli ekanligini aniqlash uchun ziyrakligi, jiddiy sinovga shayligi, mehnatga moyilligi, intilish, psixik tayyorligi, mantiiqiy fikrlashning tezligi, izchilligi, samaradorligiga e'tibor berish kerak. qobiliyatning o'sishi, bilimlar, ko'nikmalar, malakalarning sifatiga bog'liq bo'lib, shaxsning kamol topish jarayoniga qo'shilib ketadi.
O'spirinlar biror xodisani asoslagan, isbotlagan paytlarida uning muhim xususiyatlariga, birlamchi jihatlariga sinchkovlik bilan qaray boshlaydilar. Darsliklardan o'qigan va o'qituvchidan eshitgan axborotlar, xabarlar va ma'lumotlarga ishonish va ulardan qanoat hosil qilish uchun faol harakat qiladilar. Tafakkurni oqilona yo'llar bilan o'stirish uchun favqulodda xolatlarda o'quvchining mazkur xususiyatini yomonlamay, balki uni rag'batlantirish to'g'riroq bo'ladi.
Shunday qilib ta'lim jarayonida turli fanlarni o'qitish tufayli keng ko'lamli bilimlar tizimi o'zlashtirilishi orqali yuqori sinf o'quvchilarida tafakkurning faolligi, mustaqilligi, mazmundorligi, mahsuldorligi ortadi.
Endigina o'sib kelayotgan o'spirin o'quvchilar kasbga qanday yondoshadilar? Bu muammo ko'pchilikni qiziqtiradi. Kuzatishlardan va turmush tajribasidan ma'lumki, odatda ilk o'spirinlik yoshidagi o'g'il-qizlar hayotda mustaqil qadam tashlash to'g'risida aniq asosli fikr bildirishga qiynaladilar. Shu sababli kasb tanlash davrida oqilona va to'g'ri yo'l tutishni bilmay dovdirab qoladilar yoki tavakkaliga ish ko'radilar. Natijada noxush kechinmalar, umidsizliklar, jiddiy-ijtimoiy sustlik xolatlari vujudga keladi.
O'quvchilar maktabda fanlarning asoslaridan bilim oladilar, har qaysi o'spirin fizika yoki matematika bilan tanishadilar. Biroq ularning hammasi kelajakda fizik yoki matematik kasbini egallashni xoxlayvermaydi. Maktabda er kurrasini o'rganiladi, biroq barcha o'quvchilar sayyox bo'lishni istamaydi.
Katta yoshdagi maktab o'quvchilaridan biror o'quv faniga ishtiyok natijasida ularga har-xil kasblarga qiziqish vujudga keladi.
Yuqori sinf o'quvchilarini qiziqishlari, mayllari, intilishlari, qobiliyatlari, iste'dodlari asosida tanlagan kasblariga to'g'ri yo'naltirish o'spirinlar uchun katta hayotiy masaladir. O'spirinlarga o'qituvchilar, ota-onalar jamoatchilik, o'z kasbining ustalari, murabbiylar alohida e'tibor berishlari kerak.
O'rta maktabni bitirgunicha hamma o'quvchilar kasbini qat'iy tanlaydi deyish mumkin emas. Kasb-hunarga har-xil munosbatlar hosil bo'lishining asosiy sababi maktabda o'qish davrida kasb tanlash bo'yicha turli xil niyatlar paydo bo'lishidir.
Scientific Journal Impact Factor
V. A. Krutetskiy o'spirinlarda uchraydigan motivlardan quyidagilarni alohida ifodalaydi: a) biror o'quv faniga qiziqish; b) vatanga foyda keltirish istagi (o'ziga xos psixologik xususiyatini hisobga olmagan xolda); v) shaxsiy qobiliyatini rukach qilish; g)oilaviy an'analarga rioya etish (vorislik); d) do'stlari va o'rtoqlariga ergashish; e) ish joyi yoki o'quv yurtining uyiga yaqinligi; yo) moddiy ta'minlanishining yaxshi ekani; j) o'quv yurti ko'rinishining chiroyliligi yoki unga joylashish osonligi.
Shuningdek boshqa turdagi motivlar masalan, shaxsning biror kasbga, fanga moyilligi, maqsadi, unga intilishi, kasb to'g'risidagi ma'lumoti, o'zining sihat salomatligi, asab tizimining va temperamentining xususiyati va xokazolar ham bo'lishi mumkin.
O'spirinlarda kasblar haqida yaqqol tasavvur bo'lmasligi sababli ular ko'proq xatoga yo'l qo'yadilar. O'z qobiliyatlarini oqilona baholay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash uchun qanchalik tez va aniq harakat qila olishlarini, bu ishga moslasha olishlari mumkinligini bilmaydilar. Biroq hozir mazkur ko'ngilsiz xolatlarning oldini olish va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Buning uchun quyidagi pedagogik-psixologik omillarga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqdir:
1. Kasblarni o'rganish usullarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va lo'nda qilib ifodalash.
2. O'qituvchining kasblar bo'yicha tashviqot ishlarini olib borishi.
3.O'spirinlarni kasbning asosiy turlari bilan tanishtirish.
4.Mehnat ta'limi darslarida yuqori sinf o'quvchilarini kasbga tayyorlash va qiziqish uyg'otish.
5.Psixodiagnostik va kasb tanlash usullarining amaliyotga tadbiq qilishga moslashtirilgan turlarini ishlab chiqish.
6.Joylarda zamon talabiga mos kasb tanlash xonalarini tashkil etish.
7.Kasb tanlash targ'iboti yuzasidan o'spirinlarni ommaviy axborot
vositalariga jalb qilish va psixologik tayyorlash.
Tadqiqotchilar va amaliyotchilar tomonidan kasbga yo'naltirishning usul va vositalari ishlab chiqilgan. E. A. Klimov kasbga yo'naltirish uchun kasb turlarini «inson-tabiat», «inson-texnika», «inson-inson», «inson-badiiy obraz» singari komplekslarni tavsiya qiladi.
Kasb tanlashga yo'llash va kasblarni targ'ib qilish usullaridan yana biri— ko'rsatmali vositalar, ya'ni fotostendlardan, kitoblar ko'rgazmasidan, yosh rassom va tabiatshunoslar ijodiy faoliyatining mahsulidan, naqqoshlik va texnika to'garagi
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
ishlaridan foydalanishidir. Bundan tashqari muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish orqali ham ayrim kasblarga qiziqish uyg'otish mumkin.
Mehnat psixologiyasining mutaxassislari kasbga yo'naltirishning boshqacha usullarini: barcha fanlarni o'qitishning politexnik jihatini chuqurlashtirishni; tabiiy matematik fanlardan atrofdagi ishlab chiqarishdan ob'ekt sifatida foydalanishni; ijtimoiy turkumdagi fanlarni o'qitishda o'lkashunoslik materiallarini qo'llab o'quvchilarning kasbga qiziqishini oshirishni; mehnatga ishtiyoq uyg'otishni; darslarda kasblar haqida axborotlar berib borishni; mehnat sohalari bilan o'quvchilarning mustaqil tanishishi uchun sharoit yaratishni tavsiya etmoqdalar.
1. Asomova R.Z. Kasb tanlash motivasiyasi va uning dinamikasi. Psix.f.n......dis.-T.,
2002. -137 b.
2. Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.T.: Nizomiy,
3. G'oziev E.«Psixologiya». Toshkent. «O'qituvchi». 1994.
4. Yosh va pedagogik psixologiyadan praktikum. T.1991.
5. G'oziev E. «Pedagogik psixologiya asoslari». Toshkent. 1997.
6. Ishmuhammedov R.Abduqodirov A.Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar.Toshkent -2008.
REFERENCES
2003.