N-(1H-1,2,4-triazol-il) asetamidni Cu (II) xlorid bilan kompleks birikmasining sintezi
Zilola Mirzakarim qizi Chalaboyeva Surayyo Razzoqovna Razzoqova Shahnoza Abduxalilovna Kadirova
O'zMU
Zuxra Ziyatovna Yaxshiyeva
JDPU
Annotatsiya: N-(1H-1,2,4-triazol-il) asetamidning Cu (II) xlorid bilan kompleks birikmasining sintez usuli ishlab chiqildi, hamda sintez qilingan kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishi zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida o'rganildi. Ligand 3-amino-1,2,4-triazol kompleks hosil bo'lish reaksiyalarida triazol halqasidagi ikkinchi azot va asetamid guruhidagi kislorod atomlari orqali koordinatsiyaga uchrashi aniqlandi.
Kalit so'zlar: asetamid, xlorid, kompleks birikma, sintez
Synthesis of N-(1H-1,2,4-triazol-yl) acetamide complex with
Cu(II) chloride
Zilola Mirzakarim kizi Chalaboyeva Surayyo Razzokovna Razzokova
Shahnoza Abdukhalilovna Kadyrova
UzNU
Zukhra Ziyatovna Yakhasyeva
JSPU
Abstract: The synthesis method of the complex compound of N-(1H-1,2,4-triazol-yl)acetamide with Cu (II) chloride was developed, and the composition and structure of the synthesized complex compounds were studied using modern physicochemical methods. It was found that the ligand is coordinated through the second nitrogen in the triazole ring and oxygen atoms in the acetamide group in the reactions of 3-amino-1,2,4-triazole complex formation.
Keywords: acetamide, chloride, complex compound, synthesis
Kirish. Kompleks birikmalar tabiatda keng tarqalgan birikmalar. Biologik jarayonlarda katta muhim ahamiyatga ega bo'lgan triazollar bir - biridan tarkibiga
kirgan azotning joylashuviga yoki o'rinbosarlar gruppasi bilan, shuningdek, chetdagi uglerodga birikkan ligandlari bilan farq qiladi. [1].
Tarkibida azot tutgan geterosiklik birikmalar ichida triazol hosilalari tibbiyotda, qishloq xo'jaligida, kimyoviy texnologiya, farmatsevtika va analitik kimyo sohalarida keng qo'llanilib kelinmoqda. 1,2,4-triazol hosilalari qishloq xo'jaligida fungitsidlar sifatida, tibbiyotda antimikotik sifatida keng qo'llaniladi. Masalan, antimikotik vorikinazol eng ko'p sotiladigan 200 ta dori qatoriga kiradi [2]. Uning tarkibida faol fragment sifatida 1,2,4-triazol geterohalqasi mavjudligi katta ahamiyatga ega.
Bundan tashqari triazollarning hosilalari turli ta'sirga ega biologik faol moddalar sifatida, optik parlatgichlar, platsifikatorlar, korroziya ingibitorlari, gerbitsidlar va katalizatorlar ishlab chiqarish uchun oraliq moddalar sifatida organomettalik komplekslarda ligandlar sifatida ishlatiladi [3-7]. Ushbu tadqiqotning maqsadi ligand sifatida N-(1H-1,2,4-triazol-3-il) asetamidni o'z ichiga olgan yangi kompleksni sintez qilish, tuzilishi va xususiyatlarini o'rganishdir.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review). Adabiyot ma'lumotlari tahlili shuni ko'rsatadiki, koordinatsion birikmalarning ligandlari sifatida N-1H-1,2,4-triazol-3-il asetamid asosidagi biometall kompleks birikmalarini tuzilishi va xossalari yetarlicha o'rganilmagan. Shu sababli, 3-amino-1,2,4-triazol hosilalarining xossalarini, tuzilishini va ulardan yangi moddalarni sintez qilish usullarini ishlab chiqish amaliy va nazariy jihatdan ahamiyatlidir.
Nukleofil markazlarga ega bo'lgan 3-amino - 1,2,4 - triazolning atsillangan hosilalari ham amaliy ham fundamental kimyo uchun ahamiyatlidir. 3-amino-1,2,4-triazol atsillanganda uning metall ionlariga koordinatsiyalanish qobiliyatini oshiradi va barqaror kompleks birikmalarining hosil bo'lishini ta'minlaydi. 3-amino-1,2,4-triazolning atsil guruh tutgan hosilalarining koordinatsion qobiliyatlari va xossalarini o'rganish maqsadida oraliq metallning tuzlari bilan har xil sharoitlarda sintez reaksiyalari olib borildi.
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Tadqiqotlar asosida N-(1H-1,2,4-triazol-3-il) asetamid bilan mis (II) xloridning spirtli eritmada kompleks hosil qilish usuli ishlab chiqildi va yangi kompleks sintez qilindi. Fizik-kimyoviy tadqiqotlar yordamida sintez qilingan kompleks birikmaning tarkibi va tuzilishi, element, SEM-EDX, termik, rentgen struktur analizlar, IQ - spektroskopiya, kvant -kimyoviy hisoblashlar orqali o'rganildi.
Tahlil va natijalar (Analysis and results). N-(1H-1,2,4-triazol - 3-il) asetamid ma'lum metod yordamida 3-amino - 1,2,4 - triazol asetamid va sirka angidrid ishtirokida spirt eritmasida sintez qilindi [8]. Unum 90% ni tashkil etdi. Tsuyq = 78-79oC.
[Cu(L)2(H2O)2]Cl2 kompleksining sintezi uchun (0,001 mol) Cu (II) xloridning suvli eritmasiga (0,002mol) ligand N-1H-1,2,4 - triazol - 3 - il ning spirtli eritmasidan
M:L 1:2 mol nisbatda aralashtirildi, eritma muhiti (pH=7). Reaksiya 1 soat davomida 70oC haroratda magnitli aralashtirgichda aylantirib qo'yildi. Tuz eritmasi och ko'krangdan to'q yashil ranga o'zgardi. Hosil bo'lgan eritma kristallanishi uchun olib qo'yildi. Oradan 4 kun o'tgandan so'ng to'q yashil rangli kristallar tushdi. Mahsulot unumi 82%. Tsuyq = 146-147oC. Hosil bo'lgan kristallar suvda va etanolda eridi, qutubsiz erituvchilarda erimadi.
Kompleks birimalarning suyuqlanish temperaturasi qiymatlari hamda element tahlil natijalari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
N-(1H-1,2,4-triazol-3-il) asetamid va [Cu(L)2(H2O)2]Cl2 kompleks birikmasining suyuqlanish temperaturasi qiymatlari va element tahlil natijalari
№ Tarkibi Rangi % Ts, 0C Brutto formula Hisoblangan/Topilgan
C H N M
1 L Oq 90 78-79 C4N4H6O 38,1/39,1 4,76/4,26 44,4/42,9
2 [Cu(L)2(H2O)2] Cl2 Yashil 82 146-147 CuC8N8H16 O4Q2 22,7/23,3 3,78/3,84 26,5/27,2 15,1
Ligandning markaziy atom bilan koordinatsiya markazlarini aniqlash maqsadida sintez qilingan kompleks birikmalarning IQ-spektrlari o'rganildi [9]. Ligand N-(1H-1,2,4-triazol-3-il) asetamidning IQ-spektrida 1624 sm-1 sohalarda v(C=N) guruhining valent tebranishlarga tegishli yutilish chiziqlarini namoyon qildi. Kompleks birikmalarda Vas(C=N), Vs(C=N), v(NH) funksional guruhlarining simmetrik va assimetrik valent tebranishlariga tegishli bo'lgan yutilish sohalarida ligandnikiga nisbatan o'zgarishlar kuzatildi. N-(1H-1,2,4-triazol-3-il) asetamidning metall atomiga koordinatsiyalanishi natijasida v(C=N), v(C=O) guruhlarining xarakterli chiziqlarida 29 va 13 sm-1farq bilan siljishi kuzatildi. Kompleks birikmalarimizda ligand spektrida ko'zatilmagan v(M-N) va v(M-O) bog'larinmg tebranishiga tegishli bo'lgan 606 va 457 sm-1sohalarda yangi yutilish chiziqlarining hosil bo'lishi, triazol halqasidagi ikkinchi azot va asetamid guruhidagi kislorod atomlari orqali koordinatsiyaga uchraganligini ko'rsatadi. N-(1H-1,2,4-triazol-3-il) asetamid bilan kvant-kimyoviy hisoblashlar natijasi, metall atomi liganddagi ikkinchi azot atomi va asetamid guruhidagi kislorod orqali koordinatsiyaga uchrashi to'g'risidagi nazariy ehtimollik qilinganligi keltirilgan. Ligandning metall ionlariga koordinatsiyaga uchrashi halqadagi ikkinchi azot atomi va asetamid guruhidagi kislorod orqali amalga oshishi tasdiqlandi. Birikmalarning IQ-spektri natijalari 1- jadvalda keltirilgan:
1- jadval
N-(1H-1,2,4-triazol-3-il) asetamid va [Cu(L)2(H2O)2]Cl2 kompleks birikmalar IQ-
spektrlarinig tahlil natijalari
Tebranish turi vC=N v C-N v C-H -NH-C=O v NH S =C-H S NH vM^O vM^N
L 1624 1277 2850 3109 1654 3286 1498 717 881 - -
[Cu(L)2 1595 1278 2869, 1667 3278 1516 733 606 457
(H2O)2]Cl2 2941 872
A B
1 (A, B) - rasm: N-(1H-1,2,4-triazol-3-il)asetamid va [Cu(L)2(H2O)2]Cl2 kompleks
birikmalarining IQ-spektroskopiyasi Moddalarning termik tahlili natijalari. Sintez qilingan koordinatsion birikmalarning tarkibi va tuzilishini o'rganish ularning termogravigrammalarini olish bilan to'ldirildi. Termik analiz natijalarida issiqlik effektlari tabiati, birikmalarning termik parchalanishini kuzatilishi, effektlarning temperature intervali va uning tabiati, xuddi shunday effekt intervalidagi foizlarda massa yo'qotilishi keltirilgan [10]. Termik analiz natijasida kompleksning parchalanishini va suyuqlanishini, ligandning koordinatsiyalanishi, komplekslarning termoliz jarayonidagi oxrigi mahsulotlar aniqlandi (3-jadval).
2 - rasm: [Cu(L)2(H2O)2]Cl2kompleks birikmasining termogrammasi Sintez qilib olingan [Cu(L)2(H2O)2]Cl2 kompleks birikmasining termik analizi 20°C dan 1000°C gacha bo'lgan harorat oralig'ida amalga oshirildi (2-rasm). Umumiy parchalanish 50-780° C bo'lgan oraliqlarda kuzatildi. Dastlab 40-230oC oralig'ida 1,329 mg, ya'ni 14,155 % massa yo'qotilgan va ekzotermik effekt kuzatildi. Bundan kompleks birikma tarkibida suv molekulalarining borligi aniqlandi. Intensiv massa yo'qotilishi 230-470oC oralig'ida 1,687 mg, ya'ni 17,966 % ni tashkil etdi va ekzotermik effekt kuzatildi. 470-880oC da o'rganilayotgan kompleksning
termogravigrammasidagi oxirgi ta'sirlar metall oksidining hosil bo'lganligini ko'rsatdi. Bu oraliqda parchalanishning miqdori 46.363% ya'ni 4.354 mg. 880oC dan keyin o'zgarish kuzatilmadi.
3-Jadval
Sintez qilingan komplekslarning termik tahlil natijalari
Birikma Termoeffekt Temperatura Termoeffekt Tabiati Yo'qotilgan massa Termoliz maxsuloti tarkibi
Topilgan, % Hisoblangan, %
[Cu(L)2(H2Ü)2]Cl2 40-230 oC Ekzo 78,504 79,103 CuÜ 21,496 %
230-470 oC Ekzo
Hosil bo'lgan komlekslarni SEM yordamida o'rganish. Yangi hosil qilingan komplekslarni skanerlovchi elektron mikroskop (SEM) yordamida o'rganildi (3-rasm). Tahlil natijasida hosil bo'lgan kompleks birikmalardagi uglerod, kislorod, azot, xlor va metallarning miqdorlari aniqlandi. SEM natijasida olingan ma'lumotlar asosida ligand bilan metall ionlarining koordinatsiyalanishi tufayli ligandlar mikrostrukturasining o'zgarishi kuzatildi. Ko'plab metall cho'qqilar qayd qilishi orqali kompleks hosil bo'lganligi isbotlandi.
Sintez qilingan ligand va komplekslardagi elementlarning miqdorlari SEM-ED metodi yordamida analiz qilindi [11]. Analizdan olingan ma'lumotlarda kompleks tarkibidagi elementlar massalarining foiz nisbati aniqlandi. Bu esa komplekslarning brutto formulasini keltirib chiqarish imkonini berdi. Keltirilgan formulalarga asoslanib komplekslarning tarkibi aniqlandi.
IMG1 (1 st)
Energy [keV]
3 - расм: [Си(Ь)2(И20)2]С12Микроструктураси Rentgenstrukturaviy tahlil usuli yordamida N-(1H-1,2,4-triazo1-3-i1) asetamid asosida Cu (II) xlorid bilan olingan yangi kompleks birikmaning tuzilishi aniqlandi [ 12]. Kompleks tuzilishining rentgen tuzilishi tahlilining asosiy kristallografik parametrlari va xarakteristikalari quyidagicha: tarkibi CuCsNs H16O4Q2, Mr = 422,85 g/mol, kristall formasi monoklinik, fazoviy guruhi P2, a = 6.0595(3) Â, b =14.2956(7) Â, c = 9.4762(3), a = 90o, ß = 93.275(4)°, y = 90o, Z = 4.
4-rasm. [Cu(L)2(H2O)2]Cl2 kompleksining kristallografik strukturasi
Kompleksning tuzilishida organik ligand molekulasi triazol halqasidagi azot N2 bilan koordinatsiyalanib mis atomi orasida ko'prik vazifasini bajaradi, asetil guruhidagi kislorod hisobiga koordinatsiyalanish markazi hosil bo'ladi (4-rasm).
Xulosa. N-(1H-1,2,4-triazol-3-il) asetamidning Cu (II) xlorid bilan yangi kompleks birikmasi sintez qilish usuli ishlab chiqildi va suvda yaxshi eriydigan metalokompleksi olindi. O'tkazilgan fizik-kimyoviy tadqiqot natijalari asosida sintez qilingan kompleks birikmalarda metall ioni ligand molekulasi bilan triazol halqasidagi ikkinchi azot va asetamid guruhidagi kislorod atomlari orqali koordinatsiyaga uchraganligi aniqlandi. Sintez qilingan kompleks birikmalar tarkibi va tuzilishining element, termik, skanerlovchi elektron mikroskop, rentgenstruktur hamda IQ-spektroskopik tahlil natijalariga asosan kompleksning tarkibi [Cu(L)2(H2O)2]Cl2 formulaga to'g'ri kelishi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Romain Noel, Xinyi Song, Rong Jiang, Michael J. Chalmers, Patrick R. Griffin, and Theodore M. Kamenecka. Efficient Methodology for the Synthesis of 3-amino-1,2,4-triazoles. // J.Org.Chem. 2009,74,19,7595-7597.
2. Иванова Ю.С., Цаплин Г.В., Попков С.В. Метод получения N1-замещенных - 4-(1,2,4-триазол-1-илметил)-1,2,3-триазолов и изучение их фунгицидной активности. // Успехи в химии и химической технологии. Том XXXIV.2020. №8.
3. Ju-Yan Liu, Qian Wang, Li-Jun Zhang, Bin Yuan, Yao-Yao Xu, Xin Zhang, Cong-Ying Zhao, Dan Wang, Yue Yuan, Ying Wang, Bin Ding, Xiao-Jun Zhao, and Min Min Yue . Anion-Exchange and Anthracene-Encapsulation within Copper(II) and Manganese(II)-Triazole Metal-Organic Confined Space in a Single Crystal-to-Single Crystal Transformation Fashion. Inorganic Chemistry 2014, 53 (12) , 59725985.
4. Sergiy I. Vasylevs'kyy, Ganna A. Senchyk, Andrey B. Lysenko, Eduard B. Rusanov, Alexander N. Chernega, Julia Jezierska, Harald Krautscheid, Konstantin V. Domasevitch, and Andrew Ozarowski . 1,2,4-Triazolyl-Carboxylate-Based MOFs
Incorporating Triangular Cu(II)-Hydroxo Clusters: Topological Metamorphosis and Magnetism. Inorganic Chemistry 2014, 53 (7) , 3642-3654.
5. Quan-Guo Zhai,, Xiao-Yuan Wu,, Shu-Mei Chen,, Can-Zhong Lu, and, Wen-Bin Yang. Construction of Cd/Zn(II)-1,2,4-Triazolate Coordination Complexes via Changing Substituents and Anions. Crystal Growth & Design 2006, 6 (9) , 21262135.
6. Nonglak Khunoad, Nuttaporn Krittametaporn, Soraya Pornsuwan, Palangpon Kongsaeree, Serhiy Demeshko, Preeyanuch Sangtrirutnugul. Self-assembled Cu(II) cluster from aerobic oxidation of Cu(I)Br with tris(triazolyl)methanol. Inorganica Chimica Acta 2019, 488 , 141-144.
7. X.-D. Fang, L.-B. Yang, A.-N. Dou, A.-X. Zhu, Q.-Q. Xu. Structure and Photocatalytic Properties of a 3D Zinc(II) Triazolate Coordination Polymer Combining Hydroxyl and Formate Anions as the Auxiliary Coligands. Journal of Structural Chemistry 2018, 59 (6) , 1450-1455.
8. M.I.Barmin., V.P.Kartavykh., E.A.Korolev., I.D.Tugai., A.N.Grebenkin., V.V.Mel'nikov. Acylation of Amino-1,2,4-triazoles. Russian Journal of General Chemistry 71, 557-566 (2001)
9. А. В. Васильев, Е. В. Гриненко, А. О. Щукин, Т. Г. Федулина Инфракрасная спектроскопия органических и природных соединений. САНКТ -ПЕТЕРБУРГ СПбГЛТА 2007. Ст-16.
10. Шаталова Т.Б., Шляхтин О.А., Веряева Е. Методы термического анализа. - Москва: 2011
11. Л.Б.Калм^ков, Н.Е.Дмитриева., Сканирующая электронная микроскопия и рентгено-спектралънкй анализ неорганических материалов. -Москва: 2017
12. С.П.Богданов. Рентгеноструктурн^й анализ углеродистых материалов. -Санкт - Петербург
13. Z. Yakhshieva, R. Kalonov, D. Kaigorodov, E. Kalinin, S. Chepur, E. Ivchenko, O. Mustaev. Problems of the Biomedical Technologies Development and Directions for their Solution // Journal of Biomimetics, Biomaterials and Biomedical Engineering Submitted: 2021-05-10 ISSN: 2296-9845, Vol. 53, pp 1-9 Accepted: 2021-05-11 © 2021 Trans Tech Publications Ltd, Switzerland.
14. Yakhshieva Z.Z., U.T. Аhmadjonova, Yо.T.Ahmadjonova. Technogenic Transformations of the Aidar-Arnasay Lake System and their Geological Consequences.//Annals of the Romanian Society for Ceel Biology, (2021) P.2912-2916.
15. Qutlimurotova N., Mahmadoliev S., Smanova Z., Yakhshiyva Z., Tursunkulov Z.Amperometric determination of cerium (III) using 2,7-dinitrozo-1,8-
dihydroxynaphthalene-3,6-disulfonic acid solution// PERIODICO TCHE QUIMICA.Vol.17, No 36 2020, pp736-745.
16. Yakhshieva Z, Abdurakhmonov B., Kalonov R. Apoplication Of Oxyazo Compounds In The Definition Of The ion Bi(V)// European Journal of Molecular & Clinical Medicine. №7. P.1058-1066.