Научная статья на тему 'NAQSHBANDIYA TARIQATI RIVOJIDA MAVLONO ORIF DEGGARONIYNING O‘RNI'

NAQSHBANDIYA TARIQATI RIVOJIDA MAVLONO ORIF DEGGARONIYNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Islom dini / Tasavvuf / Mavlono Orif Deggaroniy / Faxriddin al Voiz Koshifiy.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Quvonov Sardor Zokirovich

Movlono Orif Deggaroniyning tasavvuf ta’limotidagi g‘oyalarining O’rta Osiyoda keng tarqalishida o‘zining munosib hissalarini qo‘shgan sufiylardan biridir. Bahouddin Naqshbandning Naqshbandiya ta’limotining keng yoyilishida va bu ta’limotning asoslari yaratilishida, Bahouddin Naqshbandning ma’naviypiri, do‘sti sifatida Orif Deggaronining ham munosibi o‘rnini bor. Mavlono Orif Deggaronining boy madaniy merosi va tasavvuf ta’limotining g‘oyalari bugungi yoshlar ongida ma’naviy tarbiyasifatlarini jonlantirish zarurati har qachongidan ham zarurroqdir. Mavlono Orif Deggaronining shaxsiy sifatlaridan, ul zot tavliyolik darajasini uchtaxislatlar kamolotida ko‘radi. Baland darajaga yetganda ham kamtarlik qilmoq, qudrat va sabr toqatini yetguncha parhezkorlik qilmoq. Toqichiy etganda, aqidani sof qilmoqlikdir. Movlono Orif Deggaronining hayot yo‘li va ustoz-shogirdlik silsilalari doirasida islom dinining ma’naviy qiyofasini dunyoga tanitishdagi xizmatlari ham kam emasdir. Chunki bu kabi tasavvuf namoyondalari targ‘ibotlari va hayot yo‘lida qilingan ishlari samarasi, islom dinini dunyoga “bosqinchidan” sifatida emas, nur sifatida qabul qilinishiga xizmat qildi. Bunday buyuk allomalarning ko‘pchiligini O’rta Osiyolik Mavlono Orif Deggaroniyning o‘qshagani ko‘plab tasavvuf sufiylari tashkil qilishi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAQSHBANDIYA TARIQATI RIVOJIDA MAVLONO ORIF DEGGARONIYNING O‘RNI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

NAQSHBANDIYA TARIQATI RIVOJIDA MAVLONO ORIF DEGGARONIYNING O'RNI

Quvonov Sardor Zokirovich

Tayanch doktaranti, Navoiy davlat pedagogika instituti. Navoiy sh., Ibn Sino ko'chasi 45 uy

(quvonov2017@mail.ru) https://doi.org/10.5281/zenodo.13302733 Annotatsiya: Movlono Orif Deggaroniy tasavvuf ta'limoti g'oyalarining O'rta Osiyoda keng targ'ib etilishida o'zining munosib hissalarini qo'shgan sufiylardandir. Bahouddin Naqshbandning Naqshbandiya ta'limotining keng yoyilishida va bu ta'limotning asoslari yaratilishida, Bahouddin Naqshbandning ma'naviy piri, do'sti sifatida Orif Deggaroniyning ham munosib o'rni bor. Mavlono Orif deggaroniyning boy madaniy merosi va tasavvuf ta'limotining g'oyalari bugungi yoshlar ongida ma'naviy tarbiya sifatlarini jonlantirish zarurati har qachongidan ham zaruroqdir. Mavlono Orif Deggaroniyning shaxsiy sifatlaridan, ul zot avliyolik darajasini uchta xislatlar kamolotida ko'radi. Baland darajaga yetganda ham kamtarlik qilmoq. Qudratu, sabur toqati yetgunicha parxezkorlik qilmoq. To kuchi yetguga qadar insof qilmoqlikdir. Movlono Orif Deggaroniyning hayot yo'li va u zotning ustoz-shogirdlik silsilalari doirasida islom dinining ma'naviy qiyofasini dunyoga tanitishdagi xizmatlari ham kam emasdir. Chunki bu kabi tasavvuf namoyondalari targ'ibotlari va hayot yo'li davomida qilingan ishlari samarasi, islom dinini dunyoga "bosqinchi din" sifatida emas, nur sifatida qabul qilinishiga xizmat qildi. Bunday buyuk allomalarning ko'pchiligini O'rta Osiyolik Mavlono Orif Degaroniyga uxshagan ko'plab tasavvuf sufiylari tashkil qilishligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar:Islom dini, Tasavvuf, Mavlono Orif Deggaroniy, Faxriddin al Voiz Koshifiy.

KIRISH

Islom dining O'rta Osiyo xalqlari hayotiga yorqin bir nur sifatida yaratganing inomi, marhamati, nemati bo'lgan desak adashmagan bo'lamiz. Garchi bu e'tiqodning qabulanishi uchun qancha ko'p qarshiliklar bo'lgan bo'lsada. Chunki o'rta asrlar Markaziy Osiyo tarixida islomgacha buddaviylik, xristianlik, nasroniylik, asosan otashparastlik dining keng yoyilganligi, insonlar ongining ko'p xudolik dinlari bilan bandlanganligi bizga tarixga oid ko'plab adabyotlardan ma'lum. Bu qarshiliklarning aksariyat asl yetakchilarining ham mudaolari nima ekanliklari ham ko'pchilik tarixchilarimiz tomonidan ham ayni dam bir tuxtamga kelinganlari yo'q. (Misol uchun Muqanna). O'rta Osiyolik asosan arablar nomlagan (Amudaryoning) daryoning narigi tomoni hisoblangan Movaraunnahrda arablarga qarsha qanchadan-qancha qonlar tukilgan. Islomni qabul qilmagan aholiga turli ijtimoiy-siyosiy bosimlar o'tkazilib, islomni qabul qilganlarga esa imtiyozlarning berilganligi hammamizga ayon. Bizga ma'lumki din e'tiqod masalalari shaklan qabul ifodasi bilan u yoki bu dinga mansubligini ifodalamaydi. Uni qalban qabul qilishi va fitratan taslim bo'lganligi bilan diniy mansubligiga qarab insoning chin e'tiqodi haqida xulosa qilinadi. Islom dini yosh din bo'lsada bizning ulkalarimizda qaror topdi, taraqiy etdi. Musulmon dunyosida "O'rta Osiyo islom madaniyatining beshigi" degan ibora uchraydi. Nima uchun?. Islom dini arab sahrolarida vujudga kelgan bo'lsada uning yuksalishi, uning taraqiy etishi hamda yuksak darajada dunyoga targ'iboti Markazi Osiyodan turib amalga oshirildi. Bu ishlarni misol uchun Imom al-Buxoriy o'zing sahih hadislari bilan, Tasavvufning chin sufiylari Ahmad Yassaviy (1093-1166), Bahouddin Naqshband (13181389), Najmiddin Kubroviylar (1145-1221) o'zlarining tasavvuf tariqatlari bilan islomning haqiqiy ma'naviy

navqiron, yetuk bir darajasiga yetkazib berdi. Soddaroq qilib tushintiradigan bo'lsak arablarning O'rta Osiyoga islom dinini olib kirgan dastlabki VII-XII asrgacha bo'lgan davr mobaynida yerlik tub aholining islomlashishi osongina yuz bergan hodisa emas. Bu dini mahalliy aholi ongiga integratsiyalashish jarayonida tasavvuf allomalari meroslari bu jarayoni transformatsiyalashda muhum vosita bo'lib xizmat qildi. Din va dunyo bilimlardan holi, balkim bularning ichidagi yurgan ko'pchilikda shunday goh ovoz chiqarib, yokida o'z-o'z bilan bo'lgan suhbatlarda shuday savollar to'g'iladi kishida. Ular bu ishni qanday udaladi?. "Bosqinch"dek ko'rilgan bu dini mintaqada (balkim dunyoda) madaniyat darajasiga ko'tarilishi qanday yuz berdi?. Bularning barchasi tasavvuf allomalarining say harakatlari mehnati samarasi bo'ldi. Xususan sharqshunos, islom, markaziy yevroosiyoshunoslik va diplomatiya fanlari olimi. Karimov Elyor Erkenovich ham bu kabi fikrlarni o' zining bir qator chiqishlarida ham takidlab o'tadi. Yani "Har qanday rasmiy masjid har qanday diniy tizimda qo'riqchilik, ba'zan hatto zo'ravon qo'riqchilik tabiatiga ega. "Namoz o'qimasangiz, - deydi sizga imom, - do'zaxga tushasiz. Ro'za tutmasangiz, do'zaxga tushasiz, shuning uchun islom qonunini buzmang". Tasavvufda, "Yo'q, buni qilishga majbur emassiz", deyiladi. Nega bu ishni qilishingizni tushunib olishingiz shart bo'ladi. Bu ishni ixtiyoriy, Allohga muhabbat bilan qilishingiz kerak. Agar masjid sizni va boshqa qavm a'zolarini qo'rqitib, "bu ishni qilmasang, yomon bo'ladi", deb aytsa, tasavvuf ustozlari, "Shu ishni qil, chunki sen Allohni sevasan", deydi." [Elyor Karimov, 2022:2] Bu kabi islomning ma'naviy qiyofasini tanitishga, uning asl mohiyatini ochib berishga sharq, xususan O'rta Osiyolik ko'plab tasavvuf sufiylarining targ'ibotlari sabab islom yanada yangi bir kuchga ega bo'ldi. Bu kabi sufiyona targ'ibotlar esa

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

keying davrlarda ko'plab qon tukilishlarni oldini olgan bo'lsa ham ajabmas.

Xususan Xoja Yusuf Xamadoniy komil-u makammal zot bo'lsada kamtarona hayot kechirganlar. U kishi maktab ochib bu maktablarda hayoti davomida darslari targ'ibotlari samarasi 8000 budparastni musulmon qilganligi aytiladi. [Xamidxon Islomiy, Mahmudxon Hasaniy, 2007: 22] Hamda bularning natijasi ularoq shogirdlari tayyorlaganligi, ular ham o'z navbatida ustozlaridan olgan bilimlarini hayoti davomida islom dinining keng yoyilishi va bu dining haqiqiy mohiyatini ochib berishda katta rol o'ynaganligga bugungi tarixi ma'lumotlar guvohlik berib turibdi. Shuningdek o'tgan asrning atoqli olimlaridan Evgeniy Edeardovich ham o'zining "Суфизим и Суфийская литература" risolasida "Tasavvufni adabiyotini o'rganmasdan turib, musulmon Sharq madaniyatiniy hayoti haqida tasavvurga ega bo'lish mumkin emas. Bu adabyotdan xabardor bo'lmasdan Sharqning o'zini ham anglash qiyin" [Бертелъс Е. 1995:54] deb eslanadi. Xuddi shunday sufiyon ma'naviy tarbiya ustozlardan insoni tushinish, o'zidan ko'ra o'zgalar tashvishlari muammolari bilan bandlangan, insonparvarlik g'oyalarining targ'ibotchisi sifatida tanilgan sohib karomat zotlardan biri O'rta Osiyo diyoridan Karman farzandlaridan Mavlono Orif Deggaroniy (1313-1375), Shayx Xudoydod Vali (1461-1532), Qosim Shayx Azizon (1500-1578)larni ham misol qilib aytish mumkin bo'ladi. Islom dining targ'iboti davomida bu dining ma'naviy qiyofasini yaratgan bunday buyuk zotlar nafaqat o'z zamonasiga balki kelajak avlod uchun ham buyuk bir meros qoldirganki, asrlarga tatigulik. Bu kabi islom ma'naviyatining darg'alariga butun dunyo qiziqish bildirib tadqiqotlar ustida o' rganayotganligi izlanishlar natijasiga ko'ra islomning ma'navi qiyofasini taniyotganligini, dunyodagi e'tiqodiy demografik o'zgarishlardan ham sezish mumkin bo'ladi. Tasavvufning mashhur tariqat asoschilaridan hisoblangan Bahouddin Naqshbandning (1318-1389) utozi Amir Sayid Kulolning topshirig'iga ko'ra Bahouddin Naqshbandga pirlik qilgan Mavlono Orif Deggaroniy hazratlari umrining asosiy qismini sufiy g'oyalarining targ'iboti bilan ma'naviy tarbiya borasida namuna bo'lib berdi. Mavlono Orif Deggaroniy (13131375) hozirgi Navoiy viloyati, Karmana tumani Deggaron qishlog'ida hozirgi Hazora hududida tavallud topadi. "Deggaron" so zi ikki qisimdan iborat bo'lib "Deg" qozon, "garon" og'ir, vazmin degan ma'nolarni anglashini olsak og'ir va vazmin qozon degan manolarni yani qozon yasovchi hunarmandlar istiqomat qilgan joy degan xulosaga kelinadi. Mavlono Orif Deggaroniyning tarjimai xoli xususida ishonchli manbalar qatorida Faxriddin Ali bin Husayn al Voiz Koshifiyning (14631532) "Rashohotu aynul hayot" asari ham bo'lib. Unda asosan tariqat peshvolari, avliyo va pirlarning hayoti haqida hikoya qilinadi. Mavlono Orif Deggaroniyning to'g'ilgan Buxoroning shimoli "Buyuk Ipak yo'li"ning bo'yidaligi hamda ushbu davr uchun sanoatlashgan muhum hudud sifatida ko'rish mumkin bo'ladi. Uning yoshlik yillari Bohauddin Qishloqiyning yonlarida hadis

ilmi, zohiriy va botiniy ilmlarni o'rganish bilan kamol topadi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha bu ilmlarni yoshlikdan Mavlono Orif Deggaroniy Bahouddin Naqshband bilan birgalikda oladi. Sungra Amir Sayid Kuloldan tariqatning saboqlarini oladilar. Deggaroniy tasavvufning jahriy zikrdan ko'ra xufya zirrga hayrixoh hayot kechiradi. Degaroniyning ushbu qarashlari misoli Bahouddin Naqshbandning "dil ba yoru, dast ba kor" "ko'ngil xudoda bo'lsin-u, qo'l ish bilan band bo'lsin" shiori bilan yug'rilgan bo'lsa ajabmas. Chunki Bahouddin Naqshband yitti yil Mavlono Orif Deggaroniyning qo'l ostida ta'lim oladi. Garchi ular orasidagi yoshning farqi 5-6 yosh bo'lsada Naqshband ham o'z navbatida Deggaroniyni ma'naviy piri sifatida ko'rgan do'stlik hamda ustoz-shogir munosabatlari bilan birgalikda o'ta hurmati yuqori bo'lgan.

Ko'p vaqtlar Mavlono Orif bilan birga Raboti Malik qurilishida ustoz shogird birgalikda mehnat qildilar. Shuningdek ko'plab manbalarda ikki do'st, ustoz-shogird umri davomida ikki marotaba haj amalini oshirganliklari va har ikkala safarlarida ham birgalikda safar qilganliklari ma'lum.

"Hazrat Bahouddin Naqshband aytardilar "Men xufyona zikr bilan mashg'ul bo'lganimda nogoh sirlarga duch keldim. Bu sirning mohiyatini tushunmoq uchun talab vodiysiga qadam urdim. Mavlono Orif bilan o'ttiz yil birga qidirdik. Men ikki bor Xijoz (yani haj) safarida bo'ldim barcha gushalarni kezdim. Kishi bormikin, o'zi tizzama-tizza o'tirsa-yu osmonlarni sayr etsa, zohiri yerda botini osmonda bo'lsa?!" [Sadriddin S.B, Azimov S. 2008:14] ushbu parchadan shunday taassurot olish mumkinki ikki tanada yashayotgan bir ruh, haqiqiy ruhiy komolotni yetuklikga intilishlar ifodasiga qiyos qilsa bo'ladi. Hamda bu ikki tariqat peshbosining o'ttiz yil davomidagi izlagan haqiqatlari insoniyatni Haqga eltuvchi tariqat yo'lini qaror toptirgan bo'lsa ajabmas. Ajib va g'aroyib voqealar boshlaridan o'tar edi. Bu kabi ma'lumotlar ular nafaqat tariqat borasida hamda hayotiy qarashlar doirasida ham hamfikr bo'lganligi xususida xulosa qilinadi. Mavlono Orifning hurmati uchun mulozamat va xizmatni davom ettirar edilar. Shu 7 yil davomida ariq labiga tahorat uchun borsalarda, Mavlonodan yuqorida tahorat olmas edilar. Yo'lda ketayotganlarida ularning qadamlarining izi ustiga oyoqlarini qo'ymas edilar" [Абул Му^син Бо^ир ибн Му^аммад Али, 1993: 49-50] deb eslaydilar.

Chunki "Amir Sayyid Kulol [Amir Sayyid Kulol (XIII asr oxiri-1370-yillar) Mavlono Orif Deggaroniy va Bahouddin Naqshband ma'naviy piri utozi.] aytgan edilar: "Mening yoronlarim orasida mana shu ikki kishi, ya'ni Xoja Bahouddin va Mavlono Orif Deggaroniyga o'xshagan hech kim yo'q. Bular hammadan o'zib ketdilar".... Xojamiz "Ilm o'rganing, agar u Chinda bo'lsa ham", degan hadisga amal qilib, Amir Sayyid Kulol tarbiyasidan so'ng, yana yetti yil Mavlono Orif Deggaroniyning xizmati va mulozamatida bo'ldilar. Bu haqda tasavvufshunos tarjimon Sadriddin Salim Buxoriy (1946-2010) o'zining "Ikki yuz yetmish yetti pir" kitobida: "Maqomati shohi Naqshband"da

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

yozilishicha, - deb ta'kidlaydi, - Hazrat Bahouddin Naqshband, Hazrat Sayid Mir Kuloldan ijozat olgandan so'ng, yetti yil Hazrat Mavlono Orif Deggaroniy xizmatlarida bo'ladilar". Manbadagi Bahouddin Naqshband Amir Kuloldan 7 yil ta'lim olgan degan ma'lumotga asoslansak, 1347 yildan 1354 yilgacha Bahouddin Amir Kuloldan ilm olganlar. 1354 yildan yana 7 yil to 1360 yilgacha Orif Deggaroniy xizmatida bo'lganlar va Qusam Shayxdan ilm olib 1361 yildan o'zlari mustaqil tariqatni tashkil eta boshlaganlar. Rangapxy^a H. 2019:12]

Bu kabi sufiylarimizning do'stlik va ustoz shogirdlik kabi munosabatlari bugundi qanchadan qancha ilm talabidagi avlodlarga ustozga hurmat borasida namunasi bo'la oladi. Qolaversa tasavvuf ta'limotida ustoz rizoligiga ilohiy quvvat manbai sifatida qaraladi. Tasavvuf sufiylarning hayoti yo'li mahalliy xalqlarning madaniyatiga aylanib bordi. Ularning ziyo ulashuvchi asosan islomiy diniy ta'limotlarining targ'ibotlari, tushuntirishlari ma'naviy hayotni qaytadan jonlantirib islomlashtirishda katta rol o'ynadi. Mavlono Orif Degaroniyning ham o'z navbatida yetuk munosib xalifalarni tayyorlaydilar. Ulardan Ali Safiy Mavlono, Amir ashraf va Amir Ixtiyoriddinlardir. Bu haqida Muhammad Tohir Eshon "Tazkirayi Naqishbandiya" asrida shunday deyiladi. "Xazrat Amir Ashraf Buxoriy rahmatullohi alayhning bayonidur. Ul muqtadoiy a'raf (bilimdonroq) va rahnamoyi axlaf, yani hazrati Shayx Amir Ashrafdur. Ayturlarkim, ul sohibi sharaf Mavlono Orifning xalifai avvalidur. Bayt:

Ba'di Orif bidon Amir Ashraf, Beshaku begumon bishud ashraf.

Mazmuni:

Orif Degaroniydan sung Amir Ashraf,

Shak va shubhasiz ashraf zotlardan bo'ldi.

Chunonchi, "Xazrati mavlono Orifning rihlatidan so'ngra ul azizning ornida qoyim maqom bo'lib, toliblarni Xudo azza va jalaning yo'lig'a kirgizdi va ul bobda baqadri imkon sa'yin tamom ko'rguzub, odamlarni rost tariyqg'a soldi" [Xamidxon Islomiy, Mahmudxon Hasaniy, 2007:42]

"Mavlono Orif Deggaroniyning shaxsiy sifatlaridan, ul zot avliyolik darajasini uchta xislatlar kamolotida ko'radi.

1. Baland darajaga yetganda ham kamtarlik qilmoq.

2. Qudratu, sabur toqati yetgunicha parxezkorlik qilmoq.

3. To kuchi yetguga qadar insof qilmoqlikdir." [Sadriddin S.B, Azimov S. 2008:6]

Tasavvufda ustoz, shogird, xalifalik ananalari bilan silsilalar aro tasavvuf ta'limotlarining targ'iboti bordi. Tasavvuf ta'limotida shunday gap bor "Har kim bu yo'lni iroda qilsa va tariqat xirqasini kiyishni xohlasa uni pirning qo'lidan kiysin" Tasavvufni ustozsiz anglab bo'lmasligi bu ta'limotning bosh qoidalaridan. Xuddi shunday manbalarda Mavlono Bahouddin ham do'st, ustoz sifatida Deggaroniydan ham hadis o'rganganlari yozilgan. Naqshbandiya ta'limotining ma'naviy mazmunini boyishida ustozi Mavlono Orif Deggaroniyning ham qarashlari o'z aksini topib boradi.

Xulasa qilganda tasavvuf ta'limotida inson o'zi mustaqil qanchalik ko'p o'rganishi, izlanishi bilan bu ilmni to'liq egallab bo'lmasligi, albatta ustozning zarurligi xususida xulosalar beradi. Ayni bu xususiyatlar islom olamida ustoz-shogirdlar silsilasi muqaddas dinimiz targ'iboti yo'lida xizmat qilishiga, taqvo yo'lida noto'g'ri xulosalardan uzoqda tutib, islom dining ma'naviy qiyofasini saqlab, asrlar davomida o'zining munosib himoya vazifasini bajarib keldi.

Shu bilan islom dinini dunyoga tanitgan tariqatlar paydo bo'ldi. Tariqatchi sufiylarning harakati hamda ular qoldirgan ma'naviy meroslari samarasi ularoq islomlashish jarayoni hozirga qadar bu muqaddas e'tiqodimizning ramziy ma'noda himoyasini ta'minlab kelmoqda desak ham adashmagan bo'lamiz. Bu kabi ustoz-shogirdlik ananalarini ko'plab alomalarimiz misolida davom etirishimiz mumkin bo'ladi. Xulosalrimiz shuni ma'lum qiladiki O'rta Osiyo xalqlari hayotiga olib kirgan, mahaliy xalqga islomni bosqinchi din sifatida emas, aksincha uni nur sifatida olib kirgan, tanishtirgan zotlar bu tasavvufning sufiy ustozlari va ularning xalifaiy silsilalaridir. Ular islomni ma'naviyat va ma'rifat ko'rinishida mahaliy aholiga qabullantirdi. Shunday ekan biz shukronalarimiz orasida asl Haqni tanitgan usha tasavvuf allomalaridan minador o'tishligimiz kerak bo'ladi. Biz bularni Karmanalik ikki do'st Mavlono Orif Deggaroniy va Bahouddin Naqishbandlar misolida ko'rib chiqdik.

ADABIYOTLAR:

1. О.Усмон. Бухорои шарифнинг етти пири. - Т.: Тош ДШИ нашриёти, 2003.

2. Xamidxon Islomiy, Mahmudxon Hasaniy Mavlono Orif Deggaroniy Falsafa va huquq nashriyoti -T:-2007.

3. Sadriddin S.B, Azimov S. Hazrat Mavlono Orif Deggaroniy. Buxoro nashriyoti. 2008.

4. Абул Мухсин Бо^ир ибн Мухаммад Али. Бахоуддин Балогардон.- Т.: "Ёзувчи". 1993.

5. И.Х,авдул ва А.Бектош. Т.: Мовароуннахр, 2004.

6. Хайдархужа Й. Бахоуддин На^шбанд Тошкент «Sano-standart» 2019.

7. Xamidxon Islomiy, Mahmudxon Hasaniy Mavlono Orif Deggaroniy Falsafa va huquq nashriyoti Toshkent-2007.

8. Sadriddin S.B, Azimov S. Hazrat Mavlono Orif Deggaroniy. Buxoro nashriyoti. 2008.

9. Комилов Н. Тасаввуф. Т.: Мовароуннахр, 2009.

10. Усмон Турар. Тасаввуф тарихи. Т.: Истщлол, 1999.

11. Martin Lings. What is sufism? Pakistan, Lahore. 1999.

12. M.Xajiyeva. Xoja Ahmad Yassaviy ta'limotida tasavvuf. Urganch-2015 Monagrafiya.

13. Valixo'jayev B., O'rinboyev B. Xudoydod Vali. Samarqand, 1995.

14. Hayitova O. Karmanalik buyuk siymolar va muqaddas qadamjolar. T.: "Yangi asr avlodi", 2004.

15. Hofiz Tanish al-Buxoriy. Abdullanoma. T.: "Sharq", 2000.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS ID THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-8 MAY 2024

16. Xamidjon Xomidiy. Tasavvuf allomalari. T.: "Sharq", 2004.

17. Xoja Ismatilloh. Markaziy Osiyoda islom madaniyati. T.: "Sharq" 2005.

18. Xusayin as-Saraxsiy. Manoqibi Sa'diya. Buxoro, 2002.

19. Xasanxo'ja Nisoriy. "Muzakkir ul-axbob". Forschadan Ismoiljon Bekjon tarjimasi. T.: A. Qodiriy nashriyoti. 1993.

20. Sharafuddin Roqimiy. Tarixi Tomm.T.: "Ma'naviyat", 1998.

www.in-academy.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.