Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
O'QUVCHILARNI INTELLEKTUAL RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
Djalalov Baxromjan Begmurzayevich
Farg'ona davlat universiteti katta o'qituvchisi, p.f.b.f.d.(PhD) 1ЬгоЫтоуа ОЙоЬхоп Ма'ги^оп qizi
Farg'ona davlat universiteti 1-bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada intellekt tushunchasining mazmuni va mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, о 'quvchilarni Ше11еЫш1 rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari haqida so Z уигШ^ап.
КаШ so'zlar: intellekt, aql, aqliy faoliyat, tafakkur, intellektual operatsiyalar, malaka, Ы ШШа1аг, falsafa, psixologiya, pedagogika.
АННОТАЦИЯ
В данной статье раскрывается смысл и сущность понятия интеллект. Также обсуждаются психолого-педагогические особенности
интеллектуального развития учащихся.
Ключевые слова: интеллект, разум, мыслительная деятельность, мышление, интеллектуальные операции, компетентность, умения, философия, психология, педагогика.
KIRISH
Intellekt inson aqliy faoliyatining, aql-zakovatini, ongli hatti-harakatining yuksak shakli hisoblanadi. Intellekt tevarak-atrofni, ijtimoiy muhitni hamda voqelikni bilish quroli, shuningdek, insonning keng ko'lamdagi faoliyatini oqilona amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi.
Chindan ham intellektual salohiyatni yuksaltirish bugungi kunda milliy taraqqiyotning asosiy sharti va mezoniga aylanmoqda. Chunki intellektual jihatdan qoloq xalq hech qachon rivojlanmaydi. Dunyodagi taraqqiy topgan mamlakatlar eksport qiladigan mahsulotlarining ko'pchiligi intellektual mulk hisoblanadi.
Odamning intellekti ancha murakkab tuzilishga ega bo'ladi va faqat ko'plab fikrlash turlarini emas, balki har xil intellektual operatsiyalar, malaka va ko'nikmalarni o'z ichiga oladi. Intellekt individning ma'lum darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari tuzilishidan iboratdir. Intellektning mohiyati va taraqqiyotini tushuntirishda psixologiyada ikki xil qarash mavjud:
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
1. Intellekt - nasliy xususiyat, ya'ni avloddan avlodga o'tuvchi tug'ma xususiyat sifatida.
2. Intellekt - organizm imkoniyatlari va maqsadga muvofiq ta'lim tarbiya ta'sirida shakllanuvchi xususiyat sifatida.
Intellekt atamasi kundalik hayotimizda juda ko'p ma'noda qo'llanadi, turlicha izoh beriladi. Intellektni mustaqil reallik sifatida ajratishni asosiy mezoni uning xulq atvorini boshqarish funksiyasi hisoblanadi. Intellekt to'g'risida qandaydir qobiliyat sifatida gapirgan vaqtlarida birinchi navbatda uning inson va oliy hayvonlar uchun uning adaptatsiya (ko'nikuvchanlik, moslashish) ahamiyatiga tayanadilar.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O'zbekistonda esa bu masala yuzasidan M.G.Davletshin, E.G'.G'oziyev, B.R.Qodirov, G'.B.Shoumarov, V.M.Karimova R.Toshimov, M.M.Mamatov, E.Z.Usmonova, Z.E.Nishonova, M.Vohidovlarning fikrlarini o'rganish maqsadga muvofiqdir.
E.G'.G'oziyev O'zbekistonda tafakkur psixologiyasini keng yoritgan olimlardan biridir. Muallifning fikriga ko'ra, inson tafakkuri o'zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil tafakkurga ajratiladi. «Tafakkurning mustaqilligi deganda, kishining shaxsiy tashabbusi bilan o'z oldiga konkret maqsad, yangi vazifalar qo'ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz qilishi, natijani ko'z oldiga keltira olishi, qo'yilgan vazifani hech kimning ko'magisiz, ko'rsatmasisiz o'zining aqliy izlanishi tufayli, turli yo'l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak»
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va tanqidiyligida namoyon bo'ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda insonning o'z oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo'yishini, ana shularning barchasini amalga oshirish, nihoyasiga yetkazishda, yechimini qidirishda usul va vositalarning shaxsan o'zi izlashi, aqliy zo'r berib intilishi, ularga taalluqli qo'shimcha belgi va alomatlarning keltirilishidan iborat bosqichlarning bo'lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni tez echishda, echish paytida yangi usul va vositalarni tez izlab topishda, ularni saralashda, ana shu usullar va vositalarni o'z o'rnida aniq qo'llashda trafaretga aylangan usul, eski yo'l va usullardan forig' bo'lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.
E.G'.G'oziyev aqliy taraqqiyotning o'sishini maktabda olinadigan bilimlar
ta'minlaydi, deb hisoblaydi. O'quvchilarni aqliy jihatdan o'stirish uchun ularni faqat
27
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
bilimlar tizimi bilangina emas, balki muayyan aqliy faoliyat usullari (tahlil, sintez, taqqoslash, turkumlash, mavhumlashtirish, umumlashtirish, esda olib qolish va boshqalar) o'quv, ko'nikma va malakalarni ko'zda tutish kerakligini ta'kidlaydi. O'quvchilar aql-zakovatini kamol toptirishda mantiqiy tafakkurning ahamiyati katta, chunki tafakkurning rivojlanishi aqlni qo'shimcha ma'lumotlar bilan boyitadi.
Aqliy faoliyat insonning muayyan bilimlarni o'zlashtirish yoki yangiliklarni ochish bilan bog'liq psixik faoliyatdir. Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bevosita, umumlashtirgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, sotsial-sababiy bog'lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va prognoz qilishga yo'naltirilgan aqliy faoliyatdir.
Mazkur muammoni V.M.Karimova qo'yidagicha talqin etadi. qobiliyatlar masalasi eng avvalo inson aql-zakovatining sifati, undagi malaka, ko'nikma va bilimlarning birligi masalasi bilan bog'liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo'lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo'lib etishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko'proq qobiliyat tushunchasi bilan bog'lab o'rganiladi.
Ilm fandagi an'analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga bog'liq sifatlar juda ko'plab tadqiqotlar ob'ekti bo'lgan. Olimlar qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aql sifatiga aloqador bo'lgan ko'rsatkichni o'lchashga uringanlar. Ko'pchilik olimlar odam intellektida uning verbal, miqdoriy, fazoviy ko'rsatkichlarini aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va xayol jarayonlari bilan bog'laydilar. Qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega bo'lib, unga va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri ta'sir ko'rsatadi. Oila muhitining aql o'sishiga ta'sirini hech kim inkor etmaydi.
M.G'.Davletshin aqliy tushunchalarni qobiliyat tushunchasi bilan bog'lab o'rgangan. Qobiliyat shakllanishi va rivojlanishi, birinchidan, ma'lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sifatiga qarab, tegishli tabiiy zehn nishonalarini aniqlash yo'li bilan, ikkinchidan, mutaxassis rahbarligida sistemali faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo'li bilan, uchinchidan, umumlashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yo'li bilan borishi kerakki, bu operatsiyalar umumiy va maxsus axborotni engil va samarali o'zlashtirishni rejalashtirgan faoliyat bo'yicha malaka va ko'nikmalar hosil qilishni ta'minlasin. Bolalarda qobiliyatlarni o'sishi ta'lim-tarbiya jarayonida yuzaga keladi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
O'sib kelayotgan yosh avlodda ijodiy faollikni va uning negizida yotuvchi ijodiy qobiliyatni shakllantirish respublika maktablari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Chunki «hozirgi maktabning asosiy vazifasi ta'lim metodlarini, o'quvchilarning fikrlashlarini taraqqiy ettirish metodlarini takomillashtirishdir».
G'.B.Shoumarov mamlakat fuqarolarining aqliy saviyasiga alohida urg'u berib, har bir davlat, jamiyat taraqqiyoti, uning istiqboli o'z fuqarolarining saviyasi bilan belgilanishini e'tirof etadi. Jamiyat va fan-texnikaning rivojlanishida aql muhim omil va mezonlardan biridir. SHuningdek, SHoumarov har qanday insonparvarlik jamiyatida aqli zaiflarga e'tibor muhimligini uqtirib, aqli zaiflik omillarini markaziy asab tizimining organik buzilishi, shuning oqibatida bola bilish faoliyatining turg'un pasayishidir deydi.
R.Toshimov va M.Mamatovlar aql-idrok (intellekt) ni tadqiq qilishning nazariy asoslarini yaratish lozimligini uqtirishadi. Aqliy rivojlanishni tekshirish, o'rganish va hayotga tatbiq etish diagnostik metodlarsiz amalga oshmaydi. Aqliy imkoniyatlarning diagnostikasi jarayonidagi inson qobiliyatlariga amaliy yondashuv shaxsning bir aqliy taraqqiyoti bosqichidan boshqasiga o'tishiga yordam beruvchi muayyan ko'lamdagi bilimlar bo'lishini taqozo qiladi.
E.Z.Usmonova inson bilimi qanchalik keng va chuqur bo'lsa, uning aqliy faoliyatining tajribasi shunchalik mukammallikka ega. U shunchalik ko'p hal etilmagan muammolarni ko'ra oladi, ongidan shunchalik tez echimni talab etuvchi fikriy vazifalar yuzaga keladi, deb aqliy rivojlanishni bilimlarni chuqurlashtirishga bog'laydi. Aqlning muhim sifatlaridan bo'lgan tafakkurga alohida urg'u berib, uning yordamida sezgi, idrokka berilmagan va umuman kuzatish imkoniyati bo'lmagan hodisalarni aqlan hal qilish mumkinligini ta'kidlaydi.
B.R.Qodirov o'z ishlarida zehn, iste'dod aqliy taraqqiyot yuzasidan tadqiqot ishlari olib borgan. Hatto bu borada bank tuzishga ham muvaffaq bo'lgan. «Intellektual potensialni boyitish aqliy zakovatni shakllantirishning ommaviy va shu bilan birga an'anaviy, hech kimning e'tiroziga sabab bo'lmaydigan turlariga diqq atni ko'proq qaratish, imkon darajada ular moddiy-moliyaviy tomonlarini kuchaytirish, ma'lum yutuqqa erishayotgan yoshlarni kengroq rag'batlantirish, ularga tegishli moliyaviy va madaniy muhit yaratish juda katta ahamiyatga ega.
Aqliy faoliyatni tarbiyalaydigan, uning mahsuldorligini oshiradigan, ijodiy xislatlarni rivojlantiradigan an'anaviy metodlar doirasiga quyidagilarni kiritish mukin:
1. Maktablarda fanlardan ilmiy to'garaklar.
2. O'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarida o'quvchilarning ilmiy jamiyatlari.
3. O'quvchilar va o'quvchilarning har xil doirada o'tadigan olimpiadalari.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
4. O'quvchilar ilmiy-tadqiqot ishlari.
5. Ijodiy ishlar, ko'riklar, konkurslar, musobaqalar va hokazo».
Z.Nishonova o'z ilmiy izlanishlarida aqliy faoliyat usullari va yo'llarini egallash
muammosi ilm va texnikaga yangicha zamonaviy talablarning ortishi, ta'lim metodlarining takomillashishi, o'quv dasturlari nazariy darajasining kuchayishi va ta'limning jadallashuvi munosabati bilan muhimdir, deydi. SHuningdek, u o'quvchilarda aqliy faoliyat usullari va yo'llarini guruhiy trening metodi yordamida rivojlantirish strategiyasini o'zbek maktablari amaliyotida qo'llashni tavsiya etadi.
Shuningdek, intellektual yoshlik va intellektning rivojlanishining yuqori darajasi inson salomatligining umumiy holati belgilarini taqozo etib, uning o'zini uzoq vaqt yosh sezishini va o'z tengdoshlariga nisbatan yosh ko'rinishini ta'minlashlari olimlar tomonidan e'tirof etilgan.
Rene Dekartning (1596-1650) fikricha, yaxshi aqlga ega bo'lishning o'zi kifoya emas, balki uni to'g'ri qo'llay olish muhimdir. Rene Dekart ta'limoticha, hamma odamlarda aqliy tafakkur qobiliyati bir xil. Insonlardagi intellektual daraja o'rtasidagi farqlar esa, uslubiy fikrga bog'liqdir. Umuman, Dekart ilmiy uslubining asosiy qoidalari shundan iborat.
Voqelikni bilish va bilimning to'g'riligini belgilashda ba'zi talablarga izchillik bilan rioya qilish o'ta muhimdir.
Birinchidan, biron narsaning shubhasiz haqiqat ekanligiga ishonch hosil qilmaguncha uni haqiqat deb bilmaslik, ya'ni izchil ravishda shoshma-shosharlikdan, o'z-o'zini ishontirishdan saqlanish kerak. O'z hukmiga shunday narsalarni kiritish kerakki, u aqlda noaniqlikka hech qanday o'rin qolmasin.
Ikkinchidan, o'zi uchun qiyin narsalarni qancha talab qilinsa, shuncha bo'laklarga ajratishi lozim. SHundagina ularni tez va to'g'ri hal qilish imkoniyati ro'yobga chiqadi.
Uchinchidan, o'z fikri yo'nalishini boshqara bilish muhimdir. Eng sodda va oson bilinadigan narsalardan boshlab asta-sekin, pog'onama-pog'ona tobora murakkabroq narsalarni bilishga qarab borish kerak. Hatto tabiiy holatda biri ikkinchisidan keyin kelmaydigan narsalar o'rtasida ham tartib bor, deb hisoblashni aslo unutmaslik lozim.
To'rtinchidan, doimo to'liq ro'yxat va izohlarni tuzishga e'tibor qaratmoq lozimki, natijada hech narsa tushib qolmaganiga ishonch hosil bo'lsin.
Fransuz faylasufi Anri Bergson (1859-1941) quyidagi qarashlarni ilgari surgan. Fanda intelluktual (aqliy) bilimga ko'proq e'tibor beriladi. Intuitiv va intellektual
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
bilim oqibatida dunyo mavjud bo'ladi. Insonning qonunni kashf qilish uchun unda erkin ijod bo'lishi kerak.
U hayotiy jo'shqinlik haqida gapirar ekan intuitiv bilimga ko'proq e'tibor beradi. Intuitiv bilishga fanning kuchi etmaydi. Intuitsiya har bir insonda uchraydi va u bilan yashaydi. Intuitsiya bu ijod ruhidir. Bergson fikricha, intuitsiya hammada bor. Lekin insonlar uni, ayrim hollarda ochib berolmaydi. Bergson intuitsiya va intellektni bir-biriga qarama-qarshi qilib qo'ymaydi, balki intellektual bilim intuitsiyaga xizmat qilishi kerak, deydi. Bergson, fikrlar bizga tafakkur olamidan keladi. Inson pok bo'lsa, unga yaxshi fikrlar keladi, nopok bo'lsa, unga nopok fikrlar keladi, deydi.
Intellektual o'z-o'zini anglash vositasi bu mantiqdir, simvollar ustida ishlashning anglangan qat'iy qarorlaridir.
Mashxur amerikalik faylasuf Uilyam Djeymsning fikricha, inson tafakkurida mavhum fikr yuritish qobiliyati rivojlanar ekan, u o'zini boshqa mavjudotlardan ajratadi. O'z oldiga maqsad qo'yib, uni ongli ravishda bajarishga intiladi. Insonning aqli uni butun borliqdan ajratib turadi va unga ta'sir ko'rsatishga yordam beradi. Har bir insonda fikrlar doirasi va oqimi individual shaklga ega. SHuning uchun odamlarning ongi bir-biridan ajralib turadi.
Intellektni o'lchash muammosi XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib izchil hal qilindi. Horijda bunday ishlar Spirmen, Bine-Simon, Ayzenk va boshqalar tomonidan o'rganilgan. Ular qobiliyatlar va iqtidorni o'rganish uchun maxsus testlardan foydalanildilar. Bu testlarning umumiy mohiyati shundan iboratki, ularda topshiriqlar tizimi tobora qiyinlashib boradi. Masalan, Ayzenkning mashhur intellekt testi 40 ta topshiriqdan iborat bo'lib, u intellektual jarayonlarning kechishi tezligini o'lchaydi. Bu erda vaqt mezoni muhim hisoblanadi. Boshqa mualliflar sekin ishlash -qobiliyatsizlik belgisi emas deb, boshqacharoq usullarni o'ylab topganlar. Ko'pchilik olimlar uchun, masalan rus olimlari uchun qobiliyatning o'lchashni ishonchli mezoni-bu shaxs yutuqlarini va uning qobiliyatidagi o'zgarishlarni bevosita faoliyat jarayonida qayd etishdir.
XX asr fenomenologik maktabining asoschisi bo'lgan Edmund Gusserlning (1859-1938) fikricha, ong bu murakkab tuzilma bo'lib, uning markazida aql joylashadi. Aqlning yorqin nurlari ongning barcha xilvatlarini yoritib turadi. Ong uchun aql bu yagona va eng yorqin quyoshdir. Aql nurlarida fikr oqimi jilvalanadi. Fikr oqimiga 4 xususiyat xosdir:
1. Fikrlar go'zalligi va mukammalligi;
2. Fikrlarning o'zaro aloqadorligi va o'zaro hamkorligi;
3. Fikrlarning mohiyati va ularni mantiqiy tushunchalar orqali aks ettirilishi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
4. Bu fikrlar oqimini o'rganuvchi fenomenolog olimning his-tuyg'ulari. Bu his-tuyg'ularning fikrlar oqimiga ta'sir qilishi.
J.Piaje intellekt nazariyasini ikkita muhim jihatga ajratgan bo'lib, intellekt funksiyalari va intellektning asosiy davrlarini o'z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish) kiritilib, ular Intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi. Intellekt faoliyatining tartibliligi deganda subektning intellektual aktivligini ko'rsatish jarayonida yaxlit holatning va unga kiruvchi boshqa elementlarning, shuningdek, ularning o'zaro munosabatlarini ajrata olish tushuniladi[1, 122-123].
Intellektning adaptatsiya funksiyasi o'z navbatida assimilyatsiya va akkomodatsiya protsesslaridan tuziladi. Ushbu nazariyaga binoan, Assimilatsiya deganda idrok qilish (anglash) mumkin bo'lgan obekt to'g'risidagi harakteristikalarni tiklash anglanadi, akkomodatsiya bu bilishga inyiluvchi subektning modiy borliqning talablariga moslashish pratsesidr. Anglash mumkin bo'lgan obektning individ tomonidan yaxlit xarakteristikasini idrok qilishning yuz berishi bilan mazkur protsess tugallanmaydi, balki obektning o'zi ham bilish faolligining ortib borishi natijasida o'zgarib boradi.
J.Piaje konkret operatsiyalar davrining predmetlar bilan aloqada ekanligini ta'kidlab psixologiyada olg'a siljishga yordam beradi. Formal operatsiyalar davriga izoh berilganda esa predmetlar bilan tobora aloqa yo'qola borishi qatd qilinadi. Intellektning o'sishi inson operatsilar sistemasidaniborat ekanligi aytib o'tiladi. Intellektning taraqqiyot pallasida aqliy harakatlar yig'iq holda bo'ladi. Shuning bilan birga, J.Piaje nazariyasiga ko'ra, intellekt davrlarining o'zaro o'rin almashishi tafakkurni o'sishini bildiradi, davrning ketma-ketligi esa o'sishning ichki qonuniyatlarini ifodalaydi[1, 122-123].
J.Piaje intellektual ta'limoti muhim ahamiyatga ega bo'lib, unda obektiv "klinik" metod qo'llanilgan, intellektning genetik ildizi berilgan intellekt bilan predmatlaro'rtasida xususiyatlar yoritilgan, intellektual faoliyatda subektning o'zgarib borishi emperik va nazariy ma'lumotlar bilan isbotlab berilgan.
Rus psixolog olimlari L.S.Vigotskiy, O.K.Tixomirov, B.D.Bogoyavlar tomonidan inson intellektual qobiliyatining rivojlanishi yosh xususiyatlari bilan bog'liq bo'lmagan holda, eng yosh bolalik chog'lari bilan va eng qarilik chog'larda ham keng qamrovli fikr mulohazalarning ko'rinishi ekanligini aniqlagan. Bundan tashqari, odam miyasi hamma vaqt mashq qilib turishni taqozo qilib, faol aql barcha fiziologiyani muvozanatda ushlab turadi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Psixolog olimlar M.Akimova va E.Golubevalar tadqiqotlarida intellektni rivojlanishi faollikka bog'liq ekanligini isbotlab berganlar. Intellektual faollikning etishmovchiligi bosh miyaning qon bilan ta'minlash darajasining pasayishi o'z navbatida intellektning holatiga, shuningdek, xotirasiga ta'sir qilishga olib keladi. Xotiraning holati intellektning rivojlanish darajasi bilan tig'iz bog'liq bo'lib, inson intellektual qobiliyatining harakatlanishi to'la bo'lmasligi-bu xotiraning pasayishini birinchi belgisi hisoblanadi.
P.Anoxin va E.Polejayevlar shaxsning psixofiziologik xususiyatlari bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarida o'z aksini topgan. A.N.Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkurni ko'rinishlaga ajratadi, fikr yuritihshning faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi.
M.K.Akimovaning fikricha, intellekt asosini ayni shu aqliy faollik tashkil etadi, ayni vaqtda u o'zini-o'zi boshqarish sifatida faqat vazifani hal etishuchun zarur bo'lgan faollik darajasini ta'minlaydi.
E.A.Golubeva ham ana shu fikriga qo'shilib, faollik va o'z-o'zini boshqarish intellektual samaradorlikning tayanch omillaridan biri ekanligini ta'kidlaydi va bunga yana mehnat qobiliyatini ham qo'shadi.
Intellekt tabiatiga qobiliyat sifatida qarashda jon bor. Mazkur muamoga inson psixikasida onglilik va ongsizlikning nisbati nazaridan qaralsa, u yaqqol ko'zga tashlanadi. Muammoning hal etilishi turli darajalarda yetakchi rol o'ynaydi. Agar masalani qo'yilishi va hal qilinishi bosqichida ong yetakchilik qilsa, "g'oyalar inkubatsiyasi" bosqichida va gipotezaning tug'ilishi davrida ongsizlikning faolligi hal qiluvchi rol o'ynaydi. Insoniyat kutilmagan kashfiyot, bashorat qilish vaqtida g'oya "kalit-qulf prinsipi" prinsipi bo'yicha "qisqacha to'xtab qolish" g'oya ong ichiga yorib kiradi, ana shu paytda yorqin emotsional kechinmalar yuz beradi. Gipotezalarni tanlash, tekshirish bosqichida esa yana ong yetakchi mavqeni egallaydi.
Shunday xulosa qilish mumkinki, intellektual akt vaqtida ong yyetakchilik qiladi va muammoning hal etilishini boshqaradi, ongsizlik esa boshqarish obekti sifatida namoyon bo'ladi, ya'ni subdominant holatida bo'ladi. Intellektual xulq-atvor o'yin qoidalarini qabul qilishdan boshlanadi, buni esa psixikaga ega bo'lgan sistemadan intellekt muhit talab qiladi. Intellektual xulq mezoni esa muhitni o'zgartirishi emas, balki individning muhitga moslashishi uchun muhit imkoniyatlarni ochishdir.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
REFERENCES
1. Э.Г.Гозиев Тафаккур психологияси Т: "Укитувчи" 1991, 122-123-6.
2. В.М.Каримова, "Психология" Укув кулланма Т. АДодирий номидаги халк; мероси нашриёти. 2002. 121-6.
3. В.М.Каримова, Р.И.Суннатова, Р.Н.Тожибоева. Мустакил фикрлаш. "Шар;" Т: 2000, 50-6ет.
4. И.П.Иванов, М.Е. Зуфарова, "Умумий психология" Узбекистон файласуфлари миллий жамияти нашриёти Т: 2009, 376-6.
5. Begmurzayevich, D. B. (2022). BO 'LAJAK BOSHLANG 'ICH SINF O 'QITUVCHILARIDA REFLEKSIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(6), 154-160.
6. Begmurzayevich, D. B. (2022). O 'QUVCHILARNI INTELLEKTUAL RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI. Ijodkor o'qituvchi, 2(20), 52-59.
7. Karimova, B. (2019). POSSIBILITIES OF FORMATION OF NATIONAL PRIDE WITH USING KHADITHS IN THE FIRST-YEAR PUPILS OF ORPHANAGES. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(11).
8. Karimova, B. K., & Oripova, M. S. (2021). Formation of national pride based on hadiths in primary school children of houses of kindness. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 652-665.
9. Karimova, M. O., & Saidullaeva, A. R. (2020). Pedagogical basis of the use of universal and national values in the spiritual and moral education of children in the family. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8547-8555.
10. Kh, K. B. (2019). Формирование чувства национальной гордости воспитанников начальных классов домов милосердия посредством хадисов. International scientific review, (LXIV), 54-56.
11. Muhammadjonovna, U. N., Makhmutovna, T. H., & Kurbonovich, M. U. (2020). IPROVING THE MECHANISM OF INCREASING THE SOCIAL ACTIVITY OF YOUNG PEOPLE IN THE DEVELOPMENT OF A DEMOCRATIC AND LEGAL SOCIETY. JCR, 7(12), 3133-3139.
12. Muhammadovna, O. R. N., & Bahodirovich, B. B. (2022). BO 'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O 'QITUVCHILARIDA KASBIY-GRAFIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO
34
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
SIFATIDA. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(6), 432-438.
13. Mukhammedovna, U. N., & Oyturaxonovna, I. S. (2019). IMPROVING SOCIAL ACTIVITY OF YOUTH IN UZBEKISTAN AS THE DEMOCRACY AND DEVELOPMENT OF LEGAL SOCIETY. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
14. RAFIKOVA, D. (2021). Mukaddas KARIMOVA O'zbekiston respublikasi oliy pedagogic ta'limidagi modernizasiya jarayonining me'yoriy-huquqiy ta'minoti. Society and innovatsions Journal home page: https://inscience. uz/index. php/socinov/index, 214-226.
15. SAIDKULOVICH, S. B., & UGLI, T. J. U. The Social Pedagogical Necessity of Developing Students' Aesthetic Culture in the Process of Globalization. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, <5(1), 75-77.
16. Shermukhammadov, B. (2022). Creativity of a Teacher in an Innovative Educational Environment. Journal of Higher Education Theory and Practice, 22(12),
17. Siddikov, B., & Djalalov, B. (2020, December). MODERNIZATION OF EDUCATION-THE FUTURE INNOVATIVE COMPETENCE OF TEACHERS AS A MAIN FACTOR OF FORMATION. In Конференции.
18. Siddiqov, B. S., & Mexmonaliyev, S. N. (2022). PEDAGOGIK AMALIYOTNING BO 'LAJAK O 'QITUVCHINING KASBIY TAYYORGARLIK FAOLIYATIDA TUTGAN O 'RNI. Academic research in educational sciences, 3(1), 10-16.
19. Tuychieva, I., Aripov, S., Madaminova, D., & Mustaev, R. (2021). THE PEDAGOGICAL SYSTEM OF PREPARING BOYS FOR FAMILY RELATIONSHIPS IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS.
48(8).
20. Tuychiyeva, I., & Jo'Rayeva, S. (2022). OLIY TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA KREDIT-MODUL TIZIMINING AHAMIYATI. Science and innovation, 1(B7), 1349-1354.
21. Urinova, N. M., & Abdullaeva, N. (2021). Opportunities to use project-based teaching technology in the development of students' research competence. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 2344-2348.
22. Абдулазизова, Н. А., & Закирова, Д. С. (2016). VALUE OF DISTANCE LEARNING IN CONTINUING EDUCATION. Учёный XXI века, (12 (25)), 42-45.
127.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
23. Ахмедов, Б. А. (2020). Сиддиков Бахтиёр Саидкулович, Джалалов Бахромжон Бегмурзаевич МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, 9, 60.
24. Ахмедов, Б. А., Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2020). МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, (9 (60)), 20-22.
25. Джалалов Б.Б. (2016). МЕСТО И РОЛЬ ВОЗДЕЙСТВИЯ ВОСПИТАНИЯ В ПОВЫШЕНИИ ОБЩЕСТВЕННОЙ АКТИВНОСТИ УЧАЩИХСЯ. Ученый XXI века, (5-1 (18)), 38-41.
26. Джалалов, Б. Б. (2018). РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КАДРОВ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА.
In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION (pp. 53-55).
27. Джалалов, Б. Б. (2019). ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 43-44).
28. Джалалов, Б. Б. (2020). ЁШЛАР ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ НАЗАРИЙ МЕТОДОЛОГИК АСОСЛАРИ. Педагогика ва психологияда инновациялар, 10(3).
29. Джалалов, Б. Б. (2022). BO 'LAJAK O 'QITUVCHILARNING INNOVATSION KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA SMART-TA'LIMNING IMKONIYATLARI. УЧИТЕЛЬ, 3(4).
30. Джалалов, Б. Б., Хатамов, Х. А., & Насайдинова, Ф. У. (2016). Преимущества коллективного обучения. Ученый XXI века, 40.
31. Каримова, Б. Х. (2019). ФОРМИРОВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНОЙ ГОРДОСТИ У ВОСПИТАННИКОВ 2 КЛАССОВ ДОМОВ МЕХРИБОНЛИК НА ОСНОВЕ ХАДИСОВ. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 35-37).
32. Охунова, Д. К., & Шоюсупова, О. А. (2016). PEDAGOGICAL BASES OF HARMONIOUS EDUCATION OF STUDENTS. Учёный XXI века, (5-1 (18)), 4245.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
33. Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2016). OBJECTIVES OF THE YOUTH ACTIVITY BY TEACHING TRAINING. Учёный XXI века, (6-2 (19)), 41-44.
34. Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2016). ЗАДАЧИ РАЗВИТИЯ АКТИВНОСТИ МОЛОДЁЖИ С ПОМОЩЬЮ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТРЕНИНГОВ. Ученый XXI века, (6-2).
35. Уринова, Н. М. (2020). ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТЛАРИДА БУЛАЖАК У^ИТУВЧИЛАРНИ МУЗЕЙ ПЕДАГОГИКАСИ ФАОЛИЯТИГА ТАЙЁРЛАШ БУЙИЧА ХОРИЖИЙ ТАЖРИБАЛАР. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, (SI-2№ 7).
36. Шермухаммадов, Б. (2012). Использование различных методов, форм и средств в воспитании молодежи. Актуальные проблемы современной науки, (5),
80-83.