O'QUVCHILARNING BILIM, KO'NIKMA VA MALAKALARINI TASHXIS
ETISHNING ZARURIYATI
Zuxra Umarova
Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), CHDPU
Dilafruz Ro'ziboyeva
CHDPU talabasi
ANNOTASIYA
Maqolada o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etish zaruriyati to'g'risida fikr yuritilgan hamda tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: bilim, ko'nikma, malaka, o'quvchi, tashxis, zaruriyat, yondashuv.
Yangi O'zbekiston taraqqiyot stratnegiyasida sifatli ta'limga erishishning eng muhim vazifalari belgilanib, amalga oshirilmoqda [1]. Shu jihatdan bu jarayonda o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etish dolzarb bo'lib turibdi. Mazkur o'rinda ana shu masalaning tahliliga e'tiboringizni tortamiz.
O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi yangi tahrirdagi Qonunida umumiy o'rta ta'limni zamonaviy talablar asosida rivojlantirish huquqiy-me'yoriy jihatdan belgilab qo'yilgan [2]. Su jihatdan o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etishning metodikasi muammosini tadqiq etish dolzarb bo'lib turibdi.
Bilim - borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan natijasi bo'lib, u inson ongida aks etadi hamda bilimning ilmiy, empirik va nazariy turlari farqlanadi [3]. Shu sababli bizning yondashuvimizga ko'ra, o'quvchilarning bilim darajasini quyidagilar tashkil etadi:
1) o'quv fanlari bo'yicha nazariy tushunchalarga ega bo'lish;
2) o'quv fanlari bo'yicha yangi axborot va ma'lumotlarni egallash;
3) voqelik va hodisaning mazmunini tushunish;
4) ijtimoiy ong va mustaqil fikrga ega bo'lish.
Mazkur mezonlar umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarining bilim darajasini belgilaydi.
Ko'nikma - bu malakaning tarkibiy qismi bo'lib, harakatning nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda o'z-o'zidan bajarilish qobiliyatini ifodalaydi hamda o'quvchilarda takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga keladi. SHu jihatdan ko'nikma ongli
March, 2023
626
faoliyatni tez, tejamli, to'g'ri, kam jismoniy va aqliy kuch sarflagan holda bajarish jarayonining natijasi hisoblanadi. O'quvchilarning ko'nikmasi o'zlashtirgan bilimlari asosida tarkib topadi. Ko'nikma quyidagi xususiyatlarga ega:
1) bilim olishga odatlanish;
2) axloqiy fazilatlarni o'zlashtirish;
3) ijtimoyi jihatdan faollashib borish;
4) yangiliklarni o'zlashtirishga qiziqish.
Bular umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarining ko'nikmasini tashxis etishda mezonlar hisoblanadi.
Malaka - O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida mazkur tushunchaga quyidagi ta'rif berilgan: "shaxsning kasbiy faoliyatining muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma'lumot to'g'risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko'nikmalari darajasidir" (3-modda). Shu jihatdan o'quvchilarning malakasini quyidagilar tashkil etadi:
1) o'quvchilarning bilimdonlik darajasi;
2) o'quvchilarning qobiliyatlik darajasi;
3) o'quvchilarning mahoratlik darajasi;
4) o'quvchilarning ko'nikmalik darajasi.
Bu mezonlar umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarining malaka darajasini tashxis etishda asos hisoblanadi.
Umuman o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalari mazmuni quyidagi tasvirga ega:
1-chizma. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarining tarkibi https://t.me/ares uz
March, 2023
Multidisciplinary Scientific Journal
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1
Bizning yondashuvimizga ko'ra o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etish mazmuni quyidagilardan iborat:
1) o'quvchilarning bilim darajasini aniqlash;
2) o'quvchilarning ko'nikma darajasini aniqlash;
3) o'quvchilarning malaka darajasini aniqlash;
4) o'quvchilarning o'zlashtirish darajasini rivojlantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish.
Bularning barchasi o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini aniqlash hamda ularni rivojlantirib borish uchun asos hisoblanadi. SHu jihatdan bu jarayonda tashxis etish omilidan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxislash vazifalari quyidagilardan iborat:
o'quvchilarning bilim darajasi o'sib borishini o'rganish; o'quvchilarning ko'nikma darajasi o'sib borishini aniqlash; o'quvchilarning malaka darajasini aniqlash;
o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirib borish tadbirlarini belgilash hamda tavsiyalarini ishlab chiqish.
O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxislash uslublari quyidagilardan iborat:
maxsus tuzilgan testlardan foydalanish; statistika;
induktsiya va deduktsiya; bashorat qilish;
tadbirlarni rejalashtirish va amaliy tavsiyalarni taqdim qilish. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxislashning asosiy bosqichlari quyidagilardir: mo'ljallarni aniqlash; aniqlangan darajalarni modellashtirish; holatni rivojlantirish; o'quvchilar bilan individual ishlash.
Bularning barchasi o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etishda asos hisoblanadi [4].
O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etish zaruriyatlari quyidagilar bilan belgilanadi:
1) o'quvchilarning bilim darajasi bo'yicha aniq ma'lumotga
ega bo'lish va ularning bilimini rivojlantirishga doir reja tuzish;
March, 2023
2) o'quvchilarning ko'nikma darajasini aniqlash va uni rivojlantirish tadbirlarini belgilash;
3) o'quvchilarning malaka darajasini aniqlash va uning o'sib borish yo'nalishlarini belgilash;
4) o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malaka darajasini xalqaro ta'lim dasturlari asosida tashxis etish.
Bunday yondashuv o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malaka darajasini maqsadli rivojlantirib borish imkonini beradi.
Umuman, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etishning an'anaviy metodikasi mexanizmlari quyidagicha yaxlit idrok etiladi:
Mexamzm
1
1. Tashxis etish m azmuni 1. Tashxis etish vazifalari j. Tashxis etish uslublari
4. Tashxis etish bosqichlari 5. Tashxis etish zaruiyati
1 1
Tashxiis etish iic/iim asos bo 'Iadigan dasturlar
2-chizma. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etishning an'anaviy mexanizmi
Bugungi kunda 2020-2021 o'quv yilidan boshlab mamlakatimizning umumiy o'rta ta'lim maktablarida TIMSS, PISA va STEAM xalqaro ta'lim dasturlari joriy etilmoqda. SHu sababli mazkur dasturlar asosida umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarining bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etish zaruriyat bo'lib turibdi. Bizning yondashuvimizga ko'ra, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini ushbu dasturlar asosida tashxis etish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
a) o'quvchilarning har bir fan bo'yicha bilim darajasini va savodxonligini chuqurlashtirish;
b) o'quvchilarning ko'nikmasini amaliy faoliyat asosida rivojlantirib borish;
March, 2023
629
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
v) o'quvchilarning malaka darajasini turli tadbirlar vositasida o'stirib borish; g) o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malaka darajalarini tashxis etishda xalqaro ta'lim dasturlarining talablariga asoslanish.
Bularning barchasi o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etishning zaruriyatini belgilaydi. Mazkur jarayonni amalga oshirish uchun maxsus guruh tuziladi. Guruhning tarkibida quyidagilar ishtirok etishi taqozo etiladi: har bir o'quv fanining o'qituvchilari; sinf rahbarlari;
taklif etiladigan metodistlar va mutaxassislar; maktab jamoasining vakili; maktab psixologi.
Bu guruh o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etish rejasiga ega bo'lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bizningcha, bunday reja choraklik muddatda tuzilishi kutilgan samarani beradi. CHunki tashxis etishning natijasiga ko'ra, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakasini yanada rivojlantirish tadbirlari ishlab chiqiladi.
SHunday qilib umumiy o'rta ta'limni rivojlantirishda o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etishda xalqaro ta'lim dasturlaridan foydalanish muhim o'rin tutadi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. - Toshkent, 2022
2. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi yangi tahrirdagi Qonuni 2,3,4 moddalar. // www.ziyonet.uz.
3. Xasanboev J va boshq. Pedagogika fanidan izohli lug'at. -T.: "Fan va texnologiya". 2009. 70-bet.
4. Jabbrova O., Umarova Z. Boshlang'ich ta'lim diagnostikasi. - Toshkent, 2023.
March, 2023