Научная статья на тему 'NUTQNI TINGLAB TUSHUNISHGA O’RGATISH VA NUTQ MASHQLARINI TAXLIL QILISH'

NUTQNI TINGLAB TUSHUNISHGA O’RGATISH VA NUTQ MASHQLARINI TAXLIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3448
274
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik texnologiya / ta’lim jarayoni / og‘zaki va yozma nutq / dialogik nutq / tinglab tushinish / bevosita yordam / mustaqil ta’lim. / pedagogical technology / educational process / oral and written speech / dialogic speech / listening comprehension / direct assistance / independent learning.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tadjiyeva Mohiraxon Djaxongirovna

Pedagogik ijodkorlik haqida gap ketganda har qanday xayoliy tuzilgan loyihalarni haqiqiy ijodkorlikdan farq qila bilmoq zarur. Chunki amaliyotda sinab ko’rilmagan xayoliy g’oyalar ba’zan pedagogik ishga katta ziyon yetkazishi mumkin.Ta’lim tizimini rivojlanish talablariga muvofiq pedagogik kadrlarning yuksak professional tayyorgarligi va g’oyaviy – siyosiy yetukligi, umumiy madaniyatini darajasining doimiy o’sib borish masalalari o’rtaga qo’yiladi. O’quvchilarini g’oyaviy – siyosiy jihatdan tarbiyalashda mamlakatimizdagi xalqlar hayotidagi muhim voqealar, bayramlar hamda unitilmas sanalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEARNING AND UNDERSTANDING SPEECH AND ANALYSIS OF SPEECH EXERCISES

When it comes to pedagogical creativity, it is necessary to be able to distinguish any imaginary structured projects from real creativity. Because imaginary ideas that have not been tested in practice can sometimes cause great damage to pedagogical work. High professional training and ideological and political maturity of teachers in accordance with the requirements of the education system is set. It is important to use important events, holidays and memorable dates in the life of the peoples of our country in the ideological and political education of students.

Текст научной работы на тему «NUTQNI TINGLAB TUSHUNISHGA O’RGATISH VA NUTQ MASHQLARINI TAXLIL QILISH»

Scientific Journal Impact Factor

О

NUTQNI TINGLAB TUSHUNISHGA O'RGATISH VA NUTQ MASHQLARINI TAXLIL QILISH

TADJIYEVA MOHIRAXON DJAXONGIROVNA, G'arbiy tillari kafedrasi o'qituvchisi Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti

Annatasiya: Pedagogik ijodkorlik haqida gap ketganda har qanday xayoliy tuzilgan loyihalarni haqiqiy ijodkorlikdan farq qila bilmoq zarur. Chunki amaliyotda sinab ko'rilmagan xayoliy g'oyalar ba'zan pedagogik ishga katta ziyon yetkazishi mumkin.Ta'lim tizimini rivojlanish talablariga muvofiq pedagogik kadrlarning yuksak professional tayyorgarligi va g'oyaviy - siyosiy yetukligi, umumiy madaniyatini darajasining doimiy o 'sib borish masalalari o 'rtaga qo 'yiladi. O 'quvchilarini g 'oyaviy - siyosiy jihatdan tarbiyalashda mamlakatimizdagi xalqlar hayotidagi muhim voqealar, bayramlar hamda unitilmas sanalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: pedagogik texnologiya, ta 'lim jarayoni, og'zaki va yozma nutq, dialogik nutq, tinglab tushinish, bevosita yordam, mustaqil ta'lim.

Annotation: When it comes to pedagogical creativity, it is necessary to be able to distinguish any imaginary structured projects from real creativity. Because imaginary ideas that have not been tested in practice can sometimes cause great damage to pedagogical work. High professional training and ideological and political maturity of teachers in accordance with the requirements of the education system is set. It is important to use important events, holidays and memorable dates in the life of the peoples of our country in the ideological and political education of students.

Keywords: pedagogical technology, educational process, oral and written speech, dialogic speech, listening comprehension, direct assistance, independent learning.

Аннотация: Когда дело касается педагогического творчества, необходимо уметь отличать любые воображаемые структурированные проекты от реального творчества. Потому что воображаемые идеи, не проверенные на практике, иногда могут нанести большой вред педагогической работе. Установлена высокая профессиональная подготовка и идейно-политическая зрелость учителей в соответствии с требованиями системы образования. В идейно-политическом воспитании студентов важно использовать важные события, праздники и памятные даты из жизни народов нашей страны.

Scientific Journal Impact Factor

О

Ключевые слова: педагогическая технология, учебный процесс, устная и письменная речь, диалогическая речь, восприятие речи на слух, непосредственная помощь, самостоятельное обучение.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning markazida ta'lim jarayonining ham subyekti, ham obyekti bo'lgan o'qituvchi va o'quvchi turadi. Talabalarning bir-birlari bilan o'zaro aloqalari, muloqotlari interaktiv metodlarni qo'llaganda, tabiiy, erkin bo'lishini tajriba ko'rsatmoqda. Ingliz tilini o'rgatish murakkab jarayondir. Oliy ta'limda ingliz tilini o'rgatish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarini tadbiq etish eng muhim masalalardan biridir. Ingliz tilini davr talabiga mos ravishda o'qitishda zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish muhimdir.Bunda axborot manbalari, jihozlari, audiovizual vositalar kompyuterga kiritilgan o'yinlar, o'qitishning zamonaviy kompyuter tizimlari, multimedia, audio va video kassetalar, disk, fleshkalardan va boshqa yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o'quvchilarni bilimini mustahkamlashda va oshirishda muhim o'rinni egallaydi. Talabalarning ingliz tili faniga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida axborot texnologiyalari bilan bir qatorda pedagogik texnologiyalarning interfaol usullaridan aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, hamkorlikda o'qish va tarjima qilish, bahs-munozara, davra suhbati, klaster va boshqa ko'pgina usullardan foydalanilgan holda og'zaki va yozma nutqqa o'rgatiladi.

Pedagogik texnologiyada talabaning tanqidiy tafakkur yuritishi asosiy maqsad hisoblanadi. Ilg'or pedagogik texnologiyalarning juda ko'p usullari mavjud. Bu usullaridan o'quvchilarning yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish mumkin. Ta'limni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishning negizida ta'lim texnologiyasi, tarbiya texnologiyasi hamda axborot texnologiyalari shakllanadi. Chet tillarni mukammal egallagan mutaxassislarga ehtiyoj ortmoqda.

Chet tilidagi nutqni eshitish, tushunish, so'zlashuv deb ataladigan nutq faoliyati turini o'zida aks ettiradi.Shu bilan ular eshitib o'qishda ham ma'lum tajriba orttiradilar.Ular darsda o'qituvchining nutqini, javoblarini eshitadilar.Ba'zan o'qituvchi ularga ovoz chiqarib o'qib beradi, ba'zan esa gapirib beradi. Lekin chet tilini eshitish odatda gapirishga nisbatan ikkinchi darajali faoliyat hisoblanadi.Eshitish odatda o'quvchilarni yangi til materiallaridan tanishtirish uchun yoki qayta esga olish uchun tegishli nutq mazmunini bayon etish uchun xizmat qiladi.Eshitib tushunishga o'rgatish bilan bog'liq bo'lgan mustaqil maqsad qo'yilmaydi.Eshitib idrok etishni maxsus mashq qilishni talab etadigan materiallar tanlanmaydi.

KIRISH

METODLAR

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Chet tilidagi nutq mazmunini voqeylikka va mantiqiy tushunish muammosi munosabati bilan o'quvchilarning egallashlari kerak bo'lgan quyidagi ko'nikmalarini aniqlash mumkin. Nutqda bayon etilgan g'oyani ko'rsata bilish, asosiyni ikkinchi darajadan farq qila bilish, ayrim tushinilmagan joylarga qaramay nutqning mazmunini tushuntirish.

Eshitib idrok etiladigan mashqlar sistemasidan tegishli mashq turlari bilan ta'minlanadi. Tayyorlov mashqlaridan bir necha mashqlarni ko'rib chiqamiz:

1)Elementlari tez chalkashadigan jumlalarni eshitish. Nutq shu jumlalarni tarjima qilish bilan idrok etiladi.

a) He works in the library. - You can find his works in the library.

b) Give me a ball. - Give me a bell.

Idrok bilan birga ish-harakat bajariladi.

2Jumlalarni eshitish so'ngra quyidagi jumlani o'z ichiga olgan jumlani eshitish.Nutq mashqlarining ham xuddi shunday ikki tomonlamalik xususiyati bordir.Mana bir necha misol:

1.Bir tekstning ikki variant o'rtasidagi farqni aniqlash.

2.Mazmun yoki bayon etilishi jihatidan qiyin bo'lgan tekstni ikki, uch marta eshitish.Har gal tinglagandan keyin mazmunini dalillar va detallar bilan gapirib berish.

3.Bog'liq tekstni normal tezlikda eshitish.Savollarga mazmuniga muvofiq javob berish.

Yuqori kurs talabalari oldida eng avvalo ilgari o'rganilgan og'zaki nutq ko'nikmalarini saqlab qolish va mustahkamlash vazifasi turadi. Ularning nutqida o'zlari maktab davrida egallagan barch elementlar ishtirok etishi zarur.Ayni bir vaqtda talabalarning nutqi ancha ishonchli, asoslangan bo'lishi kerak. Monologiknutq nutqning tabiiy formasiga yaqinlashadi, ya'ni suhbatga element sifatida qo'shiladi. Shu yo'sinda didogik nutq va monologik bir-biriga chatishib ketadi. Og'zaki nutq mazmuni murakkablashadi. O'tilgan text yuzasidan olib borilgan suhbatdan o'quvchilarni qiziqtiruvchi va hayanjonlantiruvchi masalani muhokama qilishga o'tadi. Yuqori sinflar og'zaki nutqni egallashda sifat og'zaki nutqni egallashda sifat jihatidan yangi bosqich bo'lib, u matn til materialidan ijodiy foydalanishga qaratilgan yangi usullarni egallashga majbur qiladi.

Og'zaki nutq, asosan 4 yillik bosqich materiali asosida ko'riladi. Eng avvalo nutqqa kerak bo'lgan materiallarni ishga soluvchi tayyorlov mashqlarini masalan tipovoy jumlalarini bog'lash biriktirish uchun mashqlar nutqning ravon, fikrning mantiqiy bo'lishiga o'rgatadigan mashqlar, tipovoy belgilarini va munosabatlarini ko'rsatish hisobiga kengaytirish uchun mashqlar nutqni rivojlantirishga o'rgatadi,

Scientific Journal Impact Factor

O

ma'lum mantiqiy operatsiyalarni bayon qilingan fikrni tushuntirish yoi bahslashib shartlar, qo'shimcha qilishni nazarda tutadigan mashqlar zarur. I am going to meet my sister at the station. My friend is good at sports. We are going to Leningrad for the holidays. The pupils in our class don't like excursions. We are going to Leningrad for the holidays .

Mavzular bilan birga qo'shib olib borib, yuqori bosqichlarga og'zaki nutqqa o'rgatishni qanday tuzish kerakligiga umumiy o'ra ta'lim uchun mo'lljallangan ingliz tili dasligi misol bo'la oladi. Har bir paragrafida og'zaki nutq ustida ishlash, ma'lum mavzu atrofida olib boriladi. Masalan, "Kino" mavzusi olinadi va darsning boshida quyidagi topshiriqlar taklif qilinadi.:

1)Siz kinoga qachon, kim bilan borganingiz, qanday film ko'rganingiz haqida so'zlab bering:

2)Ko'rgan filmingiz, bosh rolda kim o'ynaganligi, o'zingiz yaxshi ko'rgan bir yoki bir necha aktyorlar haqida so'zlab bering:

3)Shunday vaziyatni tasavvur qiling: do'stingiz haqida so'zlab beryapsiz. Do'stingiz bosh rolni kim o'ynaganligini bilishni istaydi. Siz unga shu filmni ko'rishni va bu haqda o'z fikrini aytib berishni maslahat bering.

Dialogik nutqni yanada o'stirish uchun intervyudan foydalanish mumkin: o'quvchi biror shaxsni ifodalab, boshqa o'quvchilarning savollariga javob qaytaradi.

Tinglab tushunish ustida ishlash yuqorida ko'rganingizdek, nutq boshqa turlarning o'sishi bilan yanada bog'liqdir. Tinglab tushinish o'qish bilan moslangan bo'lishi mumkin. Boshlanishida o'qituvchi ilmiy - ommabop tekst o'qitayotgan bo'lsalar, kashfiyot davri haqida so'zlab beradi.

Tinglab tushunish yuqori bosqich talabalarida ko'proq rivojlanishi mumkin. Ayni bir vaqtda turli xil qiziq material ma'lum qilish imkonini beradi. Bunda gazetalardan, tarixdan, adabiyotdan olingan maqolalar,ajoyib kishilar, yozuvchilar epizodlar, sport xronikasi, manba xizmatini o'tashi mumkin.

Ba'zida badiiy asarlardan kichik parchalar tinglash, keyin esa ishlarni xotirlab, so'zlab berish foydalidir. O'quvchilar tekstni xotirlab qolib, so'zlab bera olishlari uchun o'qituvchi yordamchi savollar beradi.

Tekstni necha marta tinglash kerak degan savol paydo bo'ladi. Bu, chamasi tinglashning maqsadiga bog'liq bo'lsa kerak.Agar tushunilganlikni ona tilida savollar berish yoki xulosa yasash orqali tekshirib ko'riladigan bo'lsa, unda bir marta tinglash

NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

0

yetarli bo'ladi. Agar tekstdan so'zlab berish va mavzu yuzasidan suhbatni davom ettirishda foydalanilsa, unda ikki marta tinglashning o'zi talab qilinadi.

Og'zaki nutqni o'rgatishda nutq mashqlari ham asosiy omil hisoblanadi. Ularga quyidagicha izoh berib, ilova qilish mumkin:

l.Badiiy asar, sahna asari, radiosenariy, doklad, suhbat, axborot, radioxabar va shu kabilarni tinglash.

2.O'rganilayotgan tilda dublyaj qilingan kinofilmlarni ko'rish.

3.Tekstni chet tili mutaxassisi tomonidan o'qilgan va yozilgan kinofilmlarni ko'rish va eshitish.

4.Ko'rilgan kinova diafilmlar asosida bayon yozish.

5.Magnit lentasi orqali eshittirilgan tekst, ko'rilgan kino, diafilmdagi so'z birikmalari, Grammatik konstruksiyalarni ajratib yozishva ularni analiz qilish.

6.Ona tilida ko'rilgan kinova diafilmlarni chet tiliga dublyaj qilish. 7.O'tilgan mavzularga taaluqli magnit lentasiga yozilgan savollarga javob berish.

8.Tinglangan bog'lanishli texstga savollar tuzish va shu savollar asosida ikki bo'lib, dialog ijro etish.

9.Ko'rilgan kino yoki diafilmlarga chet tilida sharh berish.

One of the most famous Statues in the world stands on an island in New York. This statue is the Statue of Liberty - a woman holding a torch. Visitors can go inside the statue. The statue is so large there as many as twelve people can stand insade the torch. Many people can stand in other parts of the Statue. The Statue weighs 225 tons and is about 100 metres high.The statue of Liberty was put up in 1886. It was a gift to the United Statue from the people of France for America's 100thbirthday.French people gave money for the Statue. Americans designed and built the pedestal. The French engineer Alexandr Eiffel, who was famous for his Eiffel, Tower in Paris, found out how to make the heave statue stand.

People who come to the United States see the Statue of Liberty holding her torch. She symbolizes a welcome to a land of freedom.

Hayotiy tajribalarga tayangan holda shuni aytish kerakki,hozirgi darsliklarimiz davr talabi darajasida emas.Yangi darsliklar chiqarish ustida ish olib borilmoqda.Lekin ularning qoidalari o'zbek tilida o'quvchiga tushunarli qilib berilmagan.Eslatmasi esa faqat o'qituvchigagina tushunarli. Uni talaba uyda mustaqil o'qib, tushuna olmaydi. O'quvchilar uchun harflarni yozma tarzda yozilishi ko'rsatilmagan.

O'rganish - o'rganish ob'ekti bo'lishi chet tili xulosalar (leksika, grammatika, talaffuz) dan faoliyat (gapirish, tinglab tushunish, o'qish, yozuv)dan va ular haqidagi

The statue of Liberty

Scientific Journal Impact Factor

O

nazariya (leksikalogiya, grammatika, fonetika)dan hamda ulaming barchasini o'rganish metodikasidan iborat murakkab sistemada tuzilishini tashkil qiladi.

Talaba bilim, malaka va ko'nikmlarga o'qituvchi yordamida yoki mustaqil ishlash orqali erishadi. Chet tilida mashqlarni bajarish o'qituvchi ishtiroki nuqtai nazaridan uch yo'l bilan o'qituvchi rahbarligida (bevosita ishtirok) va o'qituvchi ishtirokisiz (bilvosita ishtirok) va o'qituvchi topshirig'iga binoan olib boriladi.

O'qishlar o'zbek tilida olib boriladigan maktablarda chet tillar o'qitish metodikasi oldida "rus tili" interferensiyani hisobga olish bilan leksik minimum ishlash bilan va og'zaki nutqqa, yozishga o'rgatish metodikasini rivojlantirsh bilan bog'liq bo'lgan muammolar turibdi.

Demak mavzudan kelib chiqib, qisqacha xulosa qilish mumkin: Hozirgi zamon chet tillarni o'qitish metodikasida ta'lim oluvchilarning chet tiliga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish uchun turli xil metodlardan foydalanilmoqda.Bu metodlardan biri og'zaki nutqni o'stirishga oiddir. Ko'pchilik olimlar muloqot funksiyalarini ikki guruhini: ijtimoiy va ijtimoiy- psixologik, ba'zilari esa uch guruhni informatsion- kommunikativ, relatsion- kommunikativ, effektivkommunikativ, yana boshqalari bilim beruvchi, emotsional va tarbiyaviy vazifalarni ko'rsatib o'tadilar. Bizning fikrimizcha, umumta'lim maktablari va o'rta maxsus ta'limda o'quv darsliklari va qo'llanmalarida ifodalangan ta'lim mazmunida kelib chiqqan holda muloqotning uch asosiy va muhim vazifasini: ta'lim beruvchi tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifalarni alohida ta'kidlab o'tish lozim.

Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda dars jarayonida qo'llaniladigan interfaol metodlar va didaktik o'yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Darsda inetrfaol metodlardan foydalanish va didaktik o'yinlarni tashkil etilishi va uni muvaffaqiyatli o'tkazilishi o'quvchilar ongli faoliyatining faollashuvi, bilimlarni puxta egallash vositasi sifatida muhim rol o'ynaydi, shuningdek, o'quvchilarning chet tiliga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi.

Bunday o'yinlarda ishtirok etish o'quvchilarda jamoa bo'lib ishlash, do'stona munosabatda bo'lish, diqqat- e'tiborni jamlash, xotirani mustahkamlash xususiyatlarini shaklantiradi va rivojlantiradi. Dars jarayonida interfaol metodlar va didaktik o'yinlar o'quvchilarning chet tilidagi nutqni eshitish, undan xulosa chiqarish qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o'quvchilarning nutq madaniyatini oshiradi. Yoshga doir matnlar tanlash, tanlangan matnlar ustida savol- javob uyushtirish, dialoglar tuzish, mazmunli o'yinlar, ayniqsa kundalik maishiy xizmat mavzuidagi rolli o'yinlar ko'p o'ynatiladi.Taqlid qilish o'yinlari ham o'rganish faoliyatini rivojlantirishga yordam

XULOSA

beradi.

Scientific Journal Impact Factor

0

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: (REFERENCES)

1.Jabborov B. "Studentiaming chet tilidan mustaqil ishlari". O'qituvchi 1987. 72 bet.

2.Veresagina V.A. "Organizatsiya rabote nad angliskiy diologom". "Inostranne yazki v shkole" 1966 № 4.

3.Gurvich P.B."Obuzene nepodgotovlennoy rechi. Inostranne yazki v shkole"1964 №1

4. Shukurov Yoqubjon "Dil ko'zgusi" 0'zbekiston,1990, 61 bet.

5.G'oziev E." O'quvchilarning o'quv faoliyatini boshqarish" O'qituvchi 1988, 104 bet.

6.Aloev Y. va boshqalar "ingliz tili darsligi" o'rta maktabning 7-sinf uchun 13-nashri,o'qituvchi 1989, 200 bet.

7.Jamol Jalolov." Chet tili o'qitish metodikasi". Toshkent, 1996- yil

8. Ishmuhamedov R., Abdukadirov A., Pardayev A. "Ta'limda innovatsion texnologiyalar". Toshkent, 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.