Husanov Z. I.
Navoiy davlat universiteti talabasi
NARPAY TUMANI GEOGRAFIYASI VA TARIXI
Annotatsiya: Narpay tumani va uning shakllanish bosqichlari hamda geografiyasi haqida ma'lumot berilgan. Shu bilan birga tumanning tabiati, xojaligi va aholisi haqida tushunchalar mavjud. Shuningdek tuman tarixi va geografiyasi uyg 'unlashgan.
Kalit so'zlar: hudud, geografiya, tarix, Sug'd, shahar aholi manzilgohi, qishloq aholi manzilgohi.
Husanov Z.I.
Student of Navoi State University
GEOGRAPHY AND HISTORY OF NARPAY DISTRICT
Abstract: Information is given about Narpay district and its formation stages and geography. At the same time, there are concepts about the nature, economy and population of the district. Also, the history and geography of the district are combined.
Key words: territory, geography, history, Sugd, urban settlement, rural settlement.
Narpay tumani Samarqand viloyatining asosiy qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan hududi bo'lib, uning maydoni 0,44 ming/km2 hisoblanadi. Tuman 1974-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. U viloyatning janubida joylashgan bo'lib, sharq va g'arbdan Kattaqo'rg'on va Paxtachi tumanlari, shimolda Navoiy viloyatining Xatirchi tumani, janubdan Nurobot tumani va Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Tumanda 2023-yil ma'lumotiga ko'ra 5372ming kishi istiqomat qiladi. Hududda 1ta shahar (Oqtosh), 2 ta shaharcha (Mirbozor, Islom Shoir) va 9 ta mahalla fuqarolar yig'ini (Olti o'g'il, Yangirabot, Yangiqo'rg'on, Qadim, Qorako'l, Qorasiyroq, Xo'jakarson, Kosongoron va Guliston) mavjud.
Tuman tarixiga nazar solinganda, uning shakllanishi ilk o'rta asrlarga borib taqaladi. Keyinchalik esa arablar bosqini sababli hudud haqidagi ma'lumotlar yo'qolgan. Dastlab Narpay hududi Fay deb atalgan bo'lib, arablar bosqinidan keyin Fay hukumdori Farzanj o'zining yaqinlari bilan hozirgi Sug'd yerlariga o'tgan. Bu ma'lumotlar hozirga qadar Sug'd yozma manbalarida keltirilgan. Xonliklar davrida Buxoro amirligi tarkibida bo'lib, amirlik tugatilgach Kattaqo'rg'on bekligiga qo'shilgan. Keyinchalik esa Zirabuloq pasyo'lkasi deb atalgan. Undan keyin Oqtosh qishlog'i tashkil topgan. Qishloq kengayib Oqtosh shaharchasi shakilangan.
мЭкономнка h соцнумм №11(126)-1 2024
www.iupr.ru
177
Narpay tumani Buyuk ipak yo'lining chorrahasida joylashgan bo'lib, aholining zieh joylashuviga sabab bo'lgan. Narpay so'zi "naxr" arabcha daryo, ariq, kanal "Pay" so'zi esa forscha tugash joyi ya'ni daryoning tugash joyi ma'nolarini anglatadi.
Narpay - Samarqand viloyatidagi qishloq, tuman nomi. Narpay tumanidan shu nomdagi kanal oqib o'tgan, ushbu kanal Zarafshon daryosi tarmog'i hisoblangan Qoradaryodan boshlanadi. Narpay kanali Zarafshon vodiysidagi qadimgi yirik kanalardan biri sanaladi. Qoradaryo Zarafshon tarmog'idan to'g'onsiz suv olib, suv o'tkazish imkoniyati 70 m3, sug'orish maydoni 42,2 ming ga, o'rtacha chuqurligi 1-2 metr hisoblanadi. Kanal trassasi daryoga parallel holda Zarafshon tizmasining g'arbiy tarmoqlari bo'ylab o'tgan bo'lib, 370 ta shaxobchasi mavjud. 1950-yildan boshlab Narpay kanali Kattaqo'rg'on suv omboriga ulangan. Mirbozor qadimgi karvon yo'lidagi manzil hisoblanib, tumanda mahalla fuqorolar yig'inlari soni 57 ta shundan shahar mahallalari soni 16 ta, qishloq aholi punktlari esa 133 tani tashkil etadi.
Narpay tumani yer yuzasi asosan uchlamchi davrda cho'kindi jinslardan tashkil topgan. Bu yer neogen davrigacha dengizdan iborat bo'lgan. Neogen davridagi alp tog' organik jarayoni ta'sirida vodiy quruqlikka aylangan, iqlimi keskin kontintal, yozi jazirama issiq va quruq qishi sovuq. Yillik o'rtacha harorat yanvarda -1,90C, yozda o'rtacha 27,20C, eng yuqori harorat 400C, vegetatsiya davri 200 kun, yillik yog'in miqdori 200 mm yog'inlar asosan bahor va qishda kuzatiladi. Tuproqlari sug'oriladigan bo'z tuproq ba'zi joylarda sho'rlangan tuproqlar, tog' etagida och bo'z tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi o'simliklardan pashmak sho'ra, oq sho'ra, bug'doyiq, kampir soch, yulg'in o'sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo'ri, tulki quyon, chiya bo'ri, jayron va boshqalar uchraydi. Tuman hududining janubiy g'arbida Qarnob cho'li markaziy qismi va shimoliy sharqda Ziyovuddin-Zirabuloq tog'lari, tog' oralig'idagi soylik va botiqdan iborat.
Aholisi haqidagi ma'lumotlar qadimdan shakllangan bo'lib, qabila, urug', elat shaklida takomillashgan. Hududda asosan o'zbeklar, qozoq, rus, tatar va boshqa millat vakilari istiqomat qiladi. Narpay tumani asosan qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan bo'lib, unda paxtachilik, chorvachilik, ipakchilik, sabzavotchilik tarmoqlari rivojlangan. Narpay tumanida 5364 ta fermer xo'jaligi mavjud bo'lib, ular "Zirabuloq paxta" "Oqtoshdon" "Zirabuloq" tajriba sinov zavodlari, 10 dan ortiq qishloq qurilish kanbinatlari tashkil topgan. Zirabuloq magistiral gaz yo'llaridan foydalanish boshqarmasi mavjud. Oqtosh va Mirbozor dehqon bozorlari savdo madaniy va mayishiy xizmat ko'rsatadigan shaxobchalar shakllantirilgan.
Tumanda umumiy ekin maydoni 21 962,0 gektar bo'lib, shu jumladan sug'oriladigan yer maydoni 20 640 gektardan iborat. Umumiy ekin maydonidan 1322 gektar lalmikor yerlar, 802 gektar bog'lar 779 gektar tokzorlar, 515 gektar tutzorlarlarga ajratilgan.
Hudud lagistik ahamiyatga ega bo'lgan maskan bo'lib, undan magistral avtomabil yo'li hamda temir yo'l o'tgan. Zirabuloq temir yo'l stansiyasining
qurilishi hududda aholi maskanlarining ijtimoiy infrastrukrurasiga o'z ta'sirini ko'rsatgan.
Narpay tumani ijtimoiy sohalarda ham o'ziga xos geografik o'ringa ega. Unda Samarqand Chet tililar instituti Narpay filiali, maishiy xizmat va kasb-hunar maktablari hamda umumiy o'rta ta'lim maktablari soni 71 tani tashkil etadi. Tuman hududida markaziy kasalxona, 3 ta poliklinika va 15 ta qishloq vrachlik punkiti, 2 ta qishloq xo'jalik amblatoryasi, tibbiy yordam ko'satish markazlari faoliyat ko'rsatadi.
Narpay tumanida "Navqiron Narpayim" hamda "Nigoh" nomli gazetalar nashriyoti faoliyat yuritadi. Ushbu gazetalar 1932-yildan boshlab faoliyat yurita boshlagan. Tumanda Ko'k ota nomiga erishgan Hazrat Abu Qosim Shayx ibn Sayid Ahad an Nasafiyga atab qurilgan masjid mavjud. Narpay ahli bu masjidni hurmat va ehtirom ila "Ko'k ota" yoki "Avliyo ota" deb ulug'laydi, "Ko'k ota" qabristonining umumiy maydoni 18 gektar tashkil etadi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Narpay tumani tabiiy sharoiti o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, aholisining shakllanishi va rivojlanishiga ushbu muhit tabiiy omil sifatida ta'sir qilgan. Uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga esa lagistik ahamiyatga egaligi bilan asoslanbadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.:-2005
2. Narpay sohillarida risolasi. Narpay hokimligi nashriyoti. B-128.
3. O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Samarqand Amir Temur davri
monumental inshootlari. T.: 2023. B-338