Bobokeldiyeva Sh.A.
Termiz davlat universiteti o 'qituvchisi Surxondaryo, O'zbekiston Fazilov Sh.M.
Termiz davlat universiteti, o'qituvchi Surxondaryo, O'zbekiston
O'SIMLIKLARDA FOTOSINTEZ MAVZUSIGA OID MASALALAR
YECHISH METODIKASI
Annotatsiya: Ushbu maqola talabalarni "O'simlik barglarida organik moddalarning hosil bo'lishi" mavzusida olgan nazariy bilimlarni mustahkamlashda asos bo 'ladi. Bundan tashqari o 'quvchilarda ma 'lum qonuniyatlar va algoritmik izchillik orqali biologikmasala va mashqlarning to 'liq idrok etishlari va biologiya fanining matematika, fizika va kimyo fanlari bilan integratsiyasi amalga oshishi bo 'yicha tavsiyalar berilgan.
Kalitso'zlar: biologik masala, integratsiya, fotosintez, xlorofill, xloroplast, yorug'lik energiyasi, ATF energiyasi, mitoxondriya, glukoza, fotoliz, simbioz, fosforlanish.
Bobokeldiyeva Sh. A.
Teacher. Termez State University Surkhandarya, Uzbekistan Fazilov Sh.M.
Teacher Termez State University Surkhandarya, Uzbekistan
METHODOLOGY FOR SOLVING PROBLEMS ON THE SUBJECT OF PHOTOSYNTHESIS IN PLANTS
Abstract: This article serves as a basis for students to strengthen their theoretical knowledge on the topic "Formation of organic matter in plant leaves ". In addition, there are recommendations on how students can fully understand biological problems and exercises through certain laws and algorithmic consistency, and how to integrate biology with mathematics, physics, and chemistry.
Key words: biological matter, integration, photosynthesis, chlorophyll, chloroplast, light energy, ATF energy, mitochondria, glucose, photolysis, symbiosis, phosphorylation.
So'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan biologik o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o'z-o'zidan o'quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta'lim-tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Bilim olish jarayonida aksariyat talabalar fanning nazariy qismini o'rganib, u bilan bog'liq masala ishlash metodikasini keyinroq o'rganaman deydi. Bu albatta noto'g'ri qaror. Bugungi kunda biologiya fanidan berilayotgan masalalar ko'pchilikni o'ylantirib qo'ymoqda. Bunday biologik masalalarni yechish o'quvchilarda ma'lum qonuniyat va algoritmik izchillik orqali masala-mashqlarni mazmun-mohiyatini to'liq idrok etishni talab etadi. Bundan tashqari biologiyani matematika bilan integratsiyasi amalga oshadi. Bunday murakkab masalalarni yechishni o'rganish har bir o'quvchi va o'qituvchidan qo'shimcha shug'ullanishni va matematik 1 va 2 noma'lumli tenglamalarni bilish va proporsiya tuza olish qisqacha qilib aytganda, kitobda o'qigan nazariyasiga tayanib berilgan masalani ishlay olish kerak. Shunday o'quvchilar borki, ular kitobni nazariy va amaliy (mashqlar bajarish, masala yechish) qismini teng olib ketadi. Shunday ekan o'qituvchilar ham dars davomida biologik masalalar qismini o'quvchilarga xar bir darsda sharxlab ketishi kerak. Chunki, o'quvchi ham kirish imtixonda tushgan masalalarni nazariya bilimga asoslanib yechishi kerak. O'quv fanini o'zlashtirilganlik darajasi nafaqat nazariy bilimlar bilan balki, olingan bilimlarni turli xil sharoitlarda qo'llay olish orqali ham belgilanadi. Agar o'quvchi matematikadan masala yechishni bilmasa, bu uni matematikani bilmasligini ko'rsatadi. Hatto u barcha teorema va qonunlarni bilsa ham. Afsuski, ko'pchilik bu biologiya uchun ham taalluqli ekanligini tushunib yetmaydi. Biologiyadan masalalar yechish o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlashlarini, barcha biologiya kursidan olgan bilimlarini mustahkamlash va rivojlantirish imkonini beradi.
Quyosh nuri ta'sirida o'simliklarning yashil qismida karbonat angidrid bilan suvdan murakkab organik birikmalar hosil bo'lishi fotosintez deyiladi. Fototrof organizmlarga xlorofill pigmentiga ega organizmlar, yashil o'simliklar, lishayniklar va ayrim bakteriyalar kiradi. Yashil o'simliklar hujayrasidagi xloroplastlarda to'plangan xlorofill pigmenti yordamida yorug'lik energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Uning qisqacha reaksiyasini yozamiz 6CO2+6H2O^CôHi2Oô+6O2
Lekin bu juda ko'p bosqichli jarayon va bir qancha bosqichlarda amalga oshadi. Hamda yuqoridagi kabi bitta emas balki bir qancha reaksiyani o'z ichiga oladi. Masala ishlashda odatda quyidagi reaksiyalarni bilish kifoya qiladi.
Ammo mashqlarni ishlashda va reaksiyalarni yodda saqlashda fotosintez ximizmini bilish zarur. Ularni ko'rib chiqamiz:
Fotosintez ikki bosqichda amalga oshadi:
1. Yoruglik bosqichi; 2. Qorong'ulik bosqichi.
xloroplastning tillakoidlarida kechadi xloroplastning stromasida kechadi.
Faqat quyosh nuri tasirida yorug'likda sodir bo'ladi shuning uchun yorug'lik fazasi deyiladi Bu reaksiyalar borish uchun yorug'lik kerak emas. Kechayu kunduz amalga oshadi
Energiyani quyosh nuridan oladi Energiyani yorug'lik bosqichida hosil bo'lgan ATF energiyasidan oladi.(reaksiyada aniq ko'rsatilgan)
FOTOSINTEZGA DOIR MASALA VA MASHQLAR
Masalalarga o'tishdan avval o'quvchi quyidagi mashqni bajarisi kerak bo'ladi. Jadvaldagi bo'sh kataklarni mavjud kalit raqamga qarab to'ldirish talab etiladi. Xar bir qatorda bitta fotosintez reaksiyasi amalga oshirilgan.
1-jadval. Bo 'sh kataklarni to 'Idiring
CO2 molekulasi soni Qancha molekula ATF sarflangan Qancha molekula shakar (C6H12O6) hosil bo'lgan Qancha gramm shakar (C6H12O6) hosil bo'lgan
6
36
90 5
540
10
108
120
Fotosintezga doir oddiy masalalar
1. 660 g glukoza sintezlanishi uchun sarflanadigan ATF energiyasi miqdorini (kJ) aniqlang.
2. Fotoliz natijasida 144 g suv parchalangan bo'lsa, fotosintezning kunduzgi (a) va kechqurungi (b) bosqichida hosil bo'lgan suv miqdorini (g) aniqlang.
3. O'simlik bargida fotoliz jarayonidan so'ng 20 ta gidroksil ionlari hosil bo'ldi. Hosil bo'lgan vodorod ionlari qorong'ilik fazasiga yo'naltirilsa, shu fazada glukozadan tashqari qancha (mol) fosfat kislota (I) hamda dastlabki fotoliz jarayonidan so'ng yana necha (mol) suv (II) hosil bo'lishini aniqlang.
4. O'simlik bargida fotoliz jarayonidan so'ng yana 180 gr suv hosil bo'ldi. Hosil bo'lgan vodorod ionlari qorong'ilik fazasiga yo'naltirilsa, shu fazada glukozadan tashqari qancha (mol) fosfat kislota hosil bo'ladi?
5. Fotosintez jarayonida birlamchi uglevod hosil bo'lishi uchun C manbaini aniqlang.
6. Fotosintez jarayonida birlamchi uglevod hosil bo'lishi uchun H2 manbaini aniqlang.
7. Fotosintez jarayonida 12 mol organic birikma H2 ishtirok etgan bo'lsa fotoliz jarayonida necha molekula H2O dissotsiyalanadi?
8. Fotosintez jarayonida 18 mol organic birikma H2 ishtirok etgan bo'lsa fotoliz jarayonida necha molekula H2O dissotsiyalanadi?
9. Fotosintezni qorong'lik bosqichini reaksiyalarida 36 molekula ATF ishtirok etgan bo'lsa, Glyukoza sintezi uchun necha molekula CO2 biriktirilgan?
10. Fotosintezni qorong'lik bosqichini reaksiyalarida 54 molekula ATF ishtirok bo'lsa, Glyukoza sintezi uchun necha molekula CO2 ketgan?
Xulosa. O'simliklarning fotosintez jarayoni yer yuzida quyosh energiyasini organik birikmalarning kimyoviy energiyasiga aylantiruvchi birdan-bir vosita hisoblanadi. Fotosintez jarayonini o'rganish qishloq xo'jalik ekinlaridan mo'l hosil olishga ham imkon yaratadi. Ammo buni masala va mashqlar orqali o'rganish o'quvchida kompitensiyani oshirib, ularni fanga nisbatan qiziqish uyg'otishga sabab bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati
1. Hasanova, A. M. qizi. (2023). O'simliklarda fotosintez jarayoniga oid masalalar yechish metodikasi. International conferences, 1(21), 444-449. Retrieved from http://erus.uz/index.php/cf/article/view/1097
2. Qodirov N., Ahmedova G.. DNK va genetikaga oid masalalar to'plami. O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi «Fan» nashriyoti: -Toshkent: 2010.
3. Shamsiddinova G., Qodirov N. vaboshqalar. Molekular biologiya va genetikaga oid masalalar to'plami. "yangi asr avlodi". T-2011
4. Jumaboyeva S.I.. Qodirov N. Umumiy biologiya bo'yicha masalalar to'plami. "yangi asr avlodi". T-2016
5. Hasanova A. M. O 'simliklarda fotosintez jarayoniga oid masalalar yechish metodikasi //International conferences. - 2022. - Т. 1. - №. 21. - С. 444-449.