Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
NO'XOT "UMID" NAVINING HOSILDORLIGIGA SUG'ORISH
SONINING TA'SIRI
Z. S. Mustasnova
ANNOTATSIYA
Samarqand viloyati Payariq tumani bo'z-o'tloqi tuproqlar sharoitida no'xatdan yuqori hosil yetishtirishda sug'orish sonining tahsiri o'rganilgan. Olingan ma'lumotlar asosida no'hatning "Umid" navi uch marta sug'orilganda, sug'orilmagan, bir yoki ikki marta sug'orishga nisbatan yuqori (20-22 s/ga) hosil olinganligi yuo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar. Qishloq xo'jaligi, dukkakli ekinlar, no'xat ekini, sug'orish, sug'orish soni, yuqori hosil, 1000 ta don, hosildorlik.
The influence of the number of irrigations on the cultivation of high yield of peas in the conditions of gray-meadow soils of Payariq district of Samarkand region was studied. On the basis of the obtained data, the information on the high yield (2022 s/ha) of the "Umid" chickpea variety when irrigated three times, compared to non-irrigated, one or two times irrigation is given.
Keywords. Agriculture, legumes, peas, irrigation, number of irrigations, high yield, 1000 grains, yield.
Kirish. Hozirgi kunda dunyo bo'yicha aholini oziq ovqat mahsuloti bilan ta'minlash eng muhum va dolzarb masalalardan biriga aylanib ulgurgan. Aholi soning oshishi ekin maydonlarining qisqarishi hisobiga aholini oziq ovqat bilan ta'minlash yildan-yilga murakkablashib bormoqda. Ma'lumki, biz qishloq xo'jaligini isloh etishda sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilashga alohida e'tibor bermoqdamiz. Bu vazifa eng muhim ustuvor yo'nalishlardan biri bo'lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. Chunki qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning samaradorligi, mamlakatimizning iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, nafaqat qishloq mehnatkashlari, balki butun O'zbekistonimiz aholisining moddiy farovonligini oshirish bebaho boyligimiz bo'lgan yerimizning unumdorligi, uning sifatini muntazam yaxshilab borish bilan
ABSTRACT
uzviy bog'liqdir.
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Dukkakli don ekinlari bir vaqtning o'zida 3 ta vazifani hal qiladi. Birinchidan, don yetishtirishni ko'paytirishning muhim omili hisoblansa, ikkinchidan chorvachilikda yem-xashak muammosini hal etishda imkon yaratadi va nihoyat uchinchidan tuproq unumdorligini oshirishning manbai hisoblanadi. Ana shunday ekinlar orasida alohida o'rinni no'xat egallaydi.Keyingi yillarda respublikamiz olimlarining olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida no'xatni sug'oriladigan yerlarda o'stirib, mo'l hosil olish imkoniyatlari yaratildi
No'xat ekini sug'oriladigan yerlarda yetishtirilsa, lalmikorlikda ekilganida qaraganda, baland bo'yli, ostki dukkagi yerdan baland bo'lib hosilni bemalol mexanizasiya yordamida yig'ishtirib olishga imkon tug'iladi. No'xat hosildorligini oshirishda kuzda ekishga yaroqli, qishga chidamli navlarni yaratish muhim ahamiyatga ega. Kuzda ekilgan ekin, qishki va bahorgi namlardan foydalanib, erta bahordan rivojlanadi hamda tez pishib yetiladi. Uning o'rniga boshqa ikkinchi ekin ekib hosil olish imkoni tug'iladi.
No'xatni sug'oriladigan yerlarda yetishtirishda har xil muddatda ekish xususiyatlarini o'rganib, ilmiy asoslab berilsa sifatli va yuqori hosil olishni ta'minlanadi. Shu sababli sug'oriladigan tuproqlarda no'xatni "Umid'' navini suvga bo'lgan xususiatlarini o'rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Foydalanilgan materiallar va usullar. Dala tajribalari o'simlikshunoslikda umumqabul qilingan uslublar asosida olib borildi. OLingan ma'lumotlar matematik -statistik tahlil qiligan. Dala tajribalarini Samarqand viloyati Payariq tumani bo'z-o'tloqi tuproqlar sharoitida 2021-2022 yillar mobaynida o'tkazdik.
l.Tajriba. No'xat ekinining o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga sug'orishlar soni ta'sirini o'rganish bo'yicha quyidagi variantlarda sinaldi:
1. Umid navi kontrol (sug'orilmadi)
2. Umid navi (birmarta sug'oril ganda)
3. Umid navi (2 marta sug'orilganda)
4. Umid navi (3 marta sug'orilganda)
Bu tajribani o'tkazishdan oldin erta ko'klamda shudgorlangan yer yetilishi bilan namning ko'tarilib ketmasligi uchun tuproq boronalanadi. Ekish oldida chezellanib yer yumshatiladi, talab qilingan yillari ekish maydoniga mola ham bosiladi va qoziq qoqib delyankalarga bo'linadi. Ekishga tayyorlangan daladan tuproqdagi dala nam sig'imi aniqlanadi.
No'xat SPCH-6 M markali syalkada 4-6 sm chuqurlikda qator oralig'ini 60 sm qilib ekiladi. Tajribada no'xatning Umid
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
navi sinaldi. Delyankaning maydoni 125 m.kv, shundan xisoblanadigan maydon 100 m.kv qilib olinadi. Takrorliklar soni 4 ta.
Olingan natijalar va ularning tahlili. No'xatning hosildorligiga sug'orishlar sonining ta'sirini o'rganish bo'yicha olingan ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, puch dukkar soni xam nazoratga nisbatan kamroq uchraydi xashoratlar bilan zararlanish nazorat va boshqa urganilgan varyantlar bo'yicha diarli farq sezilmadi. Urug' sonini 1000 ta dukkagining xisoblash shuni ko'rsatdiki nazoratga nisbatan ikkinchi birmarta sug'orilgan varyantda bu ko'rsatkich 9.0 ni uchunchi ikki marta sug'orilgan varyantda esa 14.8 va tortinchi varyantda uchmarta sug'orilgan varyantda 14.0 dona ko'p ekanligi aniqlandi.
Biz o'tgazgan tajribalardan malum boldiki sug'orishlar tufayli tuproq namligining ortib borishi no'xat o'simligi vegitatib va genirativ organlarning nisbati va bio massasining ortibborishiga ijobiy tasir qiladi, lekin mingta donning ogiirligiga salbiy tasir ko'rsatadi. Masalan, Umid navining 2021-yilda kontrol (sug'orilmagan)varyantida mingta urug'ining og'irligi 354.2 gr bo'lgan bo'lsa qolgan varyantlarda sug'orishlar sonining ortishi bilan bu ko'rsatgich 1.7 gr dan 7.2 gr gacha kamayganligi aniqlandi. Xuddi shunday qonuniyat 2021-yil va 2022-yillarda xam kuzatildi. O'rtacha ikki yillik ma'lumotga ko'ra nazoratga nisbatan birmarta sug'orilgan varyantda 7.9 uchmarta sug'orilgan varyantda esa 12.1gr kamaygan. Shunga o'xshash ma'lumotlar Umid navi ustida olibborilgan tajribalardan ham malum bo'ldi. Biroq tajribada shu narsa aniqlandiki har ikkala o'rganilgan yillarda sug'rish sonining ortibborishi don hosildorligiga ijobiy tasir qildi (1 - jadval).
1 - jadval
Sug'orish sonining no'xat hosildorligiga ta'siri
Varyantlar 1000 ta urug' og'irligi No'xatning hosildorligi s-ga
tartibi 2021 y 2022-y O'rtacha 2021-y 2022-y O'rtacha
Nazorat 354.2 344.0 349.1 10.5 8.3 9.4
suvsiz
Bir marta 352.5 344.0 348.25 14.6 12.3 13.45
sug'orib
Ikki marta 352.0 331.0 341.5 18.0 16.6 17.3
sug'orib
May 12-13
676
Samarkand branch of Tashkent State
Agrarian University
Theoretical and practical foundations of
introd^cing^mmt^gric^tt^reAn^Uzbeksta^
Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy
Uch marta 347.0 323.0 33.05 22.0 20.8 21.4
sug'orib
Xulosa. Xulosa qilib shuni aytish mumkunki, Samarqand viloyati Payariq tumani bo'z tuproqlar sharoitida no'xtning Umid navi sug'oriladigan yerlarda o'suv davrida uch marta sug'orish bilan har yili 20-22 s/ga yuqori va xosil olish mumkin ekan.
REFERENCES
1. Mustanov, S., & Shadiyev, M. (2022). NO 'XATNING NIGRITUM NAVINING EKISH USULLARIDA O 'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA'SIRI. Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya, 1(6), 227-229.
2. Shadiyev, M., & Mustanov, S. (2022). EKISH SXEMASINING NO 'XATNI NIGRITUM NAV NAMUNASINING HOSILDORLIGIGA TA'SIRI. Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot, 1(27), 194-196.
3. Хамдамов, И. Х., Ходжаева, Н. Ж., & Мустанов, С. Б. (2005). Разветие и уражайность сортов нута при различных весенних сроках посева. Fan chorrahalari. Ilmiy toplam. Samarqand, 123-137.
4. Ташпулатов, Й. Ш., & Шерназаров, Ш. Ш. (2019). Euglenophyta в среднем течение реки Зарафшан (Узбекистан). Биологический журнал, (3), 11-13.
5. Mahammadiyev, J. N. O. G. L., & O'G'Li, M. N. J. (2022). KAPSULLASH USULLARI VA ULARNING OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI SAQLASHDAGI AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, (Conference), 460-464.
6. Мустанов, С., & Умурзакова, У. (2019). Влияние схемы посадки на образование генеративных органов нута в условиях Узбекистана. In СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ, ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В РАЗВИТИИ АПК (pp. 174-177).
7. Хамдамов, И. Х., Шукуруллаев, П. Ш., & Мустанов, С. Б. (1991). СуFориладиган ерларда нухат етиштириш технологиясига оид амалий кулланма.
8. Shernazarov, S. S., & Tashpulatov, Y. S. (2020). Species Composition of Algae in the Food Tract of Common Silver Carp (Hypophtalmichthys molitrix vab.) in Growing Conditions.
May 12-13
677
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
9. Mustanov, S. B., Mustanova, Z. S., & AB, H. (2022, June). THE IMPORTANCE OF WATERING PEAS SEEDS. In Archive of Conferences (pp. 196-198).
10. Tashpulatov, Y. S., Nurniyozov, A. A., Kabulova, F. D., Umurzakova, Z. I., & Dustov, B. S. (2020). Taxonomic Analysis of the Hydrophilic Flora of the Samarkand Region (Uzbekistan).
11. Makhammadiev, J. (2020). Mikrokapsulasyonda emulsifiye damlaciklarin korunmasinda kullanilacak polimerlerin sentezi (Master's thesis, Fen Bilimleri Enstitusu).
May 12-13