O'QUV MASHG'ULOT GURUHLARIDA UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIK DAVRIDA JISMONIY YUKLAMALARNI
ME'YORLASHTIRISH
I.Mirzatillayev
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
A.Baratov
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Z.Saydqulov
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
B.Aqmonov
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
B.Xaydarov
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ANNOTATSIYA
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng jismoniy tarbiya va sportning rivojlantirilishiga katta e'tibor qaratilmoqda. So'ngi yillarda Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir bir qator hujjatlar qabul qilindi. Sport insonning nafaqat jismoniy, balki ma'naviy takomillashuvida muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu sababli O'zbekistonda sport davlat faoliyatining eng muhim yo'nalishlaridan biriga aylandi. Sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash uchun jismoniy tarbiya va sportni yuksak ilmiy-texnik darajada rivojlantirish zarur. "O'zbekiston Respublikasi Jismoniy Tarbiya va Sport to'g'risidagi" qonun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 - yil 27 maydagi 271-sonli «O'zbekistonda jismoniy taribiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori ham da 2002-yil 31-oktyabrdagi 371-sonli «O'zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi qarori juda muhim ekanligini alohida ta'kidlash joiz. Mazkur qonun va qarorlar mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sharoitlariga muvofiq holda jismoniy tarbiya sport sohasidagi hamma sub'ektlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va integratsiyalaydi, shuningdek O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning yangi sifat bosqichiga ko'tarilishiga yordam beradi.
Kalit so'zlar:yengil atletika, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, maxsus mashqlar, yugurish texnikasi.
KIRISH
Dorlzarbligi: Respublikamiz o'z mustaqilligiga erishgandan so'ng hozirgi kungacha jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Bu borada juda katta ishlar amalga oshirildi. Sportchilarimiz Osiyo va Jahon maydonlarida yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan deyarli barcha turlar yurtimizda rivojlanib kelmoqda va shu qatori Yengil atletika sport turi ham yuqori darajada rivojlanmoqda. Yengil atletika sport turi ommaviy sport turlaridan biri hisoblanib ushbu sport turi bilan Respublikamizda maktab o'quvchilari, akademik litsey va kollej o'quvchilari, institut va universitetlarning talabalari, harbiy xizmatdagi askarlar va ofitserlar, ko'ngilli sport jamiyatlari ming-minglab kishilar shug'ullanishadi. Bu sport turining bunday ommaviy tus olishi, respublikamiz Prezidenti va xukumatning O'zbekistonda jismoniy tarbiya harakati oldiga qo'ygan vazifalarni amalga oshirish xalqimizning jismoniy barkamol bo'lib o'sishiga, ularning salomatligini mustahkamlashga, yoshlarni vatan himoyasiga va mehnatga tayyorlashga yordam beradi.
Yengil atletika mashqlarining xilma-xilligi yurish, yugurish, sakrash va uloqtirishda kuch va tezkorlik mashqlarda mushakdagi kuchni o'zgarib turishi har-xil yoshdagi va jinsdagi bolalar va kattalarda yengil atletika mashg'ulotlarida qatnashish imkonini yaratadi. Bu mashqlarni ko'pchiligini texnik jihatdan bajarish qiyin emas, o'rgatish uchun oson va ularni oddiy maydonchalar va ochiq joylarda bajarish mumkin. Bu esa bugungi kundagi dolzarb masalalardan xisoblanib sportchilar tayyorlash tizmida ham nazariy ham amaliy axamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Sport turlari bo'yicha yuqori malakali sportchilarni tayyorlash, shu bilan birga bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamon talablariga mos, kuchli raqobatga kirisha oladigan yuksak mahoratli mutaxassislarni tarbiyalash masalasi bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport sohasi oldida turgan kechiktirib bo'lmas vazifalardan sanaladi.
Ishning maqsadi. O'quv mashg'ulot guruhilarining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik davlarida mashg'ulot yuklamalarini me'yorlashtirish orqali sportchilarni musobaqalarga tayyorlash.
Tadqiqot vazifalari. Maqsadga erishishda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko'zda tutdik.
1. O'quv mashg'ulot guruhlarining dastlabki o'quv yilida mashg'ulot-laming mazmuni.
2. Mashg'ulot yuklamalarining taqsimlanishi.
Zamonaviy yengil atletikachilarni tayyorlash tizimida o'quv mashg'ulot guruhlari mashg'ulotlarni olib borishda murakkab hisoblanib, ko'p omilli, maqsad va vazifalari, yagona masqadga yo'naltirilgan bo'ladi. Albatta sportchilarni umumiy jismoniy sifatlarini oshirishda va sport turlariga poydevor bo'lib xizmat qiladi.
Mashg'ulot yuklamalarini taqsimlash davomida ko'p yillik tayyorgarlik davrlariga katta e'tibor qaratish lozim. Tayyorlov davrining II bosqichi bo'lgan o'quv mashg'ulot guruhlarida yillik yuklamalar hajmi 1 va 2 o'quv guruhi uchun 624 soat ajratilgan bo'lib, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka 60/40 nisbatda, 3 yilida 832 soat 40/60 nisbatda va 4-5 yilida 936 soat 30/70 % nisbatda taqsimlangan. Ushbu berilgan soatlar bo'yicha o'zgartirish kiritish mumkin bo'lmasligi lekin mashg'ulot mazmuniga o'zgartirish kiritish mumkin ekanligi. Shuning uchun mashg'ulotlarda yengil atletika turlari bo'yicha maxsus mashqlarni tanlash va mashg'ulot jarayonlariga qo'lashni taqozo qiladi.
Mashg'ulotlarni mazmuni quyidagicha berildi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik davrida umumiy va maxsus mashqlarini qo'llab mashg'ulotlarni taklif qildik. Maxsus jismoniy tayyorgarlik dvrida esa ko'proq maxsus mashqlar va bu mashqlarni texnikasini o'rgatishga e'tibor qaratdik.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'rta masofaga yuguruvchilarni yil davomida tayyorlov guruhlarida olib boriladigan UJT va MJT ning mashg'ulotlari tuzilishi.
Jadval №1
№ Mazmuni O'quv mashg'ulotlar guruhlarini yil davomida
qo'yilishi
1 2 3 4
1 Umumiy soatlar soni 500 780 900 1000
2 Nazariy tayyorgarlik 12 14 16 20
3 UJT va MJT soatlar, % 488 766 884 980
hisobida 75/25 70/30 65/35 60/40
4 UJT 366 536 575 588
MJT 122 230 309 392
Tajriba va nazoart guruhlarining testlash natijalarini qiyoslab (8-jadval), shuni ta'kidlash mumkinki, tajriba guruhi sportchilari 3,11% vazn qo'shganlar (nazorat
guruhida 2,38%). Umumiy jismoniy tayyorgarlik bo'yicha: tajriba guruhi sportchilari 30m ga yugurishda o'z natijalarini 2,29% ga yaxshilaganlar, nazorat guruhi esa 1,25% ga yaxshilangan; 400m ga yugurishda muvofiq ravishda 3,22% va 1,47% ga; balandlikka sakrash, yugurib kelib va joyidan turib uzunlikka sakrashda tajriba guruhi o'z natijalarini muvofiq ravishda 8,15%, 1,88% va 4,43% ga oshirdi, nazorat guruhi sportchilari esa tegishli ravishda 4,07%, 0,96% hamda 3,15% ga yaxshilandi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlikda ham natijalarning o'sishida farqlar kuzatildi: tajriba guruhida qisqa ushlangan holda jim mashqida ko'rsatkich 8,88% ga, keng ushlagan holda shtangani bosh orqasidan jimda 9,96% ga, yelkalarda shtanga bilan o'tirib -turishda 8,93% ga, siltab ko'tarishli tortishlarda 6,95% ga va dast ko'tarishli tortishlarda 10,01% ga yaxshilandi. Nazorat guruhida natijalarni o'sishi birmuncha boshqacha: qisqa ushlangan holda jimda 6,33% ga, keng ushlangan holda shtangani bosh orqasidan jimda 6,19% ga, yelkalarda shtanga bilan o'tirib -turishda 5,27% ga, va dast ko'tarishli tortishlarda 4,72% ga o'sdi.
XULOSA
O'tkazilgan tajribalar natijalari va ularning qiyosiy tahlili tayyorgarlik davrining umumiy va maxsus tayyorgarlik bosqichlarida UJT hamda MJT vositalarining optimal taqsimlanishini aniqlashga imkon yaratdi. Bu nisbat tayyorgarlik davriga ajratilgan umumiy vaqtining 58-42% ni tashkil etadi.
REFERENCES
1. Velichko A.I. Beg na 3000 metrov s prepyat-stviyami / A.I.Velichko, Yu.N.Andryu^yenko, Ye.I.Mazur // Respublikanskiy syentr olimpiyskoy podgotovki po legkoy atletike: www.athletics.by/ 15.09.2017.)
2. Viktorova O.D. Struktura podgotovki semiborok vbisokoy kvalifikasii v begovtix vidax programmti mnogoborya: avtoref. dis. ... kand. ped. nauk: 13.00.04 / Viktorova Olga Dorianovna. - M., 1990. - 24 s.).
3. Germanov G. N. Trenirovochnoye (dvigatelnoye) za-daniye strukturno-funksionalnaya yedinisa sportivno-pedagogicheskogo prosessa: teoreti-ko-metodicheskiy aspekt problemti / G.N.Germanov // Teoriya i praktika fizich. kulturti. - 2011. - № 5. - s. 94-99.).
4. Oktamovna, S. Z., & Nasriyevich, G. N. (2021). Terminology as a structural element of the language. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 724731.
5. ФОЗИЛОВ, Х. К., & РАХМАНОВА, М. М. (2021). Гандболчи талаба кизларнинг махсус жисмоний тайёргарлик даражасини аниклаш ва тахлил килиш. Fan - sportga, 41-43.
6. Рустамов, Д. У., & Кенжаева, С. Х. (2021). Значение ролевых игр в формировании коммуникативных компетенций студентов изучающих иностранный язык. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).
7. Иброгимова, Н. М., & Абдумаликова, Г. Х. (2021). Организация правильного питания юных спортсменов. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).
8. Egamnazarova, F. A., & Mukhamedova, M. S. (2021). Improving english language listening skill. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).
9. Ли, Т. Г., & Ходжиев, Р. М. (2021). Толкование терминов узбекской национальной борьбы «кураш». Academic Research in Educational Sciences, 2.
10. Tursunboyeva, L. T., & Ashirova, M. F. (2021). Positive teacher-student relations. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).
11. Насирова, Б. Т., & Халалов, З. А. (2021). Изучение иноязычных слов латинского происхождения на занятиях по русскому языку в высших учебных заведениях. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).
12. Тураев, А. И., & Ёкубов, И. К. (2021). Эффективные приёмы обучения чтению на уроках английского языка. Academic Research in Educational Sciences, 2.
13. Aliyeva, S. B., & Achilov, O. Q. (2021). Xorijiy tillarni o'qitishning samarali usullari (nemis va ispan tillari misolida). Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).
14. Abdurashitovna, A. S. (2020). The influence of motivation in the foreign language learning process. Наука и образование сегодня, (6-2 (53)), 37-38.
15. Норбоева, Ф. Р. (2020). Процесс преподавания иностранного языка в неязыковом вузе. Интернаука, 20(149 часть 2), 74.
16. Suyunovna, M. S. (2020). Interactive teaching methods in the process of foreign language communicative competence development. Наука и образование сегодня, (6-2 (53)), 35-36.
17. Akhmedovna, A. M., Olimjonovna, A. K., & Khamidovna, D. K. (2020). Enhancing student's writing through pre-writing activities. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(2), 3118-3130.
18. GAZIEV, S. (2020). Improving the speed-strength preparedness of sambo wrestlers at the stage of sports improvement. Фан^портга, (1), 56-60.
19. Tashkenbayevna, S. K., Rozikovich, S. I., Vladimirovna, L. L., Sotivoldiyevich, O. M., Mukhammadjonovich, B. A., Omonboyevich, A. B., & Valikhojayevich, S. Z. (2020). Pedagogical technologies and interactive methods as a factor of increasing special knowledge of students. Journal of Critical Reviews, 7(6), 42-46.
20. Roziqovich, S. I. (2019). Functional training level of runners student-athletes sprinters. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
21. Солиев, И. Р. (2018). К,иска масофаларга югуришда спортчиларни техник тайёргарлик даврида старт реакцияларини такомиллаштиришни тахлил килиш. Фан-Спортга, (2), 56-61.
22. АРСЛАНОВ, Ш. А., АДИЛОВ, С. К., ЛЮЛИНА, Е. С., & ТАШМАТОВ, А. Р. (2021). Эффективность применения педагогической технологии совершенствования координационных способностей дзюдоистов 13-14 лет. Fan - sportga, 51-53.
23. СОЛИЕВ, И. Р. (2021). Токио (япония) шахрида булиб утган xxxii олимпия уйинларида спортнинг енгил атлетика тури буйича утказилган мусобакаларнинг тахлили. Fan - sportga, 13-15.
24. Usmonova, R. B. (2021). SEMANTIC FEATURES OF MODAL VERBS IN ENGLISH GRAMMAR. Scientific progress, 7(4).