UO'K: 504.3.054 - 10.5281/zenodo. 11183356
NEFT VA GAZ SANOATI KORXONALARI CHIQINDILARI TAHLILI
Uzakov Zafar Zoirovich Jumayeva Muyassar Dustmuratovna
Biologiya fanlari falsafa doktori, dotsent, Qarshi muhandislik- "Atrof muhit muhofazasi" mutaxassisligi 2-kurs magistratura
iqtisodiyot instituti, Qarshi, O 'zbekiston talabasi, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi,
E-mail: uzakov.zafar@mail. ru O 'zbekiston
Annotatsiya. Maqolada neft va gaz sanoati faoliyati davomida hosil bo'ladigan ifloslantiruvchi moddalar tarkibi va miqdori muhokama qilingan. Neft sanoatining atrof-muhitga ta 'siri xom ashyoni qazib olish va birlamchi qayta ishlashdanyakuniy mahsulotni ishlatish va chiqindilarni utilizatsiya qilishgacha bo 'lgan butun texnologik zanjirni qamrab oladi. Statsionar manbalar tomonidan chiqindilarning hosil bo 'lishi, tozalash uskunalarida gazlarning ushlab qolinishi hamda atmosferaga chiqarib yuborilgan miqdorlari tahlili keltirilgan.
Kalit so'zlar: Atrof-muhit, atmosfera, uglevodorod, ko'mir, neft, gaz, chiqindi, ifloslantiruvchi moddalar, oltingugurt va vodorod sulfid, sulfat angidridi, uglerod oksidi, azot dioksidi, azot oksidi, formaldegid.
АНАЛИЗ ВЫБРОСОВ ПРЕДПРИЯТИЙ НЕФТЕГАЗОВОЙ ОТРАСЛИ
Узаков Зафар Зоирович Жумаева Муяссар Дустмуратовна
Студентка 2-го курса магистратуры по специальности
Доктор философии биологических наук, доцент, Каршинский
«Охрана окружающей среды». Каршинский инженерно-
инженерно-экономический институт, Карши, Узбекистан
экономический институт, Карши, Узбекистан
Аннотация. В статье рассмотрен состав и количество загрязняющих веществ, образующихся в процессе нефтегазовой промышленности. Воздействие нефтяной промышленности на окружающую среду охватывает всю технологическую цепочку: от добычи сырья и первичной переработки до использования конечного продукта и утилизации отходов. Представлен анализ образования отходов стационарными источниками, удержания газов в очистном оборудовании и количества выбросов в атмосферу.
Ключевые слова: Окружающая среда, атмосфера, углеводороды, уголь, нефть, газ, отходы, загрязняющие вещества, сера и сероводород, серный ангидрид, окись углерода, диоксид азота, оксид азота, формальдегид.
ANALYSIS OF EMISSIONS FROM OIL AND GAS INDUSTRY
ENTERPRISES
Uzakov Zafar Zoirovich Jumaeva Muyassar Dustmuratovna
2nd year master's student in the specialty "Environmental Doctor of Philosophy in Biological Sciences, Associate Professor, ,
Protection , Karshi Engineering and Economic Institute, Karshi,
Karshi Engineering-Economics Institute, Karshi, Uzbekistan
Uzbekistan
Abstract. The article examines the composition and quantity of pollutants generated during the oil and gas industry. The impact of the oil industry on the environment covers the entire technological chain: from the extraction of raw materials and primary processing to the use of the final product and waste disposal. An analysis of waste generation from stationary sources, gas retention in treatment equipment and the amount of emissions into the atmosphere is presented.
Keywords: Environment, atmosphere, hydrocarbons, coal, oil, gas, waste, pollutants, sulfur and hydrogen sulfide, sulfuric anhydride, carbon monoxide, nitrogen dioxide, nitric oxide, formaldehyde.
Kirish. Atmosfera butun biogeotsenoz va aynan ekotopning asosiy omilidan biri bo'lib hisoblanadi. Atmosfera havosini tarkibini o'zgarishi insonning xo'jalik faoli-yatiga holatiga bog'liq bo'lib qolmoqda. Toza havo o'simliklar va hayvonot dunyosi uchun zarur, hattoki ayrim o'tkazgich, aniq o'lchaydigan uskunalar, yangi texnika va texnologiya ham toza havoni talab qiladi. Ifloslangan atmosfera barcha xalq xo'jalik tarmoqlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Sanoat korxonalaridan atrof-muhitga chiqarilayot-gan turli kimyoviy birikmalar, zaharli gazlar va changlar atmosferada ro'y beradigan turli meteorologik jarayonlar tufayli muayyan hududlarda ifloslanish ko'rsatkichini orti-shiga sabab bo'ladi. Chunki kuchli tumanli, bulutli kunlar, harorat inversiyalari kuzatila-yotganda bu korxonalarning to'liq quvvat bilan ishlashlari atrof - muhitning iflos-lanishi bir necha marotaba ortishiga sabab bo'ladi.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy omillar sanoat korxonalari, zavod va fabrikalar, avtotransport vositalari bilan bog'liqdir. Shuningdek, po'lat erituvchi pechlar, domna o'choqlari, koks-kimyo sohasi, azotli o'g'itlar beruvchi zavodlar, ko'mir va rangli metall konlari, temir yo'l
transporti vositalari ham atmosferaga uzluksiz zaharli moddalar tashlaydi. Eng ko'p zararli moddalarni havoga tashlaydigan yana bir soha neft-gaz sanoati hisoblanadi. U yiliga 225 ming tonna is gazini havoga chiqaradi, bir kecha-kunduzda 600 tonnadan ziyod moddani atmosferaga tashlaydi. Neft-gazni qayta ishlayotganda uglevodorodlar, sulfat angidrid, azot va karbonat angidridi, aldegit, ammiak zarralari atmosferani zahar-laydi. Bu sohaga sintetik kauchuk ishlab chiqarish ham kiradi, bu tarmoq havoga yengil uchuvchan va erituvchi moddalar tashlaydi. Neft zavodidan 25 kilometr maso-fada ham is gazi zarralari uchraydi [1].
Insonning tabiatga ta'siri shu qadap kuchayib ketdiki, katta hududlar landshafti hamda ekologik sharoiti o'zgarmoqda. Ay-niqsa, atmosferani ifloslanishi va uni optimallashtirish aniq yechimi topilma-yotgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Adabiyot tahlili va usullari. Inson atrof-muhitining ifloslanishi muammosi bir necha asrlarga borib taqaladi. Sanoat rivoj-lanishiga qadar atrof-muhitning ifloslanishi cheklangan edi, sanoat ishlab chiqarishi va shahar aholisining o'sishi tufayli vaziyat keskin o'zgardi. Atrof-muhitni ifloslan-tiruvchi manbalar orasida qazib olinadigan
uglevodorodlar birinchi o'rinda turadi: ko'mir, neft, gaz. Ular yonib ketganda, katta miqdordagi chiqindilar hosil bo'ladi [2].
Quvurlar atrof-muhit uchun katta xavf tug'diradi. Neft, gaz, kondensat, chiqindi suv, metanol va boshqa ifloslantiruvchi moddalarning dengizlar, daryolar va kanal-larning tashish yo'llari ostida joylashgan quvurlari bo'ylab oqishi, ular yuvilish, ko'chkilar, langarning sudralishi, chuqur-lash va boshqalar natijasida mexanik shikastlanishga eng moyil bo'ladi. Ko'pin-cha ularning namoyon bo'lishi boshlan-ganidan keyin 12 soat yoki undan ko'proq vaqt o'tgach aniqlanadi. Ifloslantiruvchi moddalarning xavfli oqib chiqishi ba'zan uzoq vaqt davomida sezilmay qoladi va barcha ekologik ahamiyatga ega atrof-muhit obyektlariga katta zarar yetkazadi [3].
Hozirgi vaqtda neft va neft mahsulot-llarning 1,0 dan 16,5% gacha qazib olish jarayonida uni qayta ishlash yo'qoladi, tayyorlash, qayta ishlash va tashish. Iflos-lantiruvchi moddalarning 65% atmosferaga, 20% suvga, 15% esa tuproqqa kiradi. Havodagi neft organik moddalarining qariyb yarmi ishlab chiqarish maydonlarida joy-lashadi va tuproq va suv orqali tabiiy muhitga ta'sir qiladi [4].
Havoning ifloslanishi inson salomatligi uchun eng jiddiy ekologik tahdidlardan biridir. Havoning ifloslanishini kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rish orqali mam-lakatlar insult, yurak kasalliklari, o'pka saratoni va surunkali yoki o'tkir respirator kasalliklar, jumladan, astma kabi kasallik-larning yukini kamaytirishi mumkin. 2019-yilda dunyo aholisining 99 foizi havoning ifloslanish darajasi JSST havo sifati ko'rsatmalaridan oshib ketgan hududlarda yashagan [5].
Har yili dunyo bo'ylab 4 milliard ton-
nadan ortiq xom neft qazib olinsa, neftni qazib olish, saqlash, tashish va qayta ishlash jarayonida 50 million tonnaga yaqin neft va neft mahsulotlari yer ostiga tushib, katta yer maydonlarining, shuningdek dengiz va okean hududlarining floslanishiga olib ke-ladi. Qoida tariqasida, neft ishlab chiqarish-ning texnologik jarayonlarini amalga oshi-rishda, asosiy atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar quyidagilar: neft va neft mahsulotlari, oltingugurt va vodorod sulfidi bo'l-gan gazlar, minerallashgan qatlamlar va neft konlari va quduqlarni burg'ulashning oqova suvlari, burg'ulash loylari, neft qazib olish jarayonlarini faollashtirish uchun ishlatila-digan kimyoviy reagentlar [6].
Rossiya Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, har yili neft-gaz kompleksi korxonalari faoliyati natijasida 200 dan 500 ming tonnagacha neft loylari hosil bo'ladi. Bu barcha sanoat tarmoq-laridan hosil bo'ladigan zaharli chiqindilar umumiy hajmining o'rtacha 0,3-0,5% ni tashkil qiladi. Ulardan neft ishlab chiqarish chiqindilari ishlatiladi yoki zararsizlan-tiriladi - 3%. Neft ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun bu ko'rsatkich barcha sanoat tarmoqlari orasida eng past ko'r-satkichdir [7].
Neft konlarida havoning xavfli iflos-lantiruvchisi birinchi navbatda mash'alada yoqilgan, tasodifan chiqarilgan gaz bo'lib qolmoqda. Biroq, yaqinda uning qo'llani-lishi sezilarli darajada oshdi va hozir 8090% ga yetadi. Gaz havoda yondirilganda uzoq vaqt tarqalmaydigan zararli kimyoviy moddalar hosil bo'ladi: karbonat angidrid, azot oksidi va uglerod oksidi. Vodorod sulfidi bo'lgan gazning yonishi natijasida havoda zaharli birikmalar to'planadi, ular yomg'ir bilan yog'ib, tabiiy muhitni zahar-laydi. Faqat neft qazib olinadigan barcha
1-jadval
Statsionar manbalardan atmosferaga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar, ularni
tozalash va utilizatsiya qilish
Ifloslantiruvchi moddalar Satr Ifloslantiruvchi Hosil bo'lgan ifloslantiruv- Tozalash inshootlariga tushgan ifloslantiruvchi moddalar jami Ulardan, ushlab qolingani va zararsizlantiril-gani Atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruv-
xos raqami kodi moddalar chi moddalar miqdori Jami Ulardan utilizatsiya qilingani chi moddalar, tonna/yil
0001 101 Jami-(101=102+103) 14390,9542 14390,9542
0002 102 Shu jumladan: qattiq holdagi 28,2439 28,2439
x x Shu jumladan x x x x x
0143 1401 Marganets va uning birikmalari 0,0032 0,0032
0323 1402 Kremniy dioksid 0,0090 0,0090
0328 1403 Qurum 28,0723 28,0723
2927 1404 Chang namunasi 0,0058 0,0058
0123 1405 Temir oksidi 0,0691 0,0691
0343 1406 Ftor birikmalari 0,0090 0,0090
2932 1407 Yog'och changi 0,0755 0,0755
Gazsimon va
0004 103 suyuq (103=104+105+ 14362,7103 x x x 14362,7103
106+107+108+1
09+110)
0330 104 Shu jumladan: sulfat angidridi 201,8099 201,8099
0337 105 uglerod oksidi 7720,0655 7720,0655
0301 106 azot dioksidi 1054,9375 1054,9375
0304 107 azot oksidi 299,4592 299,4592
0401 108 Uglevodorod-lar (UOB siz) 5083,144 5083,144
x x Shu jumladan:
0410 Metan 63,5638 63,5638
6666 boshqalar 5019,5802 5019,5802
Uchuvchan
organik birikmalar 0,0153 0,0153
(UOB)
x x shu jumladan: x x x x x
1325 Formaldegid 0,0148 0,0148
0402 Butan 0,0005 0,0005
Boshqa
0005 110 gazsimon va suyuq moddalar 3,2789 3,2789
x x shu jumladan: x x x x x
0333 Vodorod sulfid 3,2724 3,2724
Vodorod
0342 ftorid (водород фтористый) 0,0065 0,0065
giyasini qo'llash orqali olovda yondirilgan qo'shma gazning zararli ta'sirini oldini olish mumkin [8].
Natijalar va muhokama. Qashqadaryo viloyatida mavjud bo'lgan Tabiat resurslari boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan korxonalar soni 6800 ta bo'lib, shundan atrof-muhitga ta'sir ko'rsa-tuvchi 1-toifadagi obyektlar 17 tani, atrof-muhitga ta'sir ko'rsatuvchi 2-toifadagi obyektlar 221 tani, 3-toifadagi obyektlar 1797 tani, 4-toifadagi obyektlar 4765 tani tashkil etadi. Shundan, atmosfera havosiga zararli moddalar tashlovchi korxona va tashkilotlar soni 558 ta bo'lib, shundan 1-toifadagi obyektlar soni 17 tani, 2-toifadagi obyektlar soni 62 tani, 3-toifadagi obyektlar soni 467 tani, 4-toifadagi obyektlar soni 12 tani tashkil etadi [9].
Tahlillar Muborak tumani hududida joylashgan yirik sanoat korxonalari Muborak neft va gaz qazib chiqarish bosh-qarmasi hamda Muborak gazni qayta ishlash zavodi misolida 2023-yilgi statistik hiso-botlar asosida ko'rib o'tildi.
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi manbalaridan atmosferaga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar jami, 14390,9542 t/yil, shundan qattiq hol-dagi 28,2439 t/yil, gaz va suyuq holatdagisi 14,3627103 t/yilni tashkil qilgan.
Ifloslantiruvchi moddalar: sulfat angid-ridi 201,8099 t/yil (1,41 %), uglerod oksidi 7720,0655 t/yil (53,75 %), azot dioksidi 1054,9375 t/yil (7,34 %), azot oksidi 299,4592 t/yil (2,08 %), uglevodorodlar (UOB siz) 5083,244 t/yil (35,39 %), uchuvchan organik birikmalar (UOB) 0,0153 t/yil, jumladan formaldegid 0,0148 t/yil, butan 0,0005 t/yil, boshqa gazsimon va suyuq moddalar 3,2789 t/yil jumladan, vodorod sulfidi 3,2724 t/yil, vodorod ftorid
0,0065 t/yilni tashkil etgan (1-jadval). Tahlillarda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi manbalaridan atmos-feraga tashlanayotgan ifloslantiruvchi mod-dalar orasida uglerod oksidi va uglevo-dorodlar (UOB siz) larning ulushi yuqori ekanligi ko'rib o'tildi.
CO (uglerod oksidi) yer yuzida ener-giyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluv-chi, tabiatda eng ko'p tarqalgan zaharlovchi gazlardan biridir. Qazib olinadigan yoqil-g'ilarning to'liq yonmasligi is gazining bosh manbai hisoblanadi. U asosan ko'mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg'ilarning to'liq yonmasligi sabab yuzaga keladi. Nafas oli-nuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining bo'lishi o'lim holatiga olib kelishi mumkin. Is gazi organizmga tushganda u qon tar-kibidagi gemoglabin va kislorod tashuvchi eritrotsitlarni o'zaro bog'lab, kislorodning tana bo'ylab harakatlanishini cheklaydi. Natijada inson hushini yo'qotadi [10].
Muborak gazni qayta ishlash zavodi manbalaridan atmosferaga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar jami, 89102,836 t/yil, shundan qattiq holdagi 228,4171 t/yil, gaz va suyuq holatdagisi 88874,4189 t/yilni tashkil qilgan.
Ifloslantiruvchi moddalar: sulfat an-gidridi 84067 t/yil (94,6 %), shundan ushlab qolingani va zarasizlantirilgani 12771 t/yil, atmosferaga chiqarib yuborilgan qismi 71296 t/yil, uglerod oksidi 4071,0812 t/yil (4,6%), azot dioksidi 469,0199 t/yil (0,5%), azot oksidi 113,0049 t/yil (0,12 %), uglevodorodlar (UOB siz) 154,3071 t/yil (0,17 %), uchuvchan organik birikmalar (UOB) 0,0050 t/yil, jumladan formaldegid 0,0049 t/yil, butan 0,0001 t/yil, boshqa gazsimon va suyuq moddalar 0,0008 t/yil jumladan, ozon 0,0007 t/yil, vodorod ftorid 0,0001 t/yilni tashkil etgan (2-jadval).
2-jadval
Statsionar manbalardan atmosferaga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar, ularni
tozalash va utilizatsiya qilish
Ifloslantiruv- Satr Ifloslantiruvchi Hosil bo'lgan Tozalash Ulardan, ushlab Atmosferaga
chi moddalar kodi moddalar ifloslantiruvchi inshootlariga qolingani va chiqarilgan
xos raqami moddalar miqdori tushgan ifloslantiruvchi moddalar jami zararsizlantirilgani ifloslantiruvchi moddalar, tonna/yil
Jami Ulardan utilizatsiya qilingani
0001 101 Jami-(101=102+103) 89102,836 14190 12771 12771 76331,836
0002 102 Shu jumladan: qattiq holdagi 228,4171 0,0000 0,0000 0,0000 228,4171
x x Shu jumladan x x x x x
0123 1401 Temir oksidi 0,0163 0,0163
0143 1402 Marganets dioksid 0,0008 0,0008
0146 1403 Mis oksidi 0,0086 0,0086
0164 1404 Nikel oksidi 0,0050 0,0050
0207 1405 Rux oksidi 0,0030 0,0030
0323 1406 Kremniy dioksid 0,0001 0,0001
0328 1407 Qurum 223,0944 223,0944
0331 1408 Sera elementar 5,2424 5,2424
0344 1409 Ftor birikmalari 0,0001 0,0001
2927 1410 Arra abraziv (metal changi) 0,0464 0,0464
0004 103 Gazsimon va
suyuq 88874,4189 14190 12771 12771 76103,4189
(103=104+105
+106+107+10
8+109+110)
0330 104 Shu jumladan: sulfat angidridi 84067 14190 12771 12771 71296
0337 105 Uglerod oksidi 4071,0812 4071,0812
0301 106 Azot dioksidi 469,0199 469,0199
0304 107 Azot oksidi 113,0049 113,0049
0401 108 uglevodorod-lar 154,3071 0,0000 0,0000 0,0000 154,3071
x x Shu jumladan: x x x x x
0410 1501 Metan 63,2546 63,2546
2704 1502 Benzin 0,0514 0,0514
6666 1503 Boshqalar 91,0011 91,0011
0006 109 Uchuvchan organik birikmalar (UOB) 0,0050 0,0000 0,000 0,0000 0,0050
x x Shu jumladan: x x x x x
0402 1601 Butan 0,0001 0,0001
1325 1602 Formaldegid 0,0049 0,0049
0005 110 Boshqa gazsimon va suyuq moddalar: 0,0008 0,0008
X x Shu jumladan: x x x x x
0326 1702 Ozon 0,0007 0,0007
0342 1703 Ftor vodorod 0,0001 0,0001
balaridan atmosferaga tashlanayotgan iflos-lantiruvchi moddalar tahlilida 94,6 % sulfat angidridi hissasiga to'g'ri kelganligi aniq-landi.
Sulfat angidridi yuqori dozalarda juda zaharli hisoblanadi. Oltingugurt dioksidi bilan zaharlanish belgilari orasida burun oqishi, yo'tal, ovozning xirillashi, og'ir tomoq og'rig'i va o'ziga xos ta'm mavjud. Oltingugurt dioksidining yuqori konsen-tratsiyasini nafas yo'li orqali qabul qilish bo'g'ilishga olib kelishi mumkin, nutqning buzilishi, yutish qiyinligi, qusish va o'tkir o'pka shishi hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin. Qisqa vaqt davomida nafas olgan-da, u kuchli tirnash xususiyati beruvchi ta'sirga ega bo'lib, yo'tal va tomoq og'ri-g'iga sabab bo'ladi [11].
Xulosa. Sanoat korxonalarini ko'pay-tirishning eng katta afzalliklaridan biri bu iqtisodiyotdagi o'sishdir. Boshqa tomondan,
tanganing ikkinchi va og'riqli tomoni ham bor. Sanoat korxonalarining tez o'sishidan eng katta tashvish - bu ularning atrof-muhitga salbiy ta'siri. Sanoat faoliyati havo ifloslanishiga, daraxtlarning kesilishiga va tabiiy resurslarning kamayib ketishiga sabab bo'lmoqda. Bu ekotizimlarga, suv man-balariga va havo sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi bilan birga ba'zi hollarda sanoat korxonalari ham issiqxona gazlarini chiqa-rish yoki turli chang-gaz tozalash uskuna-larini o'rnatmaslik, o'rnatgan taqdirda, ta-labga javob bermasligi orqali iqlim o'zga-rishiga hamda atmosfera havosi tozaligiga salbiy ta'sir qilmoqda. Ushbu muammolarni oldini olishda bosqichma-bosqich o'tish orqali kamchiqitli texnologiyalarning qo'llani-lishi hamda turg'un tashlama manbalariga o'rnatilgan chang-gaz tozalash uskuna-larining doimiy modernizatsiya qilinib, yangilanib borish maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Муратова С.К.; Кенжегалиева Ж.М.; Музаппарова А.Б. Загрязнение атмосферы нефтегазовыми выбросами/AWORLD SCIENCE No3(3), Vol.1, November 2015. C. 6-8.
2. Кутжанова А. Н., Колесников А. С., Аликулов А. С. Источники загрязнения окружающей природной среды в нефтегазовой промышленности //European Student Scientific Journal. - 2013. - №. 2.
3. Васильев С.И., Лапушова Л.А. Экологические аспекты деятельности нефтегазовой отрасли // Журнал СФУ. Техника и технологии. 2016. №8.
4. Валерий Иванович Елинский, Руслан Маратович Ахмедов, & Юлия Александровна Иванова (2020). ПРОБЛЕМА ЗАГРЯЗНЕНИЯ ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ ПРИ НЕФТЕДОБЫЧЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ. Вестник Московского университета МВД России, (7), 118-122. doi: 10.24411/2073-0454-2020-10397
5. Селуянов А.А. ПРОБЛЕМЫ ПРИРОДОПОЛЬЗОВАНИЯ ПРИ ДОБЫЧЕ НЕФТИ // Международный журнал экспериментального образования. - 2010. -
№ 5. - С. 74-75.
6. Лешкович Н.М., Арнбрехт А.Э., Викулов Г.Е. Воздействие нефтегазового комплекса на окружающую среду. Булатовские чтения материалы IV Международной научно-практической конференции//Химическая технология и экология в нефтяной и газовой промышленности. ТОМ 5. 31 марта 2020 г.
7. Uzakov Z. Z., Jumayeva M. D. SANOAT KORXONALARINING ATROF-MUHITGA TA'SIRINI BAHOLASH (QASHQADARYO VILOYATI MISOLIDA) //Евразийский журнал медицинских и естественных наук. - 2023. - Т. 3. - №2. 7. - С. 67-69.
8. Р.А. Бабаянц Сернистый газ в городском воздухе // Гигиена и санитария. 1940. №9. URL: https://cyberleninka.rU/article/n/sernistyy-gaz-v-gorodskom-vozduhe (дата обращения: 09.05.2024).
9. http://qashqadaryogz.uz/read/sanoat-korkhonalarining-atrof-mu-itga-ta-siri
10. https://www.who.int/ru/news-room/fact-sheets/detail/ambient-(outdoor)-air-quality-and-health
11. https://kun.uz/05409587?q=%2Fuz%2F05409587