Научная статья на тему 'O‘QUVCHI YOSHLARNI KASBGA YO‘NALTIRISHNING SAMARALI YO‘LLARI'

O‘QUVCHI YOSHLARNI KASBGA YO‘NALTIRISHNING SAMARALI YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
13
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yoshlar / kasb / kasbga yo’naltirish / madaniyat / hunar / mutaxassislar / psixologik xizmat / pedogogika / psixologiya / mehnat / burch / jamiyat / vatan / kasbiy maslahat / Youth / profession / career guidance / culture / craft / specialists / psychological service / pedagogy / psychology / work / duty / society / homeland / professional counseling

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sulliyeva S.X., Tojiyeva F.A.

Maqolada bugungi kunda yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish sohasida mavjud bo’lgan ilmiy xulosalar va tavsiyalarning o’ziga xos jihatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMS OF MODERN EDUCATION IN VOCATIONAL EDUCATION

The article highlights the distinctive aspects of current scientific findings and recommendations in the field of vocational guidance for young people.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHI YOSHLARNI KASBGA YO‘NALTIRISHNING SAMARALI YO‘LLARI»

Sulliyeva S.X.

Tojiyeva F.A.

Termiz davlat universiteti

O'QUVCHI YOSHLARNI KASBGA YO'NALTIRISHNING SAMARALI

YO'LLARI

Annotatsiya: Maqolada bugungi kunda yoshlarni kasb-hunarga yo 'naltirish sohasida mavjudbo 'lgan ilmiy xulosalar va tavsiyalarning o 'zigaxos jihatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Yoshlar, kasb, kasbga yo'naltirish, madaniyat, hunar, mutaxassislar, psixologik xizmat, pedogogika, psixologiya, mehnat, burch, jamiyat, vatan, kasbiy maslahat

Sulliyeva S.X.

Tojiyeva F.A.

Termiz State University, Termiz, Uzbekistan

FORMS OF MODERN EDUCATION IN VOCATIONAL

EDUCATION

Annotation: The article highlights the distinctive aspects of current scientific findings and recommendations in the field of vocational guidance for young people.

Keywords: Youth, profession, career guidance, culture, craft, specialists, psychological service, pedagogy, psychology, work, duty, society, homeland, professional counseling

Jamiyatda ta'lim tizimini rivojlantirishning strategik yo'nalishi - bu insonning turli sohalarida maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning intelekt va ahloqiy rivojlanishidir. Jahonning rivojlangan davlatlari qatori mamlakatimizda ham ta'limdagi islohotlar jarayonida mustaqil ta'limni rag'batlantirish muhim yo'nalish sifatida kelmoqda [1].

Pedagogning kasbiy layoqatliligini tarbiyalash fenomenini tadqiq qilishga bir qator olimlarning ishlarida o'z ifodasini topgan. Bu mualliflar kasbiy layoqatlilik - ishonchlilik sifatlari bilan birgalikda o'qituvchining kasbiy -individual hodisa sifatida pedagogik madaniyatini tavsiflaydi degan fikrni olg'a surganlar. O'z navbatida, kasbiy layoqatlilik tushunchasi, V.A.Slastenin ta'kidlaganidek, pedagogning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy hamda amaliy tayyorligining birligini ifodalaydi va uning kasbiy shakllanganligini tavsiflaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida insonlarning yaxshi yashashida, faoliyatida to'g'ri kasb tanlashning ahamiyatini turli xil kasblarning

insonga qo'yadigan talablarini; kasblar olami, kasblar shajarasi, O'zbekiston xalq xo'jaligidagi muhim kasblar, kasblar tasniflagichi; kichik mutaxassislar tayyorlash tizimi; kasblar, mehnat shartsharoitlari, vositalari, fani, maqsadi bo'yicha shajaralanishi, o'quvchilarni o'z qiziqish va moyilliklari, o'z xarakterining o'ziga xos xususiyatlarini, o'z nerv tuzilishi, psixikasi, o'z qobiliyati va ehtiyojlarini kasblar to'g'risida ma'lumot olish maktablarini ayrim kasb mehnat bozori talablari asosida ehtiyojning o'zgarib borishini, salomatligining tanlagan kasbiga mos kelishi, hududda joylashgan o'rta maxsus, kasb-hunar o'quv yurtlarida ta'lim yo'nalishini ixtiyoriy tanlashi; o'qishni davom ettirish imkoniyatlari. Kelgusi mavqeini bilishi zarur. Kasbni to'g'ri tanlash -inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyat ko'p jihatdan kasbning qanchalik to'g'ri tanlanishiga bog'liq [3,4].

Kasbni to'g'ri tanlash har bir maktab o'quvchisining qiziqishiga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo'lishi uchun uning sog'lig'ini, o'zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda hammadan ko'ra ko'proq qaror topadi va namoyon bo'ladi. Odam bajarayotgan ishlariga ijodiy munosabatda bo'lib, mehnat unumdorligini doimo oshirib borsa, tanlagan kasbiga zo'r qiziqish bilan qarasa, o'z ishining ijtimoiy ahamiyatini tushunsa, uning qobiliyatlari mehnatda takomillashib borsa, o'shandagina u mehnatdan qoniqish hosil qiladi va xursand bo'ladi, bunday hoolda har bir shaxs jamiyatga eng ko'p naf keltiradi. Mana shu aytgan gaplardan kasb tanlashning g'oyat muhim ijtimoiy ahamiyati kelib chiqadi. Kasb-korni erkin tanlash juda katta ahamiyatga ega. Odam shug'ullanayotgan ishini yaxshi ko'rsa, bundan u xursand bo'ladi, qoniqish hosil qiladi, zo'r tashabbus ko'rsatadi, toliqmay mehnat unumini oshiradi.

Maktab o'quvchilarining kasb tanlashi ongli zaruriyat bo'lishi va ayni vaqtda jamiyat manfaatlariga mos bo'lib tushishi, yigit va qizlarning kamolot yo'lida shaxsiy mudaolarini qondirishi lozim. Buning uchun yuksak darajada ma'lumotli bo'lish zarur, hozirgi asrimizda bunday ma'lumotsiz fan-texnika ildam taraqqiy etishi mumkin emas. Umummehnat va maxsus malakalarni, kasbga bo'lgan qiziqishlarini shakllantirishning bunday imkoniyatlari ob'yektiv zaminga ega bo'lib, voqelikda har kuni amalda oshirilmoqda. Kasbga yo'naltirish - bu har bir individumning o'ziga xos individual xususiyatlari va mehnat bozorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o'z kasbiy o'rnini topishi uchun shaxsga ta'sir etishning ilmiy asoslangan shakl, usul va vositalar tizimidir. U insonning kasbiy qiziqishi va imkoniyatlari hamda jamiyatning aniq bir kasbiy faoliyat turiga ehtiyojlarining mutanosibligiga erishishga yo'naltirilgandir. Kasbga yo'naltirish - mohiyat va samaradorlikni baholash ko'rsatkichlariga ko'ra ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Kasbga yo'naltirishni hal etish vazifalari bo'yicha ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy-fiziologik va psixologik-pedagogik mohiyatga ega muammodir. Kasbga yo'naltirish insonning qobiliyati va iqtidorini maqsadli rivojlantirishda, uning kasb mahorati, ish qobiliyati va salomatligini asrashga imkon yaratadi hamda aholini ijtimoiy himoyalash va uning bandligi sohasidagi

davlat siyosatining muhim elementlaridan biri sifatida namoyon bo'ladi. Kasbga yo'naltirish shaxsning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, uning ijtimoiy va kasbiy faolligini oshirish hamda majburiy ishsizlikning oldini olishda muhim rol o'ynaydi. Kasbga yo'naltirish tadbirlari inson tomonidan o'z kasbiy malakasini oshirishning qulay shakllarini izlash, ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuskorlik, intellektual va mehnat mustaqilligini rivojlantiradi. Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashga, uni har tomonlama va barkamol rivojlantirishning shart-sharoiti sifatida qaraladi. Bu shaxsning ma'naviy, aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya'ni barcha o'quv-tarbiya jarayoni bilan uzviy birlikda amalga oshiriladi. Kasbga yo'naltirish quyidagi qismlarni o'z ichiga oladi: Kasbiy axborot, kasbiy maslahat, kasbiy tanlov va saralash, kasbiy moslashish. Kasbiy axborot - ma'lum bir kasbni egallash hohishi bo'lgan shaxsga, turli mutaxassisliklarni egallashning shakl va sharoitlariga, kasbiy malakalarning o'sish imkoniyatlariga mehnat bozorining holati va ehtiyojiga, kasbiy qiziqishlarning shakllanishiga, shaxsning istak va ko'nikmalariga qo'yilgan talablar hamda zamonaviy kasblarning istiqboli va mazmuni to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, targ'ibot qilish chora-tadbirlaridir [4,5].

Kasbiy maslahat - kasb tanlash yoki faoliyat turinio'zgartirishda yordamga muhtoj bo'lgan shaxsning individual-psixologik xususiyatlari, shaxsiy fazilatlari, kasbiy qiziqishlari, moyilligi, sog'ligi va mehnat bozori ehtiyojlarini o'rganish asosiyda psixologik-maslahatchi bilan ilmiy tashkil etilgan o'zaro muloqot tizimidan iborat. Kasbiy tanlov va saralash - kasbiy faoliyatning alohida turlariga yaroqlilik darajasini aniqlashga yo'naltirilgan shaxsning psixofiziologik xususiyatlari (tanlash) yoki aniq bir kasbga bo'lgan psixofiziologik me'yoriy talablar (saralash) asosida shaxsni har tomonlama o'rganish tizimidir. Kasbiy moslashish - ishlab chiqarishda kasbiy faoliyatning ijtimoiy-psixologik va tashkiliy-texnik sharoitlariga shaxsni moslashtirishga, uni muvofaqqiyatli ravishda kasbni egallashi uchun shart-sharoitlarni yaratishga yo'naltirilgan choralarning majmuaviy tizimidir. Professiografiya (axborot, tashxis, korreksiyalovchi, shakllantiruvchi) va kasbiy tashxis (shaxsni o'rganishning psixologik, psixofiziologik, tibbiy va boshqa usullarining majmui) kasbga yo'naltirishning axborot uslubiy ketma-ketligining asosi hisoblanadi [6,7].

O'quvchilar kasblarni tahlil qila olishi; o'zlarining shaxsiy sifatlarini, qiziqishini va salomatlik darajalarini to'g'ri baholay olishlari, kasblarning insonga qo'yadigan talablari bilan o'zlarining individual xususiyatlarini taqqoslay olishlari, shaxsiy kasbiy rejalarini tuza olishlari zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. Mirziyoyev Sh.M. "Bilimli avlod - buyuk kelajakning, tadbirkor xalq - farovon hayotning, O'stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir" mavzusidagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi.// "Xalq so'zi" gazetasi 2018-yil 8-dekabr

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son Qarori.

3. Asqarova O'.M, Usmanova S.U., Zamilova R.R., M.X.Tashibekova, D.A.Abdusamiyev Pedagogika nazariyasi va tarixi (1-qism) / Darslik /-Namangan: Usmon Nosir media, 2022. - 376 b

4. Asqarova O'. va boshqalar. "Pedagogika va psixologiya fanlarini o'qitish metodikasi" darslik Navro'z, 2020 y. 456.

5. Asqarova O'., Xayitboyev M., Nishonov M. Pedagogika. - T.: Talqin, 2008.

6. Sulliyeva S.X., Ravshanova U.B., Boltayeva S.J. Sinf rahbari faoliyati. Monografiya. TerDU NMM . 2022. 99 b.

7. Sulliyeva S.X., Zokirov Q.G'. Biologiya o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma. "Complex Print" nashriyoti. Toshkent-2023. - 224 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.