Научная статья на тему 'O’QUVCHILAR TEMPERAMENTI VA XARAKTERINING SHAKLLANISHIDA OILANING ROLI'

O’QUVCHILAR TEMPERAMENTI VA XARAKTERINING SHAKLLANISHIDA OILANING ROLI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1399
105
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
temperament / xarakter / oila / shaxsiy fazilatlar / tarbiya

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Saida Xaitmatovna Mumindjanova, Sevinch Abdunabi Qizi Axmatjonova

Ushbu maqola o‘quvchilarning xarakterini shakillantirishda oila, maktabgacha ta‘lim muasassalari, kasb-hunar maktablarining roli va ahamiyati haqida. Temperament turlari haqida qisqacha ma‘lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILAR TEMPERAMENTI VA XARAKTERINING SHAKLLANISHIDA OILANING ROLI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'QUVCHILAR TEMPERAMENTI VA XARAKTERINING SHAKLLANISHIDA OILANING ROLI

Saida Xaitmatovna Mumindjanova Sevinch Abdunabi qizi Axmatjonova

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika Toshkent iqtisodiyot va pedagogika

instituti o'qituvchisi instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola o'quvchilarning xarakterini shakillantirishda oila, maktabgacha ta'lim muasassalari, kasb-hunar maktablarining roli va ahamiyati haqida. Temperament turlari haqida qisqacha ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: temperament, xarakter, oila, shaxsiy fazilatlar, tarbiya

Xarakterning o'sishida tarbiya va o'z-o'zini tarbiyalash asosiy rol o'ynaydi. O'sib kelayotgan yosh avlodning xarakteri avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi. Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta mas'uliyatli vazifa ota-onalar, o'qituvchilar, maktabgacha ta'lim muasassalar tarbiyachilari, kasb-xunar maktablari xodimlari zimmasiga tushadi. Xarakterni tarbiyalash shundan iboratki, tarbiyachi maktab o'quvchisiga namuna bo'lishi mumkin bo'lgan kishilarni bolaga, o'quvchiga ataylab ibrat qilib ko'rsatadi; shu kishining qilayotgan ishlari, xatti-harakatlariga tarbiyalanuvchi e'tiborini jalb etadi va bu ish xatti-harakatlarning qaysi biri yaxshi, ijobiy, qaysi biri salbiy, yomon ekanligini aytadi. Pedagog bolalarda xarakterni tarbiyalayotganida ularda tarbiyalanadigan temperamentni bilishi, har bir temperamentning ijobiy va salbiy tomonlarini bilishi zarur. Agar temperament va uning tug'ma hususiyatlari o'z xolicha qolaversa, odamda yomon xarakter xislatlari tarkib topishi mumkin. Masalan, xolerik temperament odamni cho'rtkesar, qo'pol, o'zini tuta olmaydigan qilishi mumkin. Sangvinik temperament sabotsizlikka, diqqatni bir joyga qo'ya bilmaslikka sababchi bo'lmog'i mumkin bo'lganidek, flegmatik temperament sustkashlikka, loqaydlikka olib borishi mumkin. [1].

Melanxolik temperamentli kishida o'z kechinmalariga ortiqcha berilishlik, pismiqlik paydo bilishi mumkin. Xarakterni tarbiyalash, jumladan, temperamentning ijobiy tomonlarini o'stirishdan, uning salbiy tomonlarini va bu salbiy tomonlarni xarakterning ijobiy xislatlari bilan «almashtirishdan» iboratdir. Masalan, xolerik temperamentli bolalarni tarbiyalashda ularni o'ylab ish qilish, o'zini tuta bilish, atrofdagi odamlar bilan yaxshi muomalada bo'lishga odatlantirish va ularda shu sifatlarni o'stirishga alo hida e'tibor berish lozim. Sangvinik temperamentli bolalarni sabotli bo'lishga, diqqatini bir joyga qo'ya bilishga, ishga qunt qo'ya olishga, boshlagan ishni oxiriga yetkazishga odatlantirmoq kerak. Melanxolik temperamentli bolalarni odamga ko'proq aralashishga,

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

jamoachilikka, ildam harakat qilishga odatlantirmoq, ularda shu sifatlarni tarbiyalamoq kerak. Flegmatik temperamentli bolalarni tashabbuskorlikka, faollikka, kishilarga el bo'lishga, quvnoqlikka odatlantirmoq lozim.

Xarakterning salbiy tomonlarini yo'qotmoq uchun, ijobiy tomonlarini tarbiyalab yetkazmoq uchun tarbiyalanuvchini o'z temperamentini o'zi idora qila bilishga o'rgatish lozim, uni shunday tarbiyalash kerakki, u temperamentini o'zi idora qilish zaruriyatini o'zi anglasin va haqiqatan uni idora qila olsin, temperamentiga bo'ysunmaydigan bo'lsin. Xarakter tarbiyasini faqat temperamentning salbiy tomonlarini ayrim ijobiy sifatlari bilan almashtirishdan iborat deb tushunish yaramaydi. Xarakterni tarbiyalashda pedagog, avvalo muayyan idealni yoki davrimizning olijanob kishilari obrazini asos qilib olmog'i lozim.

Bu ma'naviy boylikni, ahloqiy soflikni va jismoniy kamolotni o'zida garmonik holda mujassamlashtirgan yangi odamlardir. Bunday yangi odam xarakterining xislati ijtimoiy va shaxsiy hayotda halollik va rostgo'ylik, ahloqiy poklik, oddiylik va kamtarlikdir. Bizga yuksak ma'naviy fazilatiga ega bo'lgan, halol vijdonli kishilar, tetik va xushchaqchaq kishilar, qiyinchiliklardan qo'rqmaydigan, mustaqil jamiyat qurish yo'lida har qanday qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan, ularni bartaraf qilishga tayyor turgan kishilar kerak. Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyaviy roli nihoyat kattadir. Inson yakka, bir-biridan ajralgan tanho hayot kechirmaydi, muayyan bir jamoada, chunonchi, muayyan oilada, maktabda, sexda, kolxozda hayot kechiradi. Jamoa shaxs bilan jamiyat o'rtasidagi bog'lovchi zvenodir. Odamning faoliyati o'yin, o'qish va mehnati xuddi mana shu jamoada voqye bo'ladi. Jamoa shaxsning eng yaqin konkret muhiti bo'libgina qolmay, balki shaxsni tarbiyalaydi ham. Bolada maktabgacha tarbiya yoshida tarkib topa boshlagan xislatlar maktab jamoasida o'sadi va yanada yaxshiroq mustahkamlanadi. To'g'ri uyushtirilgan maktab jamoasi sharoitida o'quvchilarda uyushqoqlik, intizom, saranjom-sarishtalik, o'z-o'zini tuta bilish, o'zini idora qilish, o'ziga nisbatan talabchan bo'lish kabi xarakter xislatlari tarbiyalanib yetishadi. Xarakter maktab ta'lim-tarbiyaviy ishlari va o'qituvchining har tomonlama ta'sirida, o'qituvchi boshchilik qilgan o'quvchilar jamoasi, kamolot yoshlar tashkilotlari ta'sirida, ijtimoiy foydali mehnatda tarkib topadi. Ota-onalar, o'qituvchi va tarbiyachilar boshqa tarbiyaviy ishlar bilan bir qatorda bolalarga o'z kamchiliklarini bilib olish va bu kamchiliklarni yo'qotish uchun harakat qilish hamda o'zlarida ijobiy iroda va ahloqiy sifatlarni paydo qilish ustida mashq qilish zarurligini o'qtirishlari lozim. Kishi shaxsiga xos bo'lgan yaxshi fazilatlarni o'zida paydo qilishga intilish yuqori sinf bolalarida yana ham kuchliroq bo'ladi. Bunday intilish o'z-o'zini anglashning yana ham o'sib borishi, ulardagi dunyoqarashning tarkib topishi va bu yoshdagi bola shaxsida g'oyaviy yo'nalishning shakllanishi munosabati bilan ayniqsa yaqqol ko'rinadi. Yuksak irodaviy va ahloqiy sifatlari bilan hammaga manzur bo'lgan

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

kishilar namunasi o'z-o'zida xarakter tarbiyalashning (umuman o'z-o'zini tarbiyalashning) juda muhim vositasidir. Odamlar o'z intilishlari va hatti-harakatlarida o'sha hammaga manzur bo'lgan kishilarga taqlid qilishlari kerak.[2] «Zoya Kosmodemyanskaya obrazi, - deb yozadi bir o'quvchi qiz, - hamma vaqt menga to'g'ri yo'l ko'rsatib turadi. Men hamma vaqt o'z hatti-harakatlarim yoki o'rtoqlarimning hatti-harakatlariga baho berayotganimda, zoya bizning o'rnimizda bo'lganida nima qilgan bo'lar edi, deb o'ylayman. Agar u bizning yo'limizni tutsa, demak, biz yaxshi qilganmiz, bordi-yu boshqacha yo'l tutsa, binobarin, biz xato qilgan bo'lamiz. Shu tamoyilga amal qilib ish tutish o'z xarakterimni tarbiyalashga yoram bermokda». Ota-onalar, o'qituvchilar, tarbiyachilar, bolalarga taqlid uchun misol bo'la oladilar, albatta. Shuning uchun ota-onalar ham, o'qituvchilar ham, tarbiyachilar ham o'z hatti-harakatlarida o'zbek kishisining ijobiy sifatlarini namoyish qilishlari lozim. Bunday sifatlarni namoyish qilish uchun esa kishining o'zi ularni egallagan bo'lishi kerak. So'zlar vositasida har bir narsa o'rgatilsa, namuna yordamida taqlidchanlikka qiziqish uyg'otiladi, deydilar. Xarakterni tarbiyalash va o'z-o'zini tarbiyalashda faqat qanday xislatlarni o'stirish kerakligini anglab yetishning o'zigagina kifoya qilmaydi, ijobiy xarakter namunalarini bilishning o'zigina kifoya qilmaydi, ayrim xarakter hislarining qimmatli ekanligini tushunishgina ham kifoya qilmaydi, balki yana shu xislatlarga muvofiq ish qilish, bu xislatlarga ega bo'lish uchun ko'p mashq qilish ham kerak bo'ladi. Kishi xarakteri kishining faoliyatlarida, uning boshqalar bilan qiladigan munosabatlarida namoyon bo'ladi va ayni shu faoliyat va munosabatlarda tarkib topadi. Insonning yaxshi xarakter fazilatlari. .[3]

Vatanimiz gullab-yashnashida faol ishtirok etish jarayonida tarkib topadi. Hozirgi kunda laganbardorlik, hushomadgo'ylik, takobburlik, egaizm, tamoyilsizlik kabi salbiy illatlar o'rnini o'zaro muruvvat, hamkorlik, kishilarning hurmat qilish, ularga qo'llaridan kelguncha yordamlashish, mehr-sahovat, adolat, savobli ishlar qilish, xalol va haromni, vijdonni his qilish yaxshilik kabi ijobiy sifatlar shakllanib bormokda. Bizda yangicha xarakter xislatlari tarkib topmoqda. Bu kishilarning mehnatiga yangicha munosabat, jamiyat manfaatlariga sodiqlik, mehr-muruvvatli bo'lish, yordamga muhtoj kishilarga iltifotli bo'lish kabi yuksak fazilatlar shakllanmoqda. Kishilarimizning xarakter xislatlari ularni dunyoqarashi va e'tiqodlari bilan belgilanadi va ularning qiziqish, qobiliyatlari bilan mahkam bog'langandir. Dunyoqarash va e'tiqodlar Vatanimizga fidokorona muhabbat, jasorat, mehnatsevarlik, mardlik, sabot va rostgo'ylik singari xarakter xislatlarini shakllantiradi va nohakliklarga nisbatan sezgirlik singari xarakter xislatlarining vujudga kelishi, ko'proq kishining hissiyotlarida zohir bo'ladi. Kishi xarakterida markaziy o'rinni ishg'ol etadigan sifatlar mazkur odamning iroda sifatlari va ma'naviy qiyofasida ifodalanadigan sifatlardir. Kishining xarakteri uning o'ziga xos xislatlarining majmuidir. Ana shu xislatlar orasida shu kishini jamiyat

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

a'zosi sifatida xarakterlab beruvchi xususiyatlar eng muhim ahamiyatga egadir. Shunday odamlar ham bo'ladiki, ularning hatti-harakatida hissiyot ko'proq o'rin oladi; bunday odamlar o'z hatti-xarakatlarida ko'pincha tasodifan tug'iladigan his-tuyg'ulari ta'siri ostida ish ko'radilar. Bunday odamlarning hissiyoti kuchli bo'lib, tasodifiy kayfiyat va tuyg'u-hissiyotga tez beriluvchan bo'ladilar, shu sababli ularning xarakteri hissiy xarakter deb ta'riflanadi. Ba'zi odamlarda esa irodaviy faollik undagi tuyg'u-hissiyotlar bilan birlikda «monand ravishda» namoyon bo'ladi, Masalan, mehnatsevarlik mana shunday xarakter xislatiga ega bo'lishdir. Mehnat faoliyati kishidan chidam va irodaviy zo'r berishni talab qiladi, buni esa unda mehnatga bo'lgan muhabbat hissi yengillashtiradi, mehnatni serunum qiladi.[4]

Iroda bilan tuyg'u-hissiyotlarning mana shunday nisbati bequsur, uyg'un xarakter alomatidir. Odamlarning o'zaro, kundalik munosabatlarida ham, ish sharoitida ham kishi xarakteri to'g'risida gapirilganda, odatda, uning xarakter kuchi va mustahkamligi qay daraja namoyon bo'lishiga qarab hukm chiqariladi.[5]

Kishi xarakteridagi bunday xislat avvalo uning o'z mehnat faoliyatlari va hatti-harakatlarida ko'zlaydigan maqsadning aniqlik darajasidan iborat bo'ladi. Kishidagi irodaviy faollik intilishdan boshlanishi, intilishlar esa qanchalik anglab olinganligiga qarab bir-biridan farq qilishi sababli, odamlar xarakteri ham, ularda qanday intilish ustun bo'lishiga qarab, bir-birlaridan farq qiladilar.Ba'zi odamlarning qiladigan harakatlarida hali yaxshi anglab olinmagan intilish, ya'ni moyillik ustunlikni egallaydi. Bunday kishilarning intilishi, ko'pincha, noaniq, bemazmun bo'ladi. Bunday kishilar hamma vaqt nimanidir qidiradilar, nimanidir qumsaydilar, doimo ularga nimadir yetishmaydi, nimadir istaydilar, ammo uning nima ekanligini o'zlari ham bilmaydilar. Bunday odamlarni hyech narsa qanoatlantirmaydi. Ularda hamma vaqt zerikish, homushlik, «nolish», «tajribasizlik»ni ko'ramiz. Bunday odamlarda, ko'pincha, ko'ngli notinchlik, bezovtalik va hovliqish bo'ladi. Bunday odamlarning hatti-harakatlarida rejasizlik, tanglik ko'p bo'ladi.Ba'zi odamlar nimaga intilayotganliklarini anglaydilar, lekin uni amalga oshirish uchun faoliyat ko'rsatmaydilar. Ular hamisha nimanidir qumsaydilar, noliydilar, o'zlarini va atrofdagi kishilarni tanqid qiladilar. Bunday odamlar orzu-xayollar (ko'pincha, «yaxshi» niyatlar) ga beriladilar, goho-goho g'ayratlari jo'sh uradi, ammo aslida ular faoliyatsiz, sustkash bo'ladilar. Bunday xislatlar, asosan, tarixiy o'tmish kishilari xarakteri alomatlari bo'lib, zamonamiz kishilari xarakteridan uzoqlashib bormoqda. Kishi xarakterining muhim ijobiy xislati maqsadga intilishdir, kishida muayyan hohish tariqasidagi batamom anglab olingan intilishning ustun turishidir. Bunday kishilar istaklari nima ekanligini, maqsadlari nimadaligini va unga erishish uchun nimalar qilmoqligi va qanday qilmoq lozimligini hamisha biladilar. Bunday kishilar aniq maqsadga ega bo'lib, shu maqsadga muvofiq

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

harakat qiladilar. Iroda bilan bog'liq bo'lgan xarakter xislati ayni vaqtda aql-farosat bilan bog'liq iroda xislati hamdir.

ADABIYOTLAR RO'YHATI

1. Nishanova Z.T. Psixoiogik maslahat: o'q u v qo'llanma. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - Toshkent: «O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2010 y. - N 4 toplam

2 To'rt temperament :sanguine,flegmatik,xolerik va melanxolik shaxs turlari. 2017. N 1 toplam.231b.

3 Temprament 2017y. N 1 toplam 11b.

4 Абрамова, Г.С. Практическая психология: учебное пособие / - Москва : Прометей, 2018. - 538 с.

5 S.K.Mangal: "General Psychology" 2013y. 19b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.