Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARDA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH DOLZARB IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA'

O‘QUVCHILARDA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH DOLZARB IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5454
407
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kompetensiya / kompetentlilik / shaxs taraqqiyoti / ta’lim jarayoni / bilim / ko‘nikma / malaka / tayanch hayotiy kompetensiya / fanga oid kompetensiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Davletov Erkaboy Yusubovich

Maqolada tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammo ekanligi, “kompetensiya”, “kompetentlilik” tushunchalari, ularning tarkibi, mazkur tushunchalarga nisbatan turli-tuman yondashuvlar, kompetenisyalar va kompetentlilikning shaxs taraqiyotida tutadigan o‘rni tavsiflab berilgan. Ko‘plab pedagog va psixologlarning yondashuvlari tahlil qilingan. Mazkur tahlillar natijasida ilmiy qarashlar bayon etilgan. Shunga ko‘ra ushbu maqola pedagog olimlar, o‘qituvchilar, dastur va darslik mualliflari, tadqiqotchilar uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARDA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH DOLZARB IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

O'QUVCHILARDA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH DOLZARB IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Davletov Erkaboy Yusubovich

Urganch davlat pedagogika instituti "Pedagogika, boshlang'ich va maktabgacha ta'lim

metodikasi" kafedrasi v.b. dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.7993484

Annotatsiya. Maqolada tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammo ekanligi, "kompetensiya", "kompetentlilik" tushunchalari, ularning tarkibi, mazkur tushunchalarga nisbatan turli-tuman yondashuvlar, kompetenisyalar va kompetentlilikning shaxs taraqiyotida tutadigan o'rni tavsiflab berilgan. Ko'plab pedagog va psixologlarning yondashuvlari tahlil qilingan. Mazkur tahlillar natijasida ilmiy qarashlar bayon etilgan. Shunga ko'ra ushbu maqola pedagog olimlar, o'qituvchilar, dastur va darslik mualliflari, tadqiqotchilar uchun dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: kompetensiya, kompetentlilik, shaxs taraqqiyoti, ta'lim jarayoni, bilim, ko'nikma, malaka, tayanch hayotiy kompetensiya, fanga oid kompetensiya.

Bugungi kunda ta'limni kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish, o'qituvchi hamda o'quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirish va muntazam tarzda rivojlantirib borish pedagogikaning dolzarb masalalariga kiradi.

Kompetensiya - o'quvchilarning ma'lum sohada samarali faoliyat ko'rsatishlari uchun ta'lim tayyorgarligiga oldindan qo'yilgan ijtimoiy talab. Kompetentlilik ko'p qirrali bo'lib, uning bir necha talqinlari mavjud. Kompetentlilik o'quvchi tomonidan tegishli kompetensiyalarga ega bo'lishni anglatadi.

Kompetentlilik o'quvchida tarkib topgan shaxsiy sifatlar va berilgan sohadagi faoliyati bo'yicha to'plagan minimal darajadagi bilim, ko'nikma, malakalari va amaliy tajribalarini o'z ichiga oladi. Xususiy kompetensiyalar bilan tayanch kompetensiyalar o'zaro farqlanadi. Tayanch kompetensiyalar o'quvchining istiqboldagi hayotiy-ijtimoiy faoliyati modeli hisoblanadi. O'quvchilar muayyan bilim, ko'nikma, malaka va tajribaga ega bo'lgach, o'zlari egallagan kompetensiyalarni faoliyatlari orqali tatbiq eta oladilar. Tayanch kompetensiyalar ko'proq o'quvchining istiqboldagi ijtimoiy faoliyati uchun zarur hisoblanadi. Xususiy o'quv fani doirasida o'zlashtiriladigan kompetensiyalar esa, asosan, o'quv va istiqboldagi kasbiy faoliyat samaradorligini ta'minlaydi. Kompetensiyalar har bir mamlakat xalqining turmush tarzi, madaniy, ma'naviy hayoti, an'analaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

O'quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar kreativ, ya'ni ijodiy yaratuvchilik xarakteriga ega bo'lib, ularni muntazam faollikka undaydi. Bunday kompetensiyalar sirasiga kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o'zini o'zi rivojlantirish, ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kabilarni kiritish mumkin. O'quvchilarda kompetensiyalardan foydalanish tajribasini hosil qilishga alohida e'tibor qaratish lozim. Buning uchun o'quv dasturlari, darsliklar, o'quv qo'llanmalarini kompetensiyaviy yondashuv asosida loyihalash, o'qituvchilar tomonidan tanlanadigan ikkilamchi loyihalar tarkibiga kompetensiyalarni hosil qilishga xizmat qiladigan o'quv materiallari, ta'limiy topshiriqlarni kiritish, raqamli didaktik vositalarni ishlab chiqishga xuddi shu nuqtai nazardan yondashish alohida dolzarblik kasb etmoqda.

O'zbekiston Respublikasida ta'limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga yo'naltirilganligidan kelib chiqqan holda umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limida

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

o'qitiladigan umumta'lim fanlari mazmunining izchilligini ta'minlash maqsadida tayanch kompetensiyalar hamda har bir o'quv fani mazmunidan kelib chiqqan holda fanga oid kompetensiyalar belgilab berildi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishda umumiy va xususiy yondashuvlarni aniq hisobga olish va mavjud metodologik yondashuvlarga tayangan holda mazkur hodisaning nazariy-didaktik asoslarini ishlab chiqish pedagogika fani oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.

So'nggi yillarda kompetentli yondashuv tushunchasi pedagogikada keng qo'llanilmoqda. Ta'lim amaliyotida tez-tez qo'llanilayotgan ushbu atama ta'lim mazmunida ustuvor o'rin egallamoqda. Kompetentli yondashuv tayanch tushuncha sifatida zamonaviy pedagogikaning ilmiy tushunchalari tarkibiga singish bosqichlarini o'tamoqda. Mazkur tushunchaning o'ziga xos jihati uning pedagogika fanida eskirib qolgan tushunchalar bilan o'zaro qiyoslashni taqozo qilishidadir. Biz o'z tadqiqotimiz davomida kompetensiyaviy yondashuv doirasiga kiradigan va u bilan o'zaro aloqador bo'lgan tushunchalarni izohlashga harakat qilamiz. Ular: kompetensiya, kompetentlilik, kasbiy kompetentlik, pedagogik kompetentlik kabilar. Shu bilan bir qatorda biz tadqiqotimiz davomida kompetentlilik va tayyorlik, kompetensiya hamda bilim, ko'nikma, malakalarning har biri ustida fikr yuritishga harakat qildik.

Kompetentli yondashuv yagona ta'lim jarayonini ta'minlashning konseptual asosi sifatida taqdim etiladi. Shuning uchun ham u bugungi kunda ta'lim mazmunini yangilashni taqozo qilmoqda. O'tgan asrning 90 yillaridayoq, kompetentlilik tushunchasi, bir tomondan yangi kashfiyotlar va ishlanmalarni muvofiqlashtirish imkonini berib, insonning bilish faoliyati va amaliy harakatlariga taalluqlidir. Ikkinchi tomondan esa, har bir sinfda pedagogik vaziyat bilan bog'liq holda ta'limiy talablarni aniqlashga ko'maklashadi, deb yozgan edi H.C.P030B [6].

Kompetentlik tushunchasi so'nggi yillarda asosan kasbiy ta'lim sohasidagi tadqiqotlarda keng qo'llanilganligini ko'rish mumkin. Jumladan, S.T.Turg'unov, M.B.Ma'murov, O'.Q.Tolipov, Sh.Q.Mardonov, G.T.Boymurodova, G.N.Ibragimovalarning ishlarida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash, o'qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasiga kompetensiyaviy yondashuvni tatbiq etishning ayrim masalalari tadqiq etilgan.

Kompetensiyaviy yondashuv doirasida tadqiqotlarni amalga oshirish umumiy o'rta ta'lim maktablari davlat ta'lim standartlarini takomillashtirish bilan bog'liq holda tadqiq etilmoqda. Bu sohada R.G.Safarova, M.M.Vahobov, Yu.M.Asadov, M.Pardaevalarning tadqiqotlarini alohida ko'rsatib o'tish mumkin.

Umumiy o'rta ta'lim jarayoniga kompetensiyaviy yondashuvni tatbiq etish haqida fikr yuritganda H.Â.3HMHaa uchta sababni ko'rsatib o'tgan: integratsiyaning umumevropa va jahon miqyosidagi ko'lami, ta'lim paradigmasining o'zgarishi, ta'lim sohasidagi yo'riqnomalar, ko'rsatmalar, dasturlar va farmoyishlar[5].

O'zbekistonda umumiy o'rta ta'lim tizimini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-1875-sonli, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 6 apreldagi "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining Davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 187-sonli Qarorlari muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Ma'lumki, kompetentli yondashuv insonning ijtimoiy hayotga har tomonlama tayyorligi va tarbiyalanganligi bilan bir qatorda shaxs sifatida shakllanishini ta'minlashda insonparvarlik

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun

xarakteriga ega. Insonparvarlik prinsipiga asoslangan shaxsga yo'naltirilgan ta'limning maqsadi o'quvchilarga muayyan sohada bilim, ko'nikma, malakalar majmuini taqdim etishdangina iborat emas, balki ularning dunyoqarashi, layoqati, kreativ faoliyati, mustaqil bilim olish ko'nikmalarini rivojlantirishni ham nazarda tutadi. Shu bilan bir qatorda ular ongiga insoniy qadriyatlarni singdirishga xizmat qiladi. Bularning barchasi kompetentli yondashuvning o'ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi.

Kompetentli yondashuvning tayanch darajalari ta'limning bevosita maqsadga yo'naltirilganligida namoyon bo'ladi. Kompetensiyada o'quvchilarning yuqori darajada umumlashgan ko'nikma va malakalari mujassamlashadi. Ta'lim mazmuni esa to'rt komponentli model orqali oydinlashadi. Ular: bilimlar, ko'nikmalar, ijodiy faoliyat tajribasi va qadriyatli munosabat tajribasidan iborat.

Mutaxassislar kompetentli yondashuv doirasida ikkita tayanch tushunchani alohida ajratib ko'rsatganlar. Ular: kompetensiya va kompetentlilik tushunchalari. Pedagogik nazariyada ularning mavjud jihatlarini aniqlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Kompetensiyalarning shakllanishi va ular orasidagi o'zaro munosabatlar bunga misol bo'la oladi. Olimlar orasida kompetensiyalarning tavsifiga doir yagona yondashuv mavjud emas. Bir qator mutaxassislar "kompetensiya" va "kompetentlilik" tushunchalari orasida o'zaro chegara mavjud emas, deb hisoblaydilar. Shunday olimlar sirasiga В.С.Леднев, Н.Д.Никандров, M.B.PbraaKOBlarni kiritish mumkin. Aksariyat mutaxassislar esa ular orasidagi farqli jihatlarni ko'rsatib o'tganlar.

А.В.Хуторской o'z tadqiqotlarida bunday farqlarni alohida ajratib ko'rsatgan. Uning ta'biricha, kompetensiya ta'limiy tayyorgarlikka qo'yilgan ijtimoiy talab sifatida baholanadi. Kompetentlilik esa, muayyan kompetensiyani o'zlashtirish, egallashdan iborat faoliyat bo'lib, faoliyat predmetiga nisbatan shaxsiy munosabatni mujassamlashtiradi. А.В.Хуторскойп^ fikriga ko'ra, kompetentlilik shaxsning sifati hisoblanadi. U insonning muayyan kompetensiyani egallashini taqozo etadi. Shu tariqa, kompetensiya bilimlar, ko'nikmalar, malakalar, faoliyat usullari majmui bo'lib, ta'lim mazmunining tarkibiy qismini tashkil etadi. Kompetensiya muayyan narsalar, jarayonlarga nisbatan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur hisoblanadi. Kompetensiya - insonning muayyan sohada sifatli faoliyat ko'rsatishi uchun nihoyatda zarur [7].

И.А.Зимняя kompetensiyani muayyan ichki potensial, yangidan shakllangan yashirin ruhiy holat sifatida talqin etadi. U insonning kompetentliligi doirasiga bilimlar, tasavvurlar, algoritmlarni kiritib, faoliyat ifodasi sifatida namoyon bo'lishini ta'kidlaydi [5].

"Kompetensiya" va "kompetentlilik" tushunchalarini o'zaro qiyoslab, ularni O'zbekiston ta'lim tizimiga xos bo'lgan "ta'lim jarayoniga qo'yilgan talablar", "ta'lim natijalarini baholash mezonlari va ta'lim darajalari" tushunchalari bilan tenglashtirish mumkinligini izohlashga harakat qilamiz. Shuni ta'kidlash kerakki, o'zida bitiruvchi sinf o'quvchilarining bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan talablarni mujassamlashtirgan umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari kompetensiyalarni ifodalaydi. O'quvchilarning o'zlari shaxsan erishgan aniq ko'rsatkichlari esa ularning kompetentlilik darajasini aks ettiradi.[8]

Kompetentli yondashuvning insonparvarlikka xos jihatlarini tasdiqlagan holda shuni aytish mumkinki, zamonaviy pedagogik paradigma doirasida shaxsga yo'naltirilgan pedagogik jarayonda o'quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishni tadqiq etishga yo'naltirilgan tadqiqotlar pedagogika fani va ta'lim amaliyoti uchun alohida ahamiyatga ega.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun

Ushbu muammoning dolzarbligini ta'kidlagan holda Е.В.Бондаревская kompetensiyani shaxsiy anglangan, insonning tajribasiga singan hodisa sifatida baholab, shaxsning bilimlari, ko'nikmalari, malakalari tizimida o'ziga xos o'rin egallashini ko'rsatib o'tadi [4].

Kompetentlilik ta'limning asosiy maqsadi sifatida namoyon bo'ladi. U faoliyatning turli turlarini amalga oshirishga tayyorlikni ifodalaydi. Kompetensiya bilim, ko'nikma, malakalardan tubdan farq qilsada, ularni inkor etmaydi. Kompetensiya bilimlardan ular faoliyat turi haqida axborot berish bilan emas, balki faoliyat turida mavjudligi bilan farqlanadi. Kompetensiya ko'nikmalardan turli vaziyatlarda turli-tuman topshiriqlarni yechish imkoniyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Malakalardan esa kompetensiya anglanganligi, avtomatlashmaganligi bilan farqlanib, u o'quvchilarga nafaqat odatiy, balki nostandart vaziyatlarda ham aniq harakatlanish imkonini beradi. Bu shundan dalolat beradiki, bilim, ko'nikma, malakalarning mavqei ta'limning asosiy va oraliq maqsadlariga ko'chib, ko'zlangan natijaga erishish uchun sharoit yaratadi.

Kompetentli yondashuv doirasida bilim, ko'nikma va malakalarning aniq darajasi bilan ta'lim natijalari hamda uning ahamiyatli jihatlari uyg'unlashib, kompetensiyalar - layoqatlar majmui hosil bo'ladi. Bu esa o'quvchilarga jamiyat hayotiga muvaffaqiyatli moslashish imkonini beradi. Kompetensiyaviy yondashuvda jarayon markaziga o'quvchi shaxsining o'zi qo'yiladi, rivojlanish vaziyatlarida uning o'rni aniq namoyon bo'ladi.

So'nggi yillarda chop etilayotgan ilmiy manbalarda bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni bir yo'la loyihalashtirish g'oyasi ilgari surilmoqda. Shu asosdan kelib chiqqan holda bir qator yondashuvlarni ilgari surish mumkin.[2]

Manbalarning tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, bugungi kunga qadar "kompetensiya" va "kompetentlik" tushunchasini tavsiflovchi yagona yondashuv mavjud emas. Kompetensiyalarni tushunish va tavsiflashda kompetensiyaning ta'lim oluvchi shaxsiga taalluqliligi, bilim, ko'nikma, malakalarning mahsuli bo'lsa-da, uning tarkibiga kirmasligi haqidagi qarash ilgari surilmoqda.

Shu nuqtai nazardan yondashganda kompetensiya ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular: davlat ta'lim standartlari; bitiruvchi sinf o'quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar; bilim, ko'nikma, malakalar majmuini ifodalovchi shaxsning tayyorgarligini ta'minlovchi, ularning shaxsiy tajribasiga kiruvchi, ular uchun ahamiyatli bo'lgan me'yorlardan iborat. Kompetentlilik esa kompetensiyalarni egallashni anglatib, o'quvchining bilim, ko'nikma, malakalarni o'zlashtirishga bo'lgan shaxsiy munosabati, ta'limning real darajasini o'z ichiga oladi.

REFERENCES

1. Узбекистон Респyбликаси Вазирлар Махкамасининг 2017 йил 6 апрелдаги —Умумий урта ва урта махсус, касб-хунар таълимининг Давлат таълим стандартларини тасдиклаш тугрисидаИги 187-сон ^арори //www.lex.uz

2. Бошлангич таълим концепцияси // тузувчилар: Р.Г.Сафарова ва бош;.- Тошкент: РТМ-2015. УзМУ хабарлари - 183 - Фалсафа фанлари

3. Бермус А.Г. Проблемы и перспективы реализации компетентност- ного подхода в образовании // Интернет-журнал "Эйдос". - 2005. - 10 сентября. -http://www.eidos.ru/journal/2005/0910-12.htm. - В надзаг: Центр дистанционного образования "Эйдос", e-mail: list@eidos.ru.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

4. Бондаревская Е.В. Парадигма как методологический регулятив педагогической науки и инновационной практики // Педагогика, 2007, №6. - С.3-10

5. Зимняя И.А. Ключевые компетентности как результативно-целевая основа компетентностного подхода в образовании. Авторская версия. - М.: Исследовательский центр проблем качества подготовки специалистов, 2004.

6. Розов Н.С. Философия гуманитарного образования: Ценностные основания и концепция базового гуманитарного образования в высшей школе. - М.: Исследовательский центр проблем качества подготовки специалистов, 1993.

7. Хуторской А.В. Технология проектирования ключевых и предметных компетенций // Интернет-журнал "Эйдос". - 2005. - 12 декабря. http://www.eidos.ru/i ournal/2005/1212.htm.

8. 8.Davletov E.Yu. The role of basic and science competences in supporting pupils' maturity. // Actual problems of modern science, education and training in the region 2018-III.

9. Ibragimov, X., & Sh, A. (2008). Pedagogika nazariyasi (darslik). T.: Fan va texnologiya, 288.

10. Ибраимов, Х. И. (2018). Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога. Наука, образование и культура, (3 (27)), 44-46.

11. Хонимкулова, М. Х. К., & Ибраимов, Х. И. (2018). Необходимость изучения иностранных языков: теория и практика. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 8083.

12. Ibragimovich, I. K. (2020). Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system. International journal of discourse on innovation, integration and education, 1, 6-15.

13. Ибраимов, Х. И. (2019). Теоретические аспекты социально-психологической адаптации студентов-первокурсников к обучению в вузе. Вопросы науки и образования, (26 (75)), 12-16.

14. Ибраимов, Х. И. (2018). Коммуникативная компетентность как механизм профессионального саморазвития будущего педагога. Проблемы педагогики, (2 (34)), 7-10.

15. Ibragimov, X., & Abdullaeva, S. H. (2008). Theory of pedagogy. Science and Technology.

16. Ибрагимов, Х. И. (2020). Организация самостоятельной работы студентов в условиях цифровизации вузовского образования. Наука и образование сегодня, (7 (54)), 74-75.

17. Ibragimovich, X. I. (2021). O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 209-214.

18. Ibragimov, X. I., Yo'ldoshev, U. A., & Bobomirzayev, X. (2009). " Pedagogik Psixologiya" O'quv qo'llanma. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti Toshkent.

19. Ибраимов, Х. И. (2019). Педагогические и психологические особенности обучения взрослых. Academy, (10 (49)), 39-41.

20. Атауллаев, Ф. Ф. У., & Ибраимов, Х. И. (2019). Понятие профессионально-коммуникативной компетентности будущих учителей в психолого-педагогических исследованиях. Вопросы науки и образования, (1 (42)), 70-74.

21. Ibragimovich, I. K. (2018). Intensive methods of teaching foreign languages at university. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 78-80.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

22. Ibragimovich, I. K., Kholboevna, I. F., Amrilloevich, I. A., & Rakhmonovich, U. S. (2021). PEDAGOGICAL ABILITIES OF A TEACHER, STRUCTURE AND

DEVELOPMENT. (48(12).

23. Ибрагимов, Х. И. (2021). ПЕДАГОГИКА И ВОСПИТАНИЕ. Экономика и социум, (1-1 (80)), 608-611.

24. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Relevance of english language science and teaching structure. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 70(4), 883887.

25. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Intensive in teaching english characteristics of application of methods. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(4), 1588-1594.

26. Rahmanovich, O. A., Yusufovich, E. H., Dilshodqizi, S. S., Almasovna, S. A., & Ibragimovich, H. I. (2020). Linguistic features of compound words in english and Uzbek languages. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(2), 925-932.

27. Bahtiyorova, F. Н. USING FOLK LITERATURE IN THE PRIMARY ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE CLASSROOMS.

28. Ибраимов, Х. И. (2018). НЕЙРОПЕДАГОГИКА КАК НОВОЕ ПРИКЛАДНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ В ПЕДАГОГИКЕ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY (pp. 6-10).

29. Ibragimovich, I. H., & Ghazzali, I. Increasing the Classical Activity of Future Teachers as a Pedagogical and Psychological Problem. JournalNX, 98-102.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.